qog'ozlarining egalariga ulaming o'miga pul summasi yoki mol- mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko'zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalami ulami sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi. Investitsiya fondiga turli xildagi xatarlami kamaytirish maqsadida ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish va moliyaviy yo'qotishlarga olib keluvchi qator operatsiyalami amalga oshirish qonun yo’li bilan man etiladi. Masalan, investitsiya fondi:
qimmatli qog'ozlarga mablag‘larsarflash, opsionlar, fyuchers- lami xarid qilish, har xil turdagi kafolatlami berish va mol-mulkni garovga qo‘yishdan tashqari, investitsiyaning boshqa turlarini amalga oshirish;
egalari fond tugatilganidan so‘ng aktivlami sotib olish uchun oddiy aksiyalaming egalariga qaraganda ustunlik huquqlariga ega bo'lgan obligatsiyalar, imtiyozli aksiyalar va boshqa turdagi majburiyatlar (qarz majburiyatlari)ni chiqarish;
agar aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalarini xarid qilgan- dan keyin investitsiya fondining afTilatsiyalangan shaxslariga ushbu jamiyat aksiyalarining 10 foizdan ortig'i tegishli bo'lsa, ulami sotib olish;
’ I
o‘zining sof aktivlarining 10 foizdan ortig'ini bir emitentning qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilish, davlat qimmatli qog ozlari bundan mustasno;
fondni o'zining afTilatsiyalangan shaxslari qimmatli qog'oz- lariga mablag'larni investitsiya qilish, qarz majburiyatlariga mablag'larni sarflash (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno);
o'zining afTilatsiyalangan shaxslaridan qimmatli qog'ozlar va boshqa aktivlami sotib olish yoki ularga sotish, boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini xarid qilish huquqiga ega emas.
Shuningdek, investitsiya fondlari faoliyati uchun ayrim boshqa cheklovlar ham mavjud va ular bunga og'ishmay amal qilishlari lozim. .