7-jadval «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda buxgalteriya balansining aktiv va passivini harakatchanligini tahlili, mln. so‘m28
Aktiv
2022 yil
Passiv
2022 yil
To‘lash uchun mablag‘larning yetishmasligi (+,-)
boshi
oxiri
boshi
oxiri
yil boshiga
yil oxiriga
1
2
3
4
5
6
7=2-5
8=3-6
1.Doimiy harakatda gi aktivlar
13521,1
16163,8
1. Muddati kelgan to‘lov majburiyatlari
12848,8
9295,4
672,3
6868,4
2. Tez sotiluvchi aktivlar
85260,9
82184
2. Qisqa muddatli passivlar
222131,3
224597,1
-136870,4
-142413,1
3. Sekin sotiluvchi aktivlar
108309,3
123472,8
3. Uzoq muddatli passivlar
5419,4
2233,3
102889,9
121239,5
4.Qiyin sotiluvchi aktivlar
49790,1
51283,8
4. Doimiy passivlar
16482,1
36978,5
33308
14305,3
7-jadval ma’lumotlari ko‘ra, balans aktivi va passivi 4 ta bo‘limga ajratilgan. «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda 2022 yil boshida doimiy harakatdagi aktivlarning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarini qoplash uchun 672,3 mln. so‘m, 2022 yil oxirida esa 6868,4 mln. so‘mlik ortiqcha mablag‘i mavjudligi kuzatilgan. Biroq mazkur aksiyadorlik jamiyatida tez sotiluvchi aktivlarning qisqa muddatli passivlarni qoplash bo‘yicha yil boshida -136870,4 mln. so‘m, yil oxirida esa -142413,1 mln. so‘m mablag‘li yetishmasligi kuzatilgan. «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda sekin sotiluvchi aktivlar (ya’ni tovar-moddiy zaxiralar)ning uzoq muddatli passivlarni qoplash imkoniyati yaxshi ekanligi ko‘rinib turibdi. Xususan sekin sotiluvchi aktivlarning qisqa muddatli passivlarni qoplash uchun yil boshida 102889,9 mln. so‘m, yil oxirida 121239,5 mln. so‘m ortiqcha mablag‘i mavjud bo‘lgan. Moliyaviy hisobot auditida tahliliy amallarning qo‘llanilishi tovar-moddiy zaxiralarni tekshirish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni tejash imkonini beradi. Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralar xususidagi axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish jihatlariga aniqlik kiritildi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va xorijiy mamlakatlar tajribalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni baholash masalalariga e’tibor qaratildi.