503
ularda maktabda o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar
shakllanmagan, dastur talablarini o‘zlashtirish uchun layoqati yetarli emas.
Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o‘qish va yozishni, shuningdeq maktabdagi
tartibni o‘rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his
etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish
qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi.
Ko‘pincha boshlari og‘riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o‘ziga xos. Maktabda
ular o‘zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o‘qishga
nisbatan qiziqish yo‘q yoki juda past bo‘liB, maktabga nisbatan ijobiy
munosabat kuzatilmaydi. O‘yin ular uchun asosiy faoliyat bo‘lib qoladi.
PROQli bolalarni ko‘pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni
o‘zaro farqlashda ayrim omillar qo‘l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda
oddiy bilimlarni o‘zlashtirish, hisoblash ko‘nikmalarini egallab olishda
qiyinchilik ko‘zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish
qobiliyati va idrok etish faolligi ancha Yuqori bo‘ladi. Bunday xususiyatlar
aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda PROQ (ZPR) o‘quvchilar ommaviy umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘qitiladilar. Ular bilan individual Korreksion ishlar olib
borilmaydi, shu bois ular amalda o‘quv jarayonidan chetda qoladilar va
predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular
maxsus tashkil etiluvchi Korreksion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar.
Ularga alohida e’tibor ko‘rsatish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: