81
ISLOMNING ASOSIY MANBALARI
Rеjа:
1. Qur`оn – islоm dinining muqаddаs kitоbi (Qur`оnning tаrkibi; Mаkkа vа
Mаdinа surаlаri; Qur`оnning jаmlаnishi; Tоshkеntdаgi “Mushаfi Usmоn” tаrixi; mаshhur
m
ufаssirlаr).
2. Hаdislаr – diniy vа аxlоqiy dаsturlаr mаnbаi (hаdislаrning vujudgа kеlishi;
hаdislаrning mа`nоsigа ko’rа turlаri; sаhih, xаsаn vа zаif hаdislаr; hаdislаrni tаnqidiy
o
’rgаnish).
3. Buyuk muhаddislаr (Imоm аl-Buxоriy, Imоm аt-Tеrmiziy).
4. Toshkent shahri
– islom madaniyatining poytaxti.
Tayanch so
’zlar: Qur’on, sura, oyat, pora, suhuf, mushaf, Makka suralari, Madina
suralari,
“Mushafi Usmon”, tafsir, hadis, hadisi qudsiy, hadisi nabaviy, muhaddis, sahih,
xasan, zaif, sunan.
Maqsadi: Qur
’onning vujudga kelishi, to’planishi va tarkibini o’rganish; Makka
va Madina suralarini,
“Usmon Mushafi”ning Samarqandga kelib qolishi haqidagi
turlicha qarashlarni tahlil qilish; hadislarning vujudga kelishi va ularning turlarini
o
’rganish.
Qur
’on – islom dinining asosiy manbasi. Qur’on
islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlar hayoti va
tarixida asosiy o
’rin tutadi. Olimlarning va buyuk
ulamolarning fikr iga ko
’ra, Qur’on va unga
a s o s l a n g a n i s l o m b u g u n g i d u n yo m a ' n a v i y
madaniyatining muhim bir bo
’lagini tashkil etadi.
Qur
’onda ilgari o’tgan xalqlar haqidagi qissalar,
tarix, g
еografiya, astronomiya va boshqa bilimlarga oid g’oyalar ko’p uchraydi. Qur’on
hidoyat kitobi, ya'ni insonlarni to
’g’ri yo’lga boshlovchi kitob dеb hisoblanadi. Ibn Sino,
82
Forobiy, Beruniy, Abu Muso al-Xorazmiy va boshqalarning boy ilmiy meroslarida ham
Qur
’on oyatlaridan, unga bog’liq ma'lumotlardan kеng foydalanilgan. Shoirlarimiz –
Yassaviydan tortib Abdurauf Fitratgacha
– ko’plab qalam ahllari ijodida Qur’onning
katta ta'siri bor. Ularning asarlarida Qur
’on oyatlariga ishora ko’p uchraydi.
Qur
’on musulmon xalqlarining falsafiy, axloqiy va huquqiy qarashlariga kuchli ta'sir
ko
’rsatgan. Qur’on boy tarixiy va adabiy yodgorlik hamdir. Hozirgi davrda
r
еspublikamizda kishilarimiz qalbida xurfikrlilik, vijdon erkinligi, milliy munosabatlarni
takomillashtirish, o
’tmish madaniy merosiga hurmat, diniy ta'limotlarga xolisona
munosabatlar qaror topayotgan sharoitda Qur
’on va boshqa diniy yozuvlarni o’rganish
harakati to
’la erkinlashgan.
Qur
’on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo’lish bilan birga axloqiy
da'vat , huquqiy m
еyorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash
tarzining eng muhim jihatlarini o
’zida mujassamlashtirgan muqaddas kitobdir.
Qur
’on ilmi ulamolari uni quyidagicha ta'riflaydilar:
“Qur’on – Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan,
tavotur ila naql qilingan, ibodatda o
’qiladigan, (barchani) lol qoldiruvchi kalomidir”.
Dostları ilə paylaş: