Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


O'zbekiston Respublikasida turmush darajasi korsatkichlarini tahlil qilish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/9
tarix22.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Baxodir

10
O'zbekiston Respublikasida turmush darajasi korsatkichlarini tahlil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 26.06.2020 yildagi 369-IV-son
Kuchga kirish sanasi:26.06.2020
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish yakunlarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respubilkasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi ta’kidlaydiki, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sektorlar rahbarlari tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.
O‘rganishlar davomida pandemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada qator choralar ko‘rilayotganligi ma’lum bo‘ldi.Joylarda budjet tushumlari, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlar va boshqa mablag‘lar birinchi navbatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga, jumladan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga, shuningdek ish haqi, pensiyalar va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarning o‘rnini qoplashga yo‘naltirilmoqda.Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamda boshqa xodimlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus
11
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, bir yo‘la beriladigan qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmonida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash va ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan imtiyozlar asosida 1 968 ta mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorga keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni jami 3 980,7 mln. so‘m mablag‘ hajmida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilgan.
Shuningdek 11 932 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy soliq miqdori, 5 197 ta tadbirkorlik sube’ktiga qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga qadar kamaytirilgan. Natijada jami 35,5 mlrd. so‘m mablag‘ tadbirkorlar ixtiyorida qoldirilgan.
Mamlakatimiz Prezidentining koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish, bu davrda aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 2020-yil 19-martdagi va 3-apreldagi farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida 3 332 ta yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektining 680,0 milliard so‘mlik, 136 131 ta jismoniy shaxsning 447,0 milliard so‘mlik, 1 856 ta yakka tartibdagi tadbirkorning 28,0 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddatlari uzaytirilgan.
Shuningdek tijorat banklari tomonidan 141 319 ta kredit shartnomasining 1 trillion 154 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddatlari ham kechiktirilgan.
12
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1-apreldan e’tiboran 6 102 taga oshirilib, ularga shu oyda jami 2,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar o‘z vaqtida moliyalashtirilgan.
Shu bilan birga, o‘rganishlar jarayonida Qoraqalpog‘istonda Respublikasida hali o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar, e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan masalalar ham mavjudligi aniqlandi.Jumladan respublikada faoliyati turizm sohasiga bog‘liq jami 12 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat olib borayotgan bo‘lib, Nukus shahri (4 ta) va Mo‘ynoq tumanida (3 ta) ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida ularga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilmagan.
Chimboy va Ellikkal’a tumanlaridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlarining lavozim maoshiga qo‘shimcha to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan.
2020-yil 20-mayidan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholiga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha subsidiyalar ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim shahar va tumanlarda ushbu miqdorda subsidiyalar ajratilmaganligi aniqlandi.Ba’zi tumanlarda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarida ishtirok etayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan oilalarni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha 500 ming so‘mdan mablag‘ ajratilmagan.
13
O‘rganishlarda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z mahsulotlari uchun sertifikatlar olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotganligi aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Qoraqalpog‘istondagi hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari laboratoriyalarida mahsulotlarni tekshiruvdan o‘tkazish uchun zarur uskunalar, shuningdek Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limi mavjud emasligi tadbirkorlarga murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilgan o‘rganishlar hududlarda yuzaga kelgan muammolar, aniqlangan kamchiliklar ayrim sektorlarda ishlarning aniq reja asosida, qoniqarli tashkil etilmaganligini, masalaga mas’uliyat bilan yondashilmayotganligini ko‘rsatmoqda.
O‘rganishlar davomida aholi va tadbirkorlarni tashvishlantirayotgan boshqa qator muammolarni deputat va parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal qilish choralarini ko‘rishga kelishildi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin