Milliy tadqiqot universiteti


Chorvachilik korxonalarida ozuqalar sifatiga e’tibor berish



Yüklə 47,41 Kb.
səhifə6/7
tarix25.05.2022
ölçüsü47,41 Kb.
#59549
1   2   3   4   5   6   7
chorvachilik 14-mavzu

2.2. Chorvachilik korxonalarida ozuqalar sifatiga e’tibor berish
Ozuqalar deb – hayvonlarning turli to’yimli va mineral moddalarga bo’lgan talabini qondiradigan, ularning sog’ligi, hamda mahsuloti sifatiga salbiy ta’sir qilmaydigan moddalarga aytiladi.
Ozuqa hayvonlarning mahsuldorligini ta’minlashda, urchish qobiliyatini saqlashda, ularning salomatligini ta’minlashda katta o’rin tutadi. Oziqalar hayvonlar mahsuldorligida asosiy o’rin tutadi, yoki uning 70% oziqalar nisbatiga to’g’ri keladi. Shuning uchun har bir xo’jalikda mo’l-ko’l yem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsuldorlik garovi hisoblanadi.
O’zbekistondagi chorvachilik xo’jaliklarida 1 bosh shartli qoramol uchun 3500-4000 oziqa birligi tayyorlash, chorva hayvonlarini to’kis oziqalar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi. Buning uchun har bir xo’jalikda yil boshida hayvonlarning oziqalarga bo’lgan talabini aniqlab, shu asosda oziqa ekinlarini joylashtirish kerak. Oziqa ekinlarini yangi navlarini joriy qilish, ilg’or texnologiyalardan foydalanish natijasida har gektar yerdan 100-150 s. oziqa birligi olish choralarini ko’rish kerak.
O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning chegaralanganligi oqibatida yem-xashak ekinlari uchun to’liq maydonlar ajratishning imkoniyati yo’q, shuning uchun ko’proq oziqalarni oraliq va takroriy ekinlar hisobiga yetishtirsa bo’ladi. Ularning har gektaridan 250-300 s. hosil olsa bo’ladi. Asosiy xashaki ekinlar bedadan pichan holida 100-150 s., makkajo’xoridan poya hisobida 300-400 s., lavlagidan 400-500 s. hosil olishni ta’minlash zurur.
Tayyorlangan oziqalarni o’z vaqtida yig’ishtirish, tashish, saqlash ularning sifatiga ta’sir ko’rsatadi, buning uchun har bir oziqani ko’rsatilgan yo’riqlar asosida saqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Yem-xashaklarni hayvonlarga yedirishdan oldin tayyorlab berish ulardan samarali, foydalanishning asosiy omilidir.
Barcha oziqalar quruq moddalar va suvdan tashkil topgan. Quruq moddalar o’z navbatida organik moddalar va kuldan iborat. Organik moddalar esa oqsil, yog’, kletchatka, AEMdan tashkil topgan. Bundan tashqari, uning tarkibida turli xil vitaminlar mavjud.
Suv – oziqaning to’yimligini ko’rsatadi, yoki qancha suv ko’p bo’lsa uning to’yimligi shuncha kam bo’ladi. Suvning miqdori turli oziqalarda 15% (pichan, somon), 90% (ildizmevalar) tashkil qiladi.
Kul – oziqalar tarkibida munosib o’rin egallab, unda 60 ortiq mineral elementlar uchraydi.
Kul makroelementlar – kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, magniy, oltingugurt, xlorlardan tashkil topib oziqalar tarkibida 0,01 dan 1% bo’lishi mumkin.
Mikroelementlar – temir, mis, kobalt, rux, marganes, yod, molibden, selen va boshqalar oziqalar tarkibida juda kam miqdorda uchraydi, lekin muhim o’rin tutadi. Oziqalar tarkibidagi mineral moddalarning miqdori o’simlikning o’sish jarayoni, yig’ishtirishdavri va o’simlikning vegetasiyasiga bog’liq.
Mineral moddalar hayvonlarning barcha hujayra va to’qimalar, hamda ularning mahsulotlarining tarkibiy qismiga kiradi. Quruq moddada kuldan tashqari organik moddalar mavjud. Ularda azotli (protein) birikmalar va azotsiz birikmalar kiradi.
Azotsiz birikmalar uglevodlar va yog’lardan tashkil topgan. AEM (azotsiz ekstrativ moddalar) esa kraxmal va qanddan iborat. Azotli birikmalar – oziqalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib organik moddalar tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Azotli birikmalar – xom protein – oqsil va amidlardan iborat. Proteinli birikmalar oziqalar tarkibida alohida o’rin tutadi, chunki uni yog’ yoki uglevodlar bilan almashtirish mumkin emas. Protein hayvon tanasida oqsil manbai bo’lib hisoblanadi. Modda almashinuvida oqsil almashinuvi alohida o’rin tutadi.
Amidlar ular oqsil tabiatdagi moddalarga nisbatan oddiyroq tuzilishga ega bo’lib, ular ammoniy birikmalaridan tortib, mochevina va alkoloidlarga bo’linishi mumkin. Oqsil tizimiga kirmagan azotli birikmalar aminokislotalar holida bo’ladi. Amidlar oqsillarni sintezida oraliq mahsulot bo’lib hisoblanadi. Proteinga boy oziqalarga ko’k dukkaklilar, dukkakli o’tlar pichani, dukkakli donlar va kunjara, shrot kiradi.
Uglevodlar – o’simlik oziqalarida ko’p bo’lib 70-80% tashkil qiladi. Hayvon organizmida esa ozma-oz qand va glikogen moddasidan boshqa uglevodlar (0,2) kam uchraydi. Buning sababi o’simlik hujayralarining qobig’i sellyulozadan, hayvon hujayrasining qobig’i esa oqsildan tashkil topgan. Bundan tashqari o’simliklar zaxiralarni kraxmal holida saqlasa hayvonlar esa yog’ holida saqlaydi. Uglevodlarga qand, kraxmal, kletchatka, pentoza va organik kislotalar kiradi. Monosaharidlarga pentoza va geksoza kiradi. Geksozadan eng muhimi glyukoza va fruktoza hisoblanadi. Polisaharidlarga kraxmal va kletchatka kirib ular shirin tamga ega emas.
Oziqalarni baholashda kletchatka alohida hisobga olinadi, ayniqsa «xom kletchatka» asosan sellyulozadan iborat. Lipidlar – ular o’simlik va hayvon to’qimalarida mavjud. Ular suvda erimaydi, lekin oddiy organik erituvchilarda eriydi, ular benzin, efir, xloroform. Oddiy lipidlarga yog’lar, murakkab lipidlarga fosfolipidlar kiradi. Yog’lar o’simlik va hayvonlar tarkibida bo’lib energiya manbai hisoblanadi. Oziqalar tarkibidagi yog’ bo’rdoqi hayvonlar yog’ining va sut yog’ining sifatiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Yog’ hosil bo’lish uchun manbaa uglevodlar va proteinlar bo’lishi mumkin.
Vitaminlar hayvonlarga kam miqdorda kerak bo’lsa ham ularning salomatligini, urchish qobiliyatini saqlashda, mahsuldorligi ko’payishida muhim ahamiyat kasb etadi. Rasion tarkibida ba’zi vitaminlarning yetishmasligi ularning biologik jarayonlariga salbiy ta’sir qilib hayvonlarning kasallanishi, urchish qobiliyatini va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo’ladi. Vitaminlar yog’da va suvda eruvchi guruhlarga bo’linadi. Birinchisiga A, D, Ye, K, ikkinchisiga V majmuadagi va S vitaminlar kiradi. Qishloq xo’jaligi korxonalari hayvonlari uchun ko’proq yog’da eruvchi vitaminlar ahamiyatliroqdir. Vitamin A – (retinol) – ko’proq hayvonat mahsulotlarida uchraydi: sut, tuxum, baliq, jigar. Vitamin A oqsillar, lipidlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi. Vitamin D – o’simlikda faol shaklda bo’lmaydi, mineral moddalar almashinuvida qatnashadi. Vitamin Ye tokoferol – ko’payish vitamini. V guruh vitaminlar orginizmlar modda almashinuvida muhim o’rin tutadi. Ushbu vitaminlar ko’plab fermentlar tarkibiga kirib organizmda kechayotgan almashinuv jarayonlarida qatnashib uni boshqaradi. Bu majmuadagi vitaminlardan hayvonlar uchun eng zarurlari kobalamin, tiamin (V1), riboflavin, pantoten kislotasi (V3), nikotin kislotasi, xolinlar hisoblanadi.
Oziqalarning tarkibi va to’yimligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
1. Iqlim sharoiti.
2. Tuproq.
3. O’simlikning yetilish bosqichi (vegetasiya fazasi).
4. O’g’itlar.
5. O’simliklarning turi va navi.
6. Agrotexnika.
7. Tayyorlash usullari.
8. Oziqalarni saqlash.
Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish turli xil oziqalardan foydalanib amalga oshiriladi. Ular o’zlarining kelib chiqish va tarkibiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Shirali oziqalar. 2. Dag’al oziqalar. 3. Don oziqalar. 4. Sanoat chiqindilari (kraxmal, un, spirt, yog’ sanoati). 5. Oziq-ovqat qoldiqlari. 6. Hayvonot dunyosidan olingan oziqalar – sut, go’sht, baliq. 7. Proteinli va boshqa to’ldiruvchilar. 8. Vitaminli va dori qo’shilmalari. 9. Mineral qo’shimchalar. 10.Omixta yemlar.
Shirali oziqalar – o’z tarkibida suvni ko’p saklab hayvonlar tomonidan suyub iste’mol qilinadi va yaxshi hazm bo’ladi, chunki hujayralarda to’yimli moddalar erigan holda bo’ladi. Shirali oziqalarga ko’k oziqalar, silos, senaj, ildiz va tuganak mevalar, hamda xashaki poliz kiradi.
Ko’k oziqalar boshoqli va dukkakli bo’lib yaylovlarda yoki sug’oriladigan maydonlarda yetishtiriladi. Ulardan bahordan tortib kech kuzgacha, ba’zan ko’k koveyer tashkil qilinganda yil davomida foydalanish mumkin. Ko’k oziqalar ayniqsa protein va vitaminlarga boy bo’ladi. Silos makkajuxori, kungaboqar va juxorilardan konservasiyalash natijasida olingan oziqa bo’lib, kovshovchilar va boshqa hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Namligi 65-70%. Senaj dukkakli o’tlardan namligi 45-55% bo’lganda xandaklarga bosib tayyorlangan oziqa.
Ildiz mevalilarga sabzi, lavlagi kirib ular tarkibida suvi va uglevodlar ko’pligi bilan ajralib turadi. Qizil sabzida esa karotin ko’p. Tuganak mevalarga kartoshka, topinambur kirib ular kraxmalga boy.
Xashaki polizga tarvuz va oshqovoq kirib, ular tarkibida suv qup bo’lib (90-95%) yengil hazm bo’luvchi uglevodlar mavjud. Sigirlarni sut mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Dag’al oziqalarga – picha, somon va poxol kiradi. Pichan o’z tarkibida 15% namlikni saklab, ancha to’yimli hisoblanadi. Pichanlar boshoqli va dukkakli o’simliklardan tayyorlanadi. Pichanlar tabiiy va ekilgan o’tlardan olinganlarga bo’linadi. Somon – boshoqli o’simliklar doni ajratib olingandan keyingi mahsulot. Uning to’yimlilik darajasi past, hamma hayvonlar ham iste’mol qilavermaydi. Poxol – sholi doni yanchib olgandan keyingi qoldiq, oziqa sifatida ahamiyati past.
Don oziqalar – ularning to’yimlilik darajasi yuqori bo’lib, rasionlarni boyitishda qo’l keladi. Don oziqalari dukkakli donlar, qaysiki tarkibida yuqori miqdorda protein saqlaydi va boshoqli donlar, qaysini tarkibida ko’plab kraxmal moddasiga ega. Sanoat chiqindilari – sanoatda asosiy mahsulot olingandan keyingi chiqindi. Yog’-moy sanoatidan – sheluxa, kunjara, shrot. Konserva sanoatidan – to’ppalar. Un sanoatidan – kepak va un changi. Aroq, vino, pivo sanoatidan – bardalar. Bu chiqindilar tarkibiga va xossalariga qarab turli xil hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi.
Oziq-ovkat chikindilari – yirik shaharlarda ko’plab oziq-ovqat chiqindilari yig’ib olinadi, ularga mahsus ishlovlar berib boyitilgandan keyin ko’p xollarda cho’chqalarni bo’rdoqilashida ishlatiladi. Hayvonot dunyosidan olingan oziqalar muhim o’rin tutadi. Ularga sut va sut mahsulotlari (qaymog’i olingan sut, ayron va zardob), go’shtsuyak uni, baliq uni, baliq yog’i va hokazolar kiradi.
Mineral oziqalar – bular eng katta guruhdagi oziqalar bo’lib qarib har bir rasionga qo’shiladi, chunki albatta asosiy rasionda u yoki bu makro yoki mikroelement yetishmaydi, hisob-kitob qilinib yuqoridagi elementlarni tuzlari qo’shib beriladi.
Omixta oziqalar – bu hozirgi davrda eng ko’p tarqalgan oziqa turi bo’ladi. Turli turdagi, yoshdagi, jinsdagi va fiziologik holatdagi hayvonlarga moslanib tenglashtirilgan oziqa hisoblanadi.
Har bir hayvon yoki parrandaga beriladigan oziqa albatta yedirishdan oldin tayyorlanishi shart, bu tadbir oziqalarni xushho’r bo’lishi va ularning yaxshi hazmlanishiga garov bo’ladi. Dag’al oziqalar yedirishdan oldin maydalanadi, kerak bo’lsa qo’shimcha ishlovlar berilgandan keyin yedirilish shart. Pichanlar fakat maydalangan holda, yoki talkon holida hayvonlariga beriladi. Masalan, qoramollarga maydalangan holda; cho’chqa va parrandalarga esa talqon holida yemiga qo’shib bergan ma’qul.
Eng muammoli bo’lib somon va poxolli, yedirishga tayyorlash hisoblanadi. Chunki bu oziqalarning asosiy qismini kletchatka (yog’ochsimon) moddasi tashkil qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. Shuning uchun har bir kg. somon yoki poxol to’liq ishlovdan o’tmasdan hayvonlarga yedirilmaslik kerak. Somon va poxol asosan kovshovchi hayvonlarni oziqlantirishda keng foydalaniladi. Somon va poxol dastlab maydalanib 2-3 sm. uzunlikda, so’ng yuviladi, shundan keyin unga 1% so’ndirilgan ohak, yoki osh tuzi eritmasi qo’shiladi va handaklarda 10-12 soat mobaynida (KV-200; KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi. Buning natijasi mexanik va kimyoviy jarayonlar natijasida kletchatka ancha yumshaydi, oziqa yeyish uchun qulay va xushho’r bo’ladi. Buning uchun har bir qoramolchilik fermalarida dag’al hashaklarni ishlab beradigan kichik sexlar qurish maqsadga muvofiqdir.
Dag’al oziqalarni ayniqsa somon va poxolni ishlovsiz berilsa ular hayvonlar tomonidan yaxshi yeyilmaydi (ko’p nushho’r chiqadi), hamda hayvon oshqozoni uni hazim qilish uchun juda ko’p energiya sarflaydi, shuning uchun bunday davrlarda sigir ozib, mahsuldorligi pasayib ketadi. Silos, senaj kabi oziqalar fakat 2-3 sm. uzunlikda qilib maydalanib yedirilsa kifoya. Ko’p oziqalar albatta 2-3 sm. uzunlikda dalaning o’zida, yoki fermada maydalanib keyin hayvonlarga beriladi. Ildiz va tuganak mevalilar kovshovchilar uchun mahsus (PRK-5) kurilmalarda yuvib maydalanib yediriladi.
Sigirlarga esa tozalangan lavlagilarni butunlay berilsa ham ular yaxshi iste’mol qiladilar. Cho’chqalar uchun tuganak mevalilar albatta pishirilgan holatda yediriladi. Oziqa polizi hayvonlarga mahsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. Don oziqalar asosan maydalanib yediriladi. Faqat cho’chqalar uchun ular maydalanib pishirilib yediriladi. Parrandalar uchun ko’p hollarda ho’llab yediriladi. Iloji boricha yem oziqalarini aralash yedirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda ko’pgina fermalar va fermer xo’jaliklarida hayvonlarga yaxshi sharoit yaratish va mehnatni oqilona tashkil qilish maqsadida monokorm (bir xil) oziqa berish yaxshi natijalar bermoqda.
XULOSA
Chorvachilik mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘idir. Ushbu tarmoq aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatning xomashyoga bo'lgan talabini qondirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari chorvachilik tarmog‘i dehqonchilik tarmog'ining rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ularning samaradorligini yuksaltirish uchun huquqiy, tashkiliy, texnologik hamda iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘hb, tarmoqda iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanish holati va samaradorlik darajasini aniqlashda tegishli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chorvachilik tamoqlarining hozirgi rivojlanish darajasi mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha past. Bu masalani hal etish maqsadida tarmoqda huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar tizimini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish zarur.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarida ushbu mahsulotlami qayta ishlovchi minitexnologiyalami joriy etishga e'tiborni kuchaytirish lozim.



Yüklə 47,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin