3-BOB.
Investitsion
loyihalarni
moliyalashtirishdagi
risklarni
boshqarishning xorij tajribasini amaliyotga joriy etish yo’llari.
3.1. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni boshqarish
muammolari.
O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi
risklarni boshqarish borasidagi asosiy muammolar, bizning fikrimizcha,
quyidagilardan iborat:
1. Tijorat banklariga investitsion loyihalar bo’yicha mijozlar tomonidan
taqdim etilayotgan biznes rejalarning mukammal ishlanmaganligi va ularning
banklar tomonidan etarli darajada tahlil etilmayotganligi, hamda kredit
shartnomalarini tuzishdagi kamchiliklarning mavjudligi.
Banklar kreditni rasmiylashtirish jarayonida ham, kredit mablag’idan
foydalanish jarayonida ham asosiy e’tiborni qarzdor tomonidan tuzilgan biznes
rejani tahlil etish va tahlilni davom ettirishga qaratishlari zarur. Lekin biznes
rejalarga kreditor tomonidan ham, karz oluvchi tomonidan ham kredit amaliyoti
uchun talab etiladigan rasmiy bir xujjatdek yondashiladi. Holbuki, aynan biznes
reja mijozning mablag’laridan foydalanish strategiyasini belgilab beruvchi muhim
bir hujjatdir. Lekin banklarda biznes rejalar kreditni rasmiylashtirish davridagina
o’rganib chiqiladi, o’rganilganda ham biznes rejadagi oxirgi natijaning ijobiy
ekanligi, ya’ni mazkur faoliyat natijasida olinadigan foyda qismigina banklarni
qiziqtiradi.
Lekin biznes-rejalarning mukammal ishlanganligi uning har bir bo’limi
bo’yicha investitsion risklarning to’liq hisobga olinganligida, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarni sotish strategiyasining to’g’ri tanlanganligida, investitsion
loyihaning samaradorligiga ta’sir qiluvchi har bir asosiy omilning ta’sir
mexanizmining inobatga olinganligida namoyon bo’ladi.
2. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi kredit riski va valyuta riskini
boshqarish tizimini takomillashmaganligi.
Valyuta
riski
muammosining
mohiyati
shundaki,
birinchidan,
respublikamizning yirik tijorat banklarida valyuta zahiralarining diversifikatsiya
darajasi juda past. Masalan, xo’jalik sub’ektlarining va tijorat banklarining xorijiy
valyutadagi zahiralarining 90 foizdan ortiq qismi AQSh dollarida shakllangan.
Buning natijasida AQSh dollarining kursini pasayishi natijasida banklarimizda
zarar yuzaga kelmoqda. Xususan, 2002-2003 yillar mobaynida AQSh dollari
evroga nisbatan 30 foizga, Yaponiya ieniga nisbatan esa, 7 foizga qadrsizlandi.
Bundan tashqari, valyuta zahiralarining diversifikatsiya darajasining pastligi
oqibatida banklarimizda AQSh dollarida bir tomonlama qisqa yoki uzun valyuta
pozitsiyasi yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida joriy valyuta operatsiyalari
bo’yicha zarar ko’rish ehtimoli ortadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotida investitsion loyihalarni
moliyalashtirishdagi valyuta riski muammosini hal qilishda forvard shartnomalari
tuzishdan keng ko’lamda foydalaniladi. Respublikamizda esa, TIF Milliy banki va
Asaka Bankdan boshqa banklarning faoliyatida forvard operatsiyalari mavjud
emas.
Kredit riski muammosini chuqurlashayotganligi ayrim tijorat banklarida
muddatli kreditlarning kredit quyilmalarining umumiy hajmidagi salmog’ini
oshganligida yaqqol namoyon bo’ldi. Masalan, TIF Milliy bankida 2005 yilda
muddati o’tgan kreditlarning kredit quyilmalarining umumiy hajmidagi salmog’i
16 foizga etdi. Holbuki, xalqaro bank amaliyotida bu ko’rsatkichning mo’’tadil
darajasi 3 foizgacha bo’lgan miqdor hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab
o’tganimizdek, agar bu ko’rsatkichning darajasi 3 foizdan oshsa, bu holat bank
kredit portfelining sifatini yomonlashayotganligidan dalolat beradi va tijorat
banklari kreditlarining investitsiyalash manbalaridagi salmog’ining pasayib
ketishiga olib keladi.
3. Investitsiya
muhitining
shakllanmaganligi
hududlar
investitsion
salohiyatini rivojlaganmaganligi suv, gaz, elektro energiya ta’minoti bilan bog’liq
muammolar.
4. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va texnik iqtisodiy asosnomasini
mukammal emasligi buning natijasida mamlakatimizga sifatsiz texnika
texnalogiyalarning krib kelishi buning natijasida korxona rejalashtirgan samaraga
erishaolmaslik holatlari yuz bermoqda.
5. Investitsion loyihalarning o’zini oqlamayotganligining asosiy sabablari
quyidagilardan iborat:
a) korxonalarning xorijdan keltiriladigan xom-ashyolarga o’ta bog’liqligi,
ishlab chiqariliyotgan mahsulotga talab yo’qligi (Kaolin, Yantak Brit qo’shma
korxonalari, Ohangaronstroyplast AJ);
b)
korxonalarning
loyhada
belgilangan
quvvatda
ishlamasligi
(Ohangaronlinplast AJ 60% quvvatda ishlamoqda);
v) ayrim korxonalarning xom-ashyo bazasi bilan ta’minlanmaganligi
(Xorazm shakar zavod, Farg’ona Furan birikmalari zavodi, Farg’ona kimyoviy
tolalar zavodi);
g) ko’pgina loyihalarga qilingan kapital xarajatlarning o’zini oqlamasligi.
Vazirlik va idoralar tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
tarmog’ida yirik korxonalar qurish orqali loyihalarni amalga oshirishga loyihalar
tanlangan. Jahon tajribasida bunday faoliyat kichik va o’rta biznes sub’ektlari
tomonidan amalga oshiriladi. Bu xo’jalik sub’ektlariga yirik kreditlar ajratilishi
qo’shimcha katta xarajatlar qilish bilan birga bank uchun juda katta
tavakkalchilikdir.
d) loyihalarda mahalliy bozor talablarining hisobga olinmaganligi hamda
ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan mahsulotning xom-ashyo bazasi, undagi
xorijiy va mahalliy xom-ashyo hissasining tahlil qilinmaganligi.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish, bizning fikrimizcha, quyidagi
tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi:
1. Xorijlik ta’minotchilar tomonidan sifatsiz uskunalar va mexanizmlar
etkazib berilishining oldini olish maqsadida xorijiy banklarning etkazib
berilayotgan uskuna va mexanizmlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolatlarini
olish lozim.
Bizga ma’lumki, mamlakatimizda o’zini oqlamagan investitsion loyihalarning
barbod bo’lishining asosiy sabablaridan biri jismoniy va ma’naviy jihatdan
eskirgan uskunalar, mashina va mexanizmlarning etkazib berilganligi hisoblanadi.
Agar xorijiy bankning uskunalar sifati yuzasidan kafolati olingan bo’lsa, u holda,
sifatsiz uskunalar etkazib berilgan taqdirda, ular uchun to’langan to’lov miqdorini
va shartnomada ko’rsatilgan jarima miqdorini xorijiy bankdan undirish imkoniyati
yuzaga keladi. Bundan tashqari, xorijiy banklarda mol etkazib beruvchilarning
nufuzi, kredit tarixi, faoliyat yo’nalishi to’g’risida etarlicha ma’lumotlar mavjud
bo’lib, ular faqat ishonchli mijozlari uchun kafolat beradilar. Bu esa,
mamlakatimizga sifatsiz uskunalar etkazib berish holatlarining kamayishiga olib
keladi.
2. Investitsion loyihaning amalga oshirilishi natijasida olinadigan
mahsulotlarni eksport qilishda shartnomani bevosita xorijlik ta’sischi bilan tuzishni
me’yoriy hujjatlar asosida ta’qiqlab qo’yish lozim.
3. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni boshqarish
samaradorligini
oshirishda
to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy
investitsiyalari
harakatlaridagi an’analarni, inson kapitaliga, texnologik o’sish va texnik
bilimlar sohalarini rivojlantirishga investitsiyalarni, ilmiy-texnika yutuqlaridan
foydalanish va boshqalarni hisobga olishga to’g’ri keladi.
Buning uchun global bilimlarni egallash va ularga moslashish, mahalliy
darajadagi bilimlar doirasini rivojlantirish, bilimlarni o’zlashtirish va ularni
qo’llash
imkoniyatlarini
kengaytirish
maqsadlarida
inson
kapitaliga
investitsiyalar, jahon yutuqlari va bilimlarini o’zlashtirish va egallashga
yordam beradigan texnologiyalarga investitsiyalar talab etiladi. Shu sababli
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish
texnologiyalarini sotib olish, global ilmlarni egallash, soliqlarning tartiblovchi
rolini takomillashtirish, rag’batlantiruvchilik rolini kuchaytirishga qaratilgan
bo’lishi lozim. Bunda asosiy vazifa - chet ellik hamkorlarga kapital qo’yishda
eng samarali yo’nalishlarni taklif etishdan, o’zaro manfaatlar sohalarini
belgilashdan, investorlarga kafolatlar va ularning huquqlarini himoya qilishdan
iborat.
4. Investitsiya muhiti investitsiyalarning investitsiya risklarini baholash
asosida chet el investitsiyalari oqimiga qulay bo’lishi lozim. Qabul qiluvchi
mamlakatdagi investitsiya muhitini baholashda chet ellik investorlar birinchi
navbatda
uning
xavfsizligi,
investitsiyalash
maqsadlariga
muvofiqligi,
mamlakatga xos risklar darajasi, investitsiyalarni rag’batlantirish tadbirlariga
e’tibor beradilar. Kontsessiya sharoitlari, eksport sanoati rayonlari, erkin savdo
zonalari, bojxona bojlari amal qilmaydigan zonalarning bo’lishi va boshqalar
bevosita chet el investitsiyalari uchun muhim hisoblanadi. Qo’shma korxonalar
tashkil qilish uchun o’z mablag’larini qo’yadigan xorijiy investorlar uchun
imtiyozlar
yangi
ilg’or
texnologiyalarni
ishlab
chiquvchilari-qo’shma
korxonalarda yangi texnologiyalarga ustuvorliklarni nazarda tutishi lozim.
Amalda bo’lgan chet el investitsiyalarini amalga oshirishning kelishilgan asosiy
shartlarini xalqaro shartnomalar tamoyillariga muvofiqlashtirish lozim, ayrim
mamlakatlar va alohida investorlar uchun imtiyozlar va rag’batlarni ustuvorliklar
va hal qilinadigan vazifalarga qarab belgilash lozim. Kontsessiyalar tashkil
qilish, hududlarni ijaraga berish, sho’’ba korxonalar ochish va xalqaro moliya
lizingini keng rivojlantirish amaliyotini davom ettirish kerak.
5. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi valyuta riskini kamaytirish
maqsadida investitsiya miqdoriga va undan olinadigan daromadlar miqdoriga
forvard shartnomalari tuzish lozim.
Bu tadbir valyuta risklarini boshqarishning kam chiqimli va samarali usuli
hisoblanadi. Bunda investitsiya qilingan miqdorga va investitsion daromad
miqdoriga forvard shartnomasi tuziladi. Shartnoma muddati tugaganda qaytarilgan
investitsiya miqdori va undan olingan daromad qat’iy belgilangan kurs bo’yicha
bitim valyutasiga sotiladi.
Dostları ilə paylaş: |