www.ziyouz.com кутубхонаси
148
SHAROF BOSHBEKOV
(1951)
Iste’dodli yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga
kelgan. U adabiyotning qutlug‘ dargohiga 80-yillarning boshlarida kirib kelgan edi.
Dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rdi. Binobarin, uning «G» varianti»
hikoyasi (1981), «Jumboq» (1986) hajviyasi, «G’urur» (1982) kabi hajviy hikoyalari
yuzaga keldi. Shundan so‘ng uning ketma-ket rang-baraig mavzudagi sahna asarlari
yaratildi. Jumladaan, u «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim»
(1987) kabi komediya, «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film ssenariysini yozdi.
Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988) «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy
komediyalari yaratildi. So‘nggi vaqtda unipg «Taqdir eshigi» dramasi yozildi.
Ayniqsa, uning «Temir xotin» p’esasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika
rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, psixologiyasida sodir bo’layotgan jiddiy
o’zgarishlar hajviy yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari
1989 yilda Maqsud Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza
nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
149
XURSHID DAVRON
(1952)
Iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni
Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog’ida xizmatchi oilasida
tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika
kulliyotining kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973
yillar davomida Olmoniyadagi sovet qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach,
o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi.
Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab tuman ro‘znomasi «Sharq tongi»,
viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li»da bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili
«Guliston» oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978
yillar davomida bir qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va
ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi.
Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib
boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi»
(1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989), «Samarqand xayoli»
(1991).
Hozirgi kunda uning yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashrga
tayyorlanmoqda.
Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib
keladi. Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va
zamonaviy yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat haqida
yozilgan jahon she’riyati» durdonalari) hamda «Yetti darvesh daftari» (klassik xitoy
she’riyatidan namunalar) kitobi ham nashriyotga topshirilgan.
1974 yili «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari” she’riy kitoblari uchun unga
O’zbekiston Lenin komso moli mukofoti berilgan edi. Ammo u 1992 yilning boshida bu
mukofotdan voz kechib, qaytarib topshiradi. Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va
qissalar yozish bilan band.
Xurshid xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi hamisha millatparvar,
vatanparvar va bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati
keng ilmiy tafakkurga ega ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun
bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |