Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
238
ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi. 
U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va 
shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib 
ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan. 
Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi 
tomoni esa qop-qorong‘i. 
Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi, 
lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u 
panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi. 
Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi 
basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat 
qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan 
Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini 
albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy 
bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi. 
Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib, 
panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir 
boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi 
bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-
biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt 
ahmoq ekanman!.. 
— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib 
o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir 
qurboni... Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni. 
Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega 
o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni 
to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak! 
Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq 
narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi: 
Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo 
bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling? 
Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob 
qiladi: — Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki! 
Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga 
o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi. 
— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! — 
deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza 
havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu 
qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha 
Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim! 
Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini 
payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob 
bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan 
Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay 
boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi 
suyuqlikli shishacha shay yotardi. 
Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan 
Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin