Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

Bahmanyor SHOKIR 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
ISLOMGA DA'VATNING BOSHLANISHI 
 
PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI  
Bilmak kerakkim, ummatman degan har bir odam, Payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalomni o‘z ota-onasini tanigandek bilishi lozimdur. Payg‘ambarimiz sollallohu 
alayhi vasallam o‘zlari arab naslidin, Quraysh qabilasi, Bani Hoshim urug‘idin bo‘lib, 
nomi shariflari Muhammaddir, sollallohu alayhi vasallam. 
Tug‘ilgan joylari Arabistonda Makka shahridur. Otalari Abdulloh, Abdullohning otasi 
Abdulmuttalib, uning otasi Hoshim, uning otasi Abdumanofdur. Ushbu to‘rt otalarini 
bilishlik har bir musulmonga lozimdur. 11-otalari Quraysh, 21-otalari Adnondur. 
Payg‘ambarimizning yuqorigi otalari Ibrohim Xalilullohdur. Onalarining otlari Ominadur. 
Payg‘ambarimiz ota-onadin yolg‘iz tug‘ilgan, to‘ng‘ich o‘g‘ildur. Chunki payg‘ambarimiz 
ona qornida ikki oylik bo‘lgan chog‘larida otalari Abdulloh Shom safariga ketayotib, 
Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari o‘ttizga yetmagan edi. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Iso alayhissalomdin 571 yil keyin 
tug‘ildilar. U zamonda Eron mamlakatida mashhur No‘shiravon Odil podshoh edi. Odil 
podshoh zamonida tug‘ildim, degan so‘zlari marviydur. Rabbiul-avval oyining 12-si 
dushanba kechasi, sahar vaqtida dunyoga keldilar. Ona qornida yotishlari, onadin 
tug‘ilishlari boshqa bolalardek bo‘lmadi. Chunki onalari Omina og‘ir bo‘y xotunlardek 
qursoq og‘irligini sezmadi, yuklik xotunlarga bo‘ladurgan badan og‘irchiliklarining hech 
birini bilmadi. 
Ona qornida 6 oylik bo‘lganlarida «Xudoning do‘sti, oxirzamon Payg‘ambariga yuklik 
bo‘lding, — deb Ominaga tushlarida bashorat bo‘ldi. — Bu muborak o‘g‘il tug‘ilgan 
so‘ngida oti Muhammad bo‘lsin», deyildi. 
Tug‘ilish oy-kunlari tamom bo‘lganda Allohning qudrati bilan hazrati Maryam, Fir’avnning 
xotuni hazrati Osiyo va boshqa bir necha hur qizlar bilan doyalikka hozir bo‘ldilar. Bola 
tuqqan xotunlardek odatdagi to‘lg‘oq tortish, qursoq og‘rig‘i, qon kelishiga o‘xshash 
narsalardin hech biri bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarida poklik, tozalik bilan 
vujudga keldilar. Shundoqki, sunnat qilingan edilar. Kindiklari kesilgan, badanlari 
yog‘langan, xush islik narsalar surtilgan holda tug‘ildilar. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoga kelgan kechasida ul zotning sharaf 
va hurmatlari uchun Xudoi taolo ko‘p mo’jizalar ko‘rsatdi. Ul zamonda olam hammasi 
kofiriston edi, o‘tgan payg‘ambarlarning ko‘rsatgan haq dinlaridin odamlar adashgan 
edilar. Arab mushriklari tarafidin Baytullohga 360 dona but osilgan edi. Arablarning har 
bir urug‘i o‘zlariga atab, Baytullohga bir donadan but osib qo‘yishni odat qilgan edilar. 
Mana shu butlar Payg‘ambarimiz tug‘ilgan kechada hammalari yuztuban yiqilib, yerga 
tushdi. Ertalab kelgan kofirlar bu holni ko‘rib, hayron qoldilar. Va ham ona qornidan 
yerga tushgan chog‘larida bir nur paydo bo‘ldi, uning yorug‘lig‘idan Shom viloyatidagi 
Busro degan shaharning saroylari ko‘rindi. Makka shahri bilan buning oralig‘i 50 kunlik 
yo‘l edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda hammalari otashparast kofir edilar. Tutgan 
dinlari esa majusiylar dini — o‘tparastlik edi. Bularning otashkada, ya’ni 
ibodatxonalaridagi ming yillab, uzun zamonlardin beri o‘chmay, yonib turg‘on hisobsiz 
o‘tlari Payg‘ambarimiz ona qornidan tushgan chog‘larida o‘chib qoldi. Yana ul 
mamlakatda Sova degan bir ko‘l bor edi, shul kechada yerga singib ketib Samova degan 
cho‘ldan qaynab chiqdi. Ul cho‘l suvga mo‘l bo‘ldi, ko‘lga aylandi. Mana shunga o‘xshash 
u kechada bir necha turli mo’jizalar paydo bo‘ldikim, agar ularning hammasi bu o‘rinda 
yozilsa, bir kitob bo‘lur. Endi bu joyda aytganlarimiz daryodan bir cho‘mich, xirmondan 
bir hovuch misoli bo‘lsa ham qolganlarga ishorat, mo‘minlarga bashoratdur. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin