Microsoft Word tarbiya majmua



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix14.10.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#155403
tarbiya




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING 
PEDAGOGIKA INSTITUTI 
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‛ICH TA’LIM FAKULTETI 
“TАSDIQLАYMАN” 
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti o‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o’rinbosari 
_____________ E.M.Muxtorov 
“_____” ________ 2022-yil 
“Boshlang‘ich ta`lim nazariyasi va metodikasi ” kafedrasi
O‘QUV - METODIK MAJMUA 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA 
fanidan (kechki ta’lim uchun) 
2022-2023- o‘quv yili uchun
Fanning kodi: 
BTTar104
Bakalavriat yoʻnalishi: 
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim 
Semestr: 

Kreditlar soni:

Buxoro – 2022



Fanning ishchi o‘quv dasturi “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” 
kafedrasining 2022-yil ____–avgustdagi 1–son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va 
fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. 
Kafedra mudiri: _________ M.J.Saidova 
Fanning 
o‘quv-uslubiy majmuasi 
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 
kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. (2022-yil _-avgustdagi № 
1- sonli bayonnoma) 
Fakultet kengashi raisi: _________O.R.Avezov 
Tuzuvchilar:
N.B.Adizova
-Buxoro Pedagogika instituti davlat universitetining “Boshlang‘ich
ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi dotsenti f.f.b.f.d.(PhD) 
G.E.Saidova
– Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti “Boshlang’ich
ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
N.O’Jo’rayeva
-Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti ”Boshlang’ich 
ta’lim nazariyasi va metodikasi ”kafedrasi o’qituvchisi 
Taqrizchilar:
A.R.Hamroyev 
–Buxoro davlat univеrsitеti “ Boshlang’ich ta’lim metodikasi”
kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori 
M.J.Saidova
–Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti “Boshlang‘ich
ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD) 



MUNDARIJA 
T/r O‘quv-uslubiy majmua elementlari 
Betlar 
1. Ma’ruza matni 
4-90 
2. Amaliy va seminar mashg‘ulotlari 
materiallari
91-121 
3. Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish 
bo‘yicha zarur uslubiy ko‘rsatmalar 
122-124 
4. Glossariy 
125-126 
Ilovalar 
-fan dasturi 
-test topshiriqlari 
-baholash mezonlari va fanni o‘rganish 
bo‘yicha boshqa materiallar 
127-136 
137-149 
150- 152



MA’RUZALAR MATNI 
Ma’ruza 1 
MАVZU: TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA. 
R е j а : 
1. “
Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fani haqida tushuncha.
2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari.
3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish. 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, metod, metodika, tarbiyaviy ishlar, ilmiy-tadqiqot 
metodlari. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Boshlang’ich 
sinflarda 
matematika 
o’qitishda 
didaktik tamoyillar mohiyati 
va mazmuni. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 408 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020.6-
bet. 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining maqsadi va 
vazifalari, asosiy tushuncha va 
tamoyillari haqida taqdimot 
tayyorlash. 
Boshlang’ich sinf matematika 
darsligidan foydalanib, boshqa 
fanlar bilan aloqadorligi. 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.13-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining mazmuni, 
mohiyati 
va 
shaxs 
tarbiyasidagi 
roli
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet. 



5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23
MA’RUZALAR MATNI 
Ma’ruza 1 
MАVZU: TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA. 
R е j а : 
1. “
Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fani haqida tushuncha.
2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari.
3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish. 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, metod, metodika, tarbiyaviy ishlar, ilmiy-tadqiqot 
metodlari. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Boshlang’ich 
sinflarda 
matematika 
o’qitishda 
didaktik tamoyillar mohiyati 
va mazmuni. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 408 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020.6-
bet. 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining maqsadi va 
vazifalari, asosiy tushuncha va 
tamoyillari haqida taqdimot 
tayyorlash. 
Boshlang’ich sinf matematika 
darsligidan foydalanib, boshqa 
fanlar bilan aloqadorligi. 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.13-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining mazmuni, 
mohiyati 
va 
shaxs 
tarbiyasidagi 
roli
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23-bet.



6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
9-bet 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
MA’RUZALAR MATNI 
Ma’ruza 1 
MАVZU: TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA. 
R е j а : 
1. “
Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fani haqida tushuncha.
2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari.
3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish. 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, metod, metodika, tarbiyaviy ishlar, ilmiy-tadqiqot 
metodlari. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Boshlang’ich 
sinflarda 
matematika 
o’qitishda 
didaktik tamoyillar mohiyati 
va mazmuni. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 408 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020.6-
bet. 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining maqsadi va 
vazifalari, asosiy tushuncha va 
tamoyillari haqida taqdimot 
tayyorlash. 



Boshlang’ich sinf matematika 
darsligidan foydalanib, boshqa 
fanlar bilan aloqadorligi. 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.13-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
“Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya”
fanining mazmuni, 
mohiyati 
va 
shaxs 
tarbiyasidagi 
roli
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
9-bet 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni 
shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni 
XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish 
uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga 
oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina -
Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo’naltirilganligini keltirish 
kifoya. 
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni 
tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma’naviy 
sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur 
bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga 
qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. 
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol 
ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini 
anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar 
bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali 
singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq bo’lgan 
tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari 
tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas 



bog’liq holda amalga oshiriladi. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar 
tashkil topadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 
quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: ―Albatta, ta’lim – tarbiya ong mahsuli, lekin 
ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan 
va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni 
o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi..... har qaysi ota – ona, ustoz va 
murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan 
holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil 
insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy-tarixiy 
jarayonida samarali foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak 
ma’naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni to’g’ri 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi; 
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi; 
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o’qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda 
boshqaruvni ta’minlash muhimdir. 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy 
fazilatlarni singdirish ko’p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil 
etishga bog’liq. Ular quyidagi omillarni qo’llash asosida vujudga keladi: 
- tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik 
hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun 
yondoshuv kabilardir; 
- tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni 
loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo’yilgan maqsadga 
muvofiqlashtirish; 
- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabatlari. Tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqot va munosabatda bo’lishlari, ruhiy shart – sharoitlar 
yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, 
tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir. 
-o’quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy 
tadbirlarni tashkil qilishda o’quvchi yoshlarning faolligi ko’p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik 
va ijodkorligiga bog’liq; 
- tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uyg’un bo’lishi. Tarbiyaviy ishlarni 
rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy 
g’oyani singdirishda har tamonlama ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ilm olishi, o’z qobiliyatlarini 
har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim to’g’risida qabul qilingan qonunda maktabning, 
unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo’lgan tarbiyaning 
vazifalari belgilab berildi. 
Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. 
O’quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, 
tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O’qish va tarbiya 
jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri 



hisoblanadi. Shuning uchun 1-sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o’quv jarayoni 
bilan bog’langandir. 
Har bir fanning predmeti, o’rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud 
bo’lganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o’rganish obyekti va amalga 
oshirilishi lozim bo’lgan vazifalari bor. 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan 
barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni 
yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob 
bermog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ning bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib 
tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. 
Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda 
ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, 
ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi 
kundan-kunga takomillashib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs 
kamolotining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan tarbiyaviy ishlar 
tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda 
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir. O’zbekiston mustaqilligi 
tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining 
birinchi prezidenti tomonidan 2008 yilni ―Yoshlar yili va 2010 yilni ―Barkamol avlod yili 2012 
yilni ―Mustahkam oila yili deb e’lon qilinishi va ushbu yillar bo’yicha davlat dasturini ishlab 
chiqish va uni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risidagi Farmoyishning qabul 
qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan sog’lom, barkamol avlodni 
tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiya barkamol 
avlodning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishlar sog’lom hayot, sog’lom turmush 
tarzi, sog’lom e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash 
mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli 
munosabatda bo’lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma’naviyatni yuksaltirishga intilish 
kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy o’rin egallaydi. Shu sababli bugungi yoshlar dunyoqarashida 
millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy tadbirlar, boy ma’naviy merosimiz 
haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy 
axloq, milliy g’urur, milliy tarbiya, milliy g’oya, Vatan tuyg’usi, Vatan qayg’usi, Vatan sog’inchi 
va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya 
jarayonining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. 
Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa 
degan edi, ulug’ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug’ullanuvchilar quyidagilarga 
amal qilishlari lozimdir: 
- tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulg’ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat 
deb bilish, har bir bola, o’smir va yoshlarning o’ziga xosligini hurmat qilish; 
- milliylikning o’ziga xos an’ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish; 
- o’quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to’laqonli 
bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishini ta’minlash, 
mehnat, ijtimoiy foydali, ko’ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy jihatdan 
tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, 


10 
urf-odatlar va an’analarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir 
ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; 
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga 
erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; 
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ; 
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni 
yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; 
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. 
Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga MO’D lariga 
mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq 
maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish 
tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini 
hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun 
o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy 
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Metod (lotincha-metodos-yo’l so’zidan 
olingan bo’lib) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilingan. Metodika (yunoncha-
metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki 
o’qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi. 
Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, 
vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini 
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir. 
Tarbiya metodlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ishlarini to’g’ri tashkil etishda muhim 
vosita bo’lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va tarbiyaviy ishlar 
jarayoniga taalluqli bo’lgan ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari 
ijtimoiy jamiyat tamonidan ta’lim muassalari oldiga Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti 
va vazifalari o’quvchilarni yuksak darajada tarbiyalash san’atining qirralari, shakllari va yo’llari 
hamda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi; ta’lim 
muassasalarida tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil etish. O’quvchilarni ma’naviy, axloqiy jihatdan 
intellektual salohiyatli etib tarbiyalash o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, 
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish, tarbiya ishlarida zarur bo’lgan metodlarni qo’llay 
bilish,tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini rivojlantirib borish, har tamonlama 
barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o’z 
ichiga oladi. Tarbiya metodlari o’qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g’oyaviy va 
ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his tuyg’u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo’llanadigan 
shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini anglatadi. Metodlar tarbiyaning maqsad va 
mazmuniga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini 
hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. 
O’qituvchi o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo’llaydi. 
Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta’sir qilish zarurligini ko’rsatadi. 


11 
Ma’ruza 2 
MАVZU: MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI. 
R е j а : 
1. 
Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati.
2.Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashining shakllanishi.
3.Umuminsoniy tarbiyaning mezonlari.
Tayanch tushunchalar: 
urf-odat, rasm-rusum, an‘ana, meros, qadriyat, islom m 
a‘naviyati, alq og‘zaki janrlari, folklor. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Milliy tarbiya tushunchasining 
mohiyati. 
1.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 22-b.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 20209-
bet. 
Milliy tarbiya tushunchasining 
mohiyati haqida taqdimot 
tayyorlash. 
Umuminsoniy 
tarbiyaning 
mezonlari 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.51-bet. 
2.Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 400 bet. 
Umummilliy qadriyatlarimiz 
aks etgan rangli rasmlar 
ko’rgazmasini tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 88-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.403-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.127-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.13-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 


12 
Tarbiyaviy ishlarning ta‘sirchanligi, samaradorligi ko‘p jihatdan xalqimizning boy milliy, 
ma‘naviy merosining tarixiy ildizlarini o‘rganishga bog‘liq. Har bir xalqning ijtimoiy-ma‘naviy 
hayotida azaliy urf-odat, marosim, an‘ana tarzida o‘ziga xos bir qadriyat meros sifatida namoyon 
bo‘lib, avloddan avlodga yetib keladi. Millatning m a‘naviy madaniyatini shakllantirishda milliy 
qadriyatlarning o‘rni muhimdir. Milliy qadriyat millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan juda 
ko‘p qadriyat shakllarini qamrab oladi: «Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa b o‘lib, 
millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, jamiki moddiy va ma‘naviy boyliklari, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir» 
1. Tarbiyaviy ishlar mazmunida milliy qadriyatlarning quyidagi bosqichlaridan ketma-ket 
foydalanish mumkin. Ular:
• milliy qadriyat haqida tushuncha berish;
• ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy, moddiy boyliklar;
• xalq og‘zaki ijodiyoti;
• urf-odat va ularning tarbiyaviy ahamiyati;
• xalq yaratgan an‘ana va marosimlarni o‘rganish va nishonlash kabilar.
Milliy qadriyatlardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini ochib berish o‘quvchilarda 
milliy g‘oya, milliy g‘urur, milliy iftixor kabi m a‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.
O‘zbek xalq etnografiyasida avlod-ajdodlarimiz komillikka intiluvchi har bir shaxsga nisbatan 
quyidagi o‘git bilan murojaat qilishgan:
O ‘zbegim! 
Osmoning musaffo, oilang tinch-totuv, dasturxoning to‘kin-sochin bo‘lsin, farzandlaring komil 
inson bo‘lib voyaga yetsin, har qachon bayram, to‘y-tomoshani tark etmasin. Milliy urf-odat va 
qadriyatlarimizga sodiq qol! A n’ana, marosim, milliy urf-odat o ‘zbekning o ‘zligidir! 
An’ana 
— tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, 
avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar m a‘naviy hayotiga ta‘sir ko‘rsatadigan madaniy 
hodisadir. An‘ana o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, kishilar ongiga singgan (umum yoki ma‘lum 
guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.
Odat (urf-odat) 
— kishilarning turmushiga singib ketgan, ma‘lum muddatda takrorlanib turuvchi 
xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor, qoidalar ko‘nikmasi. Masalan, 
kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish, mehmonlarga alohida 
hurmat ko‘rsatish, bayram
arafasida qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror 
ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Odat ma‘lum sharoit ta‘sirida vujudga kelib, insonning fe‘l-atvorida mustahkamlanib qoladi va 
keyinchalik doimiy elementga aylanadi.
Marosim 
inson hayotidagi muhim sanalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik 
vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan, ism qo‘yish, nikohdan o‘tish, dafn, xotirlash, ekin ekish (urug‘ qadash), o‘rim o‘rish 
marosimlari.
Odat kundalik hayotda doimo kuzatilsa, marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir 
bo‘lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealar (masalan, tug‘ilish, 
uylanish, o‘lim kabilar) bilan bog‘liq bo‘ladi. M arosimlarni o‘tkazishda avloddan avlodga 
o‘tadigan, ramziy va rasmiy an‘analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimda, bo‘layotgan voqeaga 
«guvoh» sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik bo‘lishadi, 
kelajakni o‘ylab, yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos tartibi (boshlanishi va 


13 
nihoyalanishi) bo‘ladi. Inson hayotida bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani nishonlash jarayonida 
an‘ana ham, odat ham, marosim ham mujassamlashadi.
An‘ana, odat, marosim bir-biri bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shu bois an‘analarning 
tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim bo‘lishi mumkin. «An‘ana», «marosim», 
«bayram» atamalari o‘zgarmas tushunchalar emas. Zamon taraqqiyoti va turmushdagi o‘zgarishlar 
ta‘sirida tushunchalar mazmuni ham kengayib boradi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar ta‘sirida 
talabga javob bermay qolgan an‘ana va bayramlar asta-sekin unutiladi. Mohiyatan xalqchil, ijtimoiy 
salmoqqa ega bo‘lgan an‘analar taraqqiy etadi.
Masalan, «Navro‘z», «Qovun sayli», «Lola sayli» va h.k. bayramlar zamonaviy talablarga javob 
bergani uchun ham asrlar davomida yashab kelmoqda.
Xalq turmushining o‘zgarishi unga mos an‘analarni vujudga keltiradi. O‘zbek xalqi hayotida ham 
yaqin yillar ichida avvaldan mavjud bo‘lmagan ko‘plab ijtimoiy va shaxsiy oilaviy an‘ana, marosim 
va bayramlar paydo bo‘ldi. Keyingi paytlarda ilmiy adabiyotlarda, davriy nashrlarda «an‘anaviy 
bayramlar», «yangi an‘analar» so‘zlari ishlatila boshlandi. An‘anaviy bayramlar deganda, ma‘lum 
vaqtda m untazam o‘tkazib turiladigan azaliy madaniy ommaviy tadbirlar — «Gul bayrami», «Lola 
sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to‘yi» (hozirgi «Paxta bayrami») nazarda tutiladi. Chunki ular 
qadim zamonlardan buyon mavjud bo‘lgan xalq bayramlaridir.
Yangi an‘analar — hayotimizga kirib kelayotgan va joylarda endigina urf bo‘layotgan tadbirlardir.
Odatda, 
bayram 
deganda, biron-bir muhim hodisa, voqea, sanani ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda, 
xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi. «Bayram kunlarida odamlar «qisqa» vaqtga bo‘lsa-da, 
o‘zlarini kundalik mehnatdan, tashvishdan, g‘am-g‘ussadan, qaramlikdan, qarzdan xoli, erkin 
sezadilar», deydi qadimshunos M. Qodirov.
Bayramlar har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlarini aks ettiradigan ko‘zgu sanaladi. Chunonchi, 
kishilar bayram chog‘ida chiroyli kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashib, o‘z 
pazandaliklari, kiyinish madaniyatlari, go‘zallikka tashnaliklarini namoyish etishadi. Bayram kuni 
hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Odamlar o‘rtasida boshqa kunlarga qaraganda muayyan 
darajada yaqinlik, hamkorlik, hamjihatlik vujudga keladi. Bayram kuni azal-azaldan tinchlik kuni 
hisoblangan. O‘sha kuni urush, nizo va mojarolar to‘xtatilgan. Bu kunda kishilar o‘rtasidagi adovat, 
gina-kuduratlar unutilgan, o‘zaro arazlashganlar yarashishgan. Bayramlarda vujudga keladigan 
ko‘tarinki kayfiyat kishilarni ertangi kunga umid bag‘ishlashga, kelajakka ishonch bilan qarashga 
undaydi.
Bayram ijtimoiy-madaniy hayot ko‘zgusi sifatida har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini 
ham keng namoyish qiladi. 
Navro‘z bayrami. 
Bu tabiatning uyg‘onishi, ekin ishlarining 
boshlanishini nishonlashga qaratilgan bayram bo‘lib, marosimlarda qadimiy zardushtiylik 
alomatlari saqlanib qolgan. An‘anaga ko‘ra, uylarda hozir ham xuddi qadimdagidek bo‘g‘irsoq 
pishiriladi va marosim taomi sumalak tayyorlanadi. Bayramdan keyin, odatda, daladagi ekin ishlari 
boshlangan.
O‘tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho‘kizlarning 
shoxlari va bo‘yinlariga moy surtilgan. Birinchi ko‘chatni mahallaning eng e‘tiborli va keksa a‘zosi 
ekkan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Navro‘z bayramini nishonlash davlat 
darajasida muhim ahamiyat kasb etdi. Rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro‘zning 
falsafiy shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o‘rni aks ettiriladi. 
Oilaviy an’analar, bayramlar. 
Xalq an‘analarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil qilgani uchun ularni alohida tadqiq 
etish ehtiyoji yuzaga keladi. O‘zbek oilalarida chaqaloq tug‘ilganidan to u ulg‘ayib, yangi oila 
qurguniga qadar sodir bo‘ladigan muhim sanalarga bag‘ishlangan marosimlar tizimi mavjud. 


14 
Mazkur tizimga chaqaloqning dunyoga kelishi, unga ism berish, chaqaloq chillasi, beshik to‘yi, soch 
to‘y, tish to‘yi, birinchi qadam, sunnat to‘yi, muchal yoshi, nikoh to‘yi kabilar kiradi. 
Ma’ruza 3 
MАVZU: TARBIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI 
TASHKIL ETISH METODIKASI. 
R е j а : 
1. Sinfdan tashqari tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati. 
2. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qiluvchining vazifalari. 
3.
Maktabdan tashqari faoliyat ish usullari. 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, sinfdan tashqari ish, maktabdan tashqari ish, tarbiya fani, 
tadbir.

Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qiluvchining 
vazifalari 
1. B.X.Xodjayev. Umumiy 
pedagogika nazariyasi va 
amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
77-
bet. 
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 
2020.89-bet 
Maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni tashkil qiluvchining 
vazifalari haqida taqdimot 
tayyorlash. 
Sinfdan tashqari tadbirlarning 
tarbiyaviy ahamiyati. 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.303-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 
2019.108-bet. 
Sinfdan tashqari tadbirlardan 
namunalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-
yil.266-bet. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.303- bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.206-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.21-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.177-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil.105-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 


15 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, 
ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. 
Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash 
mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda: 
- fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; - vatanini har doim 
turli oqimlardan himoya etuvchi; 
- diniy bag’rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish; 
- davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish; 
- o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; 
- yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; 
- maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati; 
- tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; 
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol 
g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va 
mos ravishda singdiradi.
-Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan 
foydalanish. 
-O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni 
tarbiyalash. 
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag’ri kenglik. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning 
ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning 
kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur 
munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini 
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir: 
1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish. 
2. O’quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini 
qanday his etishi. 
3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarning munosabati. 
4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi. 
5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning 
ijodiyotidan namuna bilishlari. 
Mazkur qoidalar boshlang’ich sinflarda sodda holda qo’llaniladi. Yuqoridagilarni aniqlashda 
suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchilarning betakror, 
bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga 
ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.


16 
3. Ma’naviy tarbiya (axloq va odob). 
4. Iqtisodiy tarbiya. 
5. Ekologik tarbiya.
6. Go’zallik tarbiyasi.
7. Jismoniy barkamollik (sog’lom avlod uchun).
8. Ota-onalar bilan ishlash. 
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob 
berishi kerak.
1. Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi. 
2. Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi. 
3. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo’lishi.
4. Mavzular o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi. 
Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoiyllari» dasturi. O’zbekiston Respublikasi «Kamolot ijtimoiy harakati» dasturi mos qilib olindi. 
Quyidagi keltirilgan reja taxminiy bo’lib, o’z shartsharoitingizga qarab ijodiy o’zgarishlar 
kiritish mumkin.
1. Vatan g’ururi – kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).
a) Tug’ilgan uy, ko’cha, shahar va o’lkalarining tarixi. 
b) Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona ekanligi. 
v) Atrof tabiatidagi o’simliklarning nomi va uni muhofaza qilish. 
g) O’lka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san’ati va kelajak 
rejalar) ma’lumotlar. 
e) Kindik qoni to’kilgan joyning tuprog’i aziz hissini singdirish. 
2. Turmush madaniyati
a) SHarqona oila.
b) Ota-ona mehri, ularning borligidan fahrlanish. 
v) Oilada sharqona urf-odatlar, an’analar qonun va qoilalarga amal qilish. 
g) Qariyalar tarixini o’rganish, ularning yaxshi fazilatlari bilan chuqurlashish va g’amxo’rlik 
qilish. 
d) Turmush va bozor iqtisodiga sharqona munosabat uyg’otish. 
e) Jismoniy barkamollik va sport. 
3. O’zbek tilining sofligi – xalq iftixori
a) Har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy g’ururini gul tojisi ekanligi (xalqning maqol, 
rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).
b) O’zbek tilnning tarixi, rivoji.
v) O’zbek tilining istiqboli. 
g) «Til bilgan elni biladi» (dunyo tillarining mohiyati haqida). 
d) Millatlararo totuvlik. 
4. O’zbek milliy urf odat, rasm-rusumlar va marosimlar
a) Oilaviy urf-odatlar.
b) Rasm-rusmlar va ularning tarixi.
v) Marosimlar ularning turlari, tarixi va mazmuii. 
O’zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar
a) Allomalarning o’g’il va qizlarga aytgan nasihatlari.
b) Qizlik iffati, hayosi, g’ururi. 
v) Oila va jamoat mehnatiga to’g’ri munosabatda bo’lish. 


17 
g) Inson go’zalligini anglatuvchi belgilar. 
d) «Yaxshilik» va «yomonlik»ni keltiruvchi hasob, uning sabablari, obro’ qozonish oson ish-
mi?
e) Sayoq yurgan tayoq yer. yo) Bozor qilish odobi.
j) Tabiat go’zalligini saqlash. 
O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli 
hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko’p 
jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog’liqdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy 
faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga 
ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p 
qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar 
tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda 
o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda 
qatnashish. 
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda 
jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini 
ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. 
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining 
tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va 
usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, 
shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat 
vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. 
Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli 
kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun 
ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning 
munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan 
tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat 
quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga 
bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga 
quyidagilar kiradi: 
1. Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar, kutubxonalar, konferentsiyalar, 
munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar. 
2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, 
tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko’rgazmalari. 


18 
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi 
kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va 
uning davomiyligidir. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli 
qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o’rganadilar, o’z-o’zini 
tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, 
maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o’zaro 
aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar 
ro’yxati, xalq ta’limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» kontseptsiyasi xalq vazirligi tomonidan 
1993 yilda tasdiqlangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun 
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil 
etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish 
asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida 
o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari 
ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, 
ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda 
tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
- darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy 
bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi; 
- tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va 
hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo’limiga sinf rahbarlarining ishlari, 
maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o’qituvchilarning o’quvchilar bilan 
muomilasi, adolatli bo’lishi, ta’sir ko’rsata olishi kerak. 
O’quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma’naviyati bilan ongini sug’orish, ya’ni singdirish kerak. 
O’quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an’analarimiz asosida tarbiyalash har bir o’qituvchining 
vazifasi.
O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o’kituvchilar, maktabning 
muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o’rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari 
ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin: 
To’garak turlari: 
1. Fan to’garaklari. 
2. Mohir qo’llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik. 
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy 
tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni 
ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda 
qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir. Tarbiyaning asosiy 
vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning 
qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy 
axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. 


19 
To’garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan 
xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o’rin tutadi. 
To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular davlatimiz ramzlarini, 
madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, 
hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va 
quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
2. Estetik ta’lim;
3. Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish. 
4. Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
5. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
6. Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha; 
7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar; 
9. Iqtisodiy ta’lim. 
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo’lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilish 
mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir 
ko’rsatadi. Ayrim o’quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab 
etmaydi, chunki o’quvchilarning o’zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo’llarini 
ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining 
aralashuvi maqbul emas. CHunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini 
shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog’liq qilib 
qo’ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham 
mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo’ladi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o’quvchilar toifasida 
majburiy ijro etish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. 
Ular ko’pincha sinf rahbarining yordamini so’rab murojaat qiladilar, kuchli o’quvchilarning qo’llab-
quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo’llab-quvvvatlash bo’lmasa, ishni davom 
ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o’quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida 
harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo’lib qolsa, u o’quvchining 
faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to’sqinlik qilishi mumkin. 
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa 
orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan muomala madaniyati ham 
shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid asosida yoki do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi 
muomilasiga ta’sir qilish mumkin. O’qituvchi o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni 
shakllantirish uchun avvalambor o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi 
kerak. 
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga ham javob berishi 
lozim. O’qituvchi talablariga: 
1. Darslarga to’liq qatnashish. 
2. O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O’qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish. 
5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish. 
6. Sinf intizomiga rioya qilish.


20 
7. Tozalikka rioya qilish. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq 
va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. 
Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda 
ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni 
yo’qqa chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning hatti-harakatlari oldindan juda 
qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda. Mustaqillikni tarbiyalash 
vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana 
shunday holat mavjuddir. Xuddi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, 
o’kuvchilarning mustaqilligini rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf 
rahbari o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun 
oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish 
kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda bo’lmasin, yoki haddan tashqari 
oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo’lmasin. Sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa o’quvchilarni 
o’quv vazifalarini hal etishga o’rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z 
hatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini boshqa 
muhim hayotiy vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. 
Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va 
o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir. Mazkur jihatlarni 
shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan 
o’qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi faoliyati 
natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur.
O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir 
qancha usullarini qo’llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan 
ishlash xuquqi beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o’quv 
vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo’ladi, lekin u o’quvchining fikrlashi qanday borganligini 
ko’rsatadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga o’rgatishni 
nazorat vositasi deb hisoblash kerak. 
O’z-o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan 
shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi. 
O’quvchilarning o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga mo’ayyan ma’lumot 
beradilar. Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, 
chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini 
shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab chiqilgan.
Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada 
shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish 
metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, 
faollarni tarbiyalash, o’quv-mehnat, ijtimoiysiyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni 
tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko’paytirish. 
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo’llanma 
hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va 
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.


21 
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy 
faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga 
ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishaga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham 
ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar 
kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish. 
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, 
o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish. Sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar 
o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo 
tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda 
jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini 
ko’rish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni 
kiritish mumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish; 
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl 
usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 
Shular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda 
qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. 
Shuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning 
munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarini 
o’rganadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviyma’rifiy 
ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham 
nazorat qilib boradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, 
yetakchi ota-onalar qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak. Ish reja maktab direktorii 
tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida boalalarning yosh xususiyatlariga maktabning joylashgan 
shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga ilmiy markazlar bilan o’zaro tarqalgan aloqasi kabi ishlarni 
inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan hujjatlar ro’yxati xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. 
A. Jo’raevning «Tarbiyaviy darslarni o’tish» risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan 
tarbiyaviy tadbirlardan qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda ilg’or 
o’qituvchi tarbiyachilar o’z faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi 
tamoyillarni asos qilib oladilar: 
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish; 
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi; 
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lab bola qalbiga va ongiga 
ta’sir ko’rsatish; 
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib tarbiyaning 
ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash; 
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o’stirish; 


22 
-bola shaxsiga hurmat va talabchanlik; 
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish; 
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng 
imkoniyatlarga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik 
mohiyatiga bog’liq. 
Sinf rahbarining o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-
onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va muntazam o’z ustida ishlab, sabr-
bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga 
mujassamlaydi. 
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident 
asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib eta olishi, xalq pedagogikasi 
an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari 
lozim. 
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z faoliyatida 
hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va 
metodlarini yaxshi bilishi; 
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so’nggi 
yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini o’quvchilarga yetkaza olishi;
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi; 
– maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar berib 
borishi;
– muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan 
seminarlarda ishtirok etish. Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, 
jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, 
ma’naviy yetuklikni barqaror etadi: 
– islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli 
uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va 
idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga 
shay turish;
– xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, 
mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning 
buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish; 
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko’rsatish, 
ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg’or narsalarni amalda samarali qo’llay bilish maktab 
o’quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish printsiplaridan biridir.
Samarali sinf rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq, etishishshg namunasi 
bo’lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo’shib olib borilishi bolalar takdiri, ularning 
tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi. 
Sinf rahbarlikning zarur printsipi rejalilik bo’lib, uning yordamida pedagogik ta’sirlar tizimi 
va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik sinf rahbariga tarbiyaning barcha masalalarini 
aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga 
oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim 
ahamiyat kasb etadi.


23 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifat 
bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali 
o’qituvchilar, maktab kutubxonasi, o’quvchi-yoshlar tashkiloti, o’quvchilar uyushmasi, ota-onalar 
komiteti hamda to’garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig’ilishida 
muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang’ich va o’quv sinflar 
tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham, 
shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi. 
Ma’ruza 4 
MАVZU: MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR- 
TARBIYA ASOSI. 
R е j а : 
1. Urf-odat,qadriyat va an’analar haqida tushuncha. 
2. Qadriyat turlari. 
3. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
qadriyat, ma’naviy qadriyat, ta’lim, tarbiya, oliy qadriyat, an’ana, 
milliy qadriyat. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Urf-odat,qadriyat va an’analar
haqida tushuncha. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 300 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020 
Urf-odat,qadriyat va an’analar
haqida 
tushuncha.haqida 
taqdimot tayyorlash. 
Qadriyat turlari. 

1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.120-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
Milliy 
urf-odatlar 
va 
qadriyatlarning 
o’rnini 
tasvirlovchi 
ko’rgazmalar 
jamlamasini tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 104-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.67-bet. 

3.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.205-bet.


24 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Mamlakatimiz istiqlolining dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va 
qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga 
yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qanday jamiyatning kelajagi 
yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bogʻliq. 
Qadriyatlar - inson uchun ahamiyatli boʻlgan millat manfaatlari yoʻlida xizmat qiladigan 
yerkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, goʻzallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik 
singari fazilatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar oʻzining mazmun-mohiyatiga koʻra bir 
necha turlarga boʻlinadi, ya’ni: 
- tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bulgan tabiiy shart-sharoitlar); 
- iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari); 
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (yerkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik); 
- ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar); 
- falsafiy qadriyatlar (gʻoyalar, mafkuralar, konsepsiyalar); 
- badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat); 
- diniy qadriyatlar (iymon, ye’tiqod, vijdon, savob). 
Shu bilan birga, fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga 
kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va yelatlarning oʻz tarixiy taraqqiyotida 
yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yigʻindisidan iboratdir. 
Qadriyatlar turli-tuman boʻlib, bular ichida “eng oliy qadriyat – inson” hisoblanib, qolgan 
barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari 
oʻziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi. Jamiyatda milliy qadriyatlarni oʻz 
qalbida mustahkam saqlash, atrof-muhit, tabiat va hayotni goʻzal, farovon qilish, demokratiya 
asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv gʻoyalar buyuk qadriyat hisoblanadi. Inson 
qadriyati uning dastavval oʻz-oʻziga va shu jamiyatga boʻlgan hurmati hamda munosabati, xulq-
atvori bilan chambarchas bogʻliq boʻladi. Bu insonga oʻz xulq-atvorini tartibga solishi, oʻziga 
nisbatan talabchanlik va nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy qadrqimmati 
milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xususiyatlardan boʻlib, uni yuksaklikka olib 
boruvchi oliyjanob bir kuchdir. Shu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy erkinligini va ma’naviy 
pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir soʻz bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak 
ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin yetdilar va targʻib qildilar, 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. Shu ma’noda 
oʻsib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga 
keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, 
takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat boʻlib, ular kishilarning jamiyatga boʻlgan 
munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartibqoidalar kishilardan jamiyat uchun zarur 
boʻlgan axloqqa ega boʻlishlikni talab qiladi. Axloq insonning dunyoqarashi, xulqini belgilovchi 
insoniy fazilatdir. Shu bois dunyoqarash oʻzgarmaguncha inson ham oʻzgarmaydi. 
Oʻzbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha ta’rif beradi: “Axloq insonlarni 
yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, 
yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qiladigan kitob axloq deyilur”. 


25 
Axloq - inson hayotida oʻz-oʻzini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda 
boʻlish madaniyatini, halol ishlab, toʻgʻri hayot kechirish mezonlarini oʻrgatadi. Axloq - tarixiy 
hodisa. Axloqiy qonun-qoidalar barcha zamonlar uchun bir xil, oʻzgarmas boʻlishi mumkin yemas. 
Muayyan jamiyat uchun ayrim axloqiy qoidalar toʻgʻri boʻlsa, boshqa davrga kelib notoʻgʻri boʻlib 
qolishi mumkin. Oʻzbekona, milliy axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar 
sinovidan oʻtgan saboqlari va bizga doimo madad boʻlib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. 
Mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Barkamol 
insonni axloqiy tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida mutafakkirlarimiz bir qator asarlar 
yaratishgan. Chunonchi, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Boʻston”, Amir 
Temurning „Temur tuzuklari“, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning 
“Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy” va boshqalarni koʻrsatishimiz 
mumkin. Oʻzbekiston mustaqillikka yerishgandan soʻng ta’limtarbiya sohasida jiddiy oʻzgarishlar 
roʻy berdi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy oʻrinni 
egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Bugungi kun yoshlari 
mustaqilligimizni mustahkamlashda oʻz e’tiqodi, gʻayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq 
etish mahorati bilan ajralib turadilar. Ular jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar oʻrtasida doʻstlik, 
sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladilar. 
Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sogʻlom ma’naviy muhit barqaror boʻlishiga 
erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sogʻlom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib 
topadi. Kishi oʻz hayotida axloqiy kamolotga qanchalik koʻp intilsa, shunchalik oʻz xato-
kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga 
ega. 
Axloq-odob insonning jamiyatga boʻlgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning 
uchun ham oʻquvchida jamiyatga boʻlgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni 
mustahkamlashga, axloqiy madaniyat yegasi boʻlishga, oʻzini-oʻzi anglab etishga, yaxshi insonlarga 
boʻlgan e’tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab oʻquvchilari dars va darsdan tashqari 
jarayonlarda doʻstlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, birovning dardiga 
darmon boʻlish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch-qudratining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy taraqqiyotning negizi yekanligini oʻz oʻquvchilariga tushuntirishlari darkor. Ma’naviy-
axloqiy tarbiya - ma’naviy ongni bir maqsadni koʻzlab tarkib toptirish, axloqiy tuygʻularni 
rivojlantirish hamda xulq-atvor koʻnikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning maqsadi: jamiyat talablariga bogʻliq boʻlib, bu talablar, oʻz navbatida, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni oʻqitish va tarbiyalash 
ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga 
cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 
tuzimini takomillashtirishda boshlangʻich maktab muhim oʻrin egallaydi. Insonning jamiyatga 
boʻlgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uygʻotish, ongli intizomni 
tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy 
tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga boʻlgan munosabatini yuqori pogʻonaga 
koʻtarishdir. Iymon va insof, soʻz va ish birligi, insonparvarlik yangi qurilayotgan jamiyatning 
asosiy xususiyatlari boʻlib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati 
uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. 
Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan 
birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda boʻlish kabi 
fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Oʻquvchining jamiyatga boʻlgan munosabatida milliy birlik, 
birdamlik va hamkorlik tuygʻulari, turli xalqlarga boʻlgan hurmat kabilar yaqqol namoyon boʻlishi 


26 
zarur. Oʻzbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni oʻqish, izlanish va mehnatdan 
qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash 
ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga koʻra bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh 
kelgusida shu oʻlkaning haqiqiy egasi boʻlib yetishishi, uning gullab-yashnashi haqida qaygʻurishi, 
erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lozim. 
Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub oʻzgarishlar vujudga 
keldi. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-axloq 
an’analariga ye’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Oʻlkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik 
ishlari aql-idrok, sabr-qanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga olgan holda 
qadam-baqadam amalga oshirilmoqda. 
An’ana - bu oʻziga xos ijtimoiy hodisa boʻlib, kishilarning ongida, hayotida oʻz oʻrnini topgan, 
avloddan-avlodga oʻtadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum 
guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir. 
Odat (“urf-odat”) - kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib 
turuvchi xatti-harakat, koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan: 
- kichiklarning kattalarga salom berishi; 
- yerta turib uy-hovlini tartibga keltirib qoʻyish; 
- mehmonlarga alohida hurmatda boʻlish; 
- bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish; 
- yordam lozim boʻlganlarnikiga hasharga borish kabilar oʻzbek xalqining yaxshi odatlari 
hisoblangan. 
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos boʻlib, 
hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni: 
- kishilar turmushi; 
- mehnati; 
- xulq-atvori; 
- muloqoti; 
- oilaviy munosabatlarda koʻproq mavjud boʻladi. 
Marosim - an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi boʻlib, inson hayotidagi muhim voqyealarni 
nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy koʻtarinkilik, tantanavor vaziyatda oʻtadigan oʻzining 
umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega boʻlgan hayotiy tadbir. Masalan: 
- ism qoʻyish marosimi; 
- nikohdan oʻtish marosimi; 
- xotirlash marosimi; 
- urugʻ qadash marosimi; 
- oʻrimga kirish marosimi va boshqalar. 
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin boʻlsa, marosim yesa inson hayotidagi 
muhim hodisalar sodir boʻlganda vujudga keladi. 
Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz oʻquvchilarining har tomonlama rivojlanishiga 
zamin yaratishi, ya’ni ularni oʻqishga, ta’lim olishga qiziqtirishi va ishtiyoq uygʻotishi bilan birga 
ularning idrok yetish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirish kabi sifatlarini 
oʻstirishga oʻz kasbiy faoliyatini toʻliq safarbar yetmogʻi lozim. Bunda ular oʻz oʻquvchilarining 
ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtayi nazaridan), ma’naviy yehtiyoji, 
yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa - mahalladagi muhit 
umumsogʻligi) kabi omillarni ye’tiborga ola bilish qobiliyatiga yega boʻlmogʻi lozim. 


27 
Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz kasbiy sohalarida quyidagi xislatlarga yega 
boʻlishi lozim boʻladi: oʻz oʻquvchilarini sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik 
faoliyatni sevish va bu faoliyatni oʻzining hayotiy yehtiyojiga aylantirish; ruhiy va pedagogik 
jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov boʻlish; pedagogik taktik va tasavvurga hamda 
tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni uygʻun 
holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda toʻgʻri yoʻlni tanlay olishlik; vazminlik, dilkashlik, 
oʻzini idora qilishlik, shuningdek, kasbiy faoliyatga layoqatning yuksakligi va shu kabilar. 
Shuning bilan birga boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi yoshlardagi burchga mas’uliyat 
(javobgarlik hissi)ni tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal yegallamogʻi lozim. Ushbu sohada olib 
borgan izlanishlarimiz natijalarining koʻrsatishicha, boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisining 
ma’naviy qiyofasi shakllanishida, asosan, quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan: 
- oila, mahalla va maktabni muqaddas deb bilish; 
- bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya, bola ongi va 
tasavvuriga mos qilib, halol va harom, toʻgʻrilik va yegrilik, yaxshi va yomon, mardlik va 
nomardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini singdira olish 
qobiliyatiga yega boʻlish; 
- bolaning yerkin, mustaqil va toʻgʻri, keng koʻlamli fikrlashini shakllantirishning shakl, usul 
va vositalarining optimal variantlarini tanlay olish; 
- oʻtmish boy milliy-ma’naviy merosimizga hurmat uygʻota bilish uslubiyatini yarata bilish; 
- milliy gʻururni uygʻotish, davlat ramzlariga hurmat va unga mos gʻururni shakllantirish, 
fidoyilikni shakllantirishning sir-asrorlarini oʻrgata bilish; 
- oʻz oʻquvchilarini goʻzal, ziyrak, aqlli, ongli, milliy gʻururli, sezgir, sinchkov, farosatli, 
madaniyatli, ma’naviyatli va shu kabi xislatlarni shakllantirishga innovasion yondashuvlar qila 
olishga erishish; 
- oʻz oʻquvchilarini vatanparvar, baynalminalchi, fuqarolik burchini chuqur his qiluvchi va 
shuningdek, milliy istiqlol gʻoyalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga yangicha 
munosabatlarni shakllantirish va shu kabilar. 
Umuminsoniy qadriyatlar oʻzining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilinishi
dunyodagi koʻplab xalqlar (elatlar, millatlar)ning oʻtmishdagi, hozirdagi hamda istiqboldagi (kecha 
> bugun > ertaga tizimi boʻyicha) taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, oʻzida jahon 
sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan 
tubdan farq qiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarninggina emas, balki bashariyat 
(insoniyat)ning mulkidir. Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat boʻlmish odamning 
oʻzidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot mazmuni, oilasi, jamoasidagi oʻrni bilan bogʻliq boʻlgan 
butun insoniyat va jamiyatga tegishli boʻlgan jihatlar ekan. Umuminsoniy qadriyat jamiki 
insoniyatga xos boʻlgan, ularning insoniy fazilatlari, xislatlarini ifodalaydigan an’analar, urf-
odatlar, rasm-rusumlar, fikrlar, gʻoyalar, qarashlar, ta’limotlar va shu asosda yuritiladigan faoliyat 
boʻlib, undan ta’lim-tarbiya sohasida samarali foydalanish koʻplab istiqbolli muammolarni hal 
qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish 
boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisining dunyoqarashini kengaytirishga va hattoki jahon 
sivilizasiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qiladi. 
Ma’ruza 5 
MАVZU: TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHINING O’Z USTIDA 
ISHLASH IMKONIYATINI TASHKIL ETISH. 


28 
R е j а : 
1.
O`z ustida ishlash va o`z-o`zini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari. 
2.
O`z-o`zini tarbiyalash metod va vositalari. 
3.
O`qituvchi irodasi hamda xis-tuyg‘usini tarbiyalash va ularni mustaqil tarbiyalash
usullari. 
Tayanch tushunchalar: 
qadriyat, ma’naviy qadriyat, tarbiyalash metod, ta’lim, tarbiya, 
oliy qadriyat, an’ana, xis-tuygusini, milliy qadriyat. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
O`z-o`zini tarbiyalash metod 
va vositalari. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 448 bet.
O`z-o`zini tarbiyalash metod 
va vositalari haqida taqdimot 
tayyorlash. 
O`qituvchi irodasi hamda xis-
tuyg‘usini 
tarbiyalash 
va 
ularni mustaqil tarbiyalash
Usullari 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.301-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 
2019.77-bet. 
Tarbiyaviy 
tadbir 
ishlanmasidan 
namunalar 
tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-
yil.308-bet. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.86-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.198-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.44-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.303-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil.428-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
O`qituvchi o`z-o`zini tarbiyalashi uchun, avvalo o`zini atroflicha chuqur o`rganishi, o`z 
ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko`ra olishi kerak. O`z-o`zni o`rganish va boshqa kishini anglash 
uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o`rganmay, o`zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o`zini 
shaxs sifatida o`rganish mumkin emas. O`zini anglash, o`zini baholash xususiyati boshqa kishilar 
bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. 


29 
Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko`rsatib berishdan, ularning muhim 
axloqiy prinsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o`z irodasini o`zi tarbiyalashga 
intiluvchi o`quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam 
samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko`rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik 
adabiyotda ta`rif-tasvirlanayotgan yoshlar qo’llayotgan sodda va yasama usullarga e`tibor beradigan 
bo`lsak, yana xam muhimdir. O`quvchilardan biri «sabr-toqatini rivojlantirish» uchun 
kinokomediya ko`rsatilayotganda kulmaslikka harakat qildi, kimdir qo`lini pichoq bilan kessa yoki 
dunyo bo`ylab sayohat qildi va hokozo? Irodani mustakil tarbiyalashning ana shu usullari 
samarasizligi eng avvalo shundaki, o`spirin bir lahzalik «irodaviy xatti-xarakat»ni amalga oshirib, 
o`zining irodasi kuchli ekanligi to`grisidagi fikrni tasdiqlay oladi. Aslida esa irodani kundalik 
hayotda, o`qishda va birinchi navbatda uchraydigan qiyinchiliklarni muntazam ravishda bartaraf 
etishni tashkil etadi. 
Buning ustiga mehnat,
o`qish, sport faoliyatining har bir daqiqasi irodani 
chiniqtirish uchun o`quv, mehnat va boshqa faoliyatni amalga oshirishga xalaqit beradigan bir 
daqiqalik istaklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratadi. 
Eng avvalo o`qituvchi o`zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o`rganishi 
kerak. Pedagogik faoliyatga muhabbati yuksak o`qituvchi ishga chin ko`ngildan berilib ishlaydi, 
hechqanday formalizmga yo`l qo`ymaydi. O`z kasbini sevgan o`qituvchi doimiy ravishda g‘oyaviy-
siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o`z predmetini chuqur bilish ustida qunt 
bilan ishlaydi. 
Ma`lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko‘pki, ularga erishish 
maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o`z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy 
faktlarda ko‘ramiz. 
Buyuk nemis pedagogi D. Disterverg xar bir o`qituvchi o‘z-o`zini tarbiyalashni o`z oldiga 
sharafli vazifa qilib belgilashi lozim. 
Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy; «Pedagog uzida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» -
degan edi. 
Aynan insoniyatning go‘zal fazilatlarini o‘zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy 
tayorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy mahorati o`z 
ustida ishlash tufayli kundan-kunga o‘sib borishi mumkin. 
A.S. Makarenko kasbiy takomillashtirish masalasida shunday degan edi. «Men pedagogik 
talantga ega edim. Pedagogikaga kutilmaganda kirib keldim va o‘rgandim. Men o`z ishimning ustasi 
darajasida ko‘tarildim O`z ishimning ustasi darajasiga xar bir intiluvchi pedagog erishishi mumkin.» 
Bunda unga yordam berishi, o‘zi ustida ishlash asosiy rol o‘ynaydi. 
Otto Yulyevich Shimit umrining xar bir daqiqasidan sermahsul foydalanadi. Yerning va 
sayyoralarning paydo bulishi nazariyasining asosi. U o‘z- o`zini tarbiyalash bilan shug‘ullanib,inson 
imkoniyatlari keng ekanligini isbotladi. A.A Lyubishev, shunday degan, inson uchun yomon, bo‘sh, 
ortiqcha vaqt bo‘lishi mumkun emas. U o`z umrining daqiqalarini ongli holda xisoblashdan 
qo‘rqmas edi. 
K.D Ushinskiy o‘z-o`zini tarbiyalash orqali quydagilarga erishdi. 
1) xotirjamlik 2) so‘zda ishonch va to‘g‘rilikka. 3) xatti-xarakatga mulohaza bilan yondoshish 
4) qatiylik 5) o‘zi haqida sababsiz biror og‘iz gapirmaslik. 6.) lozim narsalardangina foydalanish. 
7) har kuni kechasi o`ziga o‘zi hisobot berish. 8) biror marotaba maqtanmaslik. 
Shuni 
aytish joizki, 
ko‘plab insonlar o`zining bebaxo vaqtini bekorga o‘tkazib yuboradi. Inson 
o`z odatlarning bir xillik kun tartibi hukimronligi ta`siriga kirib, o`zining rejalarini keyingi kunga 
yoki xaftaga yoki yillarga qoldira boshlaydi. O‘z-o`zini ishontirish, sobit qadam iroda orqaligina 
o`zining qobiliyatlarini namayon etishga erishish mumkin. O`zini tarbiyalashning psixologik 


30 
sharoitlardan biri o‘z-o‘zidan norozilik bulib, uni L.N. Tolstoy, «. . . Men telba, o‘zgalarga qizig‘i 
yo‘q, chidamsiz va bolalardek uyalchangman». 
O‘z-o`zini tarbiyalash o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan 
boshlanadi. O`qituvchi o`z ustida ishlashi, o‘z-o`zini tarbiyalashda quydagi uslublardan 
foydalanadi: 
O`z-o`zini bilish: 
a) o`zini kuzatish. 
b) o`z xarakatlarini tahlil etishi. 
d) o`z-o`zini sinashi. 
e) o`rtoqlarining fikrini tushuna olish 
o`ziga baho berish: 
a) o`zini kuzatish. 
b) o`ziga xarakteristika berish. 
d) o`z-o`zini taqdirlash. 
O‘z-o`zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O`z shaxsiy fazilatlarini 
tahlil qilishga, xatti-xarakatlarini uylashga o‘rgatadi. O‘z-o`zini nazorat qilish uchun o`zining 
yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib 
borishini kuzatib boradi. O‘z-o`zini baholash o`qituvchini, o`z imkoniyatlarini baholashda, o‘zidan 
qoniqish hosil qilishda yordam beradi. 
O`qituvchi o`z-o`zini tarbiyalash bilan birga o`z ustida tinmay ishlab, o`zining g‘oyaviy-
siyosiy ongini doimiy ravishda o‘stirib va pedagogik mahoratini takomillashtirib boradi. 
M.I.Kalinin o`qituvchilarga qarata shunday degan edi: «O`qituvchi o`zini butun kuch-
quvvatini, imkonini, o‘zida bor hamma qimmatbaho narsalarni o`z uquvchilariga, xalqqa beradi. 
Ammo, o‘rtoqlar, agar siz o‘zingizda bor narsalarning hammasini bugun, ertaga, 
indinga bersangiz-
u
, lekin o‘zingizda bunda o`z bilimlaringizni, o`z kuchingizni, o`z quvvatingizni yana va yana 
to‘ldirib bormasangiz, u holda o‘zingizda hech narsa qolmaydiku, axir. O`qituvchi, bir tomondan, 
o‘zida borini beradi, ikkinchi tomondan, hayotdan, fandan hamma yaxshi narsalarni olib xazm qiladi 
va bu hamma yaxshi narsalarni yana yangidan bolalarga beradi». 
Ilg‘or o`qituvchi hamma vaqt pedagogika sohasidagi yangiliklarni 
bilishga intiladi,
boshqa 
o`qituvchilarning tajribalaridan foydalanishga hamda o`z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga, 
hamda o`z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga harakat qiladi. 
Agar shaxs izlansa, o`z qobiliyatlari ustida ishlasa, o‘zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, 
uning obro‘si, mavqei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo‘ladi. O`qituvchi o‘zida 
kuzatuvchanlikni, g‘amxo‘rlikni tarbiyalashi lozim. O`qituvchining mustaqil bilim egallashi va 
malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir. Sharq mutafakkirlari o`qituvchi o‘zi o‘qib tursagina – 
o`qituvchi bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, deb haqqoniy aytganlar. 
Iroda va xarakterni shakllantirishda o‘z-o`zini tarbiyalash. O`qituvchilik faoliyatida 
o`qituvchi xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda iroda,
his-tuyg‘ularini boshqarish katta 
ahamiyat kasb etadi. O`zini-o‘zi tarbiyalash ma`lum natijalarga olib kelishi lozim. Bunda: o`zini 
idora eta olish, yaxshi kayfiyat, o`ziga buyruq berish, ishontirish, shaxsiy rejimga rioya qilish va o`z 
qoidasiga ega bo‘lish. 
L.N.Tolstoy o‘z-o`zini tarbiyalashda quyidagi qoidalarga amal qilar edi. Nima belgilasa hech 
narsaga qarmay tezkorlik bilan bajarar. Nimani bajarsa yaxshi bajar. 
Doimo aqliy, o`z imkoniyati doirasi asosida faoliyat ko‘rsatishga harakat qilardi».
V.Shekspir shunday yozgan edi. «Uyqu ona tabiatining g‘aroyib, shirin taomidir tanavvul 
qilish me`yorini bilish lozim». 


31 
O`z-o`ziga buyruq berish, o‘z-o`zini tarbiyalashning muhim usullaridan biri. Masalan, 
A.Meresyev «Olg‘a, olg‘a chidash kerak!» . . . 
U.G.Shuls faraziga ko‘ra o‘z-o`zini tarbiyalash programmasi (dasturi): 
Bir kunlik yoki xaftalik ish rejasini tuzish, uni bajarish; 
Umidsizlikka 
t
ushmaslik
, kamchilikdarni bartaraf etish; 
O`ziga, muvaffaqiyatga ishonish; 
«Men o‘zimga ishonaman», «Men buni qilishni xoxlayman», «Men qila olaman»
kabi o‘z-o`zini ishontirish formulasini qo‘llash. 
O`zini tarbiyalash: 
Jiddiy, o‘ylab ish ko‘rish; 
Ma`ruza, seminar darslarida e`tiborsizlikka berilmaslik; 
«Men diqqat bilan eshityapman», «Mening diqqat e`tiborimda» formulasini qo‘llash. 
O`z-o`ziga buyruq berish. «Pedagog fikrini kuzatib borish lozim». 
O`ziga-o‘zi hisobot berish, kun yoki xafta yakunini qilish. 
Xulosa, ma`lumki, jamiyat taraqqiyotida ta`lim-tarbiya, 
uning mazmunini,
maqsad vazifalari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tuzim ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy taraqqiyot o`z yo‘nalishini 
belgilashda yosh avtorga nimani o‘qitish kerak? Qanday o‘qitish lozim? Kimlarni o‘qitishi kerak? 
Kabi savollar jamiyat oldidagi ko‘ndalang qo‘yiladigan savollarga javob izlab kelingan. Mazkur 
savollarga javob topish, ya`ni ta`limni yangilash, uning tizimini, mazmunini qayta qurish, yangi 
xolatga yo‘naltirish Respublikamizning ustivor yo ‘nalishlaridan biridir. Albatta, bu yo‘nalish keng 
qamrovli, bosqichma-bosqich ravishda amalga oshiruvchi jarayondir. 
Yoshlarda mustaqil ravishda bilim olish va uni hayotga qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, 
axloq va odobni yaxshilash zarurati talabalik davrida shakllanadi. 
Yoshlarni talaba bo`lganiga qadar ota-onasi, maktab o`qituvchilari, karindosh-urug‘i, 
mahalla-kuy 
nazorat qilib borsa,
talaba bo‘lgandan keyin bu nazorat susayib ketadi. Bu holatni 
talabaning o‘zi anglab yetishi lozim, shundan keyin boshqaruv nazariyasining asosiy tamoyili, 
tushuncha va qoidalarini egallagan holda o`zini-o‘zi tarbiyalay boshlashi kerak. 
Ma’ruza 6 
MАVZU: TA’LIM- TARBIYA JARAYONIDA OILA,MAHALLA VA 
TA’LIM MUASSASASI INTEGRATSIYASI. 
R е j а : 
1.
Mahalla tarixi. 
2.
O‘quvchilarni mehnatsevarlikga o‘rgatishda 
maktab, oila va mahalla hamkorligi. 
3.
Oila, maktab, mahalla hamkorligining shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni. 
Tayanch tushunchalar: 
mahalla, oila, ma’naviy qadriyat, ta’lim, tarbiya, makatab, an’ana, 
xis-tuygusini, milliy qadriyat. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Mahalla haqida tushuncha. 
1. Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent 
2. 
2020Salayeva 
M.S. 
Umumiy pedagogika. Darslik. 
Mahalla haqida tushuncha 
mavzusida taqdimot 
tayyorlash. 


32 
- Toshkent “Nodirabegim”.
2021. – 283 bet. 
Oila, maktab, mahalla 
hamkorligining shaxs 
ma’naviyatini 
shakllantirishdagi o‘rni. 
1.
Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 66-bet. 
2.2019SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma.T.; 2019.309 
bet. 
Oila, maktab, mahalla 
hamkorligining shaxs 
ma’naviyatini 
shakllantirishdagi o‘rni 
haqida ko’rgazmalar 
tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 401-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.105-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.307-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.209-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Mahallalar qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya o‘cho- g‘i, yashash tarzi, milliy 
udumlar, urf-odat va an’analar shakl- langan maskan bo‘lib kelgan. Odamlarni bir-biriga mehr-
oqibat- li, muruvvatli, saxovatli qilib qo‘yishda, o‘ziga xos jamoani shakllantirishda 
mahallalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi kunda mahallalar davlat 
boshqaruvining birin- chi bo‘g‘inlari, asosiy ustunlari sifatida e’tirof etilayotgani ham 
bejiz 
emas. Mahalla — yurtimizda asr-asrlar mobaynida shakllan- 
gan tamoman o‘ziga xos, butunlay 
sharqona o‘zini o‘zi boshqa- rish tizimidir.
O‘rta osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir-biriga mehr- oqibatli bo‘lib yashaydigan 
insonlar, davr qanchalik o‘zgar- masin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib 
ya- shashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonoviy fikrlaydigan, dun- yoga teran nazar 
tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan oli- shi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim. 
Azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-
oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-
yesirlarning bo- shini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat 
o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va 
an’analar, avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov „Yuksak ma’na- viyat — yengilmas kuch“ 
asarlarining birinchi bobidagi „Ma’na- viyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar“ deb nomlangan 
fas- 
lida mahalla boshqaruvi, uning ma’naviyatimizni shakllantirish- 
dagi o‘ziga xos o‘rni va 


33 
mavqeyiga alohida to‘xtalib o‘tadilar. Bu asarda mahallaning azaldan milliy qadriyatlar maskani 
bo‘lib kelgani aytilib, jumladan, shunday yoziladi: „Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish 
tizimining bu noyob usuli qadim-qadim- dan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun 
hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota, ham ona“ degan hikmatli 
naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz“.
Shuningdek, muallif mustaqillik yillarida mahalla hayoti
bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum 
va an’analarimiz qayta
tiklanib, zamon talablari asosida boyib borayotganini alohida
qayd 
etadilar. „Mahalla“ tushunchasining Konstitutsiyamizga
kiritilishi esa, Yurtboshimiz tarafidan 
siyosatning xalqchilligiga 
dalolat sifatida tilga olinadi, bunga „Kuchli davlatdan — kuchli
jamiyat 
sari“ degan tamoyilning amaliy ifodasi sifatida qaraladi.
Milliy tariximizga xolis baho berishga 
kirishdik. Bir vaqtlar
hukmron mafkura badnom qilgan ne-ne zotlar nomi tiklandi.
Bular orasida 
sohibqiron Amir Temur, buyuk avliyolarimiz —
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad 
Yassaviy, Xoja Baho-
uddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va boshqalar, buyuk islom
olimlari — 
Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom
Moturidiy, Imom Termiziy va boshqalar, sho‘ro 
qatag‘oniga
uchragan, asarlarni o‘rganish taqiqlab qo‘yilgan Abdurauf Fitrat, Abdulhamid 
Cho‘lpon va boshqalar bor. 
Bola shaxsining shakllanishida butun ijtimoiy voqelik, xususan, uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan 
oila muhiti hal qiluvchi vazifani bajaradi. Oiladagi turmush madaniyati, mehnat xarakteri, ota- 
onaning axloqiy saviyasi ijtimoiy masalaga, bolaning komil in- son bo‘lib yetishishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Mehnat tarbiyasi hozirgi kun tarbiyasining zarur sharti, shaxsdagi professional 
bar
kamollikning asosidir. Mamlakatimizda umumdavlat ishi bo‘lgan 
ana shu tarbiya, ya’ni 
o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy ishlab chiqa- 
rishning turli sohalardagi mehnat faoliyatiga tayyorlash, 
asosan, 
maktabning o‘rta va yuqori sinflarida amalga oshiriladi. Lekin bu 
ishning muvaffaqiyatli 
bajarilishi boshlang‘ich sinflarda va oilada turli darajada tayyorlanishga bog‘liq. Bolalarga 
mamlakatimizda 
har qanday mehnat sharafli ekanini, halol mehnat qilgan kishi yuksak 
qadrlanishini, mehnatdan qochadigan axloqsiz odamlar- ni hech kim hurmat qilmasligini, 
boshqalar hisobiga yashash, umuman, aqlli, zukko odamga to‘g‘ri kelmasligini maktabdan, 
ota-onalarning suhbatlaridan va ularning kuzatishidan iloji boricha ertaroq bilib olishlari 
lozim. Mehnat tarbiyasini oilada 
ham muvaffaqiyatli tashkil etishga imkoniyatlar ko‘p. Bolaninng 
boshlang‘ich mehnat faoliyatida ota-onalarning mehnatga bo‘lgan munosabatlari, harakatlari 
namuna sifatida xizmat qiladi. Bolalar artofidagi „mehnat“ni ko‘rib tursa ham mehnatsevarlik 
fazilati tarkib topaveradi. Bunda ota-onalar o‘ylab, ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishlari lozim. 
Masalan, bolalarni mustaqillikka o‘r- gatishda ularga kiyinish usullarini tushuntirib, ko‘rsatib 
berish 
lozim. Bola eshikdan kirib kelgan ustki kiyimlarini tartibsiz holda 
yechib tashlamasdan, 
aksincha, maxsus kiyim ilgichga ilishga 
odatlanishlari zarur. Oilada bolalarning yosh 
xususiyatlarini hi
sobga olgan holda, maktab, mahalla bilan hamkorlikda ularning yoshlariga mos 
topshiriqlar berib borish, kundalik vazifalarni taqsimlab, mehnatsevarlikni tarbiyalash 
maqsadga muvofiq hi- soblanadi.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi vazifalari.
Bolalarga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish borasida kichik Vatan bo‘lmish 
mahallaning vazifalari:

mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan 
birgalikda amalga oshirilishi kerak 
bo‘lgan masalalarni muhokama 
qilishda, oqilona yechimlarni topishda faollik ko‘rsatishi;

mahalla o‘z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni 
qo‘llab-quvvatlab va farzandlarining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh bo‘lishi;


34 

ma’nan nosog‘lom oilalarni mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, jamoatchilik 
choralarini ko‘rishi;

mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy 
yordam ko‘rsatilishini qo‘llab-
quvvatlashi;

ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, 
vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama 
rag‘batlantirishi;

mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijod 
ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to‘garak va „Usta-shogird“ rusumida bilim va kasb 
berish faoliyatini tashkil qilishi;

mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomoni
dan mahallada istiqomat 
qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar 
uchun ish joylari tashkil qilishi;

har bir yosh fuqaroda O‘zbekistonga, uning tabiatiga 
muhabbat, obodonchiligi uchun 
javobgarlik ruhini shakllantirishi.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi jarayonida 
maktabning vazifalari:
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning 
asosiy vazifalari O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlis to monidan qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunining,
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va respublika rahbariyatining 
dasturiy fikrlari mazmunidan kelib 
chiqqan bo‘lishi kerak, ya’ni:

maktabda bolaga biror-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;

o‘quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug‘ullanishlariga yordam berish, ularning 
bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish;

bolalarga ta’lim berishni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv-uslubiy 
dasturlar asosida tashkil etish, o‘quv- 
tarbiya jarayonlarini jahon andazalariga mos ravishda 
ta’minlash:

o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan 
kelib chiqib, ularni turli soha 
bo‘yicha kasb asoslariga yo‘naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan 
yondashuvni joriy etish;

Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andazalariga mos bilim olishlari, kasb 
tanlashlari, mustaqil hayotga tayyor- 
garliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida 
ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlashlariga, 
iqtisodiy mustaqil 
bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, dav
lat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado 
etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila ko‘rishga tayyorlash.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish 
mexanizmi:
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning 4- bo‘lim 6- bandi
da „Muassasa tashkilotlarning, 
mahalliy hokimiyat organlarining, 
savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, 
fondlarning
va homiylarning vakillarini o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv
jamoat boshqaruvi 
tizimi joriy etiladi“, deb belgilab berilgan.
O‘zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun 
joylarda 
o‘z
tarkibiga mahallalar faollari, obro‘li ota-onalardan, o‘quv-tarbiya 
muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida
joylashgan turli tashkilotlarning 
xodimlaridan iborat muvofiq
lashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik 
kengashi o‘z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib o‘z tarkibida turli yo‘nalishlarda 
faoliyat ko‘rsatadigan kichik tashab-
buskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi 


35 
ma’ lum bir muddatga mo‘ljallangan ish dasturini tuzish va uni
mahalla yig‘inida tasdiqlab 
olib, amalga oshirishi zarur bo‘ladi.
Qayd etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biror-bir 
mav
zuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, mahalla 
ahlini birlashtiruvchi, ularni 
sog‘lom turmush tarziga yetaklovchi ko‘rik-tanlovlar, musobaqa, bellashuv, uchrashuvlar va 
turli
sanalarga bag‘ishlangan anjumanlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Joriy qilingan jamoatchilik 
kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risida
mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat 
tug‘ilganda o‘quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla 
hududida joylashgan tashkilot, 
korxona va idoralarning ta’lim-
tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida hisobotlarni 
tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga
va uning izchilligiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o‘z farzandlari tarbiyasiga befarq 
ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan 
hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo‘llashi mumkin.
Kengash tashabbusi bilan biror-bir dolzarb mavzuda favqu
lodda mahalla yig‘inlari, o‘quv-tarbiya 
muassasalarining pedago
gik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o‘tkazilishi 
mumkin. Kengash mahalla hududida o‘zbek milliy tarbiya an’anlarini tiklash, turli madaniy 
tadbirlar o‘tkazish, bolalar va kattalarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, 
o‘yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o‘smirlar klublari, maktabgacha va 
maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Kengash o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil 
qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida 
yoritadi. Kengash yosh av
lodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan 
masala va muammolarni mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi 
rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatligini ta’minlaydi. 
Yuqorida 
aytilganidek, ota-onalarning mehnatga bo‘lgan munosabati bolaga kuchli tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatadi. Oiladagi va o‘zi
dan katta sinfdoshlari, mahalladagi faollarning mehnatsevarligi 
kichiklarga mehnat namunasiga aylanadi. Ota-onalar, maktab bolaning qiziqishi va maylini o‘z 
vaqtida payqab, ulardan iste’dodni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishlari 
lozim. Bu esa bolalarda kattalar mehnat yutuqlaridan faxrlanish hissini tarbiyalab, ularga 
ergashishga undaydi.
Oilada olib borilgan yaxshi mehnat tarbiyasi bolalarning muvaffaqiyatli o‘qishiga yaxshi 
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ota- onalar shuni unutmasliklari kerakki, maktabda ham bolalar bilan 
mehnat tarbiyasi olib boriladi, mehnat va ijtimoiy foydali mehnat darslari o‘tiladi. Mehnat 
ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar bu darslarda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. 
O‘g‘il-qizlarni barcha mehnat turlariga tayyorlashda maktab, oila, mahalla hamkorligida bolalarni 
yangi hayotga tayyorlash faqat ijobiy natija beradi. Vaqtning qadriga yetish, daqiqalarni e’zozlash, 
uning barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi kunning muhim shioriga aylangan bir 
paytda ota-onalarning, kattalarning ibrati bolalar uchun o‘rnak bo‘lishi kerak.
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da uzluksiz ta’limga alohida e’tibor berilgan. Uzluksiz 
ta’limning boshlang‘ich nuqtasi oila hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim 
to‘g‘risi“dagi Qonunining 5- bob 30- moddasida ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari 
quyidagicha ko‘rsatib o‘tilgan: „Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari 
bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, 
maktabgacha, umumiy o‘rta, maxsus, kasb-hunar ta’limini olishlari uchun javobgardir“.
Ana shulardan kelib chiqib, har bir ota-ona, maktab, ma
halla farzandlar oldidagi fuqarolik 
burchlarini his etishlari lozim. 
Jamiyatimiz uchun yuqori malakali, raqobatga qodir 


36 
mutaxassislarni tayyorlash uchun maktab, ota-onalar va mahalla hamkorlikda olib boriladigan 
kasbga yo‘naltirish ishlarini takomil- lashtirish, yangi shakl va usullarni izlab topish va bunga 
keng jamoatchilikni ham jalb etish kerak. O‘quvchi maktabda ta’lim 
tarbiya olish bilan 
birgalikda shaxs sifatida shakllana boradi. O‘zi
ning jamiyatdagi o‘rnini sinfdoshlari, qolaversa, 
murabbiy, mahalladagi ilg‘or hunarmandlar bilan taqqoslay boshlaydi. O‘zi dagi yaxshi 
jihozlarni namoyon etishga intiladi va o‘zgalar ichida ajralib turishga harakat qiladi. Xuddi shu 
paytdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar, sinf 
rahbarlari, mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasb-hunarga yo‘l
lash sohasidagi dastlabki 
ma’lumotlarni bera boshlashlari lozim. 
O‘quvchilarning o‘zlari uchun munosib kasblar 
tanlashlarida ota-onalarning roli alohida o‘rin tutadi. Sinf rahbari, maktab ruhshunosi kasb-
hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis va maktab shifokori bilan hamkorlikda ish olib borib, 
o‘quvchining psixologik-pedagogik xaritasidan yozilgan tashxis natijalariga asoslanib, kasbiy 
maslahat berishlari lozim. Buning uchun, avvalo, ota-onalarning o‘z farzandlari haqida 
fikrlarini bilish kerak.
Pedagogik faoliyatimiz va tajriba-sinov ishlarimiz natijasida 
umumta’lim maktablarida 
xalqimizning milliy, tarixiy an’analaridan, qadriyatlaridan foydalanish darajasini va saviyasini 
aniqlashimiz uchun mahalla bilan hamkorlikda ish olib borish faqat ijobiy natija beradi. Ma’lumki, 
mahallalarda hunarmandchilik texnika rivoji bilan birgalikda takomillasha bordi va turli 
ixtisosliklar: kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, sartaroshlik, 
o‘ymakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunikasozlik kabilar ajraldi. Mahallalarda 
ochilgan bunday hunarmandchilik shoxobchalariga bolalarni qiziqtirish, maktab, oila, mahalla 
hamkorlikda, hunarmandchilikka oid ko‘rgazmalar tashkil etish, ushbu tanlovda ishtirok etgan 
o‘quvchilar mehnatiga ijobiy baho berish o‘quvchilarning o‘sha kasbni egallashlari uchun aniq 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Qadimgi manbalarda aks ettirilgandek, Surxondaryo, Qashqadaryo, 
Sa
marqand, Xiva va Qo‘qon shaharlarida me’morchilik, quruvchilik 
inshootlari keng rivojlangan. Shu 
bois hunar va kasb haqida mahalla oqsoqollari, momolar ham o‘zlarining hayotlarini farovon 
o‘tkazishlarida o‘rgangan hunarlari foyda berganini ta’kidlashadi. Maktab, oila, mahalla 
hamkorlikda mehnat ta’limi av
lodni mehnat qilishga tayyorlashni shakllantirish, kelajagi buyuk davlat 
qurishda amaliy ishtirok etishga intilish ko‘nikmasini tar
kib toptiradi. Barchamizga ma’lumki, yosh 
o‘quvchilar qaysi ustoz shirinso‘z, yaxshi muomalada bo‘lsa, bola qalbiga yo‘l topa olsa, unga 
bog‘langan holda o‘sha kasbga bo‘lgan qiziqishi ortadi. O‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan har bir 
o‘qituvchi o‘zining tarbiyalayotgan o‘quvchisining kelajagiga bafarq bo‘la olmaydi. 
Ma’ruza 7 
MАVZU: TARBIYA JARAYONINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA 
ILG’OR XORIJIY TAJRIBALAR. 
R е j а : 
1.
Ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvning zaruriyati. 
2.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya.
3.
Ilg‘or xorijiy ta’lim tizimlari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda ta'lim-tarbiya.
R. Mavlonova, 
N.Rahmonqulova, 
B.Normurodova, K.Matnazarova 
Tarbiyaviy ishlar 
Rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda ta'lim-tarbiya
haqida taqdimot tayyorlash. 


37 
metodikasi. Darslik. Toshkent, 
2014 y.401-bet. 
Ilg‘or xorijiy ta’lim tizimlari.

1.
M.Quronov. Milliy tarbiya. 
Toshkent. Manaviyat. 98-
bet.203-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 
2019.199-bet. 
Ilg‘or xorijiy ta’lim tizimlari.
haqida 
ko’rgazmalar 
tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.47-
bet. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.166-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.98-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.77-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 234-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.101-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy 
tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib 
oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi 
bo‘ldi. 
8
(A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, 
V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini 
ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi 
ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini 
rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli 
tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni 
imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu 
jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi 
g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, 
“o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit 
va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi 
pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini 
rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni 
ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. 


38 
O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida 
yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni 
tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy 
faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga 
qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi 
muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan 
tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki 
tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak. Pedagogik ta’lim 
amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga 
loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining 
jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq. Kichik 
darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor 
mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. 
Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar 
mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, 
bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi 
mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika kollejlarida 
talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan 
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. 
Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon 
sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har 
tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning 
mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi. Oliy 
pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli mazmuni bizning sharoitimizda ikki darajali model: 

umumiy (bazaviy-bakalaviriat va to‘liq (magistratura) ko‘rinishida amalga oshirilib, 
har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;

yaxlit tizim ko‘rinishiga ega; bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi;

ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;

o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;

o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli yo‘nalishlarini va hayot tarzini belgilash asosida shaxs 
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. O‘qitish asosiga ta’limiy-kasbiy dasturlar 
qo‘yilgan bo‘lib, ular beshta blok-model prinsipidan tashkil topgan: 

ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy 
fanlar, ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar tizimidan iborat. Texnologik jihatidan kasbiy 
ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga madaniy yondashuv bilan bevosita 
bog‘liq. 

Ushbu dasturlarni ishlab chiqilishida har bir blokning vazifasi, bloklar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik tashkiliy, didaktik-texnologik ishlar va malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda 
amalga 
oshirilgani 
ko‘zga 
tashlanadi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi ko‘p bosqichli 
tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy taqqoslab ko‘rilganda, 
talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, 
talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni 
fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga 
oshiriladi. Umuman olganda oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida 


39 
bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari 
o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish 
mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida 
ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini 
boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini 
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz 
berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi 
jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan 
mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish 
usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan 
metodlari 
va 
shakllariga 
ehtiyoj 
kuchaydi. 
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning 
ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. 
Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning 
barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, 
inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr 
rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb 
qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. 
Ta`lim - tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa 
ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata 
oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat 
xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini 
yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul 
oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy 
jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini 
iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. 
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u 
insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi 
g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat – e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham 
AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya 
Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran 
maktabni 
«Jamiyatini 
harakatlantiruvchi 
kuch» 
deb 
hisoblagan. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy 
muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada 
ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar 
pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, 
masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv 
dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki 
asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.Birinchi holatda 
o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo 


40 
yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul 
hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot 
qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika 
(to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) 
kabilardan 
iborat 
besh 
yo‘nalishdagi 
majburiy 
ta`lim 
joriy 
qilindi. 
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada 
chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, 
ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa 
ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found 
Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini 
qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk 
Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim 
muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari 
o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy 
tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan 
predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada 
ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va 
adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan 
predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik 
g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta 
maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari 
kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab 
doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang‘ich 
maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, 
tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi 
yordamchi predmetlarga bo‘linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin 
shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada 
o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi 
maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. 
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga 
solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va 
o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, 
buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq 
GDR 
dagi 
ta`lim 
jarayoni 
qatnashchilarining 
bu 
o‘zgarishga 
munosabatidir. 
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning 
iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlantirishga 
barakali 
hissa 
qo‘shib 
kelmoqda. 
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq 
tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat 
ta`lim 
tizimi 
tarkibiga 
kirmaydi. 
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan 
ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy 
muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib 
boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning 
ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud. 


41 
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil 
davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, 
keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat 
maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan 
boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho 
qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi 
maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq 
bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini 
tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, 
Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni 
bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar 
ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv 
yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar 
ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta 
maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi. 
Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch 
maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari 
texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining 
xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar 
boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi. 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul 
qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident 
boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy 
o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish 
bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun 
imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari 
darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar 
o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan. Fransiya jahondagi iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham 
qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya ta’limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol 
topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol topishini 
taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida o`quvchilarni 
tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish va shunga xos kasbga yo`naltirishdan 
iborat. Boshlang‘ich sinflardagi o`qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo`linadi. 
Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb etiladi. 
Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch 
tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va sport. O`quvchilar 11yoshda boshlang‘ich maktabni 
tugallab o`rta maktabga o`tadilar. 
Fransiyada oliy ta’lim professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi. Fransiyada 
oliy ma’lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Fransiya ta’lim tizimlarida 
maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko`zda tutilmagan. Biroq maktablarda va liseylarda 
turli to`garaklar mavjud. O`quvchilar uchun turli sport seksiyalari sayohatlar, musobaqalar o`quv 
muassasasining o`zida tashkil etiladi.Fransuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun kelgan chet 
el 
fuqarolari 
quyidagi 
bilim 
maskanlarida 
oliy 
ma’lumot 
oladilar: 


42 
Universitetlar; 
Oliy texnologiya maktablari; 
Oliy muhandislik maktablari; 
Oliy arxitektura maktablari; 
Oliy tijorat maktablari; 
Siyosiy fanlar oliy maktabi; 
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari; 
Oliy tibbiyot o`quv muassasalari; 
Oliy badiiy maktablar; 
O`zluksiz ta’lim [malaka oshirish] 
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mavjud. Ular 
odatda sanoat, maishiy xizmat ko`rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. 
O`qish muddati 2 yil bo`lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O`qish davomida 8 haftalik 
ishlab chiqarish amaliyoti ham ko`zda tutilgan. 
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday insitutlar faoliyat ko`rsatib, qishloq ho`jaligi ishlab 
chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo`yicha 
mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday insitutlarga kirish imtixonsiz amalga oshiriladi. 
GERMANIYADA MAKTAB VA OLIY TA’LIM 
Ta’kidlab o`tish lozimki, Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li bizning 
Respublikamizdagiga o`xshab ketadi. Jahonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga katta 
hissa qo`shib kelayotgan dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlari ichida kuchli davlatlar 
qatoriga kirgan Germaniyada ham ta’lim tizimi o`z rivojlanish bosqichiga ega. Maktabgacha 
ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Uning yuz yildan ortiq tarixi 
mavjud. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun. O`qitish davlat 
maktablarida tekin, o`quvchilar darslik va o`quv qo`llanmalari bilan tekin ta’minlanadi. 
Germaniyada maktab ta’limi qanday qurilgan va o`qitish faoliyati qanday tartibda tashkil etiladi? 
Boshlang‘ich maktabda to`la to`rt yillik o`qishdan keyin o`quvchilar yo`nalish asosidagi 
maktablarda ta’limni davom ettiradilar. Asosiy maktab dasturi yilma –yil tahlil etib boriladi. 
Germaniyada o`z vaqtida ta’lim ola olmagan katta yoshdagilar uchun bilim olishga imkoniyat 
yaratib qo`yilgan. Kechki gimnaziyada sanoat, qishloq xo`jaligi kabi sohalarda ishlovchilar 3-6 yil 
davomida o`quv ko`rsini o`taganidan keyin etuklik attestatini olish uchun imtixon topshiradilar. 
Germaniyada hunar ta’lim tizimi katta ahamiyatga ega chunki, Germaniyada yuqori malakali 
ishchilarga bo`lgan talab yuqori hisoblanadi. Germaniya ta’lim tizimining o`ziga xos tomonlaridan 
yana biri hunar diplomlari oliy o`quv yurtlariga kirib o`qish huquqini bermaydi. O`qishga qabul 
qilish imtixonsiz maktab ta’limi to`g‘risidagi hujjatga asoslangan holda amalga oshiriladi. Oliy 
o`quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan prezident boshqaradi. Oliy o`quv 
yurtlarida tatqiqotning asosiy yo`nalishi fundamental amaliy tadqiqot bo`lib, ularga boshqa ilmiy 
tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. 
Oliy ta’lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesverga tegishlilaridan tashqari 
bo`lgan oliy o`quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo`ladilar. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan 
oliy ta’lim federatsiyasi boshqaradi. Federatsiya oliy ta’lim tizimiga taalluqli umumiy prinsplarni 
tartibga solib turadi. Jumladan, federasiya oliy o`quv yurti qurilishi va oliy o`quv yurtidagi 
tadqiqotlarning bir qismini mablag‘ bilan ta’minlashni o`z ustiga oladi. Oliy maktab o`z-o`zini 
boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o`z ustavlarini qabul qiladilar. 
Agar biz AQSh pedagogikasidagi: 


43 
-bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
-o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun ko`rash; 
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g‘ururini yerga urmaslik; 
-Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k. 
Yaponiya ta’limidagi; 
-bolani maktabga puxta tayyorlash; 
-kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish; 
-o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor; 
-o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; 
-yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar; 
Germaniya ta’limidagi:
-tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
-o`qituvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash; 
-kasbga yo`naltirish; 
Fransiya ta’limidagi : 
-maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish; 
- boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish; 
- o`quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor; 
-o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa 
ibratli jihatlar bizning ta’limga ham kuchsa, bizning pedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam 
bosgan bo‘lar edi. 
Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib 
keladi. “Zo`rlab tiqishtirish” bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib 
qolishiga 
ham 
yo`l 
qo`yib 
bo`lmaydi. 
Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan “Islohotlar” ni joriy etish, yangi o`quv 
muassasalari to`g‘risida ham ta’lim vazirligi tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y 
bermoqda, aksariyat shunday “isloh” qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni 
bermaganligi uchun oddiy maktablar va sinflarga aylantirilmoqda. 
Ma’ruza 8 
MАVZU: BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA JARAYONINING 
MAZMUNI VA MOHIYATI. 
R е j а : 
1.
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi. 
2.
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasi.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, ta’lim,ong,tushuncha, milliylik, mafkura…..
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli


44 
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va
pedagogik jarayon ekanligi
va 
mazmuni. 
1. 
Salayeva 
M.S. 
Umumiy 
pedagogika. Darslik. - Toshkent 
“Nodirabegim”. 2021. – 200 bet.
Tarbiyaning ijtimoiy hodis
a va pedagogik jarayon ek
anligi
taqdimot tayyorlash. 
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil 
etish metodikasi.
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar metodikasi.O‘quv 
qo‘llanma. 
- T.; 2019.307-bet. 
2. R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, 
B.Normurodova, K.Matnazarova 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. 
Darslik. Toshkent, 2014 y.290-bet. 
Boshlang’ich 
sinflarda 
o’tkaziladigan tarbiyaviy 
tadbirlardan 
namunalar 
tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-
yil.118-bet. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.306-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.248-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.303-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.200-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
209-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma’naviy rivojlagan aqliy va axloqiy 
barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy 
shakllari usullari shu maqsadga eisisni ko’zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va 
uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko’pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu 
esa o’quvchilar jamoasining aqliy va axloqiy o’sishini ta’minlaydi. 
Shaxsni shakllanishi manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyani umumiy 
maqsalri 
bilan 
bog’lashni, uni rejali tarzda va qat’iy sur’atlarda amalga oshirishiga harakat qilishni talab etadi. 
Umumiy ta’lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi munosib shaxs o‘z ishining ustasi bo’lgan 
o‘qituvchiga muxtoj maktabda 
o‘quvchilarga 
gumanitar 
ijtimoiy fanlardan ta’lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tiborini karatmog’i lozim.
Ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston tarixi, adabiyotini o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bulgan 
ilmiy ma’naviyatga, milliy rux, urf-odat va shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga alohida urg’u 
berish zarur. O‘qituvchi o‘quvchi qalbimga yo’l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni 
paytda odob-axloqiy, madaniyatli, rostgo’ylik va shirin-suxondonligi bilan namuna bo’lishi lozim. 


45 
Yo‘q Yuqorida aytganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbilanuvchini o’z ichiga olgan ikki yoqlama 
jarayondir. Ijtimoiy tarbiyaga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodi, ma’naviy va siyosiy 
g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi va xislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari kiradi. 
Bu usulning mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani 
yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish xayot mazmunini tushib olishga ko‘maklashish uchun 
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilar siyosiy onglik va ijtimoiy faollik, ya’ni 
davlatni ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushuntirish va idrok qilishini tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish - bu ijtimoiy ongini shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirish 
vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, g’ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. 
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan xuquqlar va burchlar 
bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, 
Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o‘quvchilarga davlat 
bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi mohiyati tushuntiriladi. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq 
tajribalarini shakllantirish mumkin. Bola rivojlanishining o‘zligini belgilashining asosiy omili - bu 
faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazardan yondashish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida 
ta’lim-tarbiya jarayoniga singib ketadi. Faoliyat o‘quvchilarni bilimlarini mustaqil egallashga 
undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini hissi qadriyat 
munosabatlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat 
darajasida foydali mehnat bilan shug‘ullantirilshga erishish lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik, jamoa 
bo‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi. Tarbiya soatlarimizda o‘quvchilarimizga marosimlarimizni 
tushuntirib borishimiz lozim. Topishmoq, she’r, tez aytish, dostonlar bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Yosh avlodimizga, dinimizni o‘rgatishimiz kerak, maktablarda esa bu an’anarimiz, 
qadriyatlarimizni qadrlash kerak, hadislardan parchalar yodlatish, hayitni qadimgi bayram ekanligini, 
uni yanada yaxshiroq tayorgarlik bilan o‘tkazish, milliy liboslar xaqida suhbatlar o‘tkazish kerak. 
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda 
namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Bola kattalarning tajribalarini sust 
holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi uning ongi, xarakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Pedagogika shaxsni kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. 
Shaxsning kamolotga yetishishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit xam, maqsadga muvofiq amalga 
oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs 
qaysi jamiyatda yashasa o‘sha jamiyat xayotidagi qonun va qoidalarga asosan kamol topadi. Shu 
jamiyatning moddiy va ma’naviy boyligidan bahramand bo‘ladi. Demak, shaxsning kamolga 
yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog‘liqdir. Inson kamolotida irsiyatning ta’siri kattadir. 
Irsiyat deganda - bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan-naslga o’tadigan 
biologik xususiyat va o‘xshashliklar tushuniladi. Shaxs xulqining rivojlantirishda biologik 
omillarning ta’sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog’lab o‘rganuvchi oqimlardan yana biri 
bixeviotrizm bo‘lib, u XX asrdan boshlab psixologiya fanida keng tarqaladi. Bunga amerikalik 
pedagog va ruxshunos E.Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu 
jumladan ong va aqliy qobiliyati ham nasldan-naslga o‘tadi. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga 
naslning ta’siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o‘xshashligini ifodalovchi biologik belgilarning 
takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko‘rinishlariga 
(tananing tuzulishi va uning mutanosibligi, sochi, ko’zi, terisining rangi, bo’y-basti va boshqalar) ega 
bo’lib dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. 
Ayni vaqtda bolaga insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan tug’ma o’tadi. Ammo 
bular tug’ma imkoniyatlar bo‘lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhitda, odamlar 
orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi, ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Chunki inson 


46 
biologik mavjud sifatidagina emas, balki ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Shuningdek irsiy 
yo’l bilan o‘tgan aqlning o’sishi, kamol topishi uchun aqliy faoliyat, shart-sharoit ham bo’lishi lozim. 
Bolaning kamolga yetishida muhitning ta’siri katta. Fiziologiya va ruxshunoslik fanining 
ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga 
chiqishi va rivojlanishi manbai-layoqati bilan tug’iladi. Layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, uning 
rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta’sir etadigan tashqi vositalarning 
yig‘indisini tushunamiz, bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi. Hamda 
ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta’sir etadi. Bola tug‘ilishi bilan ijtimoiy hayot sharoitlari, 
tayyor ijtimoiy ong shakllarga duch keladi. U mehnat sharoitining ta’sirida o‘sadi-ulg‘ayadi. 
Kishilarning o‘zaro muloqotlari natijasida bolada nutq shakllanadi, o‘sadi. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy muhit kishilarning faol ishtiroklari, faoliyatlari natijasida tarixan 
o‘zgarib boradi. Demak, boladagi irsiy belgilarning u ishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash 
sharoiti va tarbiyaga bog‘liq desak bo‘ladi. Bunga tarixdan misollar juda ko‘p. Alisher Navoiy 
onasidan – shoir, Eynshteyn - fizik, Ulugbek - astronom, Ibn Sino - tabib bo‘lib tug‘ilmagan, albatta 
ulardagi qobiliyat kurtaklarning rivojlanishi, istedodiga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya 
muhiti rol o‘ynagan. Agar inson bolasi ijtimoiy muhitga emas boshqa muhit, aytaylik, xayvonlar 
muhitiga tushib qolsa unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari shaklangan lekin insoniy 
fikr, faoliyat, xatti-xarakat bo‘lmaydi. Odob-axloq, xulqiy sifatlar faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro 
ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta’sir etadi, ammo hal quluvchi 
omil bo‘la olmaydi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o’tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga 
oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo‘lib, bilimlar, ko‘nikmalar va 
malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida keyinchalik 
maktabda ta’lim tarbiya oladi. Bolani o’rab olgan muhit, mehnat va til oqibat natijasida tarbiya 
vositasiga aylanadi. Bunda muhitning ta’siri stixiyali ekanligi xisobga olmoq lozim. Shu sababli inson 
kamolotida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik qilishiga imkon berish darkor. 
Chunki ta’lim tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olma
ydigan narsalarni o‘rganib oladi. Lekin o‘kish va yozishni maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi, 
maxsus mehnat va texnika bilim, ko‘nikma va malakalari faqat ta’lim jarayonida egallanadi. Ta’lim 
tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug’ma kamchiliklardan kerakli tomonga o‘zgartirish 
mumkin, chunonchi ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tug‘iladi. Lekin 
maxsus o‘qtirilgan ta’lim-tarbiya yordamida ularning aqli to‘la taraqqiy qiladi. 
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz bolalarni qobiliyat va iste’dodlarini o‘z vaqtida 
payqab olish va ularni kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta’lim-tarbiya berishdir. Inson tirik-
biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishiga tabiat qonunlari, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
qonuniyatlar uzviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Bu tushunchalarni bir-biridan ajratish 
mumkin emas. Chunki shaxs faoliyatiga, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasigina emas, balki 
kasalligi yoki biror boshqa fojiali holat ham ta’sir etishi mumkin. Odamning mukammal inson bo’lib 
yetishuvida o’zining maqsad asosidagi xatti-xarakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida 
ayrim nuqsonlarni bartaraf etishi mumkin, qiyinchiliklarni yengib chiqishi mumkinligini esdan 
chiqarmasligi lozim. 
Ma’ruza 9 
MАVZU: TARBIYANING UMUMIY METODLARI, SHKLLARI VA 
VOSITALARI. 
R е j а : 
1.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 


47 
2.
Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni.
3.
Tarbiya metodlarining shakl va vositalari.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, ijtimoiy ongni 
shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar, odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari, 
tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Tarbiya metodlari haqida 
tushuncha.. 
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 233 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020 
”Tarbiya metodlari haqida 
tushuncha.“mavzusida 
taqdimot tayyorlash. 
Tarbiya metodlarining shakl 
va vositalari.
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.107-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
Tarbiya metodlarining shakl 
va 
vositalari
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.Hasanboeva O., Djamilova N. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi. – T.: 2008.123-bet. 
2. Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. – 
T.: Fan va texnologiya, 2010 y..304-bet. 
3. 
M.Quronov. 
Milliy 
tarbiya. 
Toshkent. 
Manaviyat. 
2007 
4. Kukushin V.S. Teoriya i metodika vospitaniya. – Rostov-na-Donu.: Feniks, 2006. 
5. “Pedagogika” fanidan ma’ruzalar matni.(tuzuvchi M.Inomova). T.: TDPU 2000.388-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. 
Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari 
va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 


48 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. 
Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga 
ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy 
qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy 
takomillashtirish 
tarbiya usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, 
alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq 
erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. 
Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli 
yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay 
olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya 
metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. 
Amaliyotda 
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir 
ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, 
metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, 
ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika 
taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni 
muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida 
aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi 
samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan 
sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari
.
Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab 
beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni.
Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan 
bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan 
bog‘lash g‘oyat muhimdir. 
3.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish
.
U yoki shunga o‘xshash vazifalar 
tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi 
son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning 
rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta 
ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham 
shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar 
qo‘llaniladi. 
4.
Jamoaning shakllanganlik darajasi.
O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi 
bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga 
ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli 
hamkorligining zaruriy sharti. 
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy metodlar, umumiy 
dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va 
shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga 


49 
xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga 
harakat qiladi. 
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda 
yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar 
tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq 
holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi. 
7. Tarbiya vositalari.
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga 
chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va 
birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali 
qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va 
musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. 
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi
.
Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni 
egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p 
kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni 
tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib 
chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqti.
Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» 
metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. 
Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi 
tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
10. Kutiladigan natija.
Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch 
bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra 
bilish kerak. 
Tarbiya turlari. 
Aqliy tarbiya
. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning 
o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, 
tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim 


50 
bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim 
element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-
o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy 
tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash 
operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, 
zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu 
donolik. Donolik —bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u 
har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, 
oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi. 
Axloqiy tarbiya. 
„Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham 
o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Axloq —kishilarning har bir jamiyatga xos xulq 
me’yorlari majmuyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq—ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma 
sohalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq 
me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat axloqsizlik 
harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy 
tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy 
tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish 
tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq 
birligi tarbiyalanadi. 
Mehnat tarbiyasi. 
Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid 
ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali 
mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga 
bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, 
vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb 
qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish 
jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim 
o‘rganiladi.Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy 
tushunchalarni o‘z ichiga oladi. 
Birinchisi, politexnik ta’lim —bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy 
asoslarni va prinsiðlarni, mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala 
qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi. 
Ikkinchisi, bu —umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan 
faoliyatga jalb etishni taqozo qiladi. 
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi 
(temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida 
ishlash). 
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini 
saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi. 
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-
onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi. 


51 
Jismoniy tarbiya
. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini 
bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni 
mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam 
berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il 
bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli 
haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya va 
sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda. 
Estetik tarbiya. 
Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning 
kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, 
san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy 
tarbiya deb ataladi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni 
voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va 
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, 
ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng 
ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, 
tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga 
oladi. Badiiy tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa 
yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat 
tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. 
Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, 
huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Ekologik tarbiya
- Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab 
etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. 
Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham 
ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi 
ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni 
qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, 
insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. 
Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik 
tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni 
ham shakllantirib borish zarur.
Huquqiy tarbiya. 
Huquqiy tarbiya—bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, 
qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni 
ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, 
huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va 
ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur. 
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, 
turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal 


52 
etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali 
vositasi sanaladi. 
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini 
ifodalaydi: 
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, 
mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi. 
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari 
xodimlari kiradi. 
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari 
kiradi. 
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi. 
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi. 
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniya, adabiyot va san’at asarlari, 
ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi. 
Ma’ruza 10 
MАVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA 
ERISHISHGA
INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTIVOR XUSUSIYATI SIFATIDA
( 1-4 TARBIYA DARSI) 
R е j а : 
1.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillari

2.
Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning olti siri.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, faoliyatda 
mashqlantirish metodlari, tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari. 
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarining 
iste’dodini rivojlantirish 
omillari
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 108 bet.
2. 
M.Quronov. Milliy tarbiya. 
Toshkent. Manaviyat.

Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining 
iste’dodini rivojlantirish 
omillari
haqida 
taqdimot 
tayyorlash.
Muvaffaqiyatga 
erishgan 
shaxslarning olti siri.
1.
R.A.Mavlonova, 
N.H.Vohidova, 
N.H.Raxmonqulova. 
Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va 
texnologiyalar. 2010-yil.88bet 
Muvaffaqiyatga 
erishgan 
shaxslarning olti sirini alohida-
alohida tushintirib,tasvirlash.


53 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y.307-bet. 
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y293-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.116-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.266-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Abdulla Avloniy inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: 
«Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, 
zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich 
kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan 
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan 
qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan 
qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, 
maishatimiz, 
himmatimiz, 
g’ayratimiz, 
dunyo 
va 
oxiratimiz 
ilmga 
bog’liqdur». 
Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas meros 
qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan “Baxoriston” asarida ta’lim-tarbiya 
masalalari 
xususida 
fikr 
bildirdi. 
Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo’l ochuvchi va uni o’z maqsadiga erishtiruvchi 
omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab 
olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da’vat etdi: 
Jomiy o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan 
zulmkorlarga ta’sir etishga da’vat etadi. 
Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da’vat garchi shoxlarga qaratilgan bo’lsa ham, xar bir ish va 
xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do’stlarga yaqinroq bo’lish, yomonlik qilishdan saqlanish, 
adolatli bo’lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir.Jomiy manmanlik, kekkayishlarni qoralaydi, 
g’ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson xatto, boshqalardan biror sifati bilan yuqori 
darajali bo’lsa ham, kamtar bo’lishi kerak deydi. 


54 
Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo’lishga 
undaydi. Jomiy to’g’ri so’zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izxor 
etiladigan fikr so’z va harakat bilan uzviy birlikda bo’lmog’I kerak. Shoirning ta’kidlashicha, 
dilkashlik, shirinso’zlik, ochiq chexralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh 
etadi. 
Ulug’ adib o’z asarlarida hasislikni, o’grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni 
muxtojlarga berish, qanoatli bo’lish g’oyalarini olg’a suradi. Jomiy deydi: 
Do’st tanlash, do’stlikning samimiyligi xaqidagi fikrlarida Jomiy odamlarining o’zaro 
munosabatlariga e’tibor berganini ko’ramiz. Ulug’ mutafakkir do’stlarning do’stligi haqida: 
Jomiy ilmlarni egallashda tajribaga aloxida e’tibor beradi, xayotda foydalanilmagan ilmni jonsiz, 
keraksiz ilm hisoblaydi. U ta’lim oldigayosh avlodni jamiyatga, odamlarga foydali xizmat qiladigan 
qilib 
yetishtirishni 
asosiy 
vazifa 
qilib 
qo’yadi. 
Jomiycha, kitob o’tmish donishmand avlodlar bilan o’z davri yoshlari o’rtasida vosita, insonga eng 
yaqin do’st, erta tongdagi yog’du, ustoz va marabbiydir. Jomiyning bu fikri shu jihatdan muhimki, 
shoir kitobning bilim manbai, insoniyat donishmandligi xazinasi deyish bilan birga, donishmandlar 
o’z asarlarini xayotiy tajriba va kishilar ijodi mevasi sifatida kelgusi avlodlar uchun 
qoldirganliklarini aytadi. Shu sababli ham yoshlarda kitobga muhabbat, uni o’qishga qiziqish 
tarbiyalanishi kerak. 
Jomiy kitobni bilim manbai der ekan, muallimni kelgusi yosh avlodga bu sifatlarni xosil qiluvchi 
ustoz sifatida ulug’laydi, ularni hammadan ko’ra ortiq hurmat qilishga da’vat qiladi. Shu bilan birga, 
Jomiy xar bir muallim chuqur bilim, aql, eng yaxshi axloqiy fazilatlar sohibi bo’lishi kerakligini 
ham aytadi. Jomiy bunday ideal o’qituvchiga Aleksandr Makedonskiyning tarbiyachisi Arastuni 
(Aristotelni) misol qilib ko’rsatadi. Demak, aqliy va axloqiy jixatdan komil o’qituvchi xar bor 
o’qituvchida aqliy qobiliyatni rivoj toptira oladi. 
“...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi 
kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini 
oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat 
maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. Yurtimizda dunyoga kelib ko’z 
ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti deb 
aytsak, mubolag’a bo’lmaydi. 
Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan 
darak beradi.” 
Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy 
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday 
johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, 
yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat etadi. 
Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni tavsiya 
etadi. 
Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U 
Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. 
Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi va 
uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga 
jiddiy e’tibor beriladi. 
Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot, 
handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi 
dunyoviy ilmlar o’rgatilgan. 


55 
Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni 
doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. 
Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda o’qish-
o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh qilinib, unda 
falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining 
sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi. 
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta 
egallagan, 
jasur, 
mard 
bo’lib 
yetishuviga 
alohida 
ahamiyat 
beradi. 
Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va 
qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar 
bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi. 
Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, 
bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu 
bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, 
tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim. 
Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni 
hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida 
ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz 
kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan 
jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz 
yildan 
so’nggina 
o’z 
ko’zlagan 
niyatimizga 
yetdik” 
Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi 
masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy 
qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin 
Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak 
fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok 
qilishni to’g’ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan 
munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar 
bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda 
baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni adolatli 
— fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar 
boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak, deydi. Bular: birinchisi 
— hukmdor odamlarni e’zozlashi; ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; uchinchisi — 
hirs va shahvatga berilmasligi; to’rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l 
qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish 
uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni 
bajarishga harakat qilishi; yettinchisi — halqqa nisbatan odil bo’lishi; sakkizinchi — har bir ishni 
maslahatlashib, kengashib hal etishi; to’qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand 
lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; o’ninchisi — adolatli 
farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. Shuningdek, Devoniy 
hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki, 
adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir. 
Davoniy “Axloqi Jaloliy”da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etadi. Chunonchi, 
jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz podsholar, ilm-
fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy xislatlarni tarkib 
toptirish masalallari va boshqalar shular jumlasidan. 


56 
Davoniy o’z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda, kishilar 
orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U o’tmish olimlarining 
ta’lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an’analarni rivojlantirgan holda o’z qarashlarini o’tkir ruhshunos 
olim sifatida ham talqin etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta’lim-tarbiya natijasida 
egallashi mumkin. Chunki, bolada his-tuyg’u juda erta shakllana boradi, u ulg’aya borgan sari ayrim 
juz’iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a’zolari mustahkamlanadi, narsa va hodisalarni bir-
biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to’g’risida tasavvurga ega bo’la boshlaydi, aqli 
to’lishib, ongi o’sadi, deydi olim. Ana shu paydo bo’lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi 
mumkin deydi. 
Bola o’ta ta’sirchan va taqlirchan bo’lishini ta’kidlar ekan, olim yaxshi fazilatni ham, yomon 
fazilatni ham u tezda qabul qilaverishi mumkinligini alohida uqtirib o’tadi. Bola qalbini naqsh 
solinadigan, sur’atlarni osonlikcha tushirish mumkin bo’lgan taxtaga o’xshatadi. Davoniyning 
fikricha bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasiga ham bog’liq. Chunki 
hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon 
ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, 
xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni 
o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda 
o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday xislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalanib borilishi muhim. 
Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo’yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida bab-
baravar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy. 
Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilm-fanni chuqur o’zlashtirib 
olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi. 
Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash uchun 
quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shafqatini ayamaydi. Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni 
o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya etish, o’z qilmishi oldida javob berish 
mas’uliyatini his etishini tarkib toptirishda ota va ona burchlidir. 
Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar 
sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart. Shu 
o’rinda Davoniy muallimning xislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor 
beradi. Davoniy muallimni “Ma’naviy padar” deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, 
jismonan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi olim. Ruh 
qanchalik badanga yaqin tursa, muallim ham tarbiya borasida ota-onaga shunchalik yaqin deb 
ko’rsatadi. U ota-ona tarbiyasi bilan muallim tarbiyasini taqqoslar ekan, muallimning tarbiya usuli, 
metodlari ota-onanikidan yuqoriroqdir, deb ta’kidlaydi. Chunki, ota-ona tarbiya usullari, metodlari 
bilan muallimchalik qurollanmagan bo’ladi, muallim esa tarbiya berish bilan birga ilm cho’qqilarini 
egallashda ham zahmat chekadi va shogirdning olgan ta’limi va tarbiyasi umrbod uning hayot 
yo’lini belgilab beradi, deb aytadi. 
Shu o’rinda Davoniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlarini keltirish o’rinlidir. Chunki olimning 
qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash masalalari muhim o’rinni egallaydi. Bolalarga bilim 
berish yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning fikrini davom ettirgan holda 
Davoniy ham inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishiga, aql ilohiy ulug’ bir 
ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o’z hatti-harakatini, 
faoliyatini boshqaradi. 
Davoniyning fikricha, aql ijtimoiy hayotning barcha sohasida, xoh davlat ishida, xoh ilmni 
o’rganishda, xoh ijobiy xulq-odob qoidalarini egallashda bo’lsin, xoh shirinsuxanlik, she’riyatda 


57 
bo’lsin, faol qatnashadi. Uning bu aqidasi, ya’ni aqliy bilishga tayanishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-
tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida ko’proq namoyon bo’ladi. 
Davoniy shuning uchun ham bolalarga ta’lim-tarbiya berishda aqliy tarbiyaga katta o’rin 
beradi. Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi, ilm bilan shug’ullanish har bir 
inson uchun hech qachon kech bo’lmaydi, deydi Davoniy. Aflotundan: “qancha vaqtgacha ta’lim 
olish va ilm o’rganish yaxshi? — deb so’rabdilar. U: nodonlikning va johillikning ayb ekanligi qay 
vaqtgacha bo’lsa, ilm o’rganish o’sha vaqtgacha yaxshidir” — deb javob bergan ekan. 
Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning 6 siri. 
Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning 
asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash. Nima uchun ba'zi odamlar jahonga mashhur 
ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat 
qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e'tibordan chetda 
qoladi, deyiladiWorld Economic Forum'da. 
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar, ijodiy 
qarorlar va kuch-quvvat bilan ta'minlaydigan narsalarga sarmoya qilishadi. Dastlab ularning 
muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, 
ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi. 
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun uni serdaromad 
deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga qarab ishda qanday natijalarga 
erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan. 
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, o‘z 
vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ish vaqtining 80 foizini kitob 
mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni 
muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta'minlaydi. 
"Eng 
yaxshi 
daromad 
bilimga 
kiritilgan 
sarmoyadir".
Benjamin 
Franklin, 
siyosiy 
arbob, ixtirochi, 
yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik foydali odatlari bo‘ladi. Quyida uzoq muddatli 
istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha samarali maslahat bilan bo‘lishamiz. 
1. Kundalik tuting 
Ko‘p 
muvaffaqiyatli 
kishilar 
odatda 
shaxsiy 
kundaliklarini 
yuritishadi. 
Masalan, Benjamin Franklin har tongda o‘ziga o‘zi savol bergan: "Bugun qanday yaxshi ish 
qilishim kerak?" Har kuni kechqurun esa o‘z kunini "Bugun qanday yaxshi ish qildim?" degan savol 
bilan tugallagan. Stiv Jobs ko‘zgu oldida turib, "Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi kunim 
bo‘lganida bajarishni rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan. Menejment masalalari 
bo‘yicha 
iqtisodchi 
va 
maslahatchi Piter 
Druker qaror 
qabul 
qilayotib, 
bundan 
nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin esa ularni amaldagi natijalar bilan 
taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan 
boshlaydi - bunda u nima uchun hayotdan minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga tushiradi. 
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni qoldirgan. 
AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga 
borib ularning soni 50 taga yetgan. 
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz yanada e'tiborli va ziyrak 
bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz. 
2. Tanaffus qiling. 
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma'lumotni o‘zlashtirish xususiyatiga xuddi 
sakkiz soatlik uyqu kabi ta'sir ko‘rsatadi", - deya ta'kidlaydi uyquni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi 


58 
mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar kun davomida bir 
soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi bajarishadi. 
Bu odat Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon 
Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan. Masalan, Leonardo da Vinchi uyquni 
ko‘plab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir jang 
oldidan uxlab olishni ma'qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger har kuni tushlikdan 
keyin uxlab oladi. Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun davomidagi 
tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham rivojlantiradi. 
Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan foydalangandir. 
3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring

Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi. Piyoda 
sayr 
ham 
ajoyib 
mashq 
bo‘lishi 
mumkin. 
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da. Betxoven tushlikdan 
so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash maqsadida o‘zi bilan birga 
qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu 
unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv Jobs muhim uchrashuvga 
tayyorgarlik 
ko‘rish 
jarayonida 
piyoda 
sayr 
qilishni 
odat 
qilgan. 
"Faqat 
sayr 
vaqtida 
kelgan 
g‘oyalargina 
qadrli 
bo‘ladi".
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf. 
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar 
orasida Aristotel, Maxatma Gandi, Jyek Dorsi, Tori Byorch, Hovard Shults, Oliver Saks va Uinston 
Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni 
oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 
daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan. 
4. Ko‘proq kitob o‘qing. 
Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kishilaridan biri 
bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim 
darajamizni 
oshirishning 
tejamkor 
va 
juda 
samarali 
usulidir. 
Uinston Cherchill kuniga bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni 
mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob 
o‘qigan.Mark 
Kyuban kuniga 

soatdan 
ortiq 
kitob 
o‘qiydi. 
Milliarder Devid 
Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan kitob o‘qigan. 
Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu 
ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini oshiradi 
va stress darajasini kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga erishishga yordam 
beradi. 
5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping. 
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan muloqot qilish 
natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida 
katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, 
Mariya va Per Kyuri, Stiv Jobs va Stiv Voznyak. 
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy 
iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib 
kelgan. 
Ma’ruza 11 


59 
MАVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJTIMOIY 
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH. 
( 1-4 TARBIYA DARSI) 
R е j а : 
1.
O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari
2.
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi. 
3.
Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, 
kompetensiya
,
tayanch kompetensiya.
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa
va pedagogik jarayon ekanl
igi. 
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, 
B.Normurodova, K.Matnazarova 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 
Toshkent, 2014 y.148-bet. 
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa
va pedagogik jarayon ekanl
igi 
haqida taqdimot 
tayyorlash. 
Boshlang’ich 
sinflarda 
tayanch kompetensiyalarni 
shakllantirish

1.
SarsenbayevaR.M. Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.266-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar 
metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019.88-bet. 

Boshlang’ich 
sinflarda 
tayanch kompetensiyalarni 
shakllantirish
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-
yil.113-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil..253-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.146-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.188-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.213-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
361-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari 
o’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda 
o’quv fani o’qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch 
kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so’ng, o’rganilishi zarur bo’lgan mavzu va 
shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o’tish metodi, usuli tanlanadi. 


60 
Interfaol yondashuv. O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit 
yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini 
kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda 
hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. 
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib 
boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va 
malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, 
axborot, kommunikatsiya va h.k.)masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur metodning 
yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada 
bo’lishi, shart hisoblanadi. 
Loyihalash metodi orqali o’quvchilarda quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada 
ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon 
rivojini 
ko’ra 
bilish; mushohada 
qila 
bilish; 
uzoqni 
ko’ra 
bilish; 
tashxislash; 
motivatsiya. Tanqidiy tafakkur 
metodi 
Muammoli modulli ta’lim metodi. 
Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi. 
Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va 
pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik 
bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi. O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan 
ta’lim. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchiodamni 
Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ 
tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir. 
Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy 
topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega 
bo’ladigan o’qitish tizimidir. 
Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar 
bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani 
bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his 
etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila 
bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash. 
KLASTER (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini 
markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. 
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro 
bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Klasterni tuzish qoidasi bilan 
tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan 
iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan 
bog‘liq so’z va takliflar kichik doirachalar "yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni "asosiy” so’z bilan 
chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo’ldoshlarda” "kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. 


61 
Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin. Toifa-xususiyat 
va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat. Ajratilgan alomatlar asosida 
olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga 
keltirish, 
tizimlashtirish 
ko’nikmalarini 
rivojlantiradi. Toifalarni 
jadval 
ko’rinishida 
rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida 
toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo’lishi mumkin. Ish natijalarining 
taqdimoti 
.
BBB 
Jadvali - 
Bilaman/ 
Bilishni 
hohlayman/ 
Bilib 
oldim.
Mavzu, 
matn, 
bo’lim 
bo’yicha 
izlanuvchilikni 
olib 
borish 
imkonini 
beradi.
Tizimli 
fikrlash, 
tuzilmaga 
keltirish, 
tahlil 
qilish 
ko’nikmalarini 
rivojlantiradi.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar. 
"Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob beradilar 
(oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo’limlarini to’ldiradilar. 
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar. 
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo’limini to’ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash 
yoki 
qarama-qarshi 
qo’yish 
uchun 
qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma 
Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining 
diagrammalrini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar 
uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi. 
1.
Aylana yoki to’g‘ri to’rtburchak shakllaridan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
2.
Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g‘ri chiziqli, to’g‘ri chiziqli emasligini 
o’zingiz tanlaysiz. 
3.
Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan 
yo’nalishingizni belgilaydi.
Boshlang’ich 
sinflarda 
tayanch 
kompetensiyalarni shakllantirish 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va o‘rta 
maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi “Umumta’lim maktablari fanlari 
bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish 
to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi 
olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim 
standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. 
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha 
DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-
avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha 
o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv 
dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. 
2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan 
respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi 


62 
tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga, filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy 
tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan bugungi kunda 
amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi 
(boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son 
qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida 
quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini 
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan 
shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun 
tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy 
yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga 
muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan 
davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki 
boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 
2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va 
kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga yaqin 
tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, 
o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli 
xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, 
ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch 
keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha 
raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. 
Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish 
kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, 
matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish 
kompetensiyalari kiradi. 
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda 
muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. 
Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat 
kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning 
o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikralmashuv, insonning 
yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun 
ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi 
va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali bo’ladi. 
Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-
tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, 
muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot 
shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot 
shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar 
nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli 
kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning 
nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki 
nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining 


63 
rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at 
boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining 
miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va 
tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at 
tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy 
ko'rsatkichlar aniqlandi. Kommunikativ kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala 
madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish 
ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik 
muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini 
shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar 
jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, 
bola kommunikativ kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish 
darajasi oshib boradi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy 
axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborotlar 
bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, 
funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi. Zamonaviy 
sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot 
(gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video 
yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va hokazolar 
sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun ham axborotlar bilan 
ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi 
vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv 
sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini 
qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot 
maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga ko‘ra esa voyaga etgunga, 
ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun mavjud axborotlarning barchasi 
qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, barcha qiziqarli 
axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar 
bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik 
xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini 
anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra 
tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular bilim sanalmaydi. 
Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy tamoyillarga ega 
bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz ravishda 
ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta 
miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni 
o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida 
tushkunlikni keltirib chiqaradi. Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham 
boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada 
o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH 
pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin: 
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash; 
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; 


64 
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash. 
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish va 
mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. 
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. 
Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun 
rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni 
yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. 
Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har 
bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, 
tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy 
yondashish talab qilinadi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion 
sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida 
bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda 
o'zining ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga 
o'tishida muhim rol o'ynaydi. Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga 
irodaviy jarayonlar ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni belgilash, 
qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va mustahkamlashda 
ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir. Bolalarga biron mehnat 
topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining mayl-xohishlarini yengib, mehnat topshiriqlarini 
o'z vaqtida bajarishga intiladilar. Bolalardagi irodaviy harakatlami rivojlantirish maqsadida ularni 
o'z-o'ziga xizmat qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida 
navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat topshiriqlari 
berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini 
ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda 
javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bundan tashqari bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir 
qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik, mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa 
boshlaydi. Lekin bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni 
xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada bo'lmaydi.
Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik 
xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa, o'zlari 
mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Jamoa 
rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning birgalikdagi 
faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi 
maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik 
kompetensiyasini rivojlantirishda o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon 
bo’ladigan munosabatilarni tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini 
shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari 
dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning o’zaro ga qanday munosabatda ekanliklarini, 
o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini kuzatadi 
va kerakli tadbirlarni qo’llaydi. Maktab o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy 
ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi bog’, tokzor, issiqxonada o’tkaziladigan 
amaliy jarayon – daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt o’tqazish, 
issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. 
Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda sinflarni, o’quv xonalarini va maktab 
binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar, did, 


65 
dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas uyg’otadi. 
Shuningdek, tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash mumkin. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf o’qituvchisining 
axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi ana 
shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. O’qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy 
qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi uchun 
malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak 
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan 
ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng 
fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomala, 
nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, 
sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Matematik savodxonlik, fan va 
texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasida o’quv mehnatiga 
ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish 
demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech kutilmagan, 
notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum narsa va hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r 
berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali munozarali vaziyat anglashilgan masalaga 
aylanadi. O’zlashtirishning past bo’lishi, aksariyat hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish 
iqtidori va ko’nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan 
o’qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish 
bilan bog’liq: 
1.Faoliyatni reja asosiga qurish. 
2. Qunt bilan ishlash. 
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish. 
4. Bilim sifatini oshirish. 
5. Qiyinchiliklarni yengish. 
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini o’quvchining dam olishi bilan 
to’g’ri almashtirib borilishidir. 
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro yordam sinfda 
ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib 
keladi. 
8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki 
shu sinfda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. 
Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. 
Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash, 
uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda qo’llash kabi 
zarur sifatlarni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan 
rejaga itoat etishga o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish sifatini 
oshirish mumkin. 
Ma’ruza 12 
MАVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJOBIY FAZILATLARINI 
SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI. 
( 1-4 TARBIYA DARSI) 
R е j а : 
1.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari
.


66 
2.
O’quvchilarda aqliy tarbiyan shakllantirishning mazmuni.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, ijtimoiy ongni 
shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar, odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari, 
tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarida mehnatga 
ijobiy 
munosabatni shakllantirish 
usullari
1. 
Hasanboeva O., Djamilova 
N. Pedagogik fanlarni o‘qitish 
metodikasi. – T.: 2018.301-bet
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020 
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarida 
mehnatga 
ijobiy 
munosabatni shakllantirish 
usullari
haqida 
taqdimot 
tayyorlash. 
O’quvchilarda aqliy tarbiyan 
shakllantirishning mazmuni

R.A.Mavlonova, 
N.H.Vohidova, 
N.H.Raxmonqulova. 
Pedagogika nazariyasi va
tarixi. Darslik T:. Fan va 
texnologiyalar. 2010-yil.268-

Tarbiya 
turlari 
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash. 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.287-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.206-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.108-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.176-bet
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil.146-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari. 
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga 
tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi 


67 
bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi 
eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot 
jarayonining asosidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning 
qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat 
bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, 
iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. 
Natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik 
hosil qilinadi. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo‘lib 
yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma’lum. Shuning uchun bo‘lsa kerak, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to‘g‘risida alohida moddalar qabul 
qilingan. Masalan, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-
modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm’not olish huquqiga ega… (39-
modda)” 
kabi 
huquqiy 
me’yorlarni 
misol 
qilib 
aytib 
o‘tish 
mumkin. 
Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta’limiga e’tibor xalq ta’limida ham 
qaratilgan. Shu jumladan, boshlang‘ich ta’limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat 
ta’limi mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan 
mehnat ta’limining maqsadi – “o‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun ularga 
mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o‘rgatish, ularni kasb tanlash bilan 
uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat 
ta’limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya’ni “o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini 
egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, 
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish” lozim. Mehnat 
ta’limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta’limi o‘qituvchilarining vazifalari ham, bu 
vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo‘lib 
yetishishlarida 
muhim 
o‘rin 
tutadi. 
Bu 
vazifalar 
tubandagilardan 
iboratdir: 
-Tashkiliy 
vazifalar 
– 
“o‘quvxona, 
unda 
maxsus 
ish 
joyi, 
zarur 
materiallar, asboblar tashkil qilish. 
• 
-Sanitariya-gigiyena 
hamda 
mehnat 
xavfsizligi 
talablarini 
ta’minlash”. Uslubiy vazifalar – mashg‘ultlarning yarim va bir yillik o‘quv ish rejalarini tuzish, 
• mahalliy sharoitlarni hisobga olish, 
• o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zlariga xos mehnat mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga 
oshirib borish va boshqalardir. 
Boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan mehnat ta’limi fani o‘quvchilarni aqliy va jismoniy 
mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, 
mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha 
tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog‘lanish zaminini yaratishni ko‘zda tutadi. Bular ta’limiy va 
tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo‘nalishlar hisoblanadi. O‘qituvchi mehnat ta’limi 
mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim 
berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishi darkor. Boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarini malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o‘qituvchi 
mehnat ta’limi fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ham “talab darajasida o‘tish mahoratiga ega bo‘lishi” 
aytib o‘tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi (mehnat 
ta’limi fanini o‘qitmasa ham) mehnat ta’limi bo‘yicha barcha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat 
ta’lim standarti va dastur talablarini, mashg‘ulotlar o‘tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur 


68 
bilishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o‘quvchlarning mehnat ta’limi 
dasturida belgilangan bilim, ko‘nikmalarini davlat ta’lim standartlariga binoan o‘zlashtirish holatini 
dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari kerak. Mehnat ta’limi “Inson va jamiyat” 
sohasiga kiradi. Bu sohaga jami beshta fan mavjud. Davlat ta’lim standarti beshta fan bo‘yicha 
umumiy qilib, bir bo‘limda keltirilgan. Bular orasidan mehnat ta’limi bo‘yichaqo‘yilgan talablarni 
aniqlab olish zarur. 
Tubandagi talablar shular jumlasiga kiradi: 
- texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish; 
- uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish; 
- sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish; 

duradgorlikka 
oid 
sodda 
va 
yengil 
ishlarni 
bajara 
olish 
(o‘g‘il 
bolalar uchun); 
- oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun); 
- inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash. 
MO’D 4-sinfning bitiruvchilariga qo‘yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlarga o‘quvchilar 
birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni berish 
dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun ham mehnat ta’limidan dars beruvchi o‘qituvchi, 
avvalo, har bir sinf oxirida o‘quvchlar bilishi, uddalay olishi kerak bo‘lgan dastur talablarini chuqur 
bilishi shart va har bir mehnat ta’limi mashg‘uloti jarayonida o‘z maqsadini ana shu talablarni 
bajarishga qaratishi lozim. Masalan, o‘quvchilar birinchi sinfni tugatgandan so‘ng quyidagilarni 
uddalay olishlari lozim: 
- ayrim kasblarda ishlatiladigan asboblar nomlarini va nima maqsadda ishlatilishini bilish; 
- yog‘och materiallar olinadigan daraxtlarni tanish va ularning nomlarini bilish; 
- ayrim gazlama turlari, nomi, xususiyatlarini va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni bilish; 
- pazandalikda ishlatiladigan mahsulotlarning turlari va nomlari, nima maqsadda ishlatilishini bilish; 
- qandolatchilikda ishlatiladigam xom ashyolar va tayyorlanadigan mahsulotlarni bilish; 
- qurilish sohasida ishlatiladigan materiallar nomi, ayrim xususiyatlari va ishlatilish sohalarini 
bilish; 
- qog‘oz va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, 
bo‘yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash; 

tugma 
qadash, eng 
oddiy 
choklarni 
tikish, 
gazlamalarni 
qirqishni 
bilish. 
Ikkinchi sinf oxirida kelib o‘quvchilar mehnat ta’limi fani bo‘yicha tubandagilarni bilishlari hamda 
bajara olishlari darkor. Ayrim kasblar mahsulotlari yoki tayyorlanadigan buyumlar, eskizlarini 
chizish va oddiy bezaklarini ishlash. Bir nechta kasblar sohasida ishlatiladigan asboblarning 
tuzilishini hamda ishlatilishini bilish. Ayrim tabiiy materiallardan oddiy tasvirlar va naqshlar tuzish. 
Yog‘och materiallarning qattiq-yumshoqligi, egilish-sinishga, suvga, zaxga va boshqa ta’sirlarga 
chidamliligini bilish. Gazlamalarning haroratga, saqlanishga chidamliligi, ularning har xil ta’sirlar 
natijasida o‘zgarishlarini bilish. Tuproq, loy, sapol va boshqa materiallarning asosiy xususiyatlarini 
bilish. Oziq-ovqat mahsulotlarining eng oddiy xususiyatlarini bilish. Qog‘oz, karton, gazlamalarni 
qirqish va kesish asboblaridan to‘g‘ri foydalanish. Kashtachilik va tikuvchilikda qo‘llaniladigan 
asosiy chok turlaridan tikish. Ayrim ekinlarni o‘stirish va chorva mollari boqishning eng oddiy 
qoidalarini bilish. 
Uchinchi sinf o‘quvchilari o‘quv yili oxirida quyidagi dastur talab va ko‘rsatmalarini bilish va 
uddalay olishlari lozim. Har xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma-
ketligini hamda xom ashyolarini bilish. Ularni so‘zlar va turli tasvirlar, jadvallar orqali ifodalay 
olish. Ommaviy ishlatiladigan mehnat qurollarining turlarini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilish. 


69 
Ayrim oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlash uchun eskizlar chizish. Qog‘oz, karton, gazlama 
va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash…
Loydan milliy o‘yinchoqlar yasash, ularni bo‘yash va naqshlar bilan bezash. Yog‘ochdan… oddiy 
buyumlar va o‘yinchoqlar yasash. Gazlamadan oddiy buyumlar tikish… Pazandalik va 
qandolatchilikning 
ayrim 
texnologik 
jarayonlarini 
bajarish. 
O‘simliklar, 
chorva 
mollari 
va 
parrandalar 
yetishtirishga 
doir 
ayrim 
vazifalarni bajarish. To‘rtinchi sinf oxirida esa tubandagi dastur talablarini MO’D talablari bilan 
birgalikda bilishlari hamda uddalay olishlari ko‘zda tutiladi. (Albatta, o‘qituvchi o‘g‘il bolalar 
bajaradigan ishlarni alohida, qiz bolalar bajaradigan yumushlarni, talablarni alohida qilib 
rejalashtirib olishi kerak.) Yog‘ochdan oddiy buyumlar tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval 
hamda grafik tasvirlarni bajarish. Oziq-ovqat tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda 
ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini turli shakllarda tayyorlash uchun eskizlar chizish…
Zargarlik, gilamdo‘zlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanishning eng oddiy 
usullarini bilish… 
Qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar tikish va kashta gullari bilan bezash. Taomlar pishirish uchun 
sabzavotlarni tayyorlashni bilish. Xamirdan ayrim taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish. Ayrim 
qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash. Uy-ro‘zg‘or ishlarini to‘g‘ri va sifatli bajarish. Qo’l 
mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari (qog’oz, karton, sim, 
yog’och, gazmol va boshqalar) bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar (maxsus loy, yog’och va 
plastmassalar, plastilin, elim va boshqalar) bilan, keng iste’mol mollari va xalq hunarmandchiligi 
mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to’plamlari va 
hokazolar 
bilan 
ishlashga 
o’rganadilar. 
Bularning hammasi o’quvchilarga qo’l asboblari bilan ishlash, har xil xom ashyolardan 
foydalanishning ma’lum tajribasini to’plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va 
ma’nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu 
turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari 
boshlang’ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o’quv predmetlari yordamida hal 
etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari etakchi rol’ o’ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining 
boshlang’ich bochqichi boshlang’ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi 
bolalarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limning 
asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich poletexnik 
bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O’quvchilarni mehnatga ahloqiy 
tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda 
tutiladi. Mehnat darslarini, mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvxonasi, asbob-uskunalar, kerakli 
materiallar, jihozlar, ko‘rgazmali vositalarning ahamiyati katta. Shuning uchun ota-onalar 
qo‘mitasi, homiylar ko‘magida ustaxona tashkil etish maqsadga muvifiq bo‘lardi. Unda kerakli 
jihozlar, asboblarning bo‘lishiga erishish lozim. 
Shundan so‘ng o‘qituvchi ta’limdagi yangi-yangi usullardan, yangi pedagogik va axborot 
texnologiyasi unsurlaridan foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik 
namunalari va boshqa vositalar ko‘magida mehnat ta’limi mashg‘ulotlarini tashkil etishi kerak 
bo‘ladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning yordami, ya’ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-uskunalarni 
uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mustaqil amaliy ishlarda 
mahalladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho‘pon, bog‘bon va boshqa kasb egalari ko‘magidan, 
maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi. 
O’quvchilarda aqliy tarbiyan shakllantirishning mazmuni. 


70 
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib 
borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida 
ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik 
bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi.
Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat 
faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, 
shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni 
bajarishga nisbatan 
mas’uliyat 
tuyg’usiga 
ega bo’lishi 
uchun 
zamin 
yaratadi. 
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-
tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. 
Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan 
tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin 
tutadi. 
Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor 
ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash 
mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va 
fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan 
dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam 
beradi. Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan 
falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida 
uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi. 
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab 
jarayon sanaladi. 
Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati

Shaxs 
dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. 
Aqliy tarbiya
shaxsga tabiat va 
jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini 
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida 
dunyoqarash shakllanadi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani 
berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri 
ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. 
Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, 
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi. 
Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga 
kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil 
qilishga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish. 
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish. 
1.
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. 


71 
2.
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish. 
3.
Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, 
tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, 
kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud 
ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va 
hokazolar)ni rivojlantirish. Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy 
voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) 
rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir 
qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin: 
1.
Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. 
2.
Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni. 
3.
Fikrlash ko’nikmasiga egalik. 
4.
Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi. 
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida 
ilmiy 
qarash 
va 
e’tiqod 
o’ziga 
xos 
o’rin 
tutadi.. 
Ilmiy qarash
(yunoncha «idea»- g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) 
- muayyan hodisa, 
jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan 
mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, 
predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarni ijodiy 
fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni 
olib 
borish 
va 
ma’lum 
ilmiy 
qarashlarni 
ilgari 
surilishiga 
zamin 
yaratadi. 
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini 
ta’minlaydi. 
Ilmiy tafakkur
–inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-
hodisalar, 
jarayonlarga 
nisbatan 
ilmiy 
yondashuvni 
anglatadi. 
E’tiqod
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-
axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz 
ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va 
vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-
axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan 
axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, 
irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha 
vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan 
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl 
mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. 
Ma’ruza 13 
MАVZU: TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHINI O‘Z USTIDA ISHLASH 
JARAYONI. 
( 1-4 TARBIYA DARSI) 
R е j а : 
1.
"O'z-o'zini tarbiyalash" kontseptsiyasining mohiyati.
2.
O‘quvchilarning o’z ustida ishlash jarayoni.O'z-o'zini tarbiyalash usullari, usullari va vositalari
.


72 
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, ijtimoiy ongni 
shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar, odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari, 
tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
"O'z-o'zini 
tarbiyalash" 
kontseptsiyasi. 
1 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek 
pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
2. 
Ismatova Nargiza va boshalar. 
Tarbiya 1,2, 3,4. Darslik. G‘afur 
G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-
matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 
2020 
"O'z-o'zini 
tarbiyalash" 
kontseptsiyasining 
mohiyati haqida taqdimot 
tayyorlash. 
O'z-o'zini tarbiyalash usullari, 
usullari va vositalari
.

1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.300-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019.240-b 
O'z-o'zini 
tarbiyalash 
usullari, 
usullari 
va 
vositalari
haqida 
ko’rgazmalar tayyorlash.
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 193-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.301-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.209-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.108-bet 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
O'z-o'zini tarbiyalash - bu shaxs tomonidan shaxs sifatida uni maksimal darajada amalga 
oshirishga qaratilgan ongli faoliyat. O'z-o'zini boshqarish mexanizmlarini faollashtirishga 
asoslanib, u aniq amalga oshirilgan maqsadlar, ideallar va shaxsiy ma'nolarning mavjudligini taxmin 
qiladi. Bu nafaqat ta'limni mustahkamlash, balki shaxsni shakllantirish jarayonini rivojlantirish 
bilan ham uzviy bog'liqdir. O'z-o'zini tarbiyalashning zaruriy tarkibiy qismlari shaxsiy rivojlanishni 
o'z-o'zini tahlil qilish, o'zini o'zi hisobot qilish va o'zini o'zi boshqarishdir. O'z-o'zini tarbiyalash 
texnikasi o'z-o'zini tartibga solish, o'zini o'zi tasdiqlash va o'z-o'zini gipnoz qilishni o'z ichiga 


73 
oladi.O'z-o'zini tarbiyalashning zaruriy sharti - bu o'zi haqida haqiqiy bilimlarning mavjudligi, to'g'ri 
qadrlash, o'z-o'zini anglash. O'z-o'zini tarbiyalash bir qator sub'ektiv va ob'ektiv sabablar bilan 
shartlangan: yaxshiroq bo'lishga intilish, jamiyatning fuqarolarga bo'lgan talablari, ularning 
ma'lumotlari va fazilatlari; ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchiga ta'sir ko'rsatadigan pedagogik 
ta'sirlar. Ushbu sabablarning ta'siri ostida o'z-o'zini tarbiyalashning ichki old shartlari yaratiladi, 
ehtiyojlar, qarashlar va e'tiqodlar shakllanadi, hayotiy ideallar va maqsadlar aniqlanadi yoki 
shakllanadi. O'z-o'zini boshqarish mexanizmlarini faollashtirish asosida o'z-o'zini tarbiyalash aniq 
qabul qilingan maqsadlar, shaxsiy ma'nolarning mavjudligini taxmin qiladi. O'z-o'zini 
tarbiyalashning zarur tarkibiy qismlari quyidagilardir: shaxsiy rivojlanishning aks etishi, o'zini o'zi 
hisobot qilish, o'zini o'zi boshqarish. O'z-o'zini tarbiyalash texnikasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
qoniqish, o'zini o'zi baholash, o'z-o'zini gipnoz qilish, o'ziga ishonish va o'z-o'zini tartibga solish. 
Shaxsni shakllantirishda o'z-o'zini takomillashtirishning ahamiyati ko'plab zamonaviy 
pedagogik va psixologik fan rahbarlari tomonidan tan olingan. A.G.Kovalevning tadqiqotlarida 
o'zini o'zi boshqarish va o'zini takomillashtirish jarayonlarining mohiyatini asoslash berilgan. V. G. 
Kutsenko, A. A. Bodalev va boshqa olimlarning asarlarida bolalarni tarbiyalash va o'z-o'zini 
tarbiyalashning o'zaro bog'liqligi, o'z-o'zini tarbiyalash jarayonini tashkil etish usuli ko'rib 
chiqilgan. P. M. Yakobson asarlarida hissiyotlarni o'z-o'zini tarbiyalash muammosi, hissiyotlar 
sohasidagi o'zini o'zi boshqarishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Nazariyalar, shu 
jumladan asosiy tushunchalar, motivlarning tavsifi, maqsadlari, vazifalari, vositalari, o'z-o'zini 
tarbiyalash va takomillashtirish usullari, ushbu jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar 
P. Ya. Aret, A. G. Kovalev, L. I. Ruvinskiy, I. I. Chesnokova, SM. Kovalev. "O'z-o'zini tarbiyalash" 
tushunchasida pedagogika insonning ichki ma'naviy dunyosini, uning mustaqil ravishda rivojlanish 
qobiliyatini tavsiflaydi. Tashqi omillar - tarbiya - bu faqat shartlar, ularni uyg'otish, ularni amalda 
qo'llash vositalaridir. Shuning uchun faylasuflar, o'qituvchilar, psixologlar aynan uning qalbida 
uning rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari yotadi deb ta'kidlaydilar. Tarbiya jarayonida 
o'spirinni o'z-o'zini tarbiyalashga undash zarur. 
O'z-o'zini tarbiyalash shaxsiyat rivojlanishining ma'lum bir darajasini, uning o'zini 
anglashini, o'z harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan ongli ravishda taqqoslash bilan 
birga uni tahlil qilish qobiliyatini nazarda tutadi. Shaxsning potentsial imkoniyatlariga munosabati, 
o'zini o'zi qadrlashning to'g'riligi, kamchiliklarini ko'rish qobiliyati insonning etukligini tavsiflaydi 
va o'z-o'zini tarbiyalashni tashkil etish uchun zarur shartdir. O'z-o'zini tarbiyalash - bu sub'ektning 
o'zini shaxs sifatida iloji boricha ro'yobga chiqarishga qaratilgan, uning shaxsiyatini aniq qabul 
qilingan maqsadlar, ideallar, shaxsiy ma'nolarga muvofiq ravishda o'zgartirishga qaratilgan ongli 
faoliyati. O'z-o'zini tarbiyalash insonning haqiqiy qobiliyatlariga, ularning individual 
xususiyatlarini va potentsialini tanqidiy baholash qobiliyatiga mos keladigan o'zini o'zi qadrlashga 
asoslangan. Xabardorlik darajasi oshgani sayin o'z-o'zini tarbiyalash shaxsning o'zini rivojlantirish 
uchun tobora muhim kuchga aylanib bormoqda. O'z-o'zini tarbiyalashning zaruriy tarkibiy qismlari 
shaxsiy rivojlanishni o'z-o'zini tahlil qilish, o'zini o'zi hisobot qilish va o'zini o'zi boshqarishdir. O'z-
o'zini tarbiyalash ma'lum bir rivojlanish yo'lidan o'tadi. 
O'z-o'zini tarbiyalashning boshlang'ich bosqichi - tashqi talab bosqichi yosh o'spirinlik 
davriga xos bo'lib, qisman kichik maktab yoshiga to'g'ri keladi. O'z-o'zini tarbiyalash tarbiya 
natijasida vujudga keladi, bolaning bu jarayonga faol munosabatini rag'batlantirish kattalar talabidir. 
Bola kattalar talablarini bajaradi, dastlab e'tiborni harakatlarning naqshlariga (taqlid qilish) yoki 
tarbiyachilarning "ko'rsatmalariga" qaratadi; u holda harakatning variantini tanlash qobiliyati paydo 


74 
bo'ladi; keyinchalik, ushbu ijtimoiy talablar o'zini tutishning tashqi regulyatori va o'zini o'zi 
boshqarish vositasi sifatida ishlay boshlaydi. 
Keyingi bosqich - majburlash bosqichi - odamning u yoki bu holatga bo'ysunib, o'zgarishga majbur 
bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu bosqichda shaxsiyat o'zgarishi ularning xabardorligidan 
boshlanadi va allaqachon o'zboshimchalik bilan tartibga solinadi. Bunday holda, taqlid va 
ko'rsatmalarga bo'ysunish butunlay yo'qolmaydi. Shu nuqtai nazardan shaxsiyat rivojlanishining 
uchinchi bosqichi ongli o'z-o'zini tarbiyalashdir. Bu shaxsning ichki ehtiyojlari tomonidan 
boshqariladi. Motivatsiya o'z-o'zini tarbiyalashning etakchi tarkibiy qismiga aylanadi. Ushbu turtki 
interiorizatsiya deb nomlangan jarayon natijasida paydo bo'ladi: tashqi sharoitlar ta'siri ostida o'z-
o'zini tarbiyalash harakatlarining tuzilmalari shakllanadi - o'z-o'ziga ishonish, o'ziga motivatsiya, 
o'z-o'zini tartibga solish va boshqalar, keyinchalik ichki, idealga aylanadi. O'z-o'zini tarbiyalash, 
o'z-o'zini majburiyat qilish kabi usullardan foydalanishni o'z ichiga oladi; o'z-o'zidan hisobot berish; 
o'z faoliyati va xatti-harakatlarini tushunish; o'zligini boshqara olish. O'z-o'zini tarbiyalash inson 
tomonidan shakllangan maqsadlar, harakatlar dasturi, dasturning bajarilishini nazorat qilish, olingan 
natijalarni baholash va o'z-o'zini tuzatish asosida qurilgan o'zini o'zi boshqarish jarayonida amalga 
oshiriladi. 
O'z-o'zini tarbiyalash, axloqiy, jismoniy, estetik fazilatlarni, xulq-atvor odatlarini ma'lum 
ijtimoiy aniqlangan idealga muvofiq ravishda rivojlantirish yoki takomillashtirishga qaratilgan 
insonning tizimli faoliyati. O'z-o'zini tarbiyalashning mazmuni har doim shaxs yashaydigan va 
rivojlanadigan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog'liq. Uning o'ziga qo'yadigan talablari va u 
shakllantirmoqchi bo'lgan fazilatlari hayot sharoitlari bilan belgilanadi, g'oyaviy asoslarni, o'z-o'zini 
tarbiyalash ideallarini, shuningdek, ularga erishish vositalarini belgilaydi. «... Mening borligim, - 
deb yozgan K.Marks, - bu ijtimoiy faoliyat; va shuning uchun men o'zimdan nima qilsam, o'zimni 
ijtimoiy borliq sifatida anglab, jamiyat uchun o'zimdan qilaman. " 
A.I. Kochetov o'z-o'zini tarbiyalash kontseptsiyasiga quyidagi ta'rifni beradi - bu ongli va 
shaxsga asoslangan o'z-o'zini rivojlantirish, bunda jamiyat talablariga muvofiq shaxsning o'zi 
maqsadlari va manfaatlari, u tomonidan rejalashtirilgan kuchlar va qobiliyatlar shakllanadi. " 
Shunday qilib, o'z-o'zini tarbiyalash - bu o'z-o'zini rivojlantirish va o'zining asosiy madaniyatini 
shakllantirishga qaratilgan insonning tizimli va ongli faoliyati. O'z-o'zini tarbiyalash muammosi 
ko'plab o'qituvchilar va psixologlar tomonidan hal qilingan va hal qilinmoqda. O'z-o'zini tarbiyalash 
majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda, ham shaxsiy, ham kollektiv talablari asosida bajarish qobiliyatini 
mustahkamlash va rivojlantirish, axloqiy his-tuyg'ular, zarur xulq-atvor odatlari, irodaviy 
fazilatlarni shakllantirish uchun mo'ljallangan. O'z-o'zini tarbiyalash - bu ta'limning ajralmas qismi 
va natijasi va shaxsni rivojlantirishning butun jarayoni. Bu inson yashaydigan o'ziga xos sharoitlarga 
bog'liq. 
O'z-o'zini tarbiyalash usullari, usullari va vositalari
Insonning fe'l-atvori va xulq-atvoridagi ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish zarurati 
tug'ilganda, aniq maqsadni belgilash va unga erishish zarurligini asoslash muhimdir. Ushbu 
maqsadni ongga mahkam o'rnashguncha bir necha kun baland ovozda yoki o'zingizga aytish 
foydalidir. Bundan tashqari, siz o'zingizni o'qitishning batafsil dasturini tuzishingiz va aniq nimaga 
erishish kerakligini aniqlashingiz kerak. Albatta, oddiy dasturlardan boshlash yaxshidir, masalan: 
shoshma-shosharlik qilmang, suhbatdoshingizga xalaqit beradigan yomon odatni engib chiqing, 
so'zingizga rioya qiling. O'z-o'zini tarbiyalash bo'yicha tajriba orttirganingizda, dasturlar yanada 


75 
murakkablashishi, takomillashtirilishi va uzoq muddatli bo'lishi kerak. O'z-o'zini tarbiyalash inson 
ongida u amalga oshirmoqchi bo'lgan harakatlar va xatti-harakatlarning taxminiy aks etishi, u o'zida 
rivojlantirmoqchi bo'lgan xislatlari va fazilatlarini aniqlash tamoyiliga asoslanadi. Agar shunday 
"aqliy dastur" shakllantirilgan bo'lsa, u odamni uni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar qilishga 
undaydi, irodaviy harakatlarning namoyon bo'lishi uchun rag'bat yaratadi. Shu sababli, odamning 
fe'l-atvori yoki xulq-atvoridagi ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish zarurati tug'ilganda, aniq 
maqsadni belgilash va unga erishish zarurligini asoslash muhim, ba'zida muddatlarni belgilash ham 
foydalidir. 
O'z-o'zini tarbiyalash shaxsiyat rivojlanishining ma'lum darajasini, uning o'zini anglashini, 
o'z harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan ongli ravishda taqqoslash bilan birga uni 
tahlil qilish qobiliyatini nazarda tutadi. Shaxsning potentsial imkoniyatlariga munosabati, o'zini o'zi 
qadrlashning to'g'riligi, kamchiliklarini ko'rish qobiliyati insonning etukligini tavsiflaydi va o'z-
o'zini tarbiyalashni tashkil etish uchun zarur shartdir. O'z-o'zini tarbiyalash inson tomonidan 
shakllangan maqsadlar, harakatlar dasturi, dasturning bajarilishini nazorat qilish, olingan natijalarni 
baholash va o'z-o'zini tuzatish asosida qurilgan o'zini o'zi boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. 
O'z-o'zini tarbiyalash usullari– o'z-o'zini tarbiyalash maqsadiga erishish yo'llari, shaxs tomonidan 
qo'yilgan o'z-o'zini tarbiyalash vazifalarini hal qilish. O'z-o'zini tarbiyalash usullari o'z-o'zini 
tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish mantig'iga mos keladigan ketma-ketlikda taqdim etiladi. O'z-
o'zini tarbiyalashning maqsadlari va yo'nalishlarini aniqlash . 
Ushbu bosqichdagi asosiy usullar quyidagilar. 
1.O'z-o'zini bilish
- o'zini o'rganish, shaxsiy fazilatlarning rivojlanish darajasini aniqlash. 
Introspektsiya
– 
muayyan vaqt davomida harakatlarni belgilash va tahlil qilish va o'z hayotidagi 
faktlar. O'z-o'zini kuzatish ma'lumotlarini tahlil qilganda, odam qaysi fikrlar, his-tuyg'ular, fazilatlar 
va munosabatlar harakatlar bo'lganligini ifodalashga e'tibor beradi. O'z-o'zini kuzatish ko'pincha 
o'zini sinash jarayonida amalga oshiriladi. 
O'zini sinash
- ma'lum bir sifat namoyon bo'lishini talab qiladigan vaziyatda shaxs tomonidan o'zini 
atayin cho'mdirish. O'zini sinab ko'rish holati u tomonidan maxsus yaratilishi mumkin. 
Introspektsiya
- xulq-atvor faktlarini, ularning ideal bilan o'zaro bog'liqligini tanqidiy baholash. 
O'z-o'zini tahlil qilish idealni aniqlash - axloqiy, mehnat, estetik va boshqalarni 
osonlashtiradi. 
Maktab yoshi
haqiqiy odamlar ham ideal bo'lishi mumkin - ota-onalar, o'qituvchi; 
katta yoshlarda - kino va shou-biznes butlari, o'rtoqlar. 
O'z-o'zini baholash
- shaxsning o'zini, uning imkoniyatlarini, fazilatlarini, boshqa odamlar 
orasidagi o'rnini baholash qobiliyati (A. V. Petrovskiy), shuningdek o'zini bilish natijasini belgilash 
(I. I. Chesnokova). Bu maktab o'quvchilarining o'zini qadrlash, individual fazilatlar va ko'nikmalar, 
harakatlar va harakatlar standartlari haqidagi g'oyalarini o'z ichiga olgan ko'pkomponentli shaxsiy 
ta'lim; ehtiyojlar, o'z-o'zini bilish va o'zini qadrlash faoliyatiga qiziqish va ijodkorlik. 
2. O'z-o'zini tarbiyalash rejasini ishlab chiqish bosqichi.
O'z-o'zini majburiyat (o'z-o'zini dasturlash)
- o'ziga xos ishlarning rejasi, shu jumladan o'ziga 
xos fazilatlar g'oyasi, ularning shakllanish darajasi va ularni egallash bo'yicha aniq harakatlar tizimi. 
O'z-o'zini rag'batlantirish
- bu o'z-o'zini tanqid qilish, vaqtida aniqlangan aniq maqsadlarning 
mavjudligi. 
3. O'z-o'zini tarbiyalash rejasini amalga oshirish bosqichi.
O'z-o'zini o'qitish
- bir kishi ma'lum bir vaziyatda o'z harakatlarini oldindan biladi. 


76 
O'ziga bo'lgan ishonch
- argumentlarni va qarama-qarshi dalillarni ko'rib chiqish, o'z-o'zini 
muhokama qilish, o'zini oqlash, zanjirni qurish: men qilishim kerak - xohlayman - mantiqiy tahlil, 
sintez, taqqoslash, umumlashtirish usullari asosida mumkin. 
O'z-o'zini gipnoz
- o'z nomidan, o'z-o'zini tarbiyalashning yakuniy yoki oraliq natijasining hozirgi 
zamonida ijobiy shaklda talaffuz qilish. U avtomatik o'qitish shaklida, uxlashdan oldin yoki darhol 
uyg'onganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. 
O'z-o'zini majburlash.
Uning asosiy usuli: o'z-o'zidan buyurtma berish - qat'iy, ramkali qaror; 
ma'lum irodaviy harakatlarning mavjudligi va ulardan foydalanish, o'ziga bo'lgan ishonchni nazarda 
tutadi. 
O'z-o'zini rag'batlantirish
- yumshoq shakl; ba'zida odam o'zini o'zi rag'batlantirish usullaridan 
foydalanadi: kundalikka kirish, uzoq kutilgan voqea, o'zini maqtash. 
Maktab o'quvchilarining o'z-o'zini tarbiyalash xususiyatlari
Yangi tug'ilgan chaqaloq tug'ilganda, biz aytamiz: "Erkak tug'ildi", ya'ni. biz uning biologik 
tug'ilishi haqida gapiramiz. Ammo biologik rivojlanishning keyingi jarayoni o'zlarining kelib 
chiqishi bilan insonning biologik tabiati bilan bog'liq bo'lmagan bunday fazilatlarni va 
xususiyatlarni egallash bilan chambarchas birlashadi (masalan: mahorat, odat, xulq-atvorni va 
boshqalarni o'zlashtirish). Nomlangan xususiyatlar va fazilatlar faqat in Vivo jonli shakllanishi va 
insonning ijtimoiy rivojlanishini tavsiflashi mumkin. Shunday qilib, "shaxs" umumiy tushunchasi 
torroq va aniqroq tushunchani - "shaxsiyat" ni o'z ichiga oladi. 
Biz shaxsiyatni quyidagi xususiyatlarga ko'ra baholaymiz: 
1. Muayyan shakllangan ijtimoiy fazilatlar. Masalan: mas'uliyat, qadr-qimmat, individuallik, 
ijtimoiy faollik, qarashlar va e'tiqodlarning qat'iyligi. 
2. Shaxsiyat o'ziga xos xulq-atvori va faoliyatini boshqarish imkoniyatini beradigan ruhiy 
rivojlanishning shunday darajasi bilan tavsiflanadi. O'zingizning harakatlaringiz haqida o'ylash va 
ular uchun javobgar bo'lish qobiliyati shaxsning muhim va asosiy belgisidir. 
A.I.Kochetov "Maktab o'quvchilarining o'z-o'zini tarbiyalashini tashkil etish" kitobida har qanday 
rivojlanayotgan hodisa singari shaxsiyat ham ziddiyatli, uning ichki dunyosidagi to'qnashuvlar, 
to'qnashuvlar, tanazzul va taraqqiyotning kuchayishi muqarrar. Shaxsiyat tushunchasi uning 
harakatlantiruvchi kuchlarini ajratmasdan imkonsizdir. Olimlarning fikri bir xil: qarama-qarshiliklar 
shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida harakatlantiruvchi kuchdir. Hozirgi vaqtda ilm-fan o'z-o'zini 
tarbiyalash jarayonining mohiyatiga kirib borish uchun etarli miqdordagi haqiqiy materiallarni 
to'plagan. O'z-o'zini tarbiyalash mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega: o'quvchi ijtimoiy 
mezonlarga muvofiq hayot maqsadlarini, ideallarini tanlaydi, o'zini jamiyatdagi hayotga 
tayyorlaydi, atrofdagi dunyoni yaxshilash bo'yicha jamoaviy faoliyatda takomillashadi. Ushbu o'z-
o'zini tarbiyalash omillari o'rtasida murakkab o'zaro bog'liqlik va qarama-qarshiliklar mavjud: 
hayotning maqsadi bitta bo'lishi mumkin, va ehtiros - boshqa sohada, natijada o'zini yaxshilash 
istagi va haqiqiy o'zini o'zi tarbiyalash o'rtasida nomuvofiqlik paydo bo'ladi va hokazo. va qarama-
qarshiliklarni har doim ham o'quvchining kuchi bilan hal qilish mumkin emas. 
A.I.Kochetov o'z ishida o'zini o'zi tarbiyalash parametrlarini belgilaydi: 
a) yo'nalish, ya'ni o'z ustida ishlash motivlari. 


77 
v) barqarorlik (tasodifiy, epizodik, doimiy). 
d) shaxsni shakllantirishdagi samaradorlik (asosiy va yordamchi funktsiyalarni bajaradi). 
O'z-o'zini tarbiyalashda etakchilikning asosiy tarbiyaviy vazifasi shundaki, ushbu qarama-
qarshiliklarning echimi bog'liq bo'lgan ijobiy fazilatlarni shakllantirish va o'z-o'zini anglash, g'ayrat, 
yo'nalish, o'zini boshqarish qobiliyati va boshqalar kabi omillarni amalga oshirish 
zarur.A.I.Kochetovning "Maktab o'quvchilarining o'z-o'zini tarbiyalashini tashkil etish" kitobida 
aytilganidek, boshlang'ich maktab yoshida o'z-o'zini tarbiyalashning chegaralari yangi faoliyat turi 
- ta'limning paydo bo'lishi bilan belgilanadi. 
Bu irodali fazilatlarni, mas'uliyatni, kollektivizmni rivojlantirishga qaratilgan va bolani tarbiyaviy 
vazifalarni muntazam va vijdonan bajarishga o'rgatish bilan bog'liq. 
A.I.Kochetov o'z-o'zini tarbiyalashga yordam beradigan qoidalarni taklif qiladi
"Besh ehtiyoj":
1. Har doim ota-onalarga yordam bering. 
2. O'qituvchilarning vijdonan o'qish talablarini bajarish. 
3. Rostgo'y bo'ling. 
4. Shaxsiy manfaatlarni jamoaviy manfaatlarga bo'ysundirish. 
5. Har doim va hamma joyda yaxshi niyat bilan harakat qiling. 
"Beshta mumkin":
1. Ish juda zo'r bo'lganida zavqlaning va o'ynang. 
2. Xafagarchilikni unuting, lekin kimni va nima uchun o'zingizni xafa qilganingizni eslang. 
3. Muvaffaqiyatsiz bo'lgan taqdirda ko'nglingizni yo'qotmang, qaysar bo'lsa, baribir ishlaydi! 
4. Agar ular sizdan yaxshiroq ishlasa, boshqalardan o'rganing. 
5. Agar bilmasangiz so'rang, o'zingizni boshqara olmasangiz yordam so'rang. 
"Bu sizga o'zingizga kerak!":
1. Rostgo'y bo'ling! Insonning kuchi haqiqatda, uning kuchsizligi yolg'ondir. 
2. Mehnatsevar bo'ling! Yangi biznesdagi muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmang. Qat'iy bo'lgan kishi 
muvaffaqiyatsizliklardan muvaffaqiyatga erishadi, mag'lubiyatlardan g'alaba qozonadi. 
3. Hamdard va g'amxo'r bo'ling! Esingizda bo'lsin, agar siz boshqalarga yaxshi munosabatda 
bo'lsangiz, sizga yaxshi munosabatda bo'lishadi. 


78 
4. Sog'lom va toza bo'ling! Ertalabki mashqlarni bajaring, o'zingizni tuting, har kuni sovuq suv bilan 
o'zingizni beliga yuving, qo'llaringizni toza tuting, kuniga bir soat sayr qiling va ish yoki sportga 
yana bir soat bering. 
5. Diqqatli bo'ling, diqqatni o'rgating! Yaxshi e'tibor o'qishdagi xatolardan va o'yin, ish va sportdagi 
muvaffaqiyatsizliklardan himoya qiladi. 
"Buni amalga oshirish mumkin emas!":
1. Dangasa va mas'uliyatsiz, zahmsiz o'rganish. 
2. Qo'pol munosabatda bo'lish va tengdoshlari bilan janjallashish, yoshlarini xafa qilish. 
3. Kamchiliklaringizga toqat qiling, aks holda ular sizni yo'q qiladi. O'zingizning zaif 
tomonlaringizdan kuchliroq bo'ling. 
4. Yaqin atrofdagi bolani xafa qilganda, do'stingizni masxara qilganda, halol odamlarning ko'z 
o'ngida ochiqdan-ochiq yolg'on gapirganda o'ting. 
5. Agar o'zingiz ham o'sha kamchilikka duch kelsangiz, boshqalarni tanqid qiling. 
"Besh yaxshi":
1. O'zini tuta bilish, adashmaslik, qo'rqmaslik, mayda-chuyda narsalarga dosh berolmaslik 
2. Har kuningizni rejalashtiring. 
3. Sizning harakatlaringizni baholang. 
4. Avval o'ylab ko'ring, so'ngra bajaring. 
5. Avvalo eng qiyin narsalarni qabul qiling. Qoidalar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 
Birinchidan, bola beshta shartga muvofiq yashashni o'rganadi. Bu shuni anglatadiki, ushbu 
qoidalarni aniq bajarishda unga nisbatan yuqori talablar qo'yiladi. Shu bilan birga, nima qilmaslik 
kerakligi va nima uchun ko'rsatiladi. Biroz vaqt o'tgach, siz beshtasini yaxshi bog'lashingiz mumkin, 
chunki ularni tushunish va o'rgatish ancha qiyin. 
Ma’ruza 14 
MАVZU: BOSHLANG’ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI 
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH. 
R е j а : 
1.
Innovatsion yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishish aspektlari. 
2.
Innovatsion yondashuv asosida tashkil etiladigan dars ishlanmasini tuzish.
Tayanch tushunchalar: 
tarbiya, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, innovatsiya, 
yangilik, 
aspect, 
kreativlik…..
Mustaqil ta’lim topshirig’i 


79 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Innovatsion 
yondashuv 
asosida 
ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
samaradorlikka 
erishish aspektlari
1. Salayeva M.S. Umumiy 
pedagogika. 
Darslik. 

Toshkent 
“Nodirabegim”.
2021. – 307 bet.
2. 
Ismatova Nargiza va 
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4. 
Darslik. G‘afur G‘ulom 
nomidagi 
nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi.: Toshkent – 2020 
Innovatsion 
yondashuv 
asosida 
ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
samaradorlikka 
erishish aspektlari
haqida 
taqdimot tayyorlash. 
Innovatsion 
yondashuv 
asosida tashkil etiladigan 
darslar
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.258-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
Innovatsion 
yondashuv 
asosida tashkil etiladigan dars 
ishlanmasini tuzish
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.366-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.228-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.400-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil.109-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil.328-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga 
kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish” tushunchasini 
aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik 
tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham 
barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan 
chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi. 
Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik tizimning 
tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda 
quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; 
o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan 


80 
iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, 
yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga 
asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim 
tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish”, 
“texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan chizmadagi pedagogik 
tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil 
etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov 
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy 
qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir. 
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb ta’kidlagan 
holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. 
Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam 
tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham 
texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy 
“to‘plamidan” ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi 
imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash 
darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum 
jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi 
sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish 
metodik “tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas” xulosasini bermaydi. Texnolog 
uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib 
ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, 
aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning 
asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. 
Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining 
mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda 
ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi 
izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining 
noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari 
orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika 
tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika 
tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. 
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq 
hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq 
hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan 
daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak 
va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. 
Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik 
tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda 
endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, “harajat” va 
“natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini aniqlash esa uni 
iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson 
noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat 
bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la 
erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa 
mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u “yomon” va 


81 
“yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, 
o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy 
xulosa 
ma’lum: 
deyarli 
50% 
o‘qituvchidan, 
50% 
esa 
o‘quvchiga 
bog‘liq. 
Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik 
o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% 
dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi 
deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog‘i 
dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy 
nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash mumkin 
emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama 
tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir 
yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni 
o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish kerak. Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy 
yo‘llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar 
xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-uskunalar, 
texnologiyalar 
xisobiga 
takomillashtirishni 
ko‘zda 
tutadi. 
Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: maktabning 
mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar 
nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi 
asoslariga chuqur tushib borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali 
o‘lmagan bo‘lsa agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu 
faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt 
ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona tarbiyalash, 
ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan 
fikrni aytmoqdalar. G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni yangi informatsion 
texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differensatsiya va 
individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan pedagogik mahsulot 
sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar bunga 
ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi innovatsiya 
(yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon beruvchi 
pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini chuqur 
tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik 
tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar 
bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi. Bunday 
yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi” chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli 
talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi. Agar shunday nuqtai nazar bilan 
innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski 
muammolarni hal etish uchun yangi “retsept”lar ham yo‘q.
Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi 
bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy 
yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. 
Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha 
umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan 
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi. Nazorat 
shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, 
magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini 


82 
baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga 
qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa 
ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta 
tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda 
o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq 
imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, 
awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. 
Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. 
Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan 
o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi 
matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi 
fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi. G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan 
natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini 
axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch 
shahobchani belgilaydi: 
1. Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul 
qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, 
o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni 
qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi 
tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi. 
2. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), 
ta’limiy 
axborotlarning 
asosiy 
psixologik 
harakati 
korreksiyasini 
qamrab 
oladi. 
3. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) 
axborotlar 
o‘qituvchidan 
o‘quvchiga 
uzatilish 
shahobchasi. 
O‘quv jarayonining samaradorligi: 
• 
o‘quv 
axborotlari 
mazmunining 
yeng 
maqbul 
tuzilmasi; 
• 
boshqarish 
samaradorligi 
va 
bilish 
faoliyatini 
tashkil 
etish; 
• axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish; 
• axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq. Tayanch sxemalar 
izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu 
texnologiya asosida quyidagilar yotadi: 
• hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv; 
• o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti; 
• sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam; 
• xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas; 
• o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi; 
• vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi; 
• asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish; 


83 
• bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish. 
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan 
soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli 
tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning 
boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir. 
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi: 
1. Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish; 
2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash; 
3. 
Fikrlash 
usullari 
va 
o‘quv 
xatti-harakatlarining 
ravonligini 
rivojlantirish. 
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv 
jarayonini 
tashkil 
etish 
shakli, 
modeli 
sifatida 
belgilanadi. 
Unda: 
• 
pedagog 
faqat 
birgina 
talaba 
bilan 
o‘zaro 
munosabatda 
bo‘ladi; 
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga 
moslashtiriladi. Shaxsiy yondoshish deganda: 
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida 
talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model 
bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish; 
• 
o‘quv 
jarayonida 
talabalarning 
individual xususiyatini 
hisobga 
olish; 
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun 
psixologik-pedagogik 
tadbirlaryaratish 
tushuniladi. 
O‘qitishni 
individuallashtirish: 
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual 
xususiyatlari bilan bog‘lanadi; 
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma 
‘muriy tadbirlardir. 
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak 
malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa 
leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab 
kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi 
mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. 
Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX 
asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner
11
nomi bilan bog‘liq. U 
materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-
qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. 
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya 
tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha 
belgilaydi: 
• berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati); 
• davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat); 


84 
• tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik); 
• goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali. 
Dasturlashtirilgan 
o‘qitishning 
beshta 
asosiy 
tamoyili 
farqlanadi: 
1. 
Boshqarish 
qurilmalarining 
muayyan 
bosqichliligi 
(ierarxiya) 
tamoyili. 
Bu 
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, 
va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida 
individual 
yordam 
va 
korreksiya 
o‘rin 
oladi. 
2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini 
boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - 
zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. 
Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham 
zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va 
tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining 
aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa ta’lim 
oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan 
ta’sir etishda amalga oshiriladi. 
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon 
tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada 
axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga 
xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks 
ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan 
qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami, 
bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch 
o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv 
tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy 
programmani hosil qiladi. 
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim 
oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga 
mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga 
muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi. 
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish 
tamoyili. 
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni 
farqlash imkoniyatini beradi: 
• rayon programmalar; 
• tarmoqlanuvchi programmalar; 
• soddalashtirilgan programmalar; 
• aralash programmalar; 


85 
• algoritm; 
• blokli o‘qitish; 
• modulli o‘qitish; 
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish; 
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi 
u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob 
berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan 
javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan 
o‘rganishga tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, 
unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, 
to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi. 
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik 
darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy 
ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Modulli o‘qitish. U 
modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs 
mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma 
materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan 
berilishi mumkin. O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi 
komponentlardan tashkil topadi: 
• 
aniq 
ifodaga 
ega 
bo‘lgan 
o‘quv 
maqsadi 
(maqsadli 
programma); 
• 
axborotlar 
banki: 
o‘qitish 
programmasi 
shaklidagi 
ayni 
o‘quv 
materiali; 
• 
maqsadlarga 
erishish 
bo‘yicha 
metodik 
qo‘llanma; 
• 
zaruriy 
malakalarni 
shakllantirish 
bo‘yicha amaliy 
mashgulotlar; 
• 
qo‘yilgan 
modul 
maqsadiga 
qatiy 
muvofiq 
keluvchi 
nazorat 
ishi. 
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: 
o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun 
materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, 
o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim 
texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari 
va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab 
chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi” saviyasiga va 
darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning 
tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan 
iborat bo‘ladi: 
1) 
mavzuni 
umumiy 
tahlil 
qiluvchi 
darslar 
(ular 
leksiyalar 
deb 
yuritiladi); 
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab 
chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha 
bo‘lishi mumkin); 


86 
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha sinovlar); 
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish); 
5) dars-praktikumlar. 
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini 
tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning 
turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S” dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni 
hal qiladi: 
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi; 
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi tayanch standart 
sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta 
tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan 
oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim. 
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy 
faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga 
kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni 
isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini 
ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga 
ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, 
chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. 
Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi qo‘llanadi. 
Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi. 
Ma’ruza 15 
MАVZU: BOSHLANG’ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI 
TASHKIL ETISHDA TARBIYAVIY TRENINGLAR. 
R е j а : 
1.
Trening haqida tushuncha. 
2.
Tarbiyaviy treninglarning maqsad va vazifalari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i 
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Trening haqida tushuncha 
Ishmuxammedov 
R., 
Abduqodirov A., Pardaev A. 
Tarbiyada 
innovatsion 
texnologiyalar. – T.: Fan va 
texnologiya, 2010 y.
309-bet.
Trening haqida tushuncha 
mavzusida 
taqdimot 
tayyorlash. 
Tarbiyaviy 
treninglarning 
maqsad va vazifalari. 
1.
SarsenbayevaR.M. 
Tarbiyaviyishlar 
metodikasi.O‘quv qo‘llanma. 
- T.; 2019.122-bet. 
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy 
ishlar metodikasi. 
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019 
Tarbiyaviy 
treninglarning 
o’tkazish bo’yicha yo’riqnoma 
tuzish. 


87 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 144-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.309-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.208-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.307-bet. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli 
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, 
fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchilarni baholay olishga 
qaratilgan. 
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda o`rganish, 
ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, 
munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z ichiga og‘zaki 
va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchilarining 
turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi rolida bo`lishi , kerakli ballni 
to`plashiga imkoniyat yaratadi. 
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: 
xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini 
rivojlantiradi. 
Ta`lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish 
imkonini beradi: 
-jamoa bilan ishlash mahorati: 
- xushfe`llik 
- ko`nikuvchanlik 
- o`zgalar fikriga hurmat 
- faollik 
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish 
- ishga ijodiy yondashish 
- o`z faoliyatining samaralimbo`lishiga qiziqiszini xolis 
- o`zini xolis baholash. 
Asosiy tushunchalar quyidagilar: 
Ochiq savollar- bu savollar muomala, so`zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, 
bir xil javob berish mumkin emas. 


88 
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha”yoki “yo`q” tipidagi to`g‘ri, ochiq, javoblarini berishni 
ko`zda tutadi. 
Ko`ndalang so`roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo`lib, bu o`ziga xos 
axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul 
qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. 
Ko`ndalang so`roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, 
munozaraga kirishilmaydi. 
Maqsad:
Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va 
guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali 
tarqatma materiallar, undagi matnlar qay daraja o`zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida 
o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish. 
O`TKAZISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu texnologiya bir necha bosqichida o`tkaziladi: 
I-BOSQICH

- Trening to`g‘ridan-to`g‘ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`lishdan 
boshlanadi: 
- Trener har bir guruh va uning har bir a`zosiga mustaqil o`rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish 
uchun alohida- alohida aniq yozma tarqatma material beradi(tarqatma material)da trener tomonidan 
tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va 
tinglovchilar soniga bog‘liq. Agar 4 ta kichik guruh bo`lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik 
matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi. 
- Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir tinglovchi esa o`z guruhiga tushgan matnga ega bo`ladi. 
II-BOSQICH.
- Guruhlarga berilgan matnni guruh a`zolari yakka tartibda alohida o`rganishlari, matnni eslab 
qolishlari, keyin esa kerak bo`lsa boshqalarga yoki trenerga gapirib berishlari, iloji boricha matnni 
katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt berabi.O`zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini 
kuzatadi. 
III-BOSQICH

- Trener oldindan tayyorlab qo`yilgan raqamlar yozilgan kichik qog‘ozlar bilan har bir guruh yoniga 
kelib guruh a`zolaridan ushbu qog‘ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so`raydi.(Qog‘ozlar 
soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog‘liq, masalan, guruhda 5 kishi bo`lsa, qog‘oz dagi raqamlar 
1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo`lsa 1 dan 4 gacha…). Guruhlardagi barcha tinglovchilar 
raqamlar yozilgan qog‘ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo`lsa, shuncha guruh a`zolari soniga 
qarab raqamlar yozilgan qog‘ozlar tayyorlanadi. 

Trener raqamlar bo`yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so`raydi. Masalan, 
hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruhni, 3 raqamlilar 
uchinchi guruhni,4 raqamlilar to`rtinchi guruhni, 5 raqamlilar, beshinchi guruhni tashkil 
etishlarini so`raydi. Guruh a`zolari yangi guruhga o`tishlarida o`zlari bilan o`rgangan 
matnlarini oladilar.
IV-BOSQICH.

Raqamlar bo`yicha guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan 
vakillar o`z-o`zidan to`planib qoladi, ya`ni 4ta guruhda 4 xil matn o`rganilgan bo`lsa bu 
yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to`planadi, umumiy mavzu bo`yicha 4 tinglovchi 
va 

xil 
matn 
to`planadi. 
V-BOSQICH.
- Yangi tuzilgan guruhning har bir a`zosi endi o`ziga 2 ta vazifa, ya`ni o`qituvchi va o`quvchi 


89 
vazifasini 
oladi 
va 
quyidagicha 
faoliyat 
ko`rsatadi: 
1. O`qituvchi (o`rgatuvchi) sifatida, o`zi avval o`rgangan materialni gapirib beradi, 
tushuntiradi, o`zi mustaqil o`rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb 
qiladi, boshqa guruh a`zolarining tushunish va o`zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi. 
-O`quvchi sifatida, guruh a`zolarini navbatma-navbat so`zlab, tushuntirayotgan, 
gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat 
qiladi. Trener esa ularga o`z matnlarini faqat so`zlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 
20 daqiqa vaqt beradi (matn hajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt 
ajratiladi). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar 
tomonidan o`zlashtilgan hisoblanadi. 
VI-BOSQICH.
Guruhdagilar bir-birlariga o`z matnlarini gapirib berib,barchalari ushbu matnlarni 
bilib olishgach, trener o`rganilgan material guruh a`zolari tomonidan qanchalik o`zlashtirib 
olinganligini teksirib ko`rish uchun har bir guruh a`zosi bir-birlariga o`z matnlaridan kelib 
chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida 
ichki nazorat savol-javob orqali o`tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga 
so`zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, 
mustahkamlashga yordam beradi. 
VII-BOSQICH.

Trener barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so`raydi, ya`ni 
yana hamma mashg‘ulot boshlkanishidagi guruhlariga qaytadilar. 
VIII-BOSQICH.
- Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hamma tarqatilgan yozma materiallar bilan 
tanish ekanliklari, ular haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lganliklarini hisobga olgan holda 
auditoriyadagi har bir o`quvchidan xoxlagan materialni so`rashi mumkinligini aytadi. 
IX-BOSQICH.
- Tinglovchilarga tarqatilgan barcha materialni ular tomonidan qay darajada o`zlashtirilganligi 
darajadasini aniqlash madsadida trener-o`qituvchi , yoki maxsus guruh, yoki opponent guruhi 
tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarini reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, 
masalan, savollarga berilgan javoblarini reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan, 
savollarga berilgan javoblar. 
Agar to`liq javob bo`lsa-3 ball: 
1.
Qo`shimcha qilinsa-2 ball: 
2.
O`tirgan joydan luqma tashlansa-1 ball: 
3.
Javob berilmasa-0 ball qo`yilishi belgilanadi. 
Baho sistemasida. 
1.
to`liq javob uchun -5 baho 
2.
qo`shimcha uchun – 4 baho 
3.
luqma tashlansa – 3 baho 


90 
4.
javob bermasa – 2 baho 
5.
umuman ishtirok etmasa -1 baho qo`yishni belgilash mumkin. 
Guruh a`zolarining javoblarini yuqorida ko`rsatilgan tartibda baholash, ballarni qoyib borish, 
umumlshtirish uchun har bir guruh o`ziga guruh qatnashchilardan buirini “hisobchi” etib 
tayinlashi mumkin (“hisobchi” ham davrada bo`layotgan savol-javoblar muloqotida ishtirok 
etadi). 
X-BOSQICH.
- Ushbu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6) ta bilan 
o`quvchilarga murojaat qiladi( savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo`lgani ma`qul, 
shuningdek, trener doskaga guruhlar tomonidan to`plangan ballarni yozadi va mashg‘ulotning 
keyingi 
bosqichiga 
o`tadi. 
XI-BOSQICH.
-Trener-o`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda 
bittadan 
savol 
tuzishlari 
uchun 
5-7 
daqiqa 
vaqt 
ajratadi. 
XII-BOSQICH.
-Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar” esa guruh 
a`zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g‘ri bo`lsa, 
savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi. 
XIII-BOSQICH.
-Trener-o`qituvchi guruh a`zolari to`plangan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va 
to`plangan ballar(baholar)ning umumiy sonini guruh a`zolariga teppa-teng bo`ladi(yuqorida 
kelishanganlik asosida). 
IZOH: 
Agar to`plangan ballarni guruh a`zolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan 
norozilik bo`lsa, ya`ni ba`zi guruh a`zolari guruhning faoliyatida passiv bo`lgan bo`lishsa, bunday 
holatda vaziyatni yechimi guruh a`zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to`g‘ri hissoblanadi, 
yoki trener-o`quvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchilarning 
javoblari, faol yoki passivliklarni kuzatib boradi. 
Umuman olganda, agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan, yoki savol-javoblarda ishtirok etmagan 
bo`lsa, ham uning shu dars jarayonida biron narsani builib olgani, eslab qolib o`zlashtirganini 
hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin.. Bu o`quvchini keyinchalik shu 
shakldagi darslarda faolloq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni yechimini 
har bir o`qituvchi sharoitga, faoliyatiga qarab, o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga tashlashi mumkin. 
Ba`zida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin, 
natijada, ba`zida guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi 
mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog‘liq 
ekanligini trener-o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plangan ballarni gruh a`zolariga 
taqsimlanganda shu mashg‘ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda 
shu mashg‘ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg‘ulotlarga yoki yakuniy 
nazoratga o`tkazish mumkin. 
XIV-BOSQICH.
- Har bir o’quvchiga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) trener mashg‘ulotga yakun 


91 
yasaydi. O`quvchi-talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va 
quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi: 
1.
bugungi mashg‘ulotdan nimalarni bilib oldingiz? 
2.
Nimalarni o`rgagandingiz? 
3.
Nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi? 
4.
Yana nimalarni bilishni istar edingiz? 
AQLIY HUJUM.
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo`llaniladigan, ko`plab g‘oyalarni ishlab chiqish 
mumkin bo`lgan metoddir. Bu haqiqatan ham o`quvchilarning o`quv jarayonida faol ishtirok 
etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, turli 
g‘oyalrni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, ilhom bilan ishlashlariga 
imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham 
faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha 
ishtirokchilarini bir xilda o`ziga tortib oladi. O`qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, 
keyin esa o`quv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. 
Aqliy hujum turli tarzda qo`llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish 
uchun, yangi savol qo`yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun. 
ASOSIY QOIDALARI QUYIDAGILAR:
1.
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir. 
2.
Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas. 
3.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda so`zlovchining gapini bo`lmaslik. 
4.
So`zlovchiga nisbatan baholovchi component mavjud emas. 
1.
METOD-guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo`yiladi. 
1.
O`qituvchi o`quv jarayonida tashabbusni o`z qo`liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi 
barcha o`quvchilarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin 
bo`lgan fikrlarni aytishni so`raydi. 
2.
Barcha, hatto axmoqona goyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida 
birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart. 
3.
Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi. 
4.
Asosiy fikrlarni o`qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko`rsatadi. 
5.
Aqliy hujum tugagach, barcha g‘oyalar to`planishi, guruhlarga ajratilishi yoki 
kategoriyalarga bo`linishi mumkin. 
2.
METOD- barcha mavzu va savollar umumiy yo`nalishi saqlangan holda katta guruh 
tarkibidagi guruhchalariga taqdim etiladi. 
1.
O`qituvchi umumiy mavzu bo`yicha bir necha, balki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin. 
2.
Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o`tkazish 
uchun alohida savol beriladi. 


92 
3.
Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, 
keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a`zolariga taqdim etadi. 
4.
G‘oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan fodalanib yozib linishi 
mumkin. Shunday sahifa- plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo`yiladi. 
Sahifa-plakat jarayonning oxirida har bir xoxlovchi nima yozilgan va jamlanganligini 
ko`rishi uchun osib qo`yiladi. 
5.
Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab 
chiqilishi zarur bo`lgan joyda, ayniqsa, foydalidir. 
6.
Oqituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhda ikkinchi guruhga aqliy 
hujum amalgam oshirilayotgan paytda o`tib turadi. 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR 
1-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy kategoriyalari
Reja: 
1. Tarbiya fanini oqitish metodikasining bo`limlari. 
2. Tarbiya fanini oqitish metodikasining mazmuni. 
3. Tarbiya fanini oqitish metodikasining prinsiplari. 
Maqsad:
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari va asosiy kategoriyalari haqida bilim, 
ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b. 
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet. 
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet. 
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet. 
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
9-bet 
Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z vatanining ilg‘or kishisi sifatida 
tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar davlatimizning 
kelajagidir. 
Yangi asrga qadam qo‘yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, 
ijtimoiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma‘naviy yukasalishi va yangilanishi sari yuz 
tutgun bir paytda O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 1999 yil 3–sentyabrdagi ―Respublika 
ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida‖gi Farmoni zamiridagi g‘oyalar, 
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma‘naviyatning ustuvorligini yana bir karra 
tasdiqlaydi. 
Xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning 
eng muhim vazifasidir. Ma‘naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron 
xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni 
sevish tuyg‘usi Bilan birgalikda yetilgan. Ma‘naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti 
bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma‘naviyat belgisi sifatida kishilarni 
yaqin qilib jipslashtiradi.


93 
Talabalar ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar nomlanadi.Quyidagi topshiriqlar beriladi: 
1-guruh 
1.
Tarbiya fanining maqsadi mavzusida taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
2-guruh 
1.
Tarbiya fanining vazifalari mavzusida taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
Guruhlarning bajargan ishlari tahlil qilinadi,baholanadi. 
Topshiriq: 
1-sinf “Tarbiya” darsligidan bir soatlik dars ishlanmasini tuzish. 
2-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Milliy tarbiya konsepsiyasi. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy
jarayondagi ahamiyati.
Reja: 
1. Milliy tarbiya konsepsiyasi.
2. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. 
Maqsad:
Milliy tarbiya konsepsiyasi haqida, tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi 
ahamiyati haqida tushuncha berish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1. R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 88-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.403-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.127-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.13-bet. 
Milliy tarbiya asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun 
yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!degan 
so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk 
yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk shaxs yaratishga e‘tibor berila boshlandi. Bu 
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar 
ishlab chiqildi. 
Talabalar ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar nomlanadi. 
Quyidagi topshiriqlar beriladi: 
1-guruh 
1.
Milliy tarbiya konsepsiyasi taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 


94 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
2-guruh 
1.
Milliy tarbiya konsepsiyasi taqdimot tayyorlash. 
2.
1-sinf “Tarbiya” darsligidan foydalanib, bir soatlik dars ishlanmasi tuzing. 
3.
Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -10 daqiqa 
2) natijalarni A 4 format qog’ozda rasmiylashtiring. 
Guruhlarning bajargan ishlari tahlil qilinadi,baholanadi. 
Topshiriq: 
Milliy tarbiya konsepsiyasi haqida buklet tayyorlash.
3-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy
faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos xususiyatlari. 
Reja: 
1.
To’garaklar haqida tushuncha. 
2.
Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 93-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.404-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.130-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.23-bet. 
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir – biridan ayrilmaydurgan, birining 
vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. (Abdulla Avloniy) 
O`quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o`zlashtirish va bilim sifatini 
oshirish ko`p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bogiiqdir. Sinfdan va 
maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o`quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toidiradi. 
Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy 
bilimlarning amaliyot ishlab chiqarishi bilan boo`lanishiga zamin yaratadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham 
ko`p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi: 
1.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. 


95 
2.
o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko`p 
qirrali ishlarini o`quvchilar tashkilotlari va sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish. 
3.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda 
o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish. 
4.
Umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda 
qatnashish. 
5.
O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari 
hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada direktor o`rinboosari faolligining 
uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy. 
Bular ko`pincha o`zaro uzviy bog’langan holda namoyon boiadi. Ma'naviyat ishlari bo`yicha 
direktor o`rinbosarinig tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlami ham kiritish mumkin: 
a)tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish; 
b)
tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; 
c)
tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlami rejalashtirish va ulaming mazmunini, shakl va 
usullarini aniqlash; 
d)
sinfdan, maktabdan tashqari ishlami rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning 
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslami aniqlash. 
O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o`z mazmuniga ko`ra tafakkur faoliyati va munosabat 
vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta 
ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. o`quvchilar maktabdan tashqari ishlarda 
qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. 
Shuning uchun ham o`quvchilaming maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo`lsa, 
ularning munosabatlari doirasi shunchalik keng va ma'naviy o`sishi samarali boiadi. Maktabdan 
tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o`quvchilar jamoadagi ishlami o`rganadilar. Ijtimoiy mehnat 
quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo`shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo`ysu-
nishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar 
kiradi: 
I.
Og‘zaki ish usullari: majlislar, yio`inlar, ma'ruzalar, kutubxonalar,
konferensiyalar, munozaralar, 
uchrashuvlar, gazetalar, radio va 
jurnallar. 


96 
2. Amaliy ish olib borish usullari: turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, 
tabiatshunoslar to`garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko`rgazmalari. 
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatlarni ishga solishni taqozo etadi. Sinf rahbarligi 
kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga boo`liq va 
uning davomiyligidir. 
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchilar turli qo`Hanmalar, 
asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o`rganadilar, o`z-o`zini tekshirish 
uchun turli ma'lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko`nikmalarini egallaydilar. 
II.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh
xususiyatlarini, maktabning joylashgan shart- sharoitlarini, ijodiy birlashmalar, ilmiy
markazlar bilan o`zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor
o`rinbosarining faoliyati o`z ifodasini topadigan hujjatlar ro`yxati Xalq ta'limi
vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi. 
4-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: 
Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish, milliy
qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri.
Reja:
1.
Tarbiya darslarida urf-odat va marosimlarni o‘rganish. 
2.
Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri. 
Maqsad:
Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish,
milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri haqida bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 102-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.298-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.175-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.289-bet. 
“O`ZBEKISTON – MUSTAQIL DAVLAT
” mavzusidagi 
bir soatlik dars ishlanmasi 
Darsning maqsadi: -
o‘quvchilarda mustaqillik atamasi to'g'risidagi fikr va dunyo qarashini 
kengaytirish, mustaqillik va ma'naviyat tushunchalarini xosil qilish. 
Rivojlantiruvchi 
- mavzu bo'yicha tahliliy tasavvur xosil qilish, hulosalar chiqarish va 
takliflar kiritish mahoratini rivojlantirish, ko'mak beravchi qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash 
maxorati va ko' nikmalarni shakllashtirish. 


97 
Tarbiyalovchi 
- O' zbekiston mustaqillik yo' lidan dadil odimlayotganini tushuntirish orqali 
o' quvchilarda o' quvchilarda o' z vatanidan fahirlanish xissini uyg'otish. 
Jihozlar va ko'rgazmali vositalar 
-prezident Islom Karimov asarlari to'plami, O'zbekiston 
mustaqilligi to' g' risidagi turli rangli plakatlar, O'zbekiston Respublikasi siyosiy xaritasi, vatan 
tarixiga oid turli rasmlar, buyuk shaxslar, allomalar portretlari, globus, O'zbekiston mustaqilligiga 
oid ilmiy asarlar, davlat ramzlari. 
Dars turi: 
amaliy, nazariy. 
Dars tipi: 
aralash. 
Tashkiliy qism:
O'qituchini kirish so'zi:
O' qituvchi Mustaqillik darsining nomi, maqsadi va reja bilan tanishtiradi. Kirish so'zi orqali 
o'quvchilar diqqatini o' ziga j alb etadi va ularni uangi bilimlarini o'zlashtirishga tayyorlaydi.
REJA: 
1. Jamiyat ma'naviyat mamlakat rivoj ida muhim omil. 
2. Mustaqillik yillarida milliy merosimizni tiklash 
yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar. 
3. Ogohlik - davr talabi. 
4. Barkamol avlod - Vatan kelajagi. 
O'qituvchi: 
- xurmatli o'quvchilar, ma'naviyat deganda nimani tushunasiz? 
O'quvchi biror - mamlakat ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy 
ruhini uyg' otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarila olmaydi. 
Ma'naviyat insonni rahiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan ichki olamni boyitadigan, uning 
iymo -irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan botiniy kuchdir. Shuning 
uchun ham mustaqillikni datslabki kunlaridanoq jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish vatanimiz 
taraqqiyotining ustivor yo'nalishi deb belgilanadi. 
O'quvchi: 
- Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edilar: "Moddiy islohatlar, iqtisodiy 
islohatlar o'z yo'ga. Ularni hal qilish mumkin. 
Xalqning ta'minoti ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohatlar -qullik va mutelik 
iskanjasidan ozod bo'lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga 
munosib voris bo'lish-bundan og'irroq va bundan sharafliroq vazifa yo'q bu dunyoda" ("O'zbekiston 
XXI asr bo'sahasida" 202-bet) 
O'qituvchi: 
- Darxaqiqat, davlat ma'naviy yangilash jarayonini amalga oshirmasdan 
mustaqillikni mustahkamlash qiyin ekanligini hayot isbotladi. Xalqimizning ma'naviy poydevori - 
mustaqil davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkam. Mustaqillik sharofati bilan 
xalqimiz ma'naviy zug'umlardan ozod bo'ldi, erkin fikrga, o'zligimizni anglashga kengyo'lochildi. 
Bu davrda boy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. 
Milliy madaniyatimiz, jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga buyuk xissa qo'shgan 
bobokalonlarimizning ma'naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun 
mamlakat va xalqaro miqyosida nishonlanadigan bo'ldi. 
O'qituvchi: 
- Mustaqillika erishganimizdan so'ng mamlakatimiz tarixida katta o' zgarishlar 
O'z qadr qimmatlarini, milliy davlatchiligimiz, madaniyatimizni, tilimiz bilan yagona xalq yagona 
millat bo'lib, jahon ham jamiyatida o'zimizga munosib obro' -e'tiborga qozonishga erishdik. 
Yurtimizda YUNESKO bilan hamkorlikda quyidagi buyuk allomalar, davlat arboblari, 
mutafakkirlar va shoirlarning yubelelari hamda o'lmas qadriyatlarimiz tantanalari nishonlandi. 
- 1991-yil - Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligini; 
- 1996-yil - Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 
- 1997-yil - Buhoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi; 


98 
- 1998-yil - Axmad Al Farg'oniyning 1200 yilligi; 
- 1999-yil - Jaloliddin Mangu Berdi tavalludining 800 yilligi; 
- 2000-yil - Avesto yaratilganining 2700 yilligi; 
- 2001-yil - Termiz shahrining 2500 yilligi; 
Mustaqillik yillarda buyuk shaxslar xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi 
jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g'ururni hamda xalqimiz, ayniqsa ongiga 
mustaqillik mafkurasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 
O'quvchi: 
- Islom xalifaligini tiklab, uning Bayrog'i ostida musulmon xalqlarining yangi
imperiyada birlashtirishga qaratilgan intilishlar: 
O'quvchi: 
- Jaholatga eltuvchi sayoz g'oyalarni yoyib, xalqni ma'naviy jihatda buzishga 
intilishadi. 
O'quvchi: 
- Turli mafkuraviy vositalar orqali minta-qaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib 
chiqarishga qaratilgan harakatlar 
O

qituvchi: 
- Hozirgi zamonda g'oyaviy ziddiyatlarni demokratiya va plyuralizm tamoyili 
asosida hal qilish imkoniyatlari ochila boshladi. Shuning uchun ham prezident Islom Karimov 
tomonidan yuksak mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan g‘oyaga qarshi g'oya, fikrga qarshi fikr, 
jaholatga qarshi faqatgina ma'rifat bilan kurashish haqidagi tamoyil maydonga tashlandi. 
Shuning uchun ham yurtboshimiz ta'lim tizimini isloh qilishga alohida e'tibor berdi. 
"Ta'lim to'g'risida"-gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Milliy 
dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o 'tmishdan mafkuraviy qarashlar va 
sarqitlardan to' la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga, yuksak ma'naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratishdan 
iboratdi. 
Kelajagi buyuk davlat barpo etish, avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qoldirish 
borasidagi olijanob ishlar taqdiri, oxir - oqibatda, yoshlarni ilm fan yutuqlari va zamonaviy kasblarni 
nechog' lik mukammal egallashiga bog'liq. Binobarin, barkamol avlodni tarbiyalash O'zbekistonda 
yangi jamiyat barpo etishning eng muhim shartidur. Hulosa qilib aytadigan bo'lsan, mustaqillik - 
o'zaro hurmat, bir-birini tan olish, qadrlash, umuminsoniy qadryatlarga tayanish, o' z istiqbolini o 'u 
lash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. 
“MUSTAQILLIK DARSI” DA OLINGAN BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH. 
Mustaqillik darsi o'tib bo'lingach, sinf o'quvchilari uch guruhga bo'linadi. Ularga o'qituvchi 
tomonidan oldindan tayyorlangan topshiriqlar yozilgan kartochkalar topshiriladi. Bundan 
ko'zlangan maqsad o' quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, mantiqiy fikrlashga 
undash va mavzuni mustahkamlashdir. Guruhlarga berilgan savollarga FSMU texnologiyasi asosida 
javob berish so'ralari, ya'ni: F -fikrlang: S - sabab ko'rsating: M -misol keltiring: U - umumlashtiring. 
Guruh a'zolari berilgan vazifaga b irgalikda tayy orgarl ik ko' rishadi. tayyorlanish uchun 5 
daqida ajratiladi. Guruhlar nomidan bittadan o' quvchi guruh a'zolarining fikrlarini bayon qiladi. 
tayyorlanish jarayonida o' quvchilardan o' z fikrlarini daftarga yozish so'raladi. Guruh a'zlari bir-
birlarining fikrini to' ldirib, baxs -munozaraga kirishishlari mumkin. 
O'qituvchi: 
Yurt tinchligi Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog'liqdir. 
Birovga qaram bo'lgan xalq hech qachon erkin yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va 
tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz 
lozim. 
Darsni uakunlash va o' quvchilar bilimini baholash: 


99 
O' qituvchi darsga yakun uasaydi. Mavzu yuzasidan o' quvchilami qiziqtirgan savollarga 
javob beradi. Darsda faol ishtirok etgan guruhni, o' quvchilami aniqlab ko' rsatadi, baholami e'lon 
qiladi. 
Topshiriq: Tarbiya darslari uchun bir soatlik dars ishlanmasini tuzish. 
5-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: O’qituvchi o’z ustiada ishlashi, o’z-o’zini tarbiyalash uslublari. 
Reja: 
1.O’qituvchilik kasbining mazmun mohiyati. 
2.Tarbiya darsi uchun dars ishlanma tuzish. 
Maqsad: 
O’qituvchi o’z ustiada ishlashi, o’z-o’zini tarbiyalash uslublari haqida bilim, 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirish.Dars ishlanma tuzish metodikasini o’rgatish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 203-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.308-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.114-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.62-bet. 
Fan:
Tarbiya 
Sinf:
2
Mavzu:
“Odob-inson ziynati.” 
Darsning maqsadi: 
Bolalarda odob-ahloq madaniyatini tarbiyalash. 
Darsning tarbiyaviy jihatlari: 
Orastalik, rostgo‘ylik, madaniy nutqni egallash,
mehnatsevarlik, insonparvarlik. 
Darsning turi:
Mustahkamlovchi. 
Darsning usuli:
Suhbat, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara, klaster. 
Darsning jihozi:
Sahna ko‘rinish,rasmlar, klaster topshiriq, tarqatma didaktik
materiallar(test), sinf doskasi. 
Darsning texnik jihozi: 
Magnitofon
Kutilyotgan natija:
O‘quvchilarda odob-axloq madaniyati, orastalik, rostgo‘ylik, madaniy 
nutql malakasi, mehnatsevarlik hamda insonparvarlik kabi fazilatlari shakllanib, amalda namoyon 
bo1`adi.
Darsning borishi: 
I
.
Dars kirish suhbati bilan boshlanadi. O‘qituvchi bolalarga avvalgi o‘tilgan mavzular: 
tartibli, intizomli bo‘lish, doimo ziyrak va rostgo‘y hamda, insonlarga iltifotli bo‘lishni eslatadi.(3 
daqiqa) 
II.
1-sahna ko‘rinish namoish etiladi: 
Bir xonadonning eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlaydi. Uyda bola dars tayyorlab o‘tirgan bo‘ladi. 
Eshikni erinibgina “uf” tortib turib, eshikni ochadi. Eshik ortida turgan keksa odamga salomni ham 
kanda qilib, qarab turaveradi. Shunda mehmon: 

Yaxshimisan bolam. Dadang, oying uydamilar?, -deb so‘raydi.

Yo‘q, ular ishga ketishgan,- deb bola qo‘pol ohangda javob beradi. 

Ha,shundaymi, men G‘azalkent qishlog‘idan kelgandim, qarindoshingiz bo‘laman,-deydi 
hijolatomo`z ohangda mehmon. 


100 
Bola qariyaga unchalik iltifot ko‘rsatmay “kiring” deydi. Keksa kishi stulga o‘tirib, olib 
kelgan mevalarni stolga qo‘yadi. Bola esa beparvo, o‘tirib darsini davom ettiradi. 
Keksa bu manzarani ko‘rib xayron, boshini sarak-sarak qiladi. 
Shu payt bolaning akasi kelib qoladi va keksa kishi bilan salomlashib, darrov choy qo‘yib, 
dasturxonga taklif qiladi. Shunda mehmon:
Balli bolam, juda chanqab kelgan edim, umringdan baraka top,- deydi va sahna tugab, 
o‘qituvchi o‘quvchilardan lavha yuzasidan fikrlarini so‘rab, ko‘rganlari muhokama qilinadi. 
O‘quvchilar o‘zaro baxslashib, fikrlarini bildirgach, o‘qituvchi o‘z fikri bilan to‘ldirib, 
javoblarni umumlashtiradi.(7 daqiqa) 
III.
2-sahna ko‘rinish: 
Bir ayol bolasini ko‘tarib ketayotganida hamyoni tushib qoladi. Bir ozdan so‘ng, ikki bola 
uni topib olib, qarasalar ichida ancha pul bo‘ladi. Buni ko‘rib, bolalardan biri: 

Qara-ya, shuncha pullar bor ekan, unga mazza qilib muzqaymoqlar olamiz,-deb, 
quvonchdan ko‘zlari chaqnab ketadi. Ikkinchi bola: 

Yo‘q, nimalar deyapsan. Ahir, bu hamyon birovniki-ku! Uni mahallamiz millitsiya 
punktiga olib borib beramiz,-deydi. Birinchi bola ham bu so‘zlardan so‘ng, o‘ylab qoladi va ikkisi 
millitsiya punktiga borib, topilmani topshiradilar. Millitsiya bo‘limi hodimi: 

Balli, bolalar, sizga tarbiya bergan ota-onangizga, ustozlaringizga rahmat. Biz mana bu 
yerga e`lon yozib qo‘yamiz va hamyon yo‘qotgan odam uni o‘qib, olib ketadi.

Sahna ko‘rinish tugagach, o‘quvchilar tahlil qilib,fikr bildiradilar va o‘qituvchi to‘ldirib, 
fikrlarni umumlashtiradi.(5 daqiqa) 
IV.
3-sahna ko‘rinish: 
Bir bola darsini tayyorlab o‘tiradi va masalani yecholmay: 

Muni, masalamni ishlab ber!-deydi opasiga. 

O‘zing o‘ylab yechsang bo‘ladi-ku, men senga tushuntirib beraman-deydi opasi. 

Yo‘q, ishlab ber!- deydi bola yig‘lab… 

O‘zing ishla! 
Bola yig‘lab qog‘ozni g‘ijimlab otib yuboradi va sahna tugaydi. 
O‘qituvchi: Bolalar,siz bularning odob-ahloqi haqida nimalar deya olasiz? 
Bolalar ko‘rganlarini tahlil qilib, muhokama qilgach, barcha sahnalardan olingan taasurotlar 
umumlashtiriladi.(5daqiqa)
V.
O‘qituvchi: 

Endi yozuv tahtasiga yaxshi, yoqimli so‘zlar va yoqimsiz so‘zlarni yozing,-deydi. 
Bolalar vazifani bajargach, o‘qituvchi: 

Bizning lug‘atimizda, nutqimizda qaysi so‘zlar bo‘lishi kerak? 

Yaxshi, yoqimli so‘zlar bo‘lishi kerak,-o‘quvchilar. 

Balli bolalar, yozuv taxtasiga yozilgan yoqimsiz so‘zlarni o‘chirib tashlaymiz va faqat 
yoqimli so‘zlarni nutqimizda ishlatamiz.(5 daqiqa) 
VI.
O‘qituvchi yozuv taxtasiga avvaldan ilib qo‘yilgan odob-ahloq haqidagi ko‘rgazmani 
ko‘rishga bolalarning e’tiborini jalb qiladi: 


101 
O‘qituvchi: 
-Demak, shoir Obid Rasul ta`riflaganidek 
Odob so‘zi bir so‘z o‘zi, 
Aytaversak turi ko‘p… 
Hammangizni odobli, ahloqli, yoqimtoy, bilimdon, mehnatsevar bo‘lasiz deb umid qilaman. 
Endi bolalar, men sizga bir topishmoqli she`r aytaman, siz bu she`rni kim haqida ekanligini 
toping. 
Yoqimli kuy sadosi yangraydi va o‘qituvchi she`rni ifodali o‘qiydi: 
* * * 
Shirinsiz nega buncha, 
Qalbimda ungan g‘uncha. 
Sizlarga mehrim shuncha, 
Qarab aslo to‘ymayman. 
* * * 
Siz borsiz-u, men borman, 
Sal ko‘rmasam humorman. 
Sizla baxtga boyman, 
Doim-doim birgaman. 
* * * 
O‘ynang bag‘rim so‘lim bog‘, 
Ko‘ksim qulamas bir tog‘, 
Sizla doim ko‘nglim chog‘. 
Umidim katta sizdan, 
Mard o‘g‘il, lobar qizdan. 
Bolalar bu she`rni ona haqida ekanini topganlaridan so‘ng, o‘qituvchi: 

Barakalla. Bolalar, mana qish fasli tugab, o‘z o‘rnini qaysi faslga beradi? 

Bahor fasliga. 

Balli, bilag‘on bolalar. Endi aytingchi, bahor faslida eng birinchi qaysi bayramni 
nishonlaymiz? 

8-mart Onajonlar bayrami. 

Qani aytingchi, bayramga buvijoningiz, onajoningiz va opa-singillaringizga qanday 
sovg‘alar tayyorlaysiz? 

… 


102 

Bilasizmi bolalar, o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlagan sovg‘angiz, yozgan tabriknomangiz 
onangiz uchun juda qadrli. Yana eng yaxshi sovg‘a, bu sizning odobingiz, shirinso‘zingiz, 
mehribonchiligingiz va a`lo o‘qishingizdir…(15 daqiqa)
VII.
Mana bugungi darsimizda odob-ahloq haqida ko‘p narsalarni bilib oldik. Darsda 
barchangiz faol ishtirok ettingiz, barakalla…(2 daqiqa) 
VIII.
Uyga vazifa test savollarini javoblarini aniqlab kelishni topshirib, darsni yakunlash.(3 
daqiqa) 
Mana yuqorida sizlarga berilgan 2-sinf “Odobnoma” darsligi bo‘yicha xilma-xil tuzilgan 
darslardan namunalarni ko‘rdingiz. Bu darslarning barchasida o‘quvchilarni milliy, madaniy va 
ma’naviy barkamolligini shakllantirilib, metod va texnologiyalarni xilma-xilligi darslarning 
samaradorligi va o‘quvchilar faolligi, bilim olishga bo‘lgan intilishini oshirishga yordam beradi. 
(Yuqoridagi darslar amalda sinalgan va yuqori natijalarni ko‘rsatgan)
O‘quvchilar huquqiy bilim asoslariga oid quyidagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallashlari shart: 

asosiy ijtimoiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini 
tushunish; 

ijtimoiy ong, ijtimoiy burch, vazifa, vijdon haqida tushunchalarga ega bo‘lish va boshqalar. 
Topshiriq: Tadbir ishlanmasini tuzishni o’rganish. 
6-amaliy mashg’ulot

Mavzu:
“Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.Ta’lim 
muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari.
Reja: 
1.Nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash. 
2. Dars ishlanma tuzishni o’rganish. 
Maqsad: 
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.Ta’lim 
muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari haqida tushunchalarni umumlashtirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 203-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.308-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.114-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.62-bet. 
Fan:
TARBIYA
Sinf: 

Dars mavzusi: 
Bobolarimisning bebaho merosi. 
Dars turi:
Yangi bilim berish 
Qo‘llaniladigan metodlar:
Pinboard, Insert 
Jihozlar: 
Flipdoska, tarqatma materiallar, multimediya slaydlar 
Darsning maqsadi: 
talimiy: Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, 
hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish TK2: axborot 


103 
manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish FK1 suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash 
va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ; 
tarbiyaviy; Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar 
asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, 
o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini 
o’rgatish.TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish; 
rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlami aniqlash, umumlashtirish, 
mustahkamlash.FK1: O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish 
Dars uslubi:
Yangi bilim beruvchi.muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. 
Dars jihozi:
kartochkalar, tarqatma materiallar suratlar. 
Darsning borishi: 
1.Darsni tashkil etish. 
1.Tashkiliyqism.a)davomatni aniqlash 
b)ob-havo haqida suhbat 
2.Yangi mavzu ustida ishlash.
Bizning 
mamlakatimizda 
qadimiy 
va 
zamonaviy shaharlar juda ko'p. Samarqand,
Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Qarshi va 
Margcilon shaharlari tariximizning eng qadimgi 
davridan bugungi kungacha dunyoga dong'i ketgan 
buyuk shaharlar qatoridadir. 
Shaharlarimiz qadimiy qiyofasini saqlab 
qolgan holda zamonaviylashib bormoqda. Shuning 
uchun ham ushbu shaharlarni "Qadimiy va hamisha 
navqiron" deb ta'riflashadi. 
Bizning Vatanimiz - buyuk mutafakkirlar, 
allomalar, shoirlar yurti.Biz Vatanimiz nomini 
dunyoga tanitgan Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon 
Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher 
Navoiy va boshqa ko’plab mutafakkirlarning avlodlarimiz. 
Bizning ana shunday Vatanda yashashimizning o’zi katta baxt.
3.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 
1.Siz nima debo’ylaysiz? Buyuk ajdodlarimiz bunday muvaffaqiyatlarga qanday erishganlar?
2.Yuqoridagi rasmlarda qaysi allomalarimiz tasvirlangan? Kattalar yordamida ularning kimlar 
ekanligini aniqlang 
4.Darsni yakunlashTopshiriq bajariladi. O'quvchilar javoblari eshitiladi. Namunali javoblar 
rag'batlantiriladi. 
5.Uyga vazifa. Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida ishlash. 
7-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi, maqsadli, uzluksiz ma’naviy tarbiyaning
tutgan o’rni. 
Reja: 
1.
Uzluksiz va ma’naviy tarbiyaning tutgan o’rni. 
2.
Dars ishlanma tuzish metodikasi. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 


104 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 161-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.318-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.141-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.207-bet. 
Fan :
Tarbiya 
Sinf: 2 Darsning mavzu: So’zlashish odobi. 
Darsning maqsadlari

1
.
Ta`limiy maqsad:
Hikoyani mazmun, mohiyatini singdirish orqali o‘quvchilarni odob bilan 
so‘zlashishga doir bilimlartini oshirish. 
2.Tarbiyaviy maqsad:
Shirinso‘z bo‘lish, yoqimli so‘zlar, chiroyli so‘zlashishni o‘yin orqali 
o‘rgatish. 
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Oquvchilarni odobga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirish. 
Darsning turi
: Noan’anaviy. 
Darsning uslubi
: Aralashgan. 
Darsning jihozi
: Test, o‘yinga oid jihozlar, syujetli rasmlar, sahna ko‘rinish. 
Darsning texnik jihozi
: Video va televizor, magnitofon. 
Kutilyotgan natija:
Berilgan hikoyani o‘qish, o‘rganish orqali o‘quvchilar, shirinso‘zlikka, 
chiroyli muomala ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar va amalda bir-birlari bilan muloqotda lutf bilan, 
chiroyli so‘zlashadilar. 
Darsning borishi: 
I. 
Bu darsni o‘tkazish uchun sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘linadi (qator bo‘yicha) va 
o‘yin mazmuni tushuntiriladi: 
-
Bolajonlar, bugungi darsimizni o‘yin tarzida o‘tamiz. Buning uchun sizlarni uch guruhga 
ajratib olamiz .Har bir guruh berilgan topshiriqlarni tez va to‘g‘ri bajarganligi, chiroyli nutqi, odob 
bilan so‘zlashishiga qarab baholanadi. Dars davomida eng yahshi guruh, eng faol guruh va eng 
shirinso‘z guruh nomini olishga intiling. Har bir to‘g‘ri javob uchun qizil jeton, o‘rta javob uchun 
sariq jetonlar berib boriladi va albatta guruhdagi holatga qarab yuqoridagi aytilgan darajalar berilib, 
buning uchun ham ballar ortib boradi. 
II.
1-topshiriq:
O‘tilgan mavzu bo‘yicha test savollari berish (5 daqiqa): 
1.
Berilgan gaplardan eng to‘g‘ri, odob bilan aytilganini aniqlang. 
a)
Hozir, oyi boraman; 
b)
Uf,boraman dedimu; 
c)
Xo‘p bo‘ladi oyijon, hozir boraman. 
2.
Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak? 
a)
Kichiklar; 
b)
Xonaga kirib kelgan kishi; 
c)
Kim o‘zini va boshqalarni hurmat qilsa, albatta birinchi bo‘lib salom beradi.
3.
So‘zlashish odobi insonlarga nima uchun kerak? 
a) Inson insonligini bildirish uchun so‘zlashish odobini bilishi kerak; 
b) So‘zlashish odobi kichik bolalarga kerak emas;


105 
d)
Hayvonlar, qushlar ham bir-biri bilan so‘zlashadi. Ularga so‘zlashish odobi kerak emas-
ku! Insonlarga ham shart emas. 
4.
Til nima uchun kerak? 
a)
Odamlarga faqat yaxshi so‘z gapirish uchun; 
b)
Yomon so‘zlarni bemalol til orqali gapirish uchun; 
c)
Tilning odamga aloqasi yo‘q. 
5.
Siz tilingizni yomon so‘zlarga ishlatasizmi? 
a)
Ha; 
b)
Hech qachon; 
c)
Har zamonda. 
2-topshiriq:
Darslikdagi yangi mavzu “Shirinso‘z” hikoyasini o‘quvchilarga mustaqil, diqqat 
qilib o‘qish uchun berish (5 daqiqa). Shu vaqt ichida o‘qituvchi test javoblarini tekshirib oladi.
3-topshiriq:
O‘quvchilar o‘qigan hikoyalari bo‘yicha sahna ko‘rinish ijro etadilar. Sahna 
ko‘rinish uchun har bir qatyordan bittadan xohlovchi o‘quvchilarni chiqariladi. O‘quvchilardan biri 
aftor, biri qizcha, biri onasi rolini ijro etadi. O‘quvchilar o‘qiganlari bo‘yicha o‘z tillarida rollarini 
ijro etadilar. Sahna ko‘rinishdagi rolini ijrosiga qarab o‘quvchilar jeton bilan taqdirlanadilar. 
4-topshiriq:
Hikoya ustida savol-javob o‘tkazish. Doskada berilgan chizmalarga yaxshi va 
yomon so‘zlarni o‘quvchilarga yozdirib, to‘ldirish. Bu topshiriqda qatorlarning faolligiga e`tibor 
beriladi. So‘zlar yozib bo‘lingach, yomon so‘zlarni ustidan chizib o‘chiriladi va bu bilan o‘quvchilar 
nutqidan ham o‘chirilishi kerakligi ta`kidlanadi. Chizma: 
5-topshiriq:
Videotasma orqali televizorda “Zumrad va Qimmad” multfilmidan parcha 
namoyish etiladi. So‘ng o‘quvchilar bilan multfilmdan olingan parcha tahlil qilinadi. Nima uchun 
Zumradga yaxshi sovg‘alar, Qimmatga bo‘sh sandiq berildi? Shirinso‘zlilik qanday ahamiyatga ega 
ekan?…kabi savollar bilan suhbat uyushtiriladi. 
6-topshiriq:
Har bir qatorga alohida syujetli rasmlar beriladi. Har bir qator o‘ziga berilgan 
rasm yuzasidan hikoyacha tuzadi. Hikoyadagi obrazlarning shirinso‘zligi va so‘zlashish odobiga 
qay darajada rioya qilganligi hisobga olinadi. 
III.
Guruhlar yig‘gan jetonlarga qarab o‘rinlar berish va taqdirlash. Sinfdagi barcha 
o‘quvchilarni faolligiga va guruhining olgan o‘rniga qarab baholash. 
VI.
Uyga hikoyani o‘qib, yaxshi so‘zlarni yodlab kelishni topshirish. 
V.
Darsni yakunlash. 
8-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. Boshlang‘ich 
taʼlimda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Reja: 
1.Tarbiya nazariyasi. 
2. Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad:
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. Boshlang‘ich 
taʼlimda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
YAXSHI SO‘ZLAR 
YOMON SO‘ZLAR 
Labbay,… 
Bor-e,… 


106 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 133-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.208-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.104-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.222-bet. 
Darslikda berilgan ushbu topshiriq yuzasidan 10 daqiqaga mo’ljallangan savollar va javoblar 
jamlanmasini tuzish. 
9-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha. Tarbiyaning umumiy metodlari va 
vositalari. 
Reja: 
1.
Tarbiya haqida tushuncha berish. 
2.
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 


107 
Maqsad:
Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha. Tarbiyaning umumiy metodlari va 
vositalari haqida tushunchalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 221-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.308-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.144-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.102-bet. 
Tadbir mavzu: “Yusuf Xos Hojib deydi”. “Eng ulug’ kunlar 
Maqsad:
Allomanining mehmonlar haqidagi o’gitlari, xalqimiz ardoqlab bayram qulib 
kelayotgan ulug’ kunlar haqida qisqacha ma’lumotlar berish. Ulug’ kunlarni qadrlash, mehr, hurmat 
bilan qarashni o’quvchilar qalbiga singdirish
.(2 –slayd) 
Dars turi
: musobaqa darslari 
Dars tipi
: aralash 
Darsning shakli
: bahs - munozara 
Jihoz
: Bayramlar aks etgan rasmlar.kompyuter, slaydlar. 
Darsning borishi: 
“Kiyinish odobi” mavzusi, uyga topshirilgan ijodiy ish yuzasidan suhbat o’tkazish. Eng 
yaxshi ishlarni bajargan o’quvchilarga rag’batlantirish. 
Dam olish daqiqasi o’tkazish.
Yangi mavzu: 
- Mehmonga chiroyli bo’lib kiyinib bordingiz. Endi o’zingizni qanday tutishingiz kerak? Bu 
savolga javoblar olgach, buyuk alloma Yusuf Xos Hojibning bu haqda aytgan o’gitlarini eslab, 
o’quvchilar javoblarini to’ldirish
.
Mehmonga taklif qilinsangiz, oshni odob bilan yeng boshqalarning osh – ovqatini ta’tib 
ko’rmang, o’zgalarni zo’rlab ovqatlanishiga undash yaramaydi. Qanchalik to’q bo’lsangiz ham, 
taklif qilinganingizdan keyin ovqatdan yeyish lozim. Bu sizning qadringizni oshiradi.
Bo’limda o’rganilgan odoblar o’quvchilarga qanchalik singanligini bilish maqsadida 
muammoli savollar bilan murojaat etib, o’quvchilarni bahsga chorlash. 
1. Ko’chada ketayotgan edingiz, ko’zingiz yo’lning o’rtasida nima qilishini qo’rqib turgan 
bolaga tushdi. Shunda siz nima qilasiz? 
2. Siz ovqatlanib o’tirgan edingiz. To’satdan yon qo’shningiz hovliqib kirib keldi. Jahlingiz 
chiqdi. Qo’shningizga qanday muomalada bo’lasiz?
3. 1 – sentabr – Mustaqillik bayrami kuni sizga aylangani taklif qilishdi. Sizning esa eng 
yaxshi kiyimlaringiz kir, qolgani ham tayyor emas. Shunda siz nima qilasiz.


108 
Javoblar olingach, so’nggi savolga bog’lagan holda “Eng ulug’ kunlar” haqida ma’lumot 
berish. Bayramlarni nishonlash va ulug’ kishilarni xotirlash xalqimizning an’anasiga aylanib 
qolgan. Yangi yilning boshlanishidanyoq ketma – ket bayramlar bo’ladi. Bu bayramlarga bolalar 
ham o’zlarining sovg’alari bilan qatnashadilar. Archa bayramida Qorbobodan sovg’alar oladilar. 
Onalar bayramida o’z qo’llari bilan tayyorlagan narsalarini onalariga, buvilariga sovg’a qiladilar.
Hayit kunlari esa buvi – buvajonlari, ota – onalari, kichkintoylarga hayitliklar tuhfa qiladilar.
Xotira kunlarida bizning baxtli – saodatli kunlarda yashashimiz uchun kurashgan eng ulug’ 
insonlar yod etiladi.
Alloma, buyuk insonlar tug’ilgan kunlarida ularni xotirlab kechalar uyushtiriladi.
Yana qanday kunlarda bizning xalqimiz bayramlar qiladilar? Bular qanday nishonlanadi? Qisqacha 
ma’lumotlar bering, deb o’quvchilarga savol berib,javoblar olish, ularni to’ldirish qo’yilgan 
baholarni e’lon qilish.
Ijodiy ish


Yozda
” sarlavhali kichik insho yozib kelish.
Quyida biz 2 - sinf odobnonma darslarida yil davomida o’tilgan ertak va rivoyatlar 
yuzasidan o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsni interfaol metodida va yangi pedagogik 
texnologiyaning “Klaster” metodi asosida o’tishni tavsiya qilmoqchimiz. 
Ma’lumki, 
“Klaster
” metodidan asosan o’qituvchilar bilimni mustahkamlashda bo’lim 
yuzasidan umumlashtiruvchi darslarni o’tkazishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod 
bo’yicha o’tiladigan dars: 
-
o’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatadi; 
-
o’quvchilarning aqliy rivojlanishini o’stiradi; 
-
mustaqil fikr yuritishga ko’mak beradi; 
Dars noan’anaviy shaklda bo’lib, 4 bosqichda amalga oshiriladi. 
Topshiriq berishdan avval har bir o’quvchiga tayyor jadval chizilgan varaqlar tarqatiladi.
1 – bosqichda o’quvchilar jadval asosida yil davomida o’qigan rivoyat va ertaklarning nomini 
yozib chiqadilar. Ular nomi kitobdagi kabi ketma – ketlikda yozilishi shart emas. 
Rivoyat va ertaklar nomi 
Sher va chumoli 
Odobning boshi 
til 
Halollik 
Ko’prik 


109 
2 – bosqichni bajarishga barcha o’quvchilar barobar kirishlari shart, bu bosqichda o’quvchilar 
yuqorida yozgan rivoyat, ertaklarning qahramonlarini esga olib yozishlari lozim 
3 – bosqichda o’quvchilar ijobiy timsoldagi qahramonlarni to’g’ri chiziq bilan, salbiy 
timsoldagi qahramonlarni egri chiziq bilan tutashtirib chiqadilar. 
Uyga vazifa
: Mavzuni o’qish, mavzu yuzasidan test tuzish. 
10-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini
baholashga qo‘yayotgan talablar. 
Reja: 
1.
Maktab o'quvchilarining o'z-o'zini tarbiyalash xususiyatlari. 
2.
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad:
Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini
baholashga qo‘yayotgan talablar haqida bilimlarini mustahkamlash. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 183-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.205-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.114-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.62-bet. 
O'z-o'zini tarbiyalash - bu pedagogik yo'naltirilgan jarayon. O'z ustida ishlashga 
psixologik va amaliy tayyorgarlik bu ta'limning eng muhim vazifalaridan biridir. Birinchidan, bu 
Dono momo 
Rivoyat va ertaklar 
qahramonlari 
Kambag’al 
dehqon 
Sher 
Odil 
O’rmon 
hayvonlari 
Dehqon 
Chumoli 
Sher 
Tulki 
Ayiq polvon 
Dono momo 


110 
o'quvchilarning o'z hayot tarzini anglashi, faoliyatning ahamiyatini anglashi o'z-o'zini tarbiyalashni 
talab qiladi. Ushbu bosqichda sinf rahbari o'quvchilarga o'zlarining ijobiy va salbiy fazilatlarini 
anglashga, kamchiliklariga toqat qilmasligini tushunishga yordam beradi.Ikkinchidan, mahoratni 
o'zlashtirish mustaqil 
ish talaba 
muvaffaqiyatga 
erishmoqchi 
bo'lgan 
faoliyat 
sohasida.Uchinchidan, o'z-o'zini tarbiyalash dasturini tuzish. Bu o'zingiz ustida ishlashning juda 
muhim bosqichi. Bu erda talabaning o'zini qanchalik ob'ektiv baholashi, u maqsadlarini to'g'ri 
belgilashi va kerakli usullarni tanlaganligini baholash uchun yordam talab qilinadi. 
To'rtinchidan, 
tanlangan faoliyatda o'z-o'zini tarbiyalashni tashkil etish. Bu ta'limdan o'z-o'zini tarbiyalashga 
o'tishning eng muhim bosqichidir. Aniq faoliyatsiz yaxshiroq bo'lishga intilish faqat istak bo'lib 
qoladi.
Beshinchidan, o'z-o'zini tarbiyalash shaxsni shakllantirishning ajralmas jarayoniga kiritilishi 
kerak. Ta'limni o'z-o'zini tarbiyalashga o'tishning eng yuqori bosqichi talaba o'z ustida ishlashni 
xohlagan va bilgan paytdan, o'z-o'zini tarbiyalashning motivlari, maqsadlari va usullari 
shakllangan paytdan boshlanadi. 
Tadbir mavzu: Non aziz 
“Non aziz” mavzusidagi tadbirni o’tkazishdan 7 – 10 kun ilgari bug’doy undirib qo’yiladi. 
Ko’m – ko’k maysa hosil bo’ladi. Xona bayramona bezatiladi. Non haqida shiorlar osiladi. Stol 
ustida bug’doy boshog’i, maysasi, turli xildagi non namunalari. Turli xil pishirilgan narsalar (somsa, 
varaqi, chuchvara va hokazo).
Bayramga ota – onalar, ustoz o’qituvchilar taklif etilgan. Ishtirok etuvchi bolalar milliy 
kiyimlarga yasanib olishgan. 
Magnitafonda: tadbir “Non nashidasi” ashulasini aytish bilan boshlanadi. 
1 – o’quvchi

Chin fazilat topdi, 
Dehqon non bilan, 
Dilda shodlik, belda darmon 
Non bilan 
Siylarkan barcha mehmon 
Non bilan 
Ahli inson surdi davron 
Non bilan 
O’qituvchi: 
Bolalar mana hoziq tinglangan she’rdan ko’rinib turibdi – ki, bugungi tarbiyaviy soatimiz 
dasturxonimiz ziynati bo’lgan non haqida boradi. 
2 – o’quvchi: 
Bugun bizda tantana 
Shodiyona bugun. 
Non haquda eslaylik 
So’ylaylik bugun 


111 
3 – o’quvchi: 
Tarbiyaviy soatdan 
Ko’p tarbiya olamiz 
Bugungisin nomini, 
“Non aziz” deb olamiz. 
O’qituvchi:
Xalq mehnatining eng ajoyib namunalaridan biri nondir. U – hayotning asosi, 
inson aqlu, zakovati va ijodkorligining samarasi, odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, 
tinchlik va farovonligining ramzi hisoblanadi. 
4 – o’quvchi: 
Non – shu uch harfdan iborat bo’lgan so’zda qanchalar ma’no bor. Non – bu hayot, non – 
bu mo’l – ko’lchilikdir. Dunyo – dunyo bo’lib non ko’ngilga tekkanmikan. Albatta, yo’q, bunday 
odamning bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, non barcha ne’matlar ichida eng xushxo’ri, 
kishi uchun eng kerakli mahsulotdir. 
5 – o’quvchi

Non haqida o’ylasam, 
O’yim tamom bo’lmaydi. 
Siz ham o’ylang bolalar 
Lekin yomon bo’lmaydi. 
6 – o’quvchi: 
Har kun – har yerda 
Insonga do’st qadrdon, 
Non qadrini bilamiz, 
Hammamiz ham yoshlikdan. 
7 – o’quvchi: 
Non – tinch turmush, mo’llik, 
To’y – u havas, non bilan, 
Non haqida so’z borsa 
Eshitaman jon bilan. 
O’qituvchi: 
Kimki non va mehnat nimaligini bilmasa, o’z xalqining farzandi bo’la olmaydi. 
Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi, nonning qadriga yetmaydi. Chunki non – 
zahmatkash dehqonlar jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod bo’ladi. Non 
mahsulotlarini ko’paytirish uchun kurashda faqat dehqonlar emas, balki olimlar ham xalq 
xo’jaligining turli sohalaridagi son – sanoqsiz mehnatkashlar ishtirok etadilar. Har bir bug’doy doni 
tegirmonda un bo’lguncha 15 km yo’ldan aylanib chiqishi kerak ekan. Mana shu bitta batonga 


112 
10 000 ta bug’doy doni sarflanar ekan. Nonni tayyorlashda unni elash, xamir qorish va bunda tuz, 
xamirturush, sut, shakar solinib pishiriladi. Mana shu ishlar hammasi mashinalar yordamida 
bajariladi. Aholiga non yetkazib bersih qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt talab qiladi. Non! Shu 
non bizlar
dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash qo’lidan 
o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar tabarrukdir. 
8 – o’quvchi: 
Mehnat lazzatini surmoqda Vatan. 
To’kinlik rizqi deb yozamiz dasturxon 
Ota – bobolarning odatin qilib 
Hatto, ushog’ini e’zozlaylik har on. 
O’qituvchi: 
Mana, bolalr, yaqinda 3 – non zavodiga borib, u yerda nonni pishirilishini o’z 
ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Qani bolalar non qanday tayyorlanar ekan? Kim aytadi? 
9 – o’quvchi: 
Bug’doy uni saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga seyalka bug’doyni ekadilar. 
Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar. Bug’doy mana bunday o’sa boshlaydi (undirilgan bug’doy 
ko’rsatiladi) Keyin gullab boshoq tugadi va mana bunday oltin kabi yetiladi. So’ngra un qilinadi. 
Qoplanadi va un zavodlariga yuboriladi. U yerda nonvoylarimiz non yopadilar. Yopilgan nonlarni 
biz hali shirin uyqumizda yotgan paytimizda mashinalarda magazinlarga tarqatiladi.
O’qituvchi:
Mana qarang bolalar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko’p mehnat 
natijasida tayyorlangan nonlarning isrof bo’lib partalar ostida, hatto ko’chalarda yerga tushib, uvol 
bo’lib yotishiga qanday qaraysiz? 
(Bolalar o’z fikrlarini aytadilar) 
10 –o’quvchi: 
Qadoq qo’lli dehqonlar 
Terlar to’kib ekishgan 
Shu sababdan har boshoq 
Oltin bo’lib yetishgan 
O’qituvchi

Uzoq safarga yoki Armiya safida xizmat qilish uchun jo’nayotgan kishilarga, 
akalarimizga non tishlatib qolinadi. Bu kelib rizqingni o’zing yegin, degan ma’noni bildiradi. 
Tishlangan non go’yoki umid – tayanchi. Bizning xalqimiz nonni shunday ulug’laydi. 
11 – o’quvchi: 
Xirmon to’lsa dalaga 
Shudir chin g’alaba 


113 
Yuzlar yorug’ mehmonga 
Ro’zg’or mo’ldir osh nonga 
12 – o’quvchi: 
Har narsa inson uchun 
Vijdon uchun, shon uchun. 
Ikki so‘z – nonu inson 
Mazmuni bor bir jahon. 
13 – o’quvchi: 
Inson nonni yaratar 
Non insonni yashnatar 
Non shu ko’ngilga tegmas 
Eng aziz, eng muqaddas. 
14 – o’quvchi: 
Har uyda xizmati, 
Yasha aziz g’allakor 
Oppoq nonning hurmati 
G’alla yurtning qudrati 
O’qituvchi:
Dasturxon deganda ko’z oldimizga ne’matdan oldin non, tabarruk non keladi. 
Dasturxonga qancha narsa qo’yilmasin: turli konfetlar, olma – uzumlar, har xil ovqatlar, somsalar 
quyilsa, lekin non qo’yilmasa, bunday dasturxon foydali, zarur dasturxon bo’lmaydi. 
Magnitafonda: 
Donolarda shunday gap bor. Aytishlaricha bir olimdan non ulug’mi, yoki kitob ulug’mi deb 
so’rabdilar. U kitob ulug’ deb javob beribdi. Kunlar o’tibdi, o’sha odam och qolibdi, madori 
qolmabdi. So’ngra nima qilishini bilmay kitobiga non almashib yebdi. Bu gap bekorga aytilmagan, 
chunki non bu hayotdir.
Ashula
: Non nashidasi 
O’quvchilar non haqida maqollar aytadi. 
Keksa –yu yosh shu non deb 
Ter to’kishar o’ylasak 
Kim nima der biz uni 
Xo’rlab otib o’ynasak 
Har bir kichik ushoq ham 
Non, hech to’kib sochmaylik, 
Non shirinlik, non – hayot, 
Tugamas baxt va boylik 
O’qituvchi:


114 
Katta qiyinchiliklar evaziga yetishtirilgan nonni isrof qilmasdan uni avaylab – ardoqlashimiz 
kerak ekan. Dasturxonimizning to’kin – sochinligi va hayotimizning
farovonligi hammasi 
mehnatkash dehqonlarimiz tufaylidir. Shu bilan “Non aziz” mavzusidagi tarbiyaviy soatimizni 
yakunlaymiz. 
11-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni. Pedagogik
diagnostika metodlari. 
Reja: 
1.
Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. 
2.
Tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad: 
Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni. Pedagogik
diagnostika metodlari haqida tushuncha berish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 301-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.155-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.109-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.203-bet. 
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson 
(kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion 
pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — 
yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki 
psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, 
salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish 
jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi. Ilmiy tushuncha sifatida 
korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt 
bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: 
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va 
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish 
kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi. Ana shu lug’atda 
«korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual 
tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning 
individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi 
fan ekanligi qayd etiladi. 
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat 
o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat. 


115 
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab 
psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi 
pedagogik tizim. 
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan 
birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar 
yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit 
jarayon.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi 
xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. 
Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan 
foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga 
oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat 
ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari, 
og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa 
malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal 
rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal 
bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va 
nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi. 
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning emotsional-
irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va 
boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. Korrektsion-
rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali yordam 
ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining 
umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi 
kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda 
bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. Korrektsion-pedagogikaning paydo 
bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib 
boriladigan korrektsion-pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha 
anomalos — noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga 
olib keladigan bolalar kiradi. 
Topshiriq:
Ushbu quyida keltirilgan matndan parcha qaysi sinf darsligining qanday nomli 
hikoyasidan? 


116 
Topshiriq: 
3-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir ishlanmasini yozish.
12-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Shaxsda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari.
Reja: 
1.Shaxs haqida tushuncha. 
2. Tadbir ishlanmasi tuzish metodikasi. 
Maqsad:
Shaxsda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari haqidagi bilimlarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 188-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.115-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.141-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.132-bet. 


117 
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlatimiz 
siyosatining bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. YUksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlar va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish ko‘p bosqichli, murakkab jarayon bo‘lib, 
mazkur 
jarayon 
shaxs 
tarbiyasiga 
innovatsion 
yondoshuvni 
talab 
etadi. 
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlat va 
jamiyatning uzluksiz ta’lim jarayoniga taqdim etgan buyurtmasidir. 
Shaxsning ma’naviy –axloqiy kamolotini shakllantirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy 
madaniyatini oshirish, ularning yuksak insoniy fazilatlari, ichki dunyosini boyitish demakdir. 
Ushbu 
maqsadni 
amalga 
oshirish 
uchun 
quyidagi 
vazifalar 
belgilangan: 

yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, axloqiy bilim va tasavvurlarini, ma’naviy 
savodxonligini yanada o‘stirish; 

milliy-ma’naviy qadriyatlar, ularning mazmuni, mohiyatiga doir bilim, ko‘nikma va 
malakalarini takomillashtirish; 

yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy madaniyatini oshirish; 

axloqiy fazilatlarning milliy mustaqillik, yuksak insoniy fazilatlar bilan chambarchas 
bog‘liq ekaninini hisobga olgan holda ongli va puxta o‘zlashtirilishiga erishish; 

yoshlar ma’naviyatiga xavf tug‘diruvchi ichki omillar: mahalliychilik,tanish-
bilishchilik,urug‘-aymoqchilik, 
ilimsizlik, 
madaniyatsizlik, 
milliy 
qadriyatlarni 
mensimaslik singari illatlarga qarshi kurasha olish xususiyatlarini shakllantirish; 

mustaqillikka xavf tug‘diruvchi tashqi omillar: diniy ekstremizm, aqidaparsatlik, 
vahhobiylik, akromiylik, hizbu-tahrir oqimlarining tahdididan o‘zini himoya eta olish va 
ularga qarshi kurasha olish ko‘nikmalarini hosil qilish; 

milliy- madaniy merosimizga, buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyatiga, milliy 
qadriyatlarimizni muntazam o‘rganib borish uchun shaxsiy qiziqishlarini shakllantirish. 
Noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan shaxsning ma’naviy kamoloti 
vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiylik hamda mehnatsevarlik singari ezgu fazilatlar 
asosida shakllantirib boriladi. O‘z navbatida ularning har biri o‘z tarkibida bir qancha 
xususiyatlarni birlashtiradi. 
Shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari ichida “Ma’naviy kamolot” ga alohida urg‘u beriladi. 
“Ma’naviy kamolot” deganda har bir shaxsdagi u mansub bo‘lgan halq va millat, qolaversa, butun 
insoniyatga xos bo‘lgan eng yaxshi, asrlar davomida hayotda o‘zini oqlab, ko‘pchilik tomonidan 
e’tirof etilib, bezavol yashab kelayotgan axloqiy-ma’naviy fazilatlarning davr talablari aosida 
mujassamlashuvi tushuniladi. Bunday fazilatlar orasida ayniqsa, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
axloqiylik, mehnatsevarlik singari tayanch tushunchalar alohida o‘rin tutadi. Yuksak 
ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik 
deganda, insonning o‘z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo‘lmasin o‘z 
kuch va g‘ayratini ayamasdan sarflashidir. Vatanparvarlik xalqimizning tarixiy hayotida muhim 
o‘rin egallagan (Spitamen, To‘maris,Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, 
Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, va boshqalar faoliyati). Masalan, 


118 
qadimgi ajdodlarimizdan Metexon (milodning 209 yili) Vatan haqida: «Vatan bizning olish-berish 
qilsak bo‘ladigan mulkimiz emas. Uning bir parchasida mozorlarda yotgan, o‘tgan avlod-
ajdodlarimizning xoklari, o‘zimizva qiyomatgacha tug‘iladigan avlodlarimizning haqlari bordir. U 
dushmanga berilishi mumkin emas»,- degan edi. Bu fikrlar har bir kishini hayratga soladi, albatta. 
Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun xalq og‘zaki ijodi janrlaridan tortib 
sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarini mukammal o‘rganishimiz lozimdir. 
Topshiriq: Quyidagi mavzuni davom ettiring va tadbir ishlanmasinintuzing! 
Topshiriq:
2-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir ishlanmasi tuzish. 
13-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
O‘quvchilarda jismoniy va intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish va kreativ
sifatlarini namoyon qilishning mazmuni. 
Reja: 
1.Mavzu yuzasidan nazariy bilimlar asosida savol-javob o’tkazish. 
2. Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad:
O‘quvchilarda jismoniy va intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish va kreativ
sifatlarini namoyon qilishning mazmuni haqidagi bilimlarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 308-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.122-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.106-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.171-bet. 


119 
Shaxsga xos kreativlik sifatlari muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. 
Shaxsning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning individual qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy 
quvvatini o’z kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Shaxsga xos kreativlik 
sifatlaridan namuna: 
Aytib o’tilganidek, barcha shaxslarda bo’lgani kabi pedagoglarda ham kreativlik sifatlari 
o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik 
sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo’llari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan 
ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to’rtta 
yo’li ko’rsatilgan: 
- Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish; 
-
Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish; 
-
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish; 
Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. 
Topshiriq:
Quyida keltirilgan rasm qaysi sinf darsligidan olingan? 
Eruditsiya 
Mantiqiy fikrlash 
qobiliyati 
Tafakkur tezligiga 
egalik 
Tavakkal qila olish 
qobiliyati 
to’kis namoyish etish 
Refleksiya qobiliyati 
Ijodiy ta’sirchanlik va 
tashabbuskorlik 
Innovatsion qobiliyatga 
egalik 
O’ziga xos (orginal) 
g’oyalarni ilgari sura 
olish qobiliyati; 
Hissiyotga boylik 
Ijodiy yo’nalganlik 
Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar: 
Boy tasavvurga 
egalik 
Ichki sezgining 
rivojlanganligi 
Mavjud tajriba va bilimlar asosida 
yangi qarorlarni qabul qilish malakasi 
Yuksak badiiy 
qadriyatlarga egalik 


120 
Topshiriq:
4-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
14-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. 
Reja: 
1.Mavzu yuzasidan nazariy ma’lumotlarga asoslanib savol-javoblar jamlanmasini tuzish. 
2. Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad: 
Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish bo’yicha bilim, 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 107-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.213-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 


121 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.108-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.203-bet. 
O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Ta`lim-tarbiya to’g’risida»gi 
qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi holati muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bu muammo ilmiy - nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, 
o’quv-tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, 
maqsadga erishish samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi. 
Respublikamizda olib borilayotgan ta`lim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini 
oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga 
tanqidiy yondashib, psixologik jixatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga 
samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik, 
individuallashish asosida, ularni ta`lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish orqali ta`lim 
jarayonida faol ishtirokini ta`minlashga barcha kuchlarini va e`tiborlarini qaratishni talab etadi. 
Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga 
tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy 
etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, 
liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni markazida 
o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga qaratilgan, 
yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan ta`lim o’quvchini o’quv – biluv faoliyatini 
tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi 
kuch bo’lib xizmat qiladi. 
Innovatsiya:

Yangilanish, o’zgarish; 

Biror – bir yangilikni kiritish; 

Yangilikni o’zlashtirish jarayoni. 
Innovatsiya
– (inglizcha Innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, 
amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga 
oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish). 
Demak, faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog’lash yoki kiritish orqaligina 
ta`limda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma – 
bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o’ylab, o’lchab amalga kiritish maqsadga 
muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala – partish, tartibsiz, oldindan natija olishni mo’ljallamay amalga 
oshirish zarar keltirishi ham mumkin. 
Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga 
qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin. Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib kelayotgan: 
o’quv – tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv materialni hajmini 
oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or metodlardan foydalanish, 
o’quv – tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, 


122 
axborot – kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Yuqori natijalar beradigan yangi 
g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, insonni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma`nodagi 
innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi. 
Topshiriq:
Quyida berilgan matn qaysi sinf darsligidan olingan……? Davom ettiring. 
15-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati. 
Reja: 
1.Trening haqida tushuncha. 
2.Boshlang’ich sinflarda trening o’tkazish. 
Maqsad:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati haqida bilim, ko’nikmalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 101-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.183-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.172-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.200-bet. 


123 
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol 
shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish 
hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni 
mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, 
mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o’zgarishi, 
muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, 
kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda 
murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl mohiyatini tahlil qilishga 
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo’lgan (ishlab 
chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini 
ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o’rtasida yuzaga keladigan 
turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini 
kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli 
qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi nima? Treningni tashkil qilishdan 
maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch 
kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli 
ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan 
yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy 
jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat 
sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy 
muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning 
kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va 
o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi 
davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, 
o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi 
faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali 
boshqarish usuliga o’rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy 
psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. Trening tushinchasi 
ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, 
tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik 
treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. 
Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat 
quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir 
biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish 
imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak. Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to’planishi yuzma-
yuz o’tirish va hakozolar. Bu “Men - o’yinda” deb ataluvchi holat bo’lib, ishtirokchilar, boshlovchi 
ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr 
almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 


124 
Guruh a’zolarining qanday shakli stol atrofida o’tirishlari, yoki birbirlariga nisbatan fazoviy 
joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar 
trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning 
fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat 
“Menmunozaradaman” deb ataladi. 
Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi 
shaxs holati ‘Men o’yindaman’ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida 
xohlagan qulay holat bo’lsa 
“Men- o’zimda” 
deb ataladi. 
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari 
o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. 
Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar 
bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart. 


125 
Shuningdek,mashg‘ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo`lgan shinam 
xonada o`tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo`lishi kerak. 
Mashg‘ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, ko`ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit 
yaratilgani yaxshi (ayniqsa, dastlabki, mashg‘ulotlarni o`tkazishda|, yarim qorong‘ulik, 
muloyim) yaxshisi lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani 
ma'qul va hakazo. 
Topshiriq:
Boshlang’ich 
sinflarda 
tarbiya 
darslarida 
o’tkaziladigan 
trening 
mashg’ulotlaridan namunalar tayyorlash. 


126 
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM 
MAVZULARI 
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladiganmavzular: 
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yiha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; masofaviy ta’lim.
Bakalavr talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi 
kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan 
muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba 
tomonidan o‘rganilishi, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini 
o‘zlashtirish, har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan 
bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida tayyorlab 
topshirishi talab qilinadi. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.
Topshiriq-1 
1.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga 
xosligi.
2.
Tarbiyachi, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi.
3.
Mustaqillik, mas’uliyat va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
4.
Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari.
5.
Tarbiya metodlarining jamoaning rivojanish darajasiga bog‘liqligi.
6.
Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasida tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish.
7.
Tarbiya jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalarining o‘zaro hamkorligi.
8.
Tarbiya jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish 
shakl va metodlari.
9.
Ta’lim muassisining ota-onalar va jamoatchilik bilan guruh tarzidagi ishlash shakllari.
10.
Ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari.
11.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ish shakllari.
12.
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
13.
O‘quvchilarda mustaqillikni shakllantirish tarbiya jarayoni samaradorligi omili sifatida.
14.
O‘quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma’naviy ishlarini tashkil etish.
15.
1-2 – sinf Tarbiya darsligini o‘rganish.
16.
3-sinf Tarbiya darsligini o‘rganish.
17.
4-sinf Tarbiya darsligini o‘rganish.
18.
Tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik texnologiyasi.
19.
Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
20.
Tarbiya usullari va shakllari.
21.
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari.
22.
Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.
23.
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.
24.
Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.
25.
O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash.
26.
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari.
27.
Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari.
28.
Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha.
29.
Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi.
30.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.
31.
Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi.


127 
32.
Ota-onalar bilan ishlash metodikasi.
33.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari.
34.
Tarbiya fani asosida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish metodikasi.
35.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim - tarbiyalasida tarbiya fanining imkoniyatlari.
36.
3-4-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishning maqsad va vazifalari. 
37.
3-4-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishning usullari. 
Topshiriq-2 
1.
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. 
2.
Tarbiya fanini o‘qitishga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
3.
Tarbiya fanidan boshlangich sinf o‘quvchilarining egallashi lozim bo‘lgan tushuncha,
bilim, ko‘nikma va malakalar
4.
Tarbiya fanidan boshlangich sinf oquvchilariga bilimlar, tushunchalar berish, ko‘nikma
va malakalar hosil qilish. 
5.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakillantirishda Tarbiya fanining tutgan o‘rni. 
6.
Milliy axloq-odob va qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalashning nazariy asoslari. 
7.
Milliy axloq-odob va qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalash manbalari. 
8.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasi. 
9.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini oshirishda
differensial yondashuvning roli. 
10.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini oshirishda
differensial yondashuvni tashkil etish. 
11.
Tarbiya fanini o‘tishda integratsiyalshgan darslarni tashkil etish. 
12.
Tarbiya fanining o‘qitish mazmuni. 
13.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun Milliy dastur asosida ta’limning
tuzilishi. 
14.
Tarbiya fanini o‘qitishning yo‘nalishlari. 
15.
Tarbiya darslarini o‘ziga xos va mos xususiyatlari. 
16.
Tarbiya darslarida pedagogik texnologiyadan foydalanish. 
17.
Tarbiya darslaridagi tarbiyaviy tadbirlarni ta`sirchan va mazmunli otishda
o‘qituvchining pedagogik mahorati. 
18.
O‘qituvchining muomala madaniyati va pedagogic ta`sir ko‘rsatish mahorati. 
19.
Tarbiya darslarini oqitish uslubiyotining bo‘limlari tavsifi. 
20.
Tarbiya darslarini oqitish prinsiplari. 
21.
Tarbiya darslarini oqitish metodlari. 
22.
Tarbiya darslarini tashkil etishda oquvchilar dunyoqarashini shakillantirish. 
23.
Tarbiya darslarini oqitish noan`anaviy yondashuv. 
24.
“Tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
25.
Tarbiya fanidan boshlangich sinf oquvchilariga bilimlar, tushunchalar berish. 
26.
Tarbiya fanining asosiy manbalari. 
27.
Tarbiya fanini o‘qitishga qo‘yiladigan asosiy talablar
.
28.
Tarbiya fanini oqitish uslubiyotining bo‘limlari tavsifi. 
29.
Tarbiya fanini oqitish uslubiyotining mazmuni.
30.
Tarbiya fanini oqitish uslubiyotining prinsiplari.
31.
Tarbiya fanini oqitish uslubiyotining tekshirish metodlari. 
32.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakillantirishda Tarbiya fanining tutgan o‘rni. 
33.
Tarbiya faninig nazariy va milliy asoslari. 


128 
34.
Tarbiya darslarida yuksak insoniy tushunchalarni shakillantirish. 
35.
Milliy axloq-odob va qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalashning nazariy asoslari. 
36.
Tarbiya o‘qish tabiatshunoslik darslarini integratsiyalash. 
37.
3-4-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishda o‘qituvchining mahorati va zamonaviy
yondashuv. 
Topshiriq-3 
1.
Tarbiya
fani asosida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish metodikasi.
2.
1-2-3-4-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etish.
3.
Tarbiya fanini oqitish metodikasining bo‘limlari, prinsiplari va tekshirish metodlari.
4.
Sinf rahbarini yillik ish rejasini tuzish
5.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish.
6.
Jamoa va uning turlari.
7.
O‘quvchilar jamoasining o‘ziga xos xususiyatlari.
8.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari.
9.
Sinf rahbarlari va ota-onalar komiteti hamkorligi ishini o‘rganish haqida ma`lumot berish.
10.
Milliy axloq-odob va qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalash manbalari. 
11.
Sharq mutafakkirlarining merosida bolalarni ahloqiy tarbiyalash. 
12.
Mutafakkirlarning o’lmas merosi oilada bolalarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashning muhim 
omili ekanligi. 
13.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasi. 
14.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini oshirishda 
differensial yondashuvning roli. 
15.
Tarbiya fanidan o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini oshirishda 
differensial yondashuvni tashkil etish. 
16.
Tarbiya fanini o‘tishda integratsiyalshgan darslarni tashkil etish. 
17.
Tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik texnologiyasi. 
18.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy ma’nosi va tushunchasi. 
19.
Tarbiya darslarida yangi pedagogik texnologiyaning mazmuni, mohiyati, ta’rifi 
20.
Pedagogik texnologiyani qo‘llashda o‘qituvchi-tarbiyachi qoidalari. 
21.
Tarbiya darslarini oqitish uslubiyotining bo‘limlari tavsifi. 
22.
Tarbiya darslarini oqitish prinsiplari. 
23.
Tarbiya darslarini oqitish metodlari. 
24.
Tarbiya darslarini tashkil etishda oquvchilar dunyoqarashini shakillantirish. 
25.
Tarbiya darslarini oqitish noan`anaviy yondashuv. 
26.
Sinfdan tashqari tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati. 
27.
Boshlangich sinflarda tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etish. 
28.
Tarbiyaviy tadbirlarning bola tarbiyasidagi o‘rni. 
29.
Ertalik bayramlarning o’tkazishga pedagogik talablar. 
30.
Tarbiya darslarida pedagogik ta`sir ko‘rsatishning maqsad va vazifalari. 
31.
Tarbiya darslarini tashkil etishda pedagogik ta`sir etishning usullari. 
32.
Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati 
33.
Tarbiyachining muomala mahorati va odobi. 
34.
1-2-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishning maqsad va vazifalari. 
35.
1-2-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishning usullari. 
36.
Tarbiya darslarida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish. 
37.
1-2-sinflarda Tarbiya darslarini tashkil etishda o‘qituvchining mahorati va zamonaviy
yondashuv. 


129 
GLASSARIY 
Tarbiya – 
inson shaxsi ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say-haraktlar tizimidir. 
Tarbiya keng ma‘noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq 
odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan 
jamiyatning rivojlanishini ta‘minlovchi vazifasi.
Tarbiyaning tor ma‘nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta‘sirida ijtimoiy amaliyotnipng har bir 
doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida 
shaxsni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni, ta‘lim tizimining tarkibiy 
qismi. Tarbiya ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda 
o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.
Tarbiya vazifasi 
– ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan 
holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi 
tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni 
– tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda 
beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini 
asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya maqsadi 
– talaba yoshlarda milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy 
pedagogik tadqiqot metodlari qo‘llaniladi.
Tarbiya metodlari 
– metod lotincha 
metodos 
– yo‘l so‘zidan olingan. Metod tadqiqot yo‘li, 
nazariya, ta‘limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida ―metod‖ so‘zi keng ma‘noda 
muayyan maqsadga erishish yo‘li tushuniladi.
Tarbiya tamoyillari 
– tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi; tarbiyada 
demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi; tarbiyada milliy, umumbashariy 
qadriyatlarning ustunligi; tarbiyada izchillik va tizimlilik, tarbiyani ijtimoiy hayot bilan uyg‘un 
holda olib borish; tarbiyani mehnat faoliyati bilan bog‘lash; tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish; 
tarpbiyada tarbiyalanuvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; jamoa va jamoa 
yordamida tarbiyalash; tarbiyada tarbiyalanuvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib salbiy 
tomonlarni yo‘qotish.
Tarbiya qoidalari: 
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish;
- shaxs tarbiyasida jamoaning o‘rni borligi;
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lish va uning shaxsini hurmat qilish;
- tarbiyalanuvchining tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olish;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e‘tibor.
Tarbiya qoidasi 
(TQ) - pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida 
foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. TQlari deganda o‘qituvchi va tarbiyachilarga 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. TQ Sharq va Markaziy Osiyo donishmandlarining 
fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlariga asoslanadi.
TQlarga quyidagilar kiradi:
-
tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganligi;
-
tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya qoidasi;
-
tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi;
-
tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individul xususiyatlarini hisobga olish;
-
izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi. 


130 
Tarbiyaviy jarayon – 
rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab 
borish jarayoni bo‘lib, insonlarning rivojlanishini boshqarish hamda ularning shaxsiy xislatlari 
shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi. Ayrim hollarda 
tarbiya bilan rivojlanish 
o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik yo‘qdek tuyuladi, aslida ular o‘rtasida bog‘liqlik juda murakkab va ahamiyatlidir. 
Inson shaxsi tarbiya jarayonida rivojlanib boradi, rivojlanish darajasi uning tarbiyasiga ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi, ya‘ni, o‘zgartiradi, shakllantiradi. Yaxshi tashkil etilgan tarbiya jarayoni shaxsning 
rivojlanish darajasini tezlashtiradi va yana tarbiyaga qayta ta‘sir ko‘rsatadi. Shu tarzda insonning 
butun hayoti davomida bu ta‘sir va aks ta‘sirlar o‘zaro bir-birini to‘ldirib, ta‘minlab boradi. 


131 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
“TASDIQLAYMAN” 
Buxoro davlat Pedagogika instituti
direktori _________ M.I. Daminov 
2022- yil “____” ____________ 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA 
FANINING O‘QUV DASTURI 
Bilim sohasi: 
100 000 – Ta’lim 
Ta’limsohasi: 
110 000 – Ta’lim 
Ta’limyo‘nalishi: 
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim 
Buxoro 


132 
Fan/Modul kodi 
BTTar104
O‘quv yili 
2022-2023 
Semestr 

ECTS - Kreditlar 

Fan/Modul turi 
Majburiy 
Ta`lim tili 
O‘zbek 
Haftadagi dars
soatlari

Tasdiqlangan 
Institut Kengashining 20___yil”___” ________dagi 
______-son qarori
1. 
Fanning nomi 
Auditoriya 
mashg‘ulotlari (soat) 
Mustaqil ta’lim 
(soat) 
Jami yuklama 
(soat) 
Boshlang’ich ta’limda tarbiya 
fani 
60 
60 
120 
2.
I.
Fanning mazmuni 
Fanni o‘qitishdan maqsad- Tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi fanini oliy ta’lim 
tizimida o‘qitishdan maqsad yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, 
yangilanayotgan O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni yuksak axloq va 
madaniyatni o‘zida mujassam etgan raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Fanning vazifasi – Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
-
talabalarni axloqli, vijdonli va mehr-shafqatli qilib voyaga yetishishlariga erishish; 
-
talaba maqsad qo‘ya olish va unga intilishga undash; 
-
xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarga rioya qilib kamol toptirish; 
-
milliy g‘urur va iftixor, e’tiqod hislarini ularda shakllantirish; 
-
moddiy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirishdan iborat.
Mashg’ulot turi 
Ajratilgan soat 
Semestr 
III 
IV 
Nazariy ( ma’ruza) 
30 
30 

Seminar mashg’ulotlari 



Amaliy mashg’ulot 
30 
30 

Jami auditoriya soatlari 
60 
60 

Mustaqil ta’lim 
60 
60 

Umumiy o’quv soatlari 
120 
120 

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
№ 
Ma’ruza mashg’uloti 
mavzusi 
Ajratilgan soat 
Jami 
soatlar 
Ma’r
uza 
Amali

Semi
nar 
Mus
taqil 
ta’li

I -semestr 
1. 
Tarbiya 
ijtimoiy-tarixiy 
zarurat sifatida. 



Tarbiya fanining maqsad va 
vazifalari.Asosiy 
katigoriyalari. 


2. 
Milliy tarbiya konsepsiyasi. 






133 
3. 
Tarbiya 
darslarida 
sinfdan 
tashqari ishlarni tashkil etish 
metodikasi.



Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarining 
dars 
va 
darsdan tashqari tarbiyaviy 
faoliyatini 
rejalashtirishning 
o’ziga xos xususiyatlari.


4. 
Milliy urf-odat, qadriyat va 
anʼanalar – tarbiya asosi. 



Tarbiya darslarida milliy 
qadriyatlar, urf-odat va 
marosimlarni 
o’rganish, 
milliy 
qadriyatlarning 
shaxs kamolotiga ta’siri. 


5. 
Tarbiya 
darslarida 
o‘quvchining o‘z ustida 
ishlash 
imkoniyatini 
tashkil etish



O’qituvchi 
o’z 
ustida 
ishlashi, 
o’z-o’zini 
tarbiyalash uslublari. 


6. 
Taʼlim-tarbiya jarayonida 
oila, mahalla va taʼlim 
muassasasi integratsiyasi. 



“Oila, mahalla va ta’lim 
muassasasi 
hamkorligi” 
Konsepsiyasining 
ahamiyati.Ta’lim 
muassasasi faoliyatida oila 
va 
oila 
hamkorligi 
masalalari. 


7. 
Tarbiya 
jarayonini 
samaradorligini oshirishda 
ilg‘or xorijiy tajribalar.



Jahonning 
rivojlangan 
mamlakatlar 
tarixi, 
maqsadli, 
uzluksiz, 
ma’naviy 
tarbiyaning 
tutgan o’rni. 


8. 
Boshlang‘ich 
taʼlimda 
tarbiya 
jarayonining 
mazmuni va mohiyati . 



Boshlang’ich 
ta’limda 
tarbiya 
nazariyasining 
tarkibiy 
qismlari.Boshlang’ich 
ta;limda 
tarbiya 
jarayonining o’ziga xos 
xususiyatlari. 


9. 
Tarbiyaning 
umumiy 
metodlari, shakllari va 
vositalari. 






134 
Bolaning o’z xulq va 
faoliyatini ongli nazorat 
qilishni kuchaytirish va o’z-
o’zini 
baholashga 
qo’yayotgan talablar. 


10. 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
muvaffaqiyatga erishishga 
intilish motivi shaxsning 
ustuvor 
xususiyati 
sifatida(1-4 sinf tarbiya 
darsi).



Tarbiya 
jarayonida 
diagnostika va korreksion 
faoliyat mazmuni.Pedagogik 
diagnostika metodlari. 


11. 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
ijtimoiy 
kompetensiyalarni 
shakllantirish (1-4 sinf 
tarbiya darsi) 



Shaxsda ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni 
shakllantirishning 
pedagogic-psixologik 
xususiyatlari. 


O’quvchilarda jismoniy va 
intellectual imkoniyatlarni 
rivojlantirish 
kreativ 
sifatlarni 
namoyon 
qilishning mazmuni. 


12. 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
ijobiy 
fazilatlarni shakllantirish 
mexanizmi 
(1-4 
sinf 
tarbiya darsi).



13. 
Tarbiya 
darslarida 
o‘quvchini o‘z ustida ishlash 
jarayoni(1-4 sinf tarbiya 
darsi).



Tarbiya 
darslarini 
innivatsion 
yondashuv 
asosida tashkil etish. 


14. 
Boshlang‘ich 
sinflarda 
“Tarbiya” 
darslarini 
innovatsion 
yondashuv 
asosida tashkil etish.



Boshlang’ich 
sinflarda 
tarbiyaviy trening turlari, 
ularning 
mazmuni 
va 
mohiyati. 


15. 
Boshlang‘ich 
sinflarda 
“Tarbiya” darslarini tashkil 





135 
etishda 
tarbiyaviy 
treninglar. 
Jami: 
120 
30 
30 
60 
III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi: 
I-semestr 
Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy 
kategoriyalari. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot 
metodlari.
Milliy tarbiya konsepsiyasi.
“Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun. Taʼlim to‘g‘risidagi qonunning 
mohiyati va mazmuni. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 
Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini 
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egaligi. 
Milliy urf-odat, qadriyat va anʼanalar – tarbiya asosi. 
Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, 
urf-odat va marosimlarni o‘rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri. 
O’z-o`zini tarbiyalash
o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan 
boshlanadi. O`qituvchi o`z ustida ishlashi, o’z-o`zini tarbiyalashda uslublardan foydalanishi. 
Taʼlim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va taʼlim muassasasi integratsiyasi. 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va taʼlim muassasasi hamkorligi” 
Konsepsiyasining ahamiyati. Taʼlim muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari

Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar.
Jahon tarbiya konsepsiyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlari
tarixi, maqsadli, uzluksiz 
maʼnaviy tarbiyaning tutgan o‘rni. Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi 
“xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim”, “davlat uchun maq’bul axloqiy sifatlarni 
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi. Xitoyda 
Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni. 
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati.
“Tarbiya” 
tushunchasining mohiyati. Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. 
Boshlang‘ich taʼlimda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining jamiyat 
ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh 
ijtimoiy maqsad. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari. 
Tarbiya shakllari (turlari) 
haqida tushuncha. Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari. Boshlang‘ich sinflarda tarbiya 
metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning 
ustuvor xususiyati sifatida(1-4 sinf tarbiya darsi). 
Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli 
nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini baholashga qo‘yayotgan talablar. O‘z qobiliyatlarini 
bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi. O‘z xalqining va 
boshqa xalqlarning anʼanalari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish (1-4 sinf 
tarbiya darsi) 
O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va taʼsir ko‘rsatish. O‘quvchilarda ijtimoiy 
kompetensiyalarni shakllantirish. Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat 
mazmuni. Pedagogik diagnostika metodlari. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf 
tarbiya darsi).
Shaxsda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari. Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, 
masʼuliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni 
shakllantirish mazmuni. Innovatsion tarbiya texnologiyalarining o‘quvchilarning axloqiy sifat va 
fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.
Tarbiya darslarida o‘quvchini o‘z ustida ishlash jarayoni(1-4 sinf tarbiya darsi).
O‘quvchida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari. O‘quvchilarda jismoniy va intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish va kreativ 


136 
sifatlarini namoyon qilishning mazmuni. Vatan oldidagi huquq, burch va majburiyatlarini 
anglash. 
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil 
etish
.Innovatsion taʼlim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik-psixologik shart-
sharoitlari, mediataʼlimni yo‘lga qo‘yish. Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida 
tashkil etish. Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni. 
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. 
Trening 
tushunchasi. Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining 
ahamiyati. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va mohiyati.
3. 
IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba; tarbiya fani haqida bilimga ega bo‘lishi, tarbiya
madaniyati, tarbiya nazariyasi va tarixining xronologiyalari haqida tasavvur va bilimga ega 
bo‘lishi; tarbiya fani tadqiqot metodlari, tamoyillari, ta’lim shakllari, ta’lim tashkil etish 
texnologiyasini qamrab olgan asosiy qonun va tushunchalar. Dars mashg‘ulotiga qo‘yilayotgan 
; tarbiya va ; tarbiya fani haqida talablariga oid xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Ta’lim jarayonlarida ; tarbiya faniga xos usullarni qo‘llash, ilmiy-
nazariy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
4. 
V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: 
• ma’ruzalar; 
• interfaol keys-stadilar; 
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar); 
• guruhlarda ishlash; 
• taqdimotlar qilish; 
• individual loyihalar; 
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. 
VI. Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira 
olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat shakllarida 
berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. 
Oraliq nazorat

– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki 
shaklda; 
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni 
tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar. 
Yakuniy nazorat

– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki 
o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z 
ichiga oladi.
6. 
VII. Talabalar bilimini baholash mezoni: 
1. Baholash (Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun) 
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga: 
− amaliy va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki; 
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy 
xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin. 
– yozma topshiriqlar - kazus echish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash. 
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil ta’lim), 
o‘z ichiga: 
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan 
savollar; 
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan 
savollar; 
– yozma topshiriqlar. 


137 
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va 
ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon 
shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va yechish uchun amaliy topshiriqlar
beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan 
olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy 
qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi. 
2. Baholash (Sirtqi ta’lim shakli uchun) 
1) Birinchi oraliq nazorat – 20 ballni, o‘z ichiga: 
− dars mashg‘ulotlaridagi faol ishtiroki; 
− savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. 
– yozma topshiriqlar. 
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 50 ballni (50 ball mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan), o‘z ichiga: 
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan 
savollar; 
– yozma topshiriqlar. 
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul’ davomida olingan bilim va 
ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma 
imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va echish uchun amaliy 
topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim 
mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, 
hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish 
ko‘nikmalarini talab etadi. 
7. 
Asosiy adabiyotlar: 
5.
R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent, “Fan” 2008 y. 
6.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy
ishlar metodikasi. Darslik Nizomiy nomidagi TDPU Riziografida nashr
qilindi. Toshkent, 2014 y 
7.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
8.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika
nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil 
Qo‘shimcha adabiyotlar: 
1.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
3.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va 
xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
5.
R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va 
texnologiya 2012-yil
6.
S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik T.: O‘qituvchi 
1996-yil
7.
M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanma T:.O‘qituvchi. 2004-yil
8.
N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi
O‘zMKN.T.: 2009-yil


138 
Internet saytlari 
1. www. tdpu. uz 
2. www. pedagog. uz 
3. www. Ziyonet. uz 
4. www. edu. uz 
5. tdpu-INTRANET. Ped
TEST TOPSHIRIQLARI 
1.Guruh yig’ilishlarining birinchi turi 
*Yig’ilish – munozara 
Amaliy yig’ilishlar 
Tashkiliy mavzuiy yig’ilishlar 
Yakuniy yig’ilishlar 
2.Tarbiyaviy rejalarni qanday rejalashtirilgan maqqul? 
Xaftalik
Choralik 
Yarim o’quv yili uchun 
*O’quv yili uchun 
3.Guruh rahbari birinchi navbatda qanday ishni amalga oshiradi? 
Guruhda dars beruvchi o’qituvchilarning o’quv tarbiyaviy ishlarini o’zaro muvofiqlashtirish 
O’quvchilar jamoasini ishini yo’naltiradi 
*O’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi faoliyatini muvofiqlashtiradi 
Guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi 
4.Guruhdagi barcha tarbiyaviy ta’sirlarni tashkil qilish, rag’batlantirish hamda kompleks 
yondashishni amalga oshiruvchi maorif xodimi 
O’qituvchi 
*Guruh rahbari 
Tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari 
Direktor 
5.Shaxsni jamoada tarbiyalash pedagogikaning etakchi tamoyili nimadan boshlanadi? 
Jamoada o’z-o’zini boshqarish organini rivojlantirishidan 
Jamoani vujudga keltirishdan 
*Jamoani birlashtirish 
Jamoa faoliyatini tashkil qilishdan 
6.O’quvchilar jamoasidagi anqanalaridan elng birinchi anqanalar qaysilar? 
Katta guruh o’quvchilarining kichik guruh o’quvchilar ustidan otalik qilish 


139 
*Tug’ilgan kunlarni bayram qilish 
Yozuvchilar bilan uchrashuvlar 
Sevimli qahramonlar bilan uchrashuvlar 
7.Guruh rahbari vazifalarini belgilab beruvchi hujjat 
«Ta’lim to’g’risida» gi qonun 
*«Guruh rahbarining ishi» to’g’risidagi uslubiy xat 
O’rta umumta’lim maktablarining ustavi 
O’quv dasturi 
8.Maktabning o’z-o’zini boshqarishda qanday tashkilot asosiy o’rinni elgallaydi? 
*O’quvchi qo’mitalari 
Ota-ona qo’mitasi 
Psixologik xizmat 
Metod birlashma 
9.Guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasini tuzgandan keyin birinchi navbatda kimlar bilan 
muhokamadan o’tkazadi? 
Parallel guruhdagi hamkasblari bilan 
Guruh faollari bilan 
Maktab rahbariyati bilan 
*Ota-onalar faollari bilan 
10.Amaliyotda qo’llanilayotgan ish rejasining tuzulishi qaysi bo’limdan boshlanadi? 
Tarbiyalash vazifalaridan 
Tarbiyaviy faoliyat tuzumidan 
*Tarbiyaviy ishlarning mazmuni 
Guruh tavsifnomasidan 
11.Guruh rahbarining rejasi qaysi bo’limlardan boshlanishi tavsiya qilinadi? 
*O’qishga ongli munosabatni shakllantirish 
Axloq va huquqiy tarbiya 
Mehnat tarbiyasi va kasbga yo’llash 
Estetik tarbiya 
12.Ota-onalar bilan ishlash guruh rahbaridan qanday munosabatni dastavval o’rgatishni 
talab qiladi? 
*Izchil va qatqiy e’tiborni 
Chidamlikni 
Pedagogik nazoratni 
Ishonch munosabatini o’rgatishni 
13.Ota-onalar jamoasining eng katta organi..? 
*Ota-onalar qo’mitasi 
Ota-onalar yig’ilishi 


140 
Ota-onalar majburiyati 
Ota-onalar vakolati 
14.Ota-onalar qo’mitasining ishini kim boshqaradi? 
Maktab direktorii 
Tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari 
*Komissiya raislari 
Qo’mitaning raisi 
15.Oila tarbiyasida eng muhim yo’nalish 
Mehnat tarbiyasi 
Nafosat tarbiyasi 
*Axloqiy tarbiya 
Jismoniy tarbiyasi 
16.O’qitishning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi birinchi tadbir 
*O’quv qo’llanmalari asosini yaratish 
O’qishlar uchun zarur bo’lgan moddiy bazani yaratish 
O’quv qurollari bilan taqminlash 
Doimiy ish joyini moslashtirish 
17.Guruh rahbari bir yilda necha marta faollar kengashini o’tkazadi? 
2 marta 
4 marta 
3 marta 
*Har chorakda 
18.O’quvchining uyiga borilganda guruh rahbari asosan qaysi qoidaga e’tibor qilishi 
kerak? 
*Xushmuomilada bo’lish 
O’quvchidan norozilik bildirmaslik 
Qoloqlik sabablarini axtarishga intilish 
Meni gapim gap deb turib olish 
19.Tarbiya jarayonida maqsad va vazifalar chegarasi 
Bir necha maqsad va vazifa 
Bir vazifa bir qancha maqsad 
*Bir maqsad va bir necha vazifa 
Vaziyatga qarab bir necha maqsad va vazifalar 
20.Tarbiyani majmuriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar 
mohiyatini o’zgartirish nima deb ataladi? 
Tarbiyada insonparvarlik, tarbiyani demokratlashtirish 
Tarbiyada tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi 


141 
*Tarbiyada uzluksizlik 
Barcha javoblar to’g’ri 
21.Tarbiya murakkab jarayon sifatida birinchi navbatda kimlar qatnashadilar? 
O’qituvchilar 
*Ota-onalar 
Jamoatchilik 
Tarbiyachilar 
22.Tarbiya qoidalarida birinchi navbatda tarbiyaning qaysi jihati o’z ifodasini topadi? 
Tarbiyaning usullari 
*Tarbiya usullariga qo’yiladigan talablar 
Tarbiya qoidalari 
Tarbiyaning mazmuni 
23.Tarbiyaviy ish qanday jarayon hisoblanadi? 
O’quv jarayonida amalga oshiriladigan 
Vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan 
*Uzluksiz 
Doimiy 
24.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatishi 
tarbiya nazariyasida nima deb ataladi? 
Tarbiya qoidasi 
*Tarbiya qonuni 
Tarbiya usuli 
Tarbiya jarayoni 
25.Guruh rahbari rejasini tuzishda unga qo’yiladigan asosiy talablar nimadan boshlanadi? 
*Tarbiyaviy vazifalarning to’g’ri va aniqligi 
Bilim berish va uyushtirishni optimal qo’shib yuborish 
Ishda istiqbollik va dolzarblikni qo’shib yuborish 
Pedagogik rahbarlik va o’quvchilar faolligini birligi 
26.O’quvchi shaxsiyatini aniqlash usullari 
Anketalar orqali 
*Og’zaki savol-javoblar 
Maktab rahbari 
Test orqali 
27.O’quvchi tarbiyaviy soatlarini o’tkazish usullari 
Anketa suhbat usulida 
*Tarbiyaviy ahamiyatga elga bo’lgan qiziqarli ssenariy asosida 
Kundalik yangiliklar bilan tanishtirish 
Reja asosida o’tkazish 


142 
28.O’qituvchining o’quvchiga qo’ygan talablari 
Dars qoldirmaslik va kechikmaslik 
*Ma’suliyatlilik va faollikni oshirish 
Darsni oxirigacha tartib bilan tinglash 
Odobni saqlash 
29.Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasining manbalari 
*Milliy umuminsoniy qadriyatlar urf-odatlar 
Islomiy ta’limot 
Ta’lim tarbiyaviy holati 
Dunyoviy ta’limot 
30.Guruh rahbarining tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash metodikasi 
*Alohida suhbat va ishlash usullari 
Jamoa bilan ishlash uslubi 
Rag’batlantirish uslubi 
Jazolash uslubi 
31.Jamoani tashkil qilish qoidalari 
*Faollarni aniqlash 
O’quv jarayonini tashkil qilish 
Ijodiy anqanalar yaratish 
Iqtidorli talabalar bilan ishlash 
32.Jamoa bu nima? 
*Maqsadi bir bo’lgan birlashgan guruh 
Yangi ijodiy fikrlarga elga bo’lgan guruh 
4-5 kishidan iborat bo’lgan guruh 
Yangi bilimlarga elga bo’sh guruh
33.«Kamtar odamlar ko’p gapirishdan qochadilar, ular ko’p eshitmoqni istaydilar 
eshitmoq kishini boyitadi, ko’p gapirmoq sayozlatadi» Ko’p gapirgan – ko’p yanglishadi 
Bu misralar kimga tegishli? 
*A. Navoiy 
A. Avloniy 
Ibn Sino 
M .Oybek 
34.Chaqaloq hayotida qanday voqealar an’anaviy nishonlanadi? 
*beshikka solish va birinchi qadam 
maktabga borish 
ism qo’yish 
tug’ilgan kun


143 
35.«Hunarning afzalligi», «Farzandni parvarish qilish haqida» hikmatli so’zlar qaysi 
kitobdan olingan? 
A .S. Makarenkoning «Balalar tarbiyasi haqida»gi kitobidan 
*«Qobusnoma» dan 
«Ravshan» dostonidan 
Ibn Sinoning «Tadbiri manzil» asaridan 
36.«Axloq» deganda nimani tushinasiz? 
*jamiyatda qabul qilingan va jamoatchilik fikri bilan qo’llab quvvatlanadigan inson hulqi 
normalarining yig’indisidir 
kishining o’z obro’sini ardoqlashi va his tuyg’usini ulug’lashi 
ota-ona va oila aqzolarini hurmat qilishi, hollaridan xabar olishi 
gazeta, jurnal o’qib, televizor ko’rish 
37.«Kimki g’oyalardan uzoqlasha borsa, pirovard natijasida faqat sezgilari bilangina 
qoladi»-deb qaysi shoir bu g’oyani ilgari surgan? 
A. Avloniy 
*I. Gyote 
A .Navoiy 
V. A .Suxomlinskiy 
38.Tarbiya san'atining o’zi nima? 
*bu bolalarni sevish san’atdir 
axloqiy sarchashmalarni yanada yorqin namoyon bo’lishi 
insoniy sevgi, insoniy madaniyatdir 
tarbiyani to’g’ri etkazib berishdir 
39.Islomda oilaviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari nimadan kelib chiqqan? 
musulmonchilik farzlaridan 
*musulmonchilik talabidan 
hadislardan 
payg’ambarimiz o’gitlaridan 
40.Hozirgi kunda pedagogika fani oldida kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri 
*bozor iqtisodiyotiga o’tishning ma’naviy – ma’rifiy zaminini yaratish 
izlanish olib borish 
malakali kadrlar tayyorlash 
yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash 
41.Yosh avlodning avlod – ajdodlarimizga munosib voris bo’lib tarbiyalanishlarida 
nimaning ahamiyati beqiyos? 
muhitning 
ma’naviyatning 
ta’limning 
*milliy va diniy qadriyatlarning 


144 
42.Qaysi qonunda oilaning jamiyat, davlat oldidagi ma’suliyatini aniqlab etadigan komil 
insonni tarbiyalashdagi o’rniga alohida e’tibor beriladi? 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 
*«Ta’lim to’g’risida» gi qonunda 
Konstitutsiyada 
mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyada 
43.Mustaqil O’zbekiston yoshlarini tarbiyalashda qaysi manbalardan foydalanish 
mumkin? 
*umuminsoniy qadriyatlar, inson taqminoti, milliy urf odatlar 
madaniyat va ma’naviyat tarbiyasi orqali 
hallollik va sabr toqat orqali 
mehr muruvvat, shavqat, haqgo’ylik tarbiyasi orqali 
44.«Peshona teri bilan topilgan bir qora chaqa o’zgalarning ehson etilgan xazinasidan 
yaxshiroqdir» Ushbu satrlar kimning qalamiga mansub? 
*A. Navoiy 
M. Qoshqariy 
B. Naqshbandiy 
A. Yassaviy 
45.BMT tomonidan «Bolalar huquqlari konventsiyasi» nechanchi yilda qabul qilingan? 
1996 yil 
1997 yil 
*1998 yil 
1999 yil 
46.Maktab direktorining vazifalari nimadan iborat? 
*o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, bu jarayon qanday borayotganligini va 
uning natijalarini nazorat qiladi 
maktab pedagogik xodimlarining ijodiy o’sishi, yangi texnologiyani qo’llash uchun sharoit 
yaratib beradi 
maktab fondi mablag’idan oqilona foydalanishni uyushtiradi 
mehnat bo’yicha ishlarni yo’lga qo’yadi 
47.Maktabdan tashqari ishlarda aniq maqsadga qanday erishiladi? 
tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish orqali 
tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarni aniqlash orqali 
guruhdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlash orqali 
*maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirib, uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlab, 
ma’lum bir tizimga solish orqali 
48.Oilaviy tarbiya – bu 
oilada ota-onalarning bolalarni tarbiyalashi 


145 
katta kishilar bolalarni tarbiyalashi 
*oilada ota-onalar, vasiylar va katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash 
ota-onalar va farzandlarning vazifalari 
49. Guruhdan va maktabdan tashqari ishlarning ta’siri nimaga bog’liq? 
*o’quv jarayonini tashkil eltish saviyasiga, o’quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarni qanday 
yo’lga qo’yilishiga bog’liq 
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy 
rivojlanishiga bog’liq 
o’quvchilarning bilim salohiyati va faolligiga bog’liq 
ijtimoiy faollikni tarkib topshirish bilan bog’liq 
50 .
«Inson va jamoaning g’alabaga erishuvi, yaxshilikning qo’lga kiritilishi, axloqiy va 
aqliy mukammallikka elrishuvi, inson va jamoaning o’z qo’lidadir» deb qaysi olim aytib 
o’tgan? 
Abu Ali ibn Sino 
*Farobiy 
A Avloniy 
A Navoiy 
51.Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar - bu 
*o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi 
o’quvchilarni mustaqil bilim olishlariga imkoniyat yaratadi 
bolalarni ijodkorlikka daqvat eltuvchi tarbiyaviy maskandir 
o’quvchilarni axloqiy va aqliy tarbiyalash 
52.Guruh rahbarining yakka tarbiyada olib boradigan ishidan maqsad nima? 
maktab o’quvchisini o’z-o’zini tarbiyalashga jalb eltish 
*o’quvchilarni tegishli malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan 
o’quvchilarning o’qishdagi mustaqilligini shakllantirish 
ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish 
53.Guruh rahbari ishida asosiy markaziy vazifa bo’lib nima hisoblanadi? 
o’quvchilarga tarbiya berish 
*o’quvchilar jamoasini shakllantirish 
tarbiya usullaridan o’rinli foydalanish 
ta’limni isloh qilish usullarini o’rgatish 
54.Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida kimlar qatnashadi? 
o’quvchilar va jamoalar 
o’quvchilar va o’qituvchilar 
o’qituvchilar bilan ota-onalar 
*o’quvchilar, o’qituvchilar, ota-onalar, turli jamoalar 
55.Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli 


146 
anketa tarqatish pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishdan iborat 
*o’quvchilarni darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o’zaro faol 
hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iborat 
bolalarning hulq-atvorini jamoa bo’lib tahlil eltishdan iborat 
tushuntirish va suhbat usulidan iborat 
56.O’zini-o’zi tarbiyalash deganda nimani tushunasiz? 
jamiyatda o’z obro-elqtiborini mustahkamlash 
chuqur bilim olish, savilli va malakali bo’lishdir 
*jismoniy va ma’naviy Yoshlar ittifoqiga etish uchun kurashdir 
o’z ustida ishlash, mustaqil fikrga elgaligidir 
57.SHaxs kim? 
ma’lum bir jamiyat fuqarosi 
o’zining mustaqil fikriga elga bo’lgan inson 
*individual, intellektual va irodaviy sifatlarga elga odam 
ongli, fikrli jamiyat fuqarosi 
58.Qaysi olimlar tomonidan oilaning kommunikativ vazifasini ifodalaganlar? 
psixologlar 
demograflar 
*sotsiologlar 
pedagoglar 
59.
«Agar oila tarbiya usullaridan to’g’ri foydalansa o’z hayotida baxtga elrishadi» - degan 
misra qaysi olim qalamiga mansub? 
Firdavsiy 
Abu Rayxon Beruniy 
*Abu Ali ibn Sino 
Alisher Navoiy 
60.Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda kimlar shug’ullanishi kerak? 
*ota-onalar 
o’qituvchilar 
maxala 
jamiyat 
61.Otaning bolalarga ta’sirining bosh xususiyati nima? 
mexribonchilik 
*talabchanlik 
beraximlik 
etiborsizlik 
62.Oilaning eng muhim vazifasi bu 
*farzand ko’rish va tarbiyalash 


147 
tinch totuv yashash 
oilani asrab avaylash 
sabr qanoatli bo’lish 
63.Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida o’z 
aksini nimalarda topmoqda? 
*huqumat qarorlarida, o’qituvchilarning izlanishlarida va xalq ta’limi tizimidagi islohatlarda 
olimlar va ijodkorlar izlanishlarida 
sharq mutafakkirlari ijodida 
tarbiyachilarning ishlarida 
64.Amir Temur o’zining pand-nasihatlarida yosh avlodni qanday bo’lishiga chorlaydi? 
bilimli bo’lishga 
*adolatli bo’lishga 
Vatanni dushmandlardan asrashga 
har ishda muvaffaqiyatga elrisha olishga 
65.Bolani jismoniy tarbiyalash, ularga ahloq va mehnat tarbiyasini berish qayerda 
shakllana boshlaydi? 
maktabda 
bolaga berilgan tarbiyada 
*oilada 
ko’chada 
66.«
Har bir farzand dastlab xudo oldidagi burchini o’tab bo’lgandan so’ng, ota-ona 
oldidagi burchini bajarmog’i kerak» - deb Kim aytib o’tgan? 
*Husayn Voiz Koshifiy 
Alisher Navoiy 
Amir Temur 
Husayn Boyqaro 
67.Ota-onalar uchun mo’ljallangan ma’ruza qanday ahamiyatga elga bo’lishi kerak? 
*ta’limiy – tarbiyaviy 
farzand tarbiyasida halqimiz qo’llagan usullari 
ma’naviy meros va oila 
milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson tarbiyasida ota-onalarning o’rni 
68.Passiv o’quvchilar bilan ishlashning eng samarali usuli 
*passiv o’quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash 
passiv o’quvchilarni faol o’quvchilarga biriktirib qo’yish 
ko’proq topshiriqlar berish 
ota-onalar bilan ishlash 
69.Hulqi yomon o’quvchilar bilan ishlashda eng samarali usul 
rag’batlantirish 


148 
jazolash 
*yakka suhbat 
jamoa orqali ta’sir ko’rsatish 
70.O’qituvchilarga qo’yilgan talablar 
*nutq va bilimga elga bo’lish, o’quvchilarni xolis baholash, muomila madaniyati 
yaxshi o’qitish, yaxshi tarbiya berish 
ta’lim – tarbiyani to’g’ri tashkil eltish 
o’z fanini yaxshi bilish 
71.Jamoa bu –
*ikki yoki undan ortiq maqsadi bir bo’lgan uyushma 
yoshi, saviyasi, kelib chiqishi, irqi bir xil bo’lgan uyushma 
bilim saviyasi bir xil bo’lgan uyushma 
qiziqishlari bir xil bo’lgan uyushma 
72.Tarbiyaviy soat necha qismdan iborat va ular qaysilar? 
2 qismdan: ma’rifiy, baholovchi 
1 qismdan: yo’naltiruvchi 
*3 qismdan: ma’rifiy, baholovchi, yo’naltiruvchi 
4 qismdan: yo’naltiruvchi, ma’rifiy, baholovchi, ma’naviy 
73.O’quvchining har tomonlama o’sishi va rivojlanishi nimaga bog’liq?
*o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muamola munosabatiga 
o’quvchining bilimiga 
o’quvchining tarbiyasiga 
o’qituvchining bilim va tarbiyasiga 
74.Guruh rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashda qaysi ish shaklidan ko’proq 
foydalanadi? 
guruh tarzidagi ish shakli 
*ommaviy tarzdagi ish shakli 
yakka tartibdagi ish shakli 
hamma javob to’g’ri 
75.Ota-onalar Kengashi saylanadigan majlis – bu
tashkiliy yig’ilish 
guruh majlislari 
*chorakdagi yakunlovchi majlislar 
majlis – munozaralar 
76.Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda birinchi bo’lib nimaga elqtibor berish kerak? 
jamoaning bilim darajasiga 
*guruh jamoasining ruhiy holati, yaqni har bir o’quvchining shaxsi, faoliyati, qiziqish darjasiga 


149 
guruhdagi intizomga 
faqat guruh jamoasining faoliyatiga 
77. Guruh rahbari bu 
o’quvchilarni birlashtiruvchi shaxs 
o’quvchilarga bilim beruvchi shaxs 
*o’quvchilarni birlashtiruvchi, bilim beruvchi, bolalar bilan kechalarni o’tkazuvchi va 
tarbiyalovchi shaxs 
o’quvchilarni tarbiyasini nazorat qiluvchi shaxs 
78. Guruh tarbiyaviy soatlariga 2–guruh uchun qancha vaqt berilgan? 
20 daqiqa 
15 daqiqa 
*30 daqiqa 
40 daqiqa 
79.Guruh rahbari ishlari kim tomonidan nazorat qilinadi? 
maktab rahbari 
*ma’naviyat – ma’rifat ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosari 
o’quv ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosari 
o’quvchilar tomonidan 
80.Xulqi yomon o’quvchilar bilan o’qituvchi qanday ishlashi kerak? 
o’quvchilar oldida uyaltirish kerak 
*yakkama-yakka suhbat olib borishi kerak 
aktiv, faol, yaxshi o’qiydigan o’quvchilarga biriktirish kerak 
ko’proq vazfalar berishi kerak 
81.O’z - o’ziga ta’sir qiluvchi usullar 
o’z - o’ziga buyruq berish 
o’z - o’zini majbur qilish 
o’z - o’ziga ta’sir qilish 
*o’z - o’zini ishontirish 
82.Guruh tarbiyaviy soatlarini olib borish necha qismdan iborat va ularni ko’rsating? 
*3 qismdan: ma’rifiy, baholovchi, yo’naltiruvchi 
2 qismdan: ma’rifiy, baholovchi 
1 qismdan: yo’naltiruvchi 
4 qismdan: yo’naltiruvchi, ma’rifiy, baholovchi, ma’naviy 
83.
«Guruhdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konseptsiyasi xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan nechanchi yilda tasdiqlangan? 
1991 yili 
*1993 yili 
1994 yili 


150 
1992 yili 
84.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Ijtimoiy ma’naviy muxitni yanada 
sog’lomlashtirish diniy tadbirlari to’g’risida» gi qarori qachon qabul qilingan? 
*1998 y 26 mart 
1997 y 10 aprel 
1999 y 4 yanvar 
1998 y 26 aprel 
85.Voyaga yetmaganlarning xuquqini muxofaza qilish O’zbekiston Respublikasining qaysi 
qonunida ko’rsatilgan? 
Milliy dasturda 
ma’naviyat va qo’shimcha ta’lim boshqarmasidagi qonunda 
bolalar va o’smirlar ma’naviyat markazi ta’lim qonunida 
*ta’lim to’g’risidagi qonunda 
86.Guruh rahbari o’quvchilar faolligini oshirish uchun kimlar bilan aloqani 
mustaxkamlash lozim? 
o’quvchilar bilan
*ota-onalar bilan 
passiv o’quvchilar bilan 
aqlochi o’quvchilar bilan 
87.Guruh tarbiyaviy soatlari qayerda o’tkaziladi? 
*doimiy guruhda 
maktab hovlisida 
aktiv zalda 
ma’naviyat xonasida 
88.Milliy madaniyat, milliy til, milliy urf – odatlar va qadriyatlarimizning asoslarini 
o’rgatadigan asosiy maskan
oila
*maktab 
mahalla 
,
jamiyat 
89.Tarbiya bu –
ta’lim, o’qish tizimi, inson yashash faoliyati 
*har bir insonning hayoti yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini 
ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni 
barkamol avlodni o’qitish, salohiyatini oshirish 
ta’lim oliga qo’yilgan vazifalarni bajarish 
90.SHaxs eng avvalo qayerdan shakllana boradi? 
maktabdan 


151 
ko’chadan 
*oiladan 
bog’chadan 
91.Maktabda guruh rahbari o’quvchilarga tarbiyaviy ishlarni qanday amalga oshirishi 
mumkin? 
*tadbirlar, mushoiralar, uchrashuvlar 
kechalar, uchrashuvlar, bellashuvlar 
konkurslar, har xil o’yinlar 
suhbatlar, to’garaklar 
92.O’quvchilarni o’rganishning eng samarali usuli 
test 
suhbat 
anketa 
*kuzatish
93.O’qituvchiga qo’yiladigan talablar: 
muamola madaniyatiga elga bo’lish kerak 
bilimga elga bo’lishi kerak va o’quvchilarni holisona baholay olish kerak 
tarbiyali bo’lishi, pedagogik mahoratga elga bo’lishi kerak 
*barcha javoblar to’g’ri 
94.Guruh majlisi kim tomonidan o’tkaziladi? 
direktor o’rinbosari 
*guruh rahbari 
aqlochi o’quvchi 
ota-onalar tomonidan 
95.O’quvchi shaxsini o’rganishda elng ko’p qo’llanadigan, elng qulay usul qaysi? 
*suhbat 
anketa 
test
,
kuzatish
96.Guruh rahbarining ish rejasini kim tuzadi? 
maktab direktorii 
*guruh rahbari 
o’quvchilarning ota-onalar komiteti 
ma’naviyat – ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari 
97.Guruhdan tashqari o’qish bu -
*darsliklardan foydalanilmagan holda boshqa adabiyotlardan foydalanib dars o’tish 
darsliklardan foydalangan holda dars olib borish 
darsliklardan foydalangan holda tarbiya ishlarini olib borish 


152 
ochiq darslar o’tkazish 
98.O’quvchilarda imtizomlilikni tarbiyalashning usul va metodlari qaysi? 
guruhda o’quvchilar imtizomliligini mustahkamlash 
xulqi yomon o’quvchilar bilan ishlashda jazolash va rag’batlantirish usullarini qo’llash 
*ota-onalar va maktab hamkorliligi jamoasi bilan ishlash 
jamoa bilan ishlash 
99.Jamoani tashkil qilishda nimalarga e’tibor beriladi? 
*talablar qo’yishi, faollarni aniqlash va tarbiyalash 
o’quv jarayonini tashkil qilish 
sog’lom jamoa fikrini shakllantirish 
tarbiyaviy ishlarda rag’batlantirish 
100.O’quvchilar intizomini mustahkamlashda guruh rahbarining roli? 
intizom to’g’risida tarbiyaviy soat o’tkazish 
intizomsiz o’quvchilar bilan intizomli o’quvchilarni birga o’tirg’izish 
*tarbiyaviy ishlarni to’g’ri tashkil qilish 
ota-onalar bilan ish olib borish 


153 
Baholash mezonlari 
1. Baholash (Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun) 
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga: 
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar 
tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
– yozma topshiriqlar – tezislar yechish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini 
tayyorlash. 
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil 
ta’lim), o‘z ichiga: 
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan 
tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan 
tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va 
ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma 
imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va yechish uchun amaliy 
topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim 
mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, 
hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish 
ko‘nikmalarini talab etadi. 
2. Baholash (barcha ta’lim shakli uchun) 
Ballar 
(Foiz) 
Baho 
Izoh 
100 – 90 
5-baho 
-Tarbiya darslarini kеlib chiqishi vа rivоjlаnish bоsqichlаrini bilishi vа 
uni to‘liq tаhlil qilish;
- O‘zbеkistоndа bu sohaning bugungi kundаgi аhvоlini bilishi vа uni 
to‘liq tаhlil qilish; 
- tаktikаsi tаsnifini to‘liq vа аniq tа’riflаb bеrish; 
- TARBIYA darslarini modellashtirishni o‘rgаtish mеtоdi, shаkli vа 
vоsitаlаrini to‘liq bilish 
-Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani haqida tushunchaga ega bo’lishi 
- Milliy qadriyatlar urf-odatlar ,umuminsoniy vazilatlarni to’liq bilishi 
–Tarbiya faning boshqa fanlar aloqadorligini bilishi zarur 
Tadbirlar o‘tkаzish 
bilimlаrgа to‘liq
egа bo‘lish kеrаk.
Ko‘nikmа – tаlаbаlаr Boshlangich ta’limda tarbiya fanlarini tashkil 
etish
ko‘nikmаsigа to‘liq
egа bo‘lishi kеrаk

Mаlаkа – talabalar tarbiya ishlarini tashkil etish mashg‘ulotlarni 
tаshkil qilish vа o‘tkаzish: tаyyorgаrlik ko‘rish.Darslarda interfaol 
metodlardan foydalanib darsda faol qatnashishi kerak. 


154 
Tarbiya darslarida o’qituvchining o’z ustida ishlash imkonyatlarini 
bilish
mаlаkаsigа
to‘liq egа bo‘lishi kеrаk.
89,9 – 71 
4-baho 
- Boshlang’ich sinfda Tarbiya darslarini kеlib chiqishi vа bilishi vа uni 
tаhlil qilish;
- O‘zbеkistоndа bu sohaning bugungi kundаgi аhvоlini bilishi vа uni 
tаhlil qilish; 
- Tarbiya darslarini tashkil qilish аniq tа’riflаb bеrish; 
-Tarbiya darslarini tashkil etishni, o‘rgаtish mеtоdi, shаkli vа 
vоsitаlаrini bilishi; 
O’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab ularni insoniylik 
sifatlarini bilishlоzim;
- jismоniy sifаtlаrni tаkоmillаshtirish yo‘li vа usullаrini bilish 
Boshlang’ich sinfda tarbiya darslarini pеdаgоgik аhаmiyati bilishi. 
- Boshlang’ich sinflarda tarbiya darslarini tаshkil qilish vа o‘tkаzish 
bilimlаrgа egа bo‘lish kеrаk.
Ko‘nikmа –talabalar ushbu fandan mashg‘ulotlarni tаshkil qilish vа 
o‘tkаzish jismоniy mаshqlаr hаtti hаrаkаtlаrini bаjаrishni аmаlgа 
оshirish 
ko‘nikmаsigа egа bo‘lishi kеrаk

Mаlаkа –tarbiya darsida intrfaol metodlardan foydalanib 
mashg‘ulotlarni tаshkil qilish vа o‘tkаzish: tаyyorgаrlik ko‘rish. 
Mаshqlаrni tаnlаsh vа tаshkil etish. Mаshg‘ulоt jаrаyonigа rаhbаrlik 
qilish.Dars mаshg‘ulоtni yakunlаsh vа uni nаtijаlаrini аniqlаsh hаmdа 
mаlаkаsigа
egа bo‘lishi kеrаk.
70 – 60 
3-baho 
- Boshlang’ich ta’limda tarbiya darslarini tashkil etishning kеlib 
chiqishi vа rivоjlаnish bоsqichlаrini bilishi vа uni qisman tаhlil qilish;
- O‘zbеkistоndа bu sohaning bugungi kundаgi аhvоlini bilishi vа uni 
qisman tаhlil qilish; 
- tarbiya darslari tashkil qilishni qisman bilishi aralash, tаsnifini qisman 
vа аniq tа’riflаb bеrish; 
- Boshlang’ich sinflarda tarbiya darslari mеtоdi, shаkli vа vоsitаlаrini 
qisman bilishi; 
- Tarbiya darslaridamusоbаqаlаrini o‘tkаzish, qоnun – qоidаlаri vа 
usullаrini qisman bilishi; 
- darslarda interfaol metodardan foydalanishni–qisman bilishi kеrаk 
-darslarni to’g’ri tashkil qilishni tаrtibini qisman bilishi lоzim;
- tarbiyaviy sifаtlаrni tаkоmillаshtirish yo‘li vа usullаrini qisman 
bilishi.
- Boshlang’ich sinflarda tarbiya darslarining tashkil qilishning 
turkumlаri, dаvrlаri, pеdаgоgik аhаmiyati qisman bilishi. 
- Tarbiya darslarinii tаshkil qilish vа o‘tkаzish 
bilimlаrgа qisman egа 
bo‘lish kеrаk.
Ko‘nikmа – tаlаbаlаr Tarbiya darslarini tashkil qilish fаnidаn 
mashg‘ulotlarni tаshkil qilish vа o‘tkаzish jismoniy sifatlarni hаtti 
hаrаkаtlаrini bаjаrishni аmаlgа оshirish 
ko‘nikmаsigа qisman egа 
bo‘lishi kеrаk

Mаlаkа –Tarbiya darslarini mashg‘ulotlarni tаshkil qilish vа 
o‘tkаzish: tаyyorgаrlik ko‘rish. Mаshqlаrni tаnlаsh vа tаshkil etish. 
Mаshg‘ulоt jаrаyonigа faol qatnashish.Boshlang’ich sinflarda tarbiya, 
darslarini yakunlаsh vа uni nаtijаlаrini аniqlаsh hаmdа to’
mаlаkаsigа
qisman egа bo‘lishi kеrаk.
59 – 49
2-baho
Bеlgilаngаn tаlаblаrni umumаn bаjаrmаsа, aniq tasavvurga ega 
bo‘lmaslik va ularni amalada bajarib bilmaslik. 


155 
Oraliq nazorat

– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma 
yoki og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy 
masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar, yozma ishlar va amaliy bajarish 
shaklida. 
Yakuniy nazorat

– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma 
savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va 
amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin