Microsoft Word Сардарова Klara 404. doc


Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#46038
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
boshlangich sinf ona tili darslarida ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish.


Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazari bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta`lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar muhim sanaladi.

O`qituvchilar o`z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga bo`ysundirishlari kerak: tartibga solish, bir tizimga keltirish, ilgaridan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

Ta`lim texnologiyasi tushunchasi- ta`lim metodiga erishish, ya`ni ilgaridan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.

Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.

Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo`ladi.

O`quvchining faoliyat ko`rsatishga yo`naltirilgan, darsning metodik ishlanmasidan farqli o`laroq ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`im oluvchi(o`quvchi)larga yo`naltirilgan bo`lib bolalarning shaxs hamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda, o`quv materiallarini o`zlashtirishga qaratiladi.

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o`quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta`lim maqsadiga erishishni ta`minlashdan iborat.

Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija , ta`limning samaradorligi, teskari aloqaning mavjudligi ta`lim maqsadning aniq shakllanganligi. U yoki bu pedagogik texnologiyaning tanlash rejalashtirilgan dars va mashg`ulotda qaysi darajadagi bilim va ko`nikmalarini o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir.

Boshlang`ich sinf ona tili darslarida qo`llaniladigan texnologiyalardan biri modulli o`qitish texnologiyasi hisoblanadi. Modulli o`qitish texnologiyasiga o`tishda quyidagi maqsadlar ko`zlanadi.


  • O`qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta`minlash;

  • O`qitishni individuallashtirish;

  • O`quv materiallarini mustaqil o`zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;

  • O`qitishni jadallashtirish;

  • Fanni samarali o`zlashtirishga erishish.

Ko`rinadiki, modulli o`qitishda o`quvchilarni o`z qobiliyatiga ko`ra, bilim olishi uchun to`la zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

O`qitishning modul tizimiga o`tish samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:

-o`quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;


  • o`qituvchilarning malakaviy darajasi;

  • o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi;

  • ko`zlangan natijalar bahosi;

  • didaktik materiallar ishlab chiqish;

  • natijalarning tahlili va modullarini optimallashtirish;

Har qaysi modul bo`yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:

  • O`quvchilarni bilimini nazorat qilish uchun testlar;

  • Individual ishlar uchun topshiriqlar;

  • Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;

  • O`quv uslubiy tarqatish materiallar.

Modul o`qitish fanning asosiy masalalari bo`yicha umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yo`riqli darslar o`tilishini taqozo etadi. Darslar o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim.

Bunda materialning o`zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:



  • Modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;

  • O`quv materialining elementlari orasidagi bog`lanishlar va uning o`tishlari yaqqol ko`rsatiladi;

  • Asosiy jihatlari ajratib ko`rsatiladi;

  • O`quv materialining (modulning) butun hajmi o`quvchining ko`z oldida gavdalanadi.

Modul tizimida o`quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo informatsiyani “siqish” vazifasi ko`zlanadi.

Modulli ta`lim o`qitish texnologiyasining eng asosiy negizi- bu o`qituvchi va o`quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya tushuniladi. O`qitish jarayonida maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo`llaniladigan har bir modul o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o`quv jarayonida o`quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o`zlari xulosa chiqara olsalar, o`zlariga , guruhga, guruh ularga baho bera olsa, o`qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzuning o`ziga

xos modulli texnologiyasi bo`lib, u o`quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan , oldindan loyihalshtirilgan va kafolatlangan natija, berishishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Modulli ta’limning asosiy mohiyati, o quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar. Modul dasturlari ta’lim- tarbiyaviy jihatlarni e’tiborga olgan holda, mavzuning maqsadini dars davomida mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettiradigan ko rsatmalar majmuidir.

Modul dasturlari - dars matni yoki o qituvchlar tomonidan o quv materiallarni rejalashtirish emas, balki o quvchilarning maskur mavzuni mustaqil va ijodiy o rganish bo yicha o quv faoliyat dasturidir. Modul dasturlari o qituvchilar tomonidan tuzilib , unda modulning didaktik maqsadi, mavzuni o rganish bosqichlari, o quvchilar tomonidan bajariladigan o quv faoliyati elementlari, ularning bilimni nazorat qilish yo llari ketma – ket bayon etiladi.

O qituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta’lim jarayonida foydanlnishda quyidagilarga e`tibor berishi zarur:



  1. . O quv materiallarini tanlash.

O quvchilarga mustaqil o zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o quv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan bo lishlari kerak .

  1. . Vaqtni tejash . O quvchilar o quv materiallarni dasturda belgilangan vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur.

  2. . O quvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash ko nikmalarni hosil qilish. O qituvchi o quvchilarni modul dasturlari bilan ishlashga yo llashdan avval ularda darslik va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlash ko nikmasi shakllanganligiga ishonch hosil qilish kerak.

Bunda o qituvchi o rganilishi lozim bo lgan o quv materiallarni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o qituvchi rahbarligida o quvchilar ijodiy va mustaqil o zlashtiradilar , ikkinchi qismni mustaqil bajaradilar.

  1. . O quvchilar bilimini nazorat qilish. O qituvchi modul dasturlari qo llaniladigan darslari uchun o tgan mavzulari yuzasidan test savollari tayyorlaydi va dastlabki joriy nazorat o tkazadi . Shuningdek , yangi mavzu bo yicha test savollarini tayyorlaydi va o quvchilar bilimini aniqlaydi.

Bundan tashqari modul dasturlaridan o rin olgan har bir topshiriq yuzasidan bolalar bilimlarini aniqlash uchun o quvchilar o z

  • o zini va o zaro nazoratni amalga oshiradilar. O qituvchi reyting tizimi bo yicha maskur darsga ajratilgan balldan kelib chiqib, baholash mezonini va har bir nazorat uchun ballarni aniqlashi zarur.

Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko ra o quvchilarning individual ishlashga, ikkita o quvchi hamkorlikda ishlashga, kichik guruhlar hamkorlikda ishlashga mo jallangan modul bo lishi mumkin.

O quvchilarning individual ishlashlariga mo jallangan modul dasturlari har bir o quvchining qiziqishi, ehtiyoji, bilim saviyasini orttirish, o zlashtirish darajasini aniqlash, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko nikmalarni rivojlantirishni nazarda tutsa, kichik guruhlar uchun mo jallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilgan omillar bilan bir qatorda o quvchilar o rtasida o zaro muloqot, hamkorlik, yordamini vujudga keltirish, o quvchilarning bir – birlari o rtasida o zaro nazoratni amalga oshirishni ko zda tutadi .

Kichik guruhlarda uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashish mumkin:


  1. . Musobaqa usuli.

O qituvchi o quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o quvchilar faoliyatini modul dasturidan o rin olgan topshiriqlarni bajarishga yo llaydi. Har bir topshiriq bajarilgandan so ng , bahs- munozara , savol – javob, musobaqa tarzida o tkaziladi. Guruhlar o rtasida g oliblar aniqlanadi. Har bir guruhdagi o quvchilar o z faoliyatlarini o rtoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.

  1. . Kichik maslahatchilar usuli .

O qituvchi o quvchilarni teng sonli 5 – 6 kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruhga kichik maslahat beruvchilarni tayyorlaydi .

Kichik maslahatchilar guruhidagi o quvchilarning faoliyatni nazorat qiladi, tegishli hollarda o zaro yordam yushtiradi. Topshiriqlar asosida savol – javoblar o tkazadi. Kichik guruhlardagi o quvchilar faoliyati o zaro nazorat orqali baholanadi.

Modulli darsni quyidagicha o tkazish tavsiya etiladi: I . Tashkiliy qism.

II . O tgan mavzular yuzasidan o quvchilar bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash ( dastlabki joriy nazorat ).



  1. O tgan mavzuni yakunlash .

  2. Yangi mavzuning bayoni:

  1. yangi mavzu bo yicha tuzilgan modul dasturni tarqatish va o quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.

  2. o quvchilarni yakka yoki kichik guruhlar tartibida modul dasturidagi topshiriqlarni bajarishga yo llash;

  1. har bir o quv faoliyat elementi topshiriqlarning to liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko rsatmalar berish;

  2. har bir o quv faoliyat elementi yakunida savol – javob va munozara o tkazish.

  1. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida o quvchilar bilimini aniqlash :

    1. o z – ozini nazorat;

    2. o zaro nazorat;

d) o qituvchi nazorati.

  1. Darsni umumiy yakunlash.

Bu reja bo`yicha ona tili darslarida ham modulli texnologiyani qo`llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, 2-sinfda “Shaxs va narsani bildirgan so`zlar” mavzusi o`rganiladi. Bunda o`quvchilar kim? yoki nima? so`rog`iga javob bo`1adigan so`zlar haqida tushuncha beriladi. Bu mavzu 3-sinfda ot so`z turkumini o`rganish uchun tayyorgarlik bo`ladi.

2-sinfda shu mavzuni o`rganish darsida modulli o`qitishdan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Darsning moduli quyidagicha bo`ladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin