Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
338
DUXON SURASI
Duxon-tutun. Suraning 10-oyatida tutun haqida so'z yuritilgan.
Surada Makka mushriklarining musulmonlarga, xususan Rasul (a. s.)ga bergan aziyatlari
va Allohning ularga
kelajakda azob-uqubatlar bo'lishligi To'g'risida ogohlantirishlar,
shuningdek, Muso (a. s.) bilan Fir'avn
o'rtasidagi mojarolar va boshqa ma'lumotlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ho, Mim.
2. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,
3. albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz ogohlantiruvchidirmiz.
Izoh: Muborak kecha - bu Laylatul-qadr kechasi. Hadislarda kelgan ma'lumotlarga qaraganda, "Qadr kechasi"
Ramazon oyining 26-dan 27-ga o'tar kechasi ekanligi ma'lum bo'ladi. Ushbu suraning 4-oyatida va Qadr
surasining 4-oyatida berilgan ilohiy bashoratlarga qaraganda, shu qadr kechasida kelgusi yilning shu
kechasiga qadar yuz beradigan barcha ishlar o'lchab-hisoblanib qo'yilar ekan.
4. U (kecha)da barcha hikmatli ish(lar) ajrim qilinur.
5. (U ishlar) Bizning huzurimizdan bo'lgan ishlardir. Darhaqiqat, Biz (payg'ambar) yuboruvchidirmiz.
6. Bu Rabbingiz (tomoni)dan rahmatdir. Albatta, Uning O'zi eshituvchi va biluvchidir.
Dostları ilə paylaş: