Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
258
(mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan
ishlaringizdan g'ofil emasdir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
259
QASAS SURASI
Qasas - qissa.
Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi.
Yovuzlik timsoli sifatida
Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda,
odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat
kabi razilliklardan
poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. To, Sin, Mim.
2. Ushbu (oyatlar) aniq Kitob oyatlaridir.
3. (Ey, Muhammad,) imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir'avn xabarini haqiqati
bilan tilovat qilib
berurmiz.
4. Darhaqiqat, Fir'avn yerda (Misrda) tug'yonga ketib, uning aholisini bo'lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil
avlodi qavmini) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini tirik qo'yar edi. Albatta, u buzg'unchilardandir.
5. Biz esa u yerda xorlangan
kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga)
peshvo zotlarga
aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo'r qilishni istaymiz.
Dostları ilə paylaş: