Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
115
Izoh: Makkalik musulmonlar zimmasidagi Madinaga hijrat qilish (ko'chib ketish) farzligi sakkizinchi hijriy yili,
ya'ni Makka fath etilganidaN keyin mansuh (bekor) qilinda.
73. Kofir bo'lganlar (ham) bir-birlariga do'stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod
bo'lur.
74. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (yovga qarshi) kurashganlar hamda (muhojirlarga) joy
berib yordam qilganlar, aynan o'shalar haqiqiy mo'mindirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq
bordir.
75. Keyinroq imon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga (yov bilan) kurashganlar, aynan o'shalar
(ham) sizlardandirlar. Qarindoshlar esa, Allohning Kitobida bir-birlariga yaqinroqdirlar. Albatta, Alloh
har narsani biluvchidir.
Izoh: Ya'ni bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
116
TAVBA SURASI
Surada tavbaning qabul qilinishi to'g'risidagi oyat gunohkor bandalar uchun eng bashoratli hodisa bo'lgani
uchun unga "tavba surasi" deb nom berilgan. U "Baroat surasi" deb ham ataladi. Baroat - ora ochiqlik.
Sura avvalida "Bismilloh"ning yo'qligining sababi to'g'risida turli fikrlar aytilgan. Ba'zilar sura oldingi "Anfol
surasi"ning
davomi desalar, boshqalar surada ko'proq urush, jang, qatl to'g'risida tafsilot kelgani uchun bu
maqom "Bismillohir Rahmonir Rahim" kabi Allohning rahmati va mehribonligiga
dalolat qiladigan oyat
o'qiladigan maqom emas, deb ta'vil qiladilar. Rasulullohdan esa bu to'g'rida ko'rsatma berilmagan.
Surada asosan 9-hijriy sanada Madina bilan Shom oralig'ida joylashgan Tabuk jangi to'g'risidagi oyatlar o'z
ifodasini topgan.
Shuningdek, unda yaxshi va yomon niyat bilan masjid qurishning natijalari, imon, kufr,
savob-gunoh, tavba-tazarru va boshqa muhim mavzular bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: