14
– Qiziqmi?
– Nima desam ekan? Har narsa ham qiziqsang qiziq. Faylasuf u.
– Kecha televizorda ham bir faylasuf chiqdi.
– Kim?
– Sharipovmi, Sharopovmi, shunaqa fan nomzodi bor ekan-ku?
– Bilmadim, bo‘lsa bordir, – dedi yigit. – Bilasizmi, dunyoda nomzodlar,
bakalavrlar, doktorlar, magistrlar, professorlar ko‘p – olimlar kam.
Kelinchak angrayib o‘tirar, g‘ayrioddiy tuyulgan bu so‘zlarni idrok
etishga (tushunishga) qiynalar edi.
O‘qimaganiga o‘ksindi. Agar o‘qiganda, u ham shunaqa chiroyli
gapirarmidi…
(Xayriddin Sultonovdan)
Dostları ilə paylaş: