Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
Ki: «Doro shahi komron xushmudurg‘
Anga mulk oyini dilkashmudurg‘»
Qo‘pub, yer o‘pub berdi qosid javob,
Yana
komkorona qildi xitob
Ki: «Bu nav’ kelmakta komingni ayt,
Nekim dedi Doro payomingni ayt!»
Yana yer o‘pub qosidi rahxirom,
Dedi: «K-ey shahanshohi oliymaqom,
Chu so‘rdung so‘zumni,
erur noguzir
Ki, bo‘lg‘aymen ollingda farmonpazir.
Hamono burunroq malik Faylaqus
Ki, Rum andin o‘lmish edi nav’arus,
Qilib erdi ming bayza har yil qabul,
Zari mag‘ribiydin toparg‘a vusul.
Bo‘lub ermish uch yilki ul komyob,
Bo‘lubtur bihisht ichra oromyob.
Bu uch yilg‘i
taqsim topqon xiroj
Ki, andin edi do‘stluqqa rivoj.
Magar shoh devonig‘a ketmamish,
Yetar maxzan ichra magar yetmamish.
Mening kelganimdin bu erdi murod
Ki, gar lutf etib shohi oliynajod,
Ani bersa,
aylab hisob, eltayin,
Yo‘q ersa, ne aytur javob – eltayin».
Skandarga keldi bu so‘z bas qatig‘,
g‘azab zahridin komi bo‘ldi achig‘.
Yuzi rangi ko‘rguzdi o‘tdin nishon,
Bo‘lurg‘a jahon ichra otashfishon.
Yana lahzae boshin aylab quyi,
Hamul o‘t uza urdi hikmat suyi
Ki, ifroti hilmu kamoli xirad,
g‘azab xayli andeshasin qildi rad.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: