www.ziyouz.com
kutubxonasi
265
Bu yanglig‘ sipah birla Xoqoni Chin,
Sipah yo‘qki, oshubi ro‘yi zamin
Aduvga chiqib o‘tru, Chin shahridin,
Solib jabhasi uzra chin qahridin.
Aduv vahmidin bo‘lmayin ishda sust,
Ko‘rub yer, tushurdi sipohin durust.
Sipah davrig‘a xandaqe qozdurub
Ki, nazzorasi hushni ozdurub.
Rioyat qilib hazm oyinini
Ki, soz aylagay razm oyinini.
Chu xandaq qozorg‘a topib ehtiyoj,
Bo‘lub xandaqi davri o‘n besh yig‘och.
Ani bovujud ixtisor aylabon,
Ichin lek mahkam hisor aylabon.
Aroba bila, o‘yla hisni matin
Ki, ermas falak hisni andoq hasin
10
.
Aroba chu el davrig‘a yondoshib,
Iki davradin ham hisobi oshib.
Aroba uza to‘ra
11
payvast o‘lub,
To‘ra keynida xalq hamdast o‘lub.
To‘ra borcha qullob ila bandu bast,
Kamin aylabon keynida ahli shast.
Yana xandaq ollida mo‘ndu tikib,
Qalin nayshakardekki hindu tikib.
Yasab qo‘rg‘onin ul sifat bexalal
Ki, yo‘l topmag‘udek ichiga ajal.
O‘zin berkitib bo‘yla sarxayli Chin,
Yasab xayli davrida hisni hasin.
Yana yondin Iskandari chirarazm,
Qilib ko‘ch-barko‘ch Chin sori azm.
Anga tegrukim, bu o‘zin berkitib,
Munung mulki qasdig‘a ul ham yetib,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
266
Chu Xoqon soridin ko‘rundi qaro,
Yasab turdi Skandar ul dasht aro
12
.
Sipohiki ta’rif anga or edi,
Nechakim kishi ko‘p desa bor edi.
Sipohin tuzub shohi razmozmoy,
Suron soldiyu tushti hazmozmoy.
Suron yo‘qki, yuz ming hizabri yala,
Degin soldi ko‘k toqig‘a valvala.
Skandarning ul kelmagi tundu tez,
Suron birla bu solmog‘i rustaxez.
Aduv ko‘nglini ayladi vahmnok
Ki, ko‘rdilar oni ajab sahmnok.
Chu oqshom yaqin erdi iki sipoh,
Zaruratki, tuttilar oromgoh.
Falak chunki xurshid Xoqonini,
Yoshurdi tuzub g‘arb qo‘rg‘onini.
Hamul xayli Parvin o‘zin ko‘rguza,
Taloya kibi chiqti gardun uza.
Iki xayl aro hazm izhoridin,
Taloya ravon bo‘ldi har soridin.
Yazaklar payopay ravona bo‘lub,
Suho o‘qlariga nishona bo‘lub
13
.
Skandar xayoli bukim subhgoh,
Taharruk topib xayli anjumsipoh.
Qilib harb ahlining oroyishi,
Yasab ulcha imkon gunjoyishi.
Aduv sori azm aylagay bedarang,
Aningdekki, daryog‘a surg‘ay nahang.
Chu parxosh etib korzor aylagay,
Qiyomat kunin oshkor aylagay.
Chu fahm ettilar hikmat ahli bu azm,
Kelib shohg‘a qildilar man’i razm.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |