Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

Shoh baytlardan biri! Baytdagi «kosa»: zulfung ichra yuzingni ko‘rib qoldim, ammo ortig‘i menga 



nasib ermas... Agar kechasi har qayonda o‘t yonib turgan bo‘lsa qay biriga yuz urib borursan? 

«Nimkosa» tasavvufga ko‘ra, yuz — bu, hokimi mutlaq, haq taola timsoli, zulf — beqaror 

o‘zgaruvchan olam, zulmat... Demak, zulmatlarga cho‘milgan beqaror olam ichra ul yorug‘ siymoni 

(haqni) ko‘rib qoldim, ammo o‘lsam ham vasliga yeta olmasligim ayon, chunki lovullab turgan olovga 

yuz urib bormoq qo‘rqinchli va xatodir, kuydirib kul qiladi: Baytda «Zulf — kecha» mutobig‘i, «yuzin 

— yuz urmoq» tovush uyg‘unligi ham kuzatiladi. 

To‘qqiz baytning yettitasi ta’rifi shundaydir. Biz turli bir-biriga o‘xshamagan manzaralarni 

tomosha ayladik. 

Ilonni ko‘rganda chirqillashib qichqirgan qushlar, daryoda qoni paydo bo‘lganidan yaralangani 

ma’lum baliqlar, yerda qoni qolgan saydlar, kuz fasli kelganda bog‘lardagi barglarning qizara 

boshlashi, qush uyasidan jish poloponlarni shafqatsizlarcha olayotgan bolalar, karvonni ko‘rganda 

yuzini yashirib olgan sahroyi qaroqchilar, tun-kechada har qayonni gutib ketgan gulxan, olovlar... 

Rang-barang lavhalar, barchasi hayotdan olingan, biz ularni har qadamda uchratganmiz, shohidi 

bo‘lganmiz, zavqlanib hayratga tushganmiz, ta’sirlanganmiz. Ular tanish, ammo shoirning sehrli 

qalami ostida bizga yangi bo‘lib tuyuladilar. 

Yuqoridagi tasvirlardan hayot, borliqning keng manzarasi namoyon bo‘lgach, shoir endi, hayot 

haqida, shunday hayot qo‘ynida yashayotgan inson umri, umr mazmuni haqida shunday xulosa 

yasaydi: 



 

Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi boqiy,  

Bas, el komin ravo ayla, o‘zungni komron ko‘rgach. 

 

...O‘zing baxt-saodatga erishgach, elning ham murod-maqsadga yetishishiga sa’y-harakat ko‘rgiz; 



bilgilkim, boylik, davlat o‘tkinchidir (foniydir), yaxshi ot esa boqiydir. Bas, yaxshi ot qoldirmakka 

shoshil... Bu o‘zgaruvchan olamda yashar ekansan, beqaror olamda qaror topmoqchi bo‘lsang, ana 

shularni yoddan chiqarma, degan fikr yotibdi tagmatnda. G‘azaldan ko‘zlangan maqsadga, chamasi, 

endi yetib keldik... 

G‘azalga nuqta qo‘yishdan avval, yuqoridagi sakkiz baytga ko‘z yugurtirgan shoir ravon ohang, 

go‘zal tashbehlar, she’riy san’atlar, sirlar paydo bo‘lganini ko‘rib bir lahza g‘ururli xayolga beriladi

«katta ketadi»: 

 

Navoiy, xurdai nazmingni andoq aylading tahrir,  

Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon ko‘rgach! 

 

...Ey Navoiy, sen she’ringga sirlarni shundoq joylay oldingki, endi uni ko‘rib zakovatli 



nozikfahmlar podshosi boshing uzra zarlar sochajak! Bu yerda tajnis san’ati ko‘rinib turibdi: xurda — 

sir, yashirin sir; xurda — zar, oltin rezalari; xurdadon — nozik narsalarni biluvchi, o‘tkir zakovatli 

kishi ma’nosida anglashiladi. 

Shoirning «katta ketganicha» ham bor. Birgina g‘azaldan yetti xil obraz ishlatib, yettita bir-biriga 

o‘xshamaydigan manzaralardan hayotning keng tasvirini yaratgan, boqiylik haqida faylasufona fikr 

aytishda tazodu tajnis kabi va boshqa she’riy san’atlardan xo‘b foydalana olgan ulug‘ Alisherning 

boshiga har qancha zar sochsalar arziydi. 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin