Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

26

af’ol darajasidan o‘tmagan odam» («Mir’ot-ul ushshoq»)- Navoiy «ishq kofiri» iborasini «but» va 



«dayr» so‘zlari bilan yonma-yon qo‘llagan. Sababi shuki, «but — asosiy matlab, maqsad, ya’ni 

ma’shuq timsoli», dayr esa — butxona, otashparastlar ibodatgohi bo‘lib, tasavvuf istilohida oriflar 

majlisi va zoti ahadiyat huzuridir. Ko‘ngil dayriii but xayoli bilan bezashlik suhbatini qo‘msash demak. 

Shunday qilib, baytning mazmuni bunday: «Ishqning bexudliklari, parhezsizligi bilan taqvo-tiyinish, 

ya’ni zohid xonaqosini buzmaslik, ma’shuqaga sig‘inish, uning yodida otish fikri bilan ko‘ngil uyini 

obod etmaslikka ahd qildim», ya’ni pir suhbatidan dilimni uztshga so‘z berdim. To‘rtinchi bayt: 



 

Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,  

Har kun oning hajrida ko‘nglimni maxmur etmayin. 

 

...so‘zlari ham ta’od va ham tanosub san’atlarini hosil qilib, avvalgi baytlarda ifodalangan oshiqlik 

shartlarini inkor etish bilan davom ettirilgai. So‘fiyona talqinga rioya etadigan bo‘lsak, «lab — 

ma’naviyot olamidan malaklar vositasida anbiyo va oriflarga nozil bo‘lib, zavq va ilhom paytida ular 

ko‘nglidap tiliga ko‘chadigan kalom» («Mir’ot-ul ugashoq»), may — ilohiy tajalliyot, maxmur — shu 

vahdat mayidan bexudlik. Baytning mazmuni: «Har kecha bir shirin lab, ya’ni orif ko‘nglida paydo 

bo‘lgan ilohiy kalomni eshitish lazzatidan jonimni mast qilmayip va har kuii shu Kalomdan ajralib

ko‘nglimni xumorli (bu so‘z qo‘msash, sog‘inish ma’nosida ishlatilgan) qilmayin, deb qaror etdim». 

Yoki mana buiday sharhlash ham mumkin: «Har kecha piri orifning ma’naviyot olamidan vahiy 

tushgan kalomi lazzatidan jonni xushnud etish va har kun o‘sha ma’rifat kalomini qo‘msab, xumor 

bo‘lishdan tiyinayin dedim». Navoiy bu baytda. kyocha va kunduzni qiyoslaganda yorug‘lik va 

Zulumottsi emas, balki aksincha, kechasi bo‘ladigan piru murid orasidagi xilvat suhbatlarni, kuiduzi va 

ularning o‘zaro ajralib ketishlarini nazarda tutgan. Demak, Oshiq uchun bunday kunduzlardan ko‘ra, 

pir vasli munavvar etgan tun afzal. 

Shu tariqa, to‘rtta baytda oshiqning o‘z maslagidan qaytishdagi «ahd»lari bayon etilib, she’rning 

ohangi, matn qabatidagi ma’iolar esa, barcha «ahd»lar yolg‘on ekanini, inkorlarning zamirida tasdiq 

yashiringaniii bildirib turadi. Oshiqning ana shu kinoyali holatini anglatish uchun shoir beshinchi 

baytda ohista «mantiqiy o‘tish» usulini qo‘llaydi, gazal mazmuniga o‘zgarish kiritiladi. 

Mana o‘sha bayt: 



 

Gar chiday olmay ko‘ngul bersam birovga nogahon,  

Bori el ichra chiday olguncha mashhur etmayin, 

 

Oshiqlikning talablaridan voz kechishta «ahd» qilgan lirik qahramon endi o‘zining bunga chiday 



olmasligini anglaydi, endi u bir go‘zalga, mukarram do‘sti azizga ko‘igil berishi muqarrar. Lekin endi 

u ishqini pinhon tutishga «ahd» qiladi. Ammo bu ish imkondan xorij, chunki oshiqlik oshkoro bo‘lmay 

iloji yo‘q — dardni yashirsang, isitmasi oshkora qiladi. 

Shunday ekan, ishq va mayni (vahdoniyat nurini) tark etib bo‘lmaydi. 



 

Ishqu may anjomi chun hakir o‘ldi, qo‘y, ey shayxkim,  

O‘zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin. 

 

Anjom — tugallanish, oqibat demak, Mahjur — ayriliqda qolgan odam. Baytning nasriy mazmuni 



esa bunday: «Ishq va may, ya’ni ilohiy ne’matga intilishni yig‘ishtirib qo‘yish, tark etishning oqibati 

hajr-ayriliqdir. Qo‘y, ey shayxkim, o‘zimni bu saodat — oshiqlik va bodaparastlik saodatidan kuch 

bilan ajratmayin». 

Mana endi hammasi ravshan bo‘ldi: Alisher Navoiy taqvodor shayx gapiga kirib, oshiqlikni tark 

etmoqchi bo‘lgan odamning ahvolini ko‘rsatmoqchi ekan. Shayx ishqni kufr etib, behuda, ma’nisiz 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin