www.ziyouz.com kutubxonasi
26
af’ol darajasidan o‘tmagan odam» («Mir’ot-ul ushshoq»)- Navoiy «ishq kofiri» iborasini «but» va
«dayr» so‘zlari bilan yonma-yon qo‘llagan. Sababi shuki, «but — asosiy matlab, maqsad, ya’ni
ma’shuq timsoli», dayr esa — butxona, otashparastlar ibodatgohi bo‘lib, tasavvuf istilohida oriflar
majlisi va zoti ahadiyat huzuridir. Ko‘ngil dayriii but xayoli bilan bezashlik suhbatini qo‘msash demak.
Shunday qilib, baytning mazmuni bunday: «Ishqning bexudliklari, parhezsizligi bilan taqvo-tiyinish,
ya’ni zohid xonaqosini buzmaslik, ma’shuqaga sig‘inish, uning yodida otish fikri bilan ko‘ngil uyini
obod etmaslikka ahd qildim», ya’ni pir suhbatidan dilimni uztshga so‘z berdim. To‘rtinchi bayt:
Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun oning hajrida ko‘nglimni maxmur etmayin.
...so‘zlari ham ta’od va ham tanosub san’atlarini hosil qilib, avvalgi baytlarda ifodalangan oshiqlik
shartlarini inkor etish bilan davom ettirilgai. So‘fiyona talqinga rioya etadigan bo‘lsak, «lab —
ma’naviyot olamidan malaklar vositasida anbiyo va oriflarga nozil bo‘lib, zavq va ilhom paytida ular
ko‘nglidap tiliga ko‘chadigan kalom» («Mir’ot-ul ugashoq»), may — ilohiy tajalliyot, maxmur — shu
vahdat mayidan bexudlik. Baytning mazmuni: «Har kecha bir shirin lab, ya’ni orif ko‘nglida paydo
bo‘lgan ilohiy kalomni eshitish lazzatidan jonimni mast qilmayip va har kuii shu Kalomdan ajralib,
ko‘nglimni xumorli (bu so‘z qo‘msash, sog‘inish ma’nosida ishlatilgan) qilmayin, deb qaror etdim».
Yoki mana buiday sharhlash ham mumkin: «Har kecha piri orifning ma’naviyot olamidan vahiy
tushgan kalomi lazzatidan jonni xushnud etish va har kun o‘sha ma’rifat kalomini qo‘msab, xumor
bo‘lishdan tiyinayin dedim». Navoiy bu baytda. kyocha va kunduzni qiyoslaganda yorug‘lik va
Zulumottsi emas, balki aksincha, kechasi bo‘ladigan piru murid orasidagi xilvat suhbatlarni, kuiduzi va
ularning o‘zaro ajralib ketishlarini nazarda tutgan. Demak, Oshiq uchun bunday kunduzlardan ko‘ra,
pir vasli munavvar etgan tun afzal.
Shu tariqa, to‘rtta baytda oshiqning o‘z maslagidan qaytishdagi «ahd»lari bayon etilib, she’rning
ohangi, matn qabatidagi ma’iolar esa, barcha «ahd»lar yolg‘on ekanini, inkorlarning zamirida tasdiq
yashiringaniii bildirib turadi. Oshiqning ana shu kinoyali holatini anglatish uchun shoir beshinchi
baytda ohista «mantiqiy o‘tish» usulini qo‘llaydi, gazal mazmuniga o‘zgarish kiritiladi.
Mana o‘sha bayt:
Gar chiday olmay ko‘ngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olguncha mashhur etmayin,
Oshiqlikning talablaridan voz kechishta «ahd» qilgan lirik qahramon endi o‘zining bunga chiday
olmasligini anglaydi, endi u bir go‘zalga, mukarram do‘sti azizga ko‘igil berishi muqarrar. Lekin endi
u ishqini pinhon tutishga «ahd» qiladi. Ammo bu ish imkondan xorij, chunki oshiqlik oshkoro bo‘lmay
iloji yo‘q — dardni yashirsang, isitmasi oshkora qiladi.
Shunday ekan, ishq va mayni (vahdoniyat nurini) tark etib bo‘lmaydi.
Ishqu may anjomi chun hakir o‘ldi, qo‘y, ey shayxkim,
O‘zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Anjom — tugallanish, oqibat demak, Mahjur — ayriliqda qolgan odam. Baytning nasriy mazmuni
esa bunday: «Ishq va may, ya’ni ilohiy ne’matga intilishni yig‘ishtirib qo‘yish, tark etishning oqibati
hajr-ayriliqdir. Qo‘y, ey shayxkim, o‘zimni bu saodat — oshiqlik va bodaparastlik saodatidan kuch
bilan ajratmayin».
Mana endi hammasi ravshan bo‘ldi: Alisher Navoiy taqvodor shayx gapiga kirib, oshiqlikni tark
etmoqchi bo‘lgan odamning ahvolini ko‘rsatmoqchi ekan. Shayx ishqni kufr etib, behuda, ma’nisiz
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |