qo‘rqqan. Shunday xavfni sezishi bilan darhol turar joyini almashtirgan.
Shopengauerning quyidagi asarlari ma’lum:
«Ko‘z va gullar to‘g‘risida» (1816), «Olam iroda va tasavvur sifatida» (1819),
«Axloqning asosi» (1841), «Etikaning ikki asosiy muammosi» (1841), «Din haqida»
(1851), «Parerga va Paramipomenon» (1851), «Sevgi metafizikasi».
Bu asar ikki jilddan
iborat bo‘lib, «Parerga» – lotincha «Qo‘shimcha asarlar» degan ma’noni anglatadi.
Shopengauerning mashhur «Turmush hikmatlari» to‘plami ham ana shu kitobga
kiritilgan.
Artur Shopengauer 1860 yilda vafot etdi. O’lim to‘shagida yotgan faylasufdan do‘stlari
qaerga dafn etish to‘g‘risida so‘raganlarida, u: «Menga baribir. Ular meni izlab
topishadi», deb javob bergan ekan.
* * *
Falsafa menga hech nima bermadi, biroq u juda ko‘p narsalarni saqlab qola oldi.
* * *
Falsafaning boshlanishi hayronlikdan emas, balki hayrat va qayg‘udandir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
213
* * *
Agar tafakkur yo‘q qilinsa yoki barcha boshchanoqlardagi miya olib tashlansa, butun olam barham
topadi. Buni hazil deb qabul qilmasligingizni iltimos qilaman. Men jiddiy gapirayapman. Chunki olam
faqatgina bizning (barcha jonivorlarning) tasavvurimiz sifatida mavjuddir, xolos. Bu tasavvurlardan
tashqari olam yo‘q.
* * *
E’tiqod va bilim – tarozining ikki pallasi: biri qancha baland bo‘lsa, ikkinchisi shuncha pastdir.
* * *
Falsafaning shu topgacha muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelayotganining sababi shundaki, uni san’at
yo‘lidan emas, ilm yo‘lidan izlaydilar. Faylasuf falsafa ilm emas, san’at ekanligini hech qachon
unutmasligi kerak.
* * *
Mukammal davlatga asos solish uchun eng avvalo shunday mavjudotlarni yaratish kerakki, toki
ular hamma yerda va har doim o‘z manfaatlarini jamiyat farovonligi yo‘lida qurbon qilishga qodir
bo‘lsinlar.
* * *
Men va mening vaqtim: bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi.
* * *
Har bir cheklash baxtga yo‘llaydi. Ya’ni, bizning nigohlarimiz, harakatlarimiz va shubha-
gumonlarimiz doirasi qanchalik tor bo‘lsa, shunchalik baxtiyormiz. Ular qanchalar keng bo‘lsa, biz
shunchalar ko‘p azoblanamiz va xavotirga tushamiz. Chunki ular bilan birga bizning tashvishlarimiz,
istaklarimiz hamda xavotirlarimiz ham o‘sib, ko‘payib boradi.
* * *
Agar kimningdir to‘g‘ri so‘zlayotganiga shubha qilsang, o‘zingni unga ishonayotgandek tut: shunda
u yolg‘onni yanada bo‘rttirib, sirni ochib qo‘yadi. Bordi-yu, uning so‘zlarida yashirishga urinayotgan
haqiqat ohangini payqab qolsang, o‘zingni unga ishonmayotgandek ko‘rsat: shunda u haqiqatning
qolgan qismini ham aytib beradi.
* * *
Har bir odam o‘zga bir odam uchun bir ko‘zgudirki, u orqali barcha kamchiliklarni yaqqol ko‘rish
mumkin. Biroq ayrim odamlar boshqa bir it deb ko‘zgudagi aksiga qarab hurayotgan ko‘ppak kabi
harakat qiladilar.
* * *
Biror kimsaga tirikligida haykal qo‘yish – kelgusi avlodlar uni unutmasligiga umid yo‘qligini e’lon
qilish bilan teng.
* * *
Uylanish huquqlarning yarmini kamaytirish, majburiyatlarni esa ikki baravar oshirish demakdir.
* * *
Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda: ular inson o‘zini nazorat qilishdan to‘xtaganda
yuzaga chiqadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |