2002 yil uchun konsolidatsiyalashgan «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ni tayyorlash uchun ishchi jadval
Tuzatish yozuvlari
Moddalar
Bosh korxona hisoboti
Sho’’ba korxona hisoboti
Konsolidatsiyalashgan hisobot
Debet
Kredit
Sotish hajmi
860000
1) 400000
240000
1020000
Boshqa daromadlar
120000
2) 20000
4000
136000
Jami
980000
420000
1156000
Sotilgan tovarlar tannarxi
420000
300000
240000
480000
Boshqa xarajatlar
280000
100000
4000
376000
Jami
700000
400000
852000
Sof foyda
280000
20000
244000
244000
300000
Kompaniya moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan tashqari yana taqsimlanmagan foyda va pul oqimlari to’g’risida yig’ma hisobotlarni to’ldiradilar.
Konsolidatsiyalashda asosiy holatlar quyidagilar:
bir kompaniya ikkinchi kompaniyaning nazorat ulushiga ega bo’lganda qo’llaniladi. Har bir kompaniya buxgalteriya hisobotini mustaqil ravishda olib boradi. Bosh kompaniya hamma nazorat qiladigan sub’ektlarni bir moliyaviy hisobotlar paketiga yig’ib, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar to’plamini barpo etadi;
moliyaviy hisobot hisobvaraqlarida qoldiqlar sun’iy tarzda oshirib ko’rsatilmasligi uchun hamma hisobvaraqlardagi qoldiqlar qo’shiladi hamda guruhlar ichidagi muomalalar va qoldiqlar bir-biriga eyishtiriladi;
agar nazorat qiluvchi kompaniya boshqa kompaniya aktsiyalarining 100%dan kam bo’lgan ulushga ega bo’lsa, buxgalteriya balansi va moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari haqidagi hisobotda boshqa tomonlarning proportsional egalik ulushini ko’rsatish uchun tegishli hisobvaraqlar ochiladi. Bu holatni sho’’ba korxonalarning ishtirok ulushi deb tavsiflash mumkin.
Umuman olganda, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish tartibining belgilanishi bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich odimlayotgan O’zbekiston uchun buxgalteriya hisobi borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Turli xil mulkchilik shakllari qaror toptirilayotgan hozirgi sharoitda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni tuzish xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, avvalo, respublikamizda samarali faoliyat yuritayotgan xolding kompaniyalar, tarkibidagi sho’’ba korxonalari mavjud bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar uchun zarurdir.