Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
duchor bo‘lgan vaqtlarida: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz U zotga
qaytguvchilarmiz», deyishadi. Ya’ni,
biz Allohning qullarimiz, bizning ustimizda
xohlagandek tasarruf qiladi va biz oxir oqibat U zot huzuriga, hukmiga qaytamiz.
Said ibn Musayyabdan rivoyat qilindiki, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar:
«Naqadar yaxshi ikki bashorat va qanday ham yaxshi ilova. «Ana o‘shalarga
Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir» – bu ikki bashorat,
«Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» – bu ilova».
Said ibn Jubayr aytganlar: «Darhaqiqat, musibat chog‘ida bu ummatga ilgarigi
payg‘ambarlarga berilmagan narsa – «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta,
biz U zotga qaytguvchilarmiz» iborasi berilgan. Mabodo payg‘ambarlarga
berilganda edi,
Yo’qub alayhissalomga ham berilgan bo‘lardi. U zot o‘g‘lini yo‘qotganda: «Ey bechora
Yusuf-a», degan edilar (Yusuf surasi, 84).
Ulamolar aytishganki: «Baland ovozda quyushqondan chiqib yig‘lash haromdir. Dod-voy
solmasdan, qichqirmasdan yig‘lash harom emas».
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn
Uboda roziyallohu anhuni ko‘rgani bordilar. Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos
va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumlar ham u zot bilan birga edilar. Rasuli akram
ko‘zlariga yosh oldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yig‘laganlarini ko‘rib,
ular ham yig‘lashdi. U zot: «Eshitmayapsizlarmi? Alloh ko‘z yoshi va qalb mahzunligi
sababli azoblamaydi. Lekin bu tufayli azoblaydi yoki rahm qiladi»,
dedilar-da, tillariga
ishora qildilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
qizlarining o‘g‘lini olib kelishdi. Bola o‘lim holatida edi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Sa’d u zotdan: «Yo Rasululloh, bu nimasi?» deb
so‘ragan edi: «Bu Alloh taolo bandalarining qalbiga joylab qo‘ygan rahmatdir. Alloh
rahmdil bandalariga rahm qiladi», deya javob berdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam farzandi
Ibrohimning oldiga kirdilar. U zo‘rg‘a nafas olar edi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Abdurahmon ibn Avf u zotdan: «Yo Rasululloh, siz
ham yig‘laysizmi?» deb so‘ragan edi, «Ey Ibn Avf, u rahmatdir», dedilar va yig‘lagan
ko‘yi so‘zlashda davom etdilar: «Ko‘z yosh to‘kadi, qalb g‘amgin bo‘ladi, biz faqat
Parvardigorimiz rozi bo‘ladigan so‘zni aytamiz, Ey Ibrohim, biz sendan judo
bo‘layotganimizdan mahzunmiz» (Buxoriy rivoyati).
«Mayyit yaqinlarining yig‘isi sababli azoblanadi», degan sahih
hadisning zohiri olinmaydi,
balki ta’vil qilinadi. Ulamolar uning ta’vili xususida turli fikrlarni bildirishgan. Ularning
orasida asoslirog‘i – mayyitning o‘zi yig‘lashni vasiyat qilgan yoki boshqa bir sababi
bo‘lgan bo‘lsagina azoblanadi.
Mayyitning o‘lishidan oldin ham, keyin ham yig‘lash joiz. Quyidagi sahih hadisga binoan
esa oldin yig‘lagan durustroq. «Agar biron kishi vafot etsa, hech kim yig‘lamasin».
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Imom Shofe’iy va ashoblari mazkur hadis karohatni ifodalaydi, deb ta’vil qilishgan va
mayyit o‘lganidan keyin yig‘lashni makruh deb bilishgan.
Dostları ilə paylaş: