DAJJOLNING SIFATI
(Suratini chizishga urinish)
Uning jussasi juda katta bo’ladi. Хudolikni da’vo qiladi. Shuning uchun Dajjolning
gavdasi katta bo’lishiga qaramay, ojizligi va ko’zidagi nuqsonga ishora qilib, Nabiy
sollallohu alayhi va sallam: "Alloh g’ilay emas", deb aytgan edilar.
Dajjol - inson bolasi. U jin ham, farishta ham emas. Demak, unda er kishilarniki kabi
gavda va qomat bor. Odamlar singari yeydi, ichadi, uxlaydi, bedor bo’ladi, hojatga
boradi, yer yuzida yuradi va ulov minadi. Хachirining ikki qulog’i o’rtasidagi masofa qirq
ziro’ keladi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolii shunday sifatlaganlarki, biz uni
ko’zimiz bilan ko’rib turgandekmiz. Umumiy hadislarda kelgan vasfga ko’ra, Dajjol —
jussasi bahaybat, bo’yi baland, semiz kishi. Uning kalta, quyuq va jingalak sochi bo’lib,
qomati ozgina egilgan. Rangi oq, ikki ko’zi o’rtasiga "kofir" deb yozilgan. Bu yozuvni
o’qishni biladigan va bilmaydigan har bir mo’min o’qiy oladi. Ikki ko’zi g’ilay. Lekin o’ng
ko’zi o’ta g’ilay bo’lganidan, nursiz bo’lib ko’rinadi. Chap ko’zinnng ustida ortiqcha eti
bor. (U ko’zni qoplab turadigan bir parcha teri yoki ko’zning chetidan o’sib chiqqan
Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
go’shtga o’xshaydi.) Chap ko’zi ham g’ilay. Demak, u yaxshi ko’ra olmaydi. Deyarlik ko’r
yoki ko’rga yaqin. Shunday bo’lishiga qaramasdan, u yer yuzini aylanib chiqadi va
hamma yoqni fasodga to’ldiradi.
Dajjoliing taxminiy surati shu. Uning yomonligidan Alloh asrasin.
DAJJOL CHIQISHI ALOMATLARI
Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli
bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning
chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi,
haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu
la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Shuning
uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi.
Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday
deganlar: "Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
xonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: "Nima qilib o’tiribsizlar?" Biz aytdik:
Gaplashib o’tiribmiz".
"Nima haqida gaplashyapsizlar?"
"Qiyomat haqida".
"Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning
mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch
marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi
aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat - Yamanda
Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi"
(Sahih hadis. Muslim rivoyati).
Shu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilnngan boshqa hadis ham bor: "Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplashib o’tirgan edik.
"O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat qoim bo’lmaydi, - dedilar. - quyoshning
mag’ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning
chiqishi, uch marta yer yutiish - mashriqda, mag’ribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan
chiqadigan olov. U odamlarni mahsharga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham,
kunduz kuni mizg’isalar ham, olov ular bilan birga bo’ladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)"
(Muslim rivoyati).
Imom Qurtubiy aytadi: "Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravishda,
tartibsiz keltirilgan. Birinchi hadisda esa "so’ngra" lafzini ishlatish orqali tartib
ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boshqa hadisida tartib aniq bayon qilingan:
"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda o’tirgan edik.
Bizning oldimizga chiqib: "Nimani eslayapsizlar?" deb so’radilar. «Qiyomatni», javob
berdik. "O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi, — deb (sanay
boshladilar): — Mashriqdagi yer yutish, mag’ribdagi yer yutish, Arab jazirasidagi yer
yutish, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoshning mag’ribdan chiqishi,
Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi" ("Тazkira"
kitobidan).
Dajjol haqida nima bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |