-
45
-
Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar
natijalaridan
ma’lum
bo‘ladiki,
shaxs
tomonidan
o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish
retseptorlari
yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan
ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz
marta eshitgandan bir marta
ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan. Bu guruh
metodlar harakatga o‘rgatish jarayonida keng qo‘llaniladi
Ularning aniq vazifasi bolalarni o‘rganilayotgan harakatlar va
ularni amalga oshirish yo‘llari
haqida tavavvurlarga ega
qilishdan iboratdir. Shu sababli harakat faoliyatini ko‘rish,
eshitish hamda harakat analizatorlari orqali qabul qilish
harakatga o‘rgatish jarayonini samarali va qiziqarli kechishini
ta’minlaydi. Jismoniy tarbiyada quyidagi ko‘rgazmalilik
metodlari qo‘llaniladi:
1. Bevosita ko‘rgazmalilik- mashqlarning o‘qituvchi-
murabbiy
tomonidan
bevosita
ko‘rsatilishi.
Shug‘ul-
lanuvchilarda mashq texnikasi haqida to‘g‘ri,
aniq tasavvur
hosil qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘pincha yosh bolalarda
murabbiyga taqlid asosida amalga oshiriladi. Ko‘r-ko‘rona,
mexanik taqlid
amalga oshirilmasligi uchun, ushbu metod
og‘zaki bayon metodlari bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
2.
Namoyish
metodi
sxema,
grafik,
foto,
videomateriallarni namoyish qilish orqali ma’lum
vazifalarni
hal etish. O‘rganilayotgan harakat haqidagitasavvurlarni
chuqurlashtirish,
kengaytirishga
mo‘ljallangan
bo‘lib,
o‘qituvchi-murabbiy
namoyish
etilayotgan
harakatni
sekinlashtirish, to‘xtatish, ko‘p martalab takrorlash va kerakli
o‘rinda sharhlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
3. O‘rganilayotgan harakat
faoliyatini his etishga