Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

“Pssssst!” – dedi kimdir. 



Anton tashqaridagi qadam tovushlari va ovozlarni eshitdi. Shahar qo‘riqchiligidagi kishi 

boshqalarni ham yordamga chaqirganga o‘xshardi. 

“Shu yerda bo‘lishi kerak, - u kimdir shunday deganini eshitdi. – Hamma yoqni 

tintinglar!” 

Antonning ko‘zlari sekin qorong‘ilikga o‘rgandi. Uning yonida qisqartirilgan kul rang 

soqolli hamda ko‘zlaridan mehr taralib turgan bir kishi turardi. “Kel, - dedi u Antonga 

sekingina. – Sen yashirinishing kerak”. 

“Nima uchun? – so‘radi Anton. – Bu yerdagilarning hammasi jinnimi yo ularga biror nima 

bo‘lib qolganmi?” 

Sen qora mushuk bilan gaplashding. Shuning o‘zi seni jodugarlikda ayblashlari uchun 

kifoya. Kelaqol, tezroq”. 

Erkak Antonni o‘zi tomonga tortdi. Ular bir necha qadam pastga tushishdi, keyin uzun 

yo‘lakdan yurib, ko‘rinmay turgan yog‘och eshikdan ichkariga kirishdi. Bu g‘alati, ammo 

juda xushbo‘y hid taralib turgan katta xona edi. Shipning hamma joyida quritilgan 

giyohlar osig‘liq turardi. Bir uzun stol ustida turli likoblar, qadahlar, o‘lchov idishlari 

turardi. Biroq Antonni hammasidan ham ko‘proq hayratlantirgan narsa qora mushuklar 

edi. Antonning hisobiga ko‘ra ular yettitadan kam emas edi. 

“Ular mayib bo‘lib qolishsa, mening oldimga kelishadi, - uqtirdi erkak. Ularga kimdir men 

davolash san’atidan xabardor ekanligimni bildirib qo‘ygan bo‘lsa kerak. Va men ularni 

shaytonvachchalar deb haqorat qilmasligimni ham”. 

“Qora mushuk bilan gaplashgan kishi rostdan ham qamaladimi?” – so‘radi Anton. Bu hol 

hamon uning aqliga sig‘mayotgandi. 

Erkak boshini quyi soldi. “Mushuk qora tukli, odam esa qizil sochli bo‘lmasligi kerak. Va 

kishi juda ko‘p narsani bilishi ham man etiladi. Biz ikkimiz mana shunday g‘alati 

zamonda yashayapmiz”. 

“Faqat Siz, - tuzatdi Anton. – Men boshqa zamonda yashayman”. 

“Nega unday deyapsan?” – so‘radi erkak. 

Anton qo‘lida ushlab turgan cho‘ntak fonusini yoqdi. Erkak undan fonusni oldi-da, unga 

bir lahza tikilib turdi va dedi: “Sen qayerdan kelib qolding?” 

“Boshqa zamondan, – dedi Anton. – Men o‘tgan zamonga ozgina sayohat qilgandim”. 

Shunday qilib u zamon gardishi bilan bog‘liq voqeani batafsil aytib berdi. 

Erkak fonusni yoqib ko‘rdi va jiddiy ohangda dedi: “Demak, sizlar mana shu singari 

zararsiz narsalar ixtiro etarkansizlar. Unda sen iloji boricha tezroq qaytib ketganing 

ma’qul. Chunki bu zamon sen uchun juda xatarli”. 

Qayerdandir qiy-chuv eshitildi. “Ochinglar, tez ochinglar!” 

“Ular eshik oldida turishibdi, - dedi erkak. – Agar seni bu yerdan topib olsalar, 

ikkalamizga ham yomon bo‘ladi”. 

“Bo‘pti, endi qaytaman, - dedi Anton. – Bu zamon rosa jonimga tegib ketdi”. 

Erkak Antonga yarqirab turgan billurni uzatdi. 

“Bu senga esdalik uchun”. 

Anton billurni qo‘liga oldi. Uning yassi sirti va burchaklari dilga zavq bag‘ishlardi. 

Antonda shunday bir tuyg‘u paydo bo‘ldi-ki, go‘yo qandaydir mo‘jizaviy quvvat shu 

billurdan unga o‘tayotganday edi. 

“Menga mumkin emas-da, - dedi u e’tiroz bildirib. – Agar men bu zamondan biror nima 

olib ketadigan bo‘lsam, undan qaytib ketolmay qolaman”. 

“Unda men o‘zim bir yo‘lini qilib, uni senga yuborishga harakat qilaman”, - dedi erkak. – 

Men zamonga sayohat qilolmayman. Bu yerda ayrim tadqiqot ishlarini amalga oshirishim 

kerak…” 



Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin