Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

“Tss”, - dedi erkak va qo‘rqa-pisa atrofga qaradi. 



“Nega o‘ranib olgansiz va nega qaltirayapsiz?” – so‘radi Anton. 

“Endi uddalay olmayman”, – “uh” tortdi Supermen. 

“Nimani?” – so‘radi Anton tushunolmay. 

“Ixtirochilarim meni har ko‘yga solishadi. Men halokatga uchragan samolyotlarni ushlab 

olishim, zilzilalarni bartaraf qilishim, ba’zan esa sevgi tuzog‘iga ham tushib qolishim 

kerak”. 


“Qiyin ekan”, – tasdiqladi Anton. U halokatga uchragan samolyuotlarni ushlab olmagan 

yoki biror marta zilzilani bartaraf etmagan bo‘lsa-da, sevib qolish qanchalik qiyin 

ekanligini bilardi. 

“Nima uchun o‘zingizga boshqa kiyim sotib olmaysiz. Shunday qilsangiz, sizni hech kim 

tanimasligi mumkin, – maslahat berdi Anton. – Kasbingizni ham o‘zgartirib olsangiz 

yomon bo‘lmasdi. Hech bo‘lmasa, gazeta sotuvchi yoki kinoteatrda joy ko‘rsatuvchi 

bo‘ling”. 

“Men o‘zimga kiyim sotib ololmayman, — dedi erkak. – Pulim yo‘q”. 

“Pulingiz yo‘q?” – hayron bo‘ldi Anton. 

“Ha, pulim yo‘q, — dedi Supermen xomush. – Voqealarda men doim qimmatbaho 

mashinalar minib, o‘zgalarga qimmat-qimmat sovg‘alar ulashib yuraman, ammo 

ixtirochilarim bular uchun pulni qayerdan olishimni menga ma’lum qilmaganlar. Balki 

eski jildlardan birida bu haqda biror nima yozilgandir, degan maqsadda jurnallarni ko‘rib 

chiqishga kelgandim. Ammo bu haqda biror nima deyilgan joyni topa olmayapman”. 

“Nahotki”, – dedi Anton kuyunchaklik bilan. 

“Ortiq xohlamayman, — xo‘rsindi Supermen. – Endi mana bu ko‘k-qizil kiyimimdan 

butunlay qutulmoqchiman. Buning ustiga bu kiyim mening yoshimga to‘g‘ri kelmaydi”. 

“Ammo u sizga yarasharkan, - dedi Anton yupatib. U o‘ylab turib dedi: “Nima uchun siz 

bu ishdan boshqasiga o‘tib ketmayapsiz? Osonroqlari ham bordir?” 

“Qaysiga o‘tsam ekan? – so‘radi Supermen. – Menga o‘xshaganlar qayerga sig‘ardi? 

“Qorqiz” qissasidagi mittivoylardan biri bo‘laymi? Yoki Vinnetu o‘rniga apachlarning ( 

hindu qabilasi) yangi sardori bo‘laymi?” 

“Bular to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi Anton. 

Supermen burnini tortdi. “Shamollab qolganga o‘xshayman. Kecha muz dengizida kema 

halokatiga uchraganlarning bir necha yuztasini qutqarishimga to‘g‘ri kelgandi. 

Ro‘molchang bormi? Mening ixtirochilarim bu haqda ham o‘ylab ko‘rmagan ekanlar”. 

Anton ozgina ishlatilgan qog‘ozli ro‘molchasini cho‘ntagidan chiqarib Supermenga berdi. 

U burnini qattiq qoqdi. Keksa sotuvchi ayol unga o‘qrayib qaradi. 

Antonga esa o‘ylab-o‘ylab shunday dedi: “Gazetalarda ishga takliflar yozilgan joyi 

bo‘ladi. Balki o‘shalarda sizga mos keladigan yumush topilib qolar”.  

“Sarguzashtlimi?” — so‘radi Supermen.  

“Unaqasi kamroq, – tushuntirdi Anton, — lekin ishlar ko’p”.  

Supermen o‘zining qimmatbaho qo‘l soatiga qaradi. “Yaxshiyamki, yaratuvchilarim buni 

ham unutib qo‘yishmagan”. 

“Esim qursin, — dedi u, — men hozir buzg‘inchilar izidan chiqarib yuboriladigan odamlar 

to‘la poyezdni qutqarib qolishim kerak”. 

“Axir siz…”, — deyishgagina ulgurdi Anton.  

“Tezroq o‘n yettinchi jildni och, — dedi Supermen hovliqib. – Hozir o‘sha yerda bo‘lishim 

kerak”.  

Anton izladi. U o‘girilib qarasa, Supermen qo‘yib bo‘lgan ekan. 17-bob ochiq holda stol 

ustida turardi. Supermen baquvvat qo‘llari bilan temir yo‘l ko‘prigini ushlab turib

poyezdni o‘tkazib yubordi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin