- vazirlikning normativ hujjatlariga muvofiq holda tayyorlangan
DMTTning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi va joriy etilishini ta’minlaydi;
- DMTT faoliyatida manfaatlar to’qnashuvlarini hal qilish, shuningdek,
DMTT va o’zning faoliyatida huquqbuzarlik va korrupsiya holatlariga yo’l
qo’ymaslikni samarali choralarini ko’radi, bu kabi holatlarga yo’l qo’yilib,
o’rnatilgan odob ahloq qoidalariga rioya qilinmaganida vazirlikning hududiy
bo’linmalariga xabar qiladi;
- favkulotda vaziyatlar, aniqlangan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, xavfli va
salbiy holatlar, DMTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari va hodimlarning
sog’ligi va hayotiga yetkazilgan zararlar to’g’risida vazirlikning hududiy
bo’linmalariga darxol xabar qiladi;
- DMTTning ish faoliyati haqida vazirlikning hududiy bo’linmalariga
oylik va choraklik hisobot beradi;
- DMTTning va hodimlarining faoliyatini qonun hujjatlari, vazirlikning
buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi
va ta’minlaydi;
- DMTTning rivojlantirilishiga qaratilgan qonun bilan taqiqlanmagan
boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: