95
tuzayotgan vasiylik va homiylik organining nomi, yuridik manzili, tutingan ota-onaning shaxsini
tavsiflovchi ma`lumotnomalar (jumladan, turar joyi, pasportining tartib raqami), tarbiyaga
berilayotgan bola haqida batafsil ma`lumotnomalar, tutingan ota-onaning asosiy huquq va
majburiyatlari, vasiylik va homiylik organing tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari hamda
kelishuvning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilishi
lozim.Kelishuvda tutingan ota-onaning asosiy majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi
mumkin: -tutilgan bolani o`zaro yordam va hurmat asosida tarbiyalash;-bolaning ta`lim olishi,
jismonan, ruhan, ma`nan va axloqiy sog`lom o`sishi uchun sharoit yaratish;-bolaning huquq va
manfaatlarini himoya qilish;-bolaning sog`lig`i va sog`lig`i haqidagi tibbiy tavsiyalardan kelib
chiqib, uni vaqti-vaqti bilan mutaxassis-vrachlar ko`rigidan o`tkazib turish, bolaning
davolanishini ta`minlash;-bolaning umumiy ta`lim muassasalarida ta`lim olishini ta`minlash,
uning fanlarni o`zlashtirishini kuzatib borish va maktab ma`muriyati bilan aloqada bo`lib turish;-
tutingan oilada bolaning tarbiyasiga salbiy ta`sir qiladigan yoki kelgusida uning bu oilada
yashashi va tarbiyalanishini istisno qiluvchi holatlar yuzaga kelganda, bu haqda darhol vasiylik
va homiylik organlariga xabar qilish va boshqalar.
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va
qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham egadir.
Bolaning manfaatiga daxldor har qanday masala oilada hal qilinayotganida bola o`z fikrini
bildirishga haqli.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo`lishi mumkin,
quyidagilar bundan mustasno: -sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklanga n deb topilgan shaxslar;-sud tomonidan ota-onalik huquqidan ma’hrum qilingan yoki
ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;-qonun bilan o`z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni
lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan
chetlashtirilgan shaxslar;-ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining
birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor
qilingan shaxslar;-qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;-sog`lig`ining
holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
Dostları ilə paylaş: