4-rasm. Portativ skanerlovchi priyomniklar.
Tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomniklar portativ skanerlovchi priyomniklardan o‘zlarining katta hajmi va og‘irligi bilan farqlanadi. Ular- ning og‘irligi 1,2 kg dan 6,8 kg gacha bo‘lishi mumkin. Hajm va massaning ortishi bilan priyomniklarning funksional imkoniyatlari ham ortib boradi. Tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomniklarning deyarli barchasi kom- pyuter yordamida boshqarilishi mumkin. AR-3000A rusumli tashib yuriluv- chi skanerlovchi priyomnikning umumiy ko‘rinishi 5-rasmda keltirilgan.
rasm. AR-3000A rusumli tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomnik.
Har ikki turdagi skanerlovchi priyomniklar quyidagi rejimlardan birida ishlashi mumkin:
berilgan chastota diapazonida avtomatik skanerlash rejimi;
fiksirlangan chastota bo‘yicha avtomatik skanerlash rejimi;
qo‘lda boshqarish rejimi.
Radiotexnik razvedkalarda skanerlovchi priyomniklar bilan bir qatorda spektr analizatorlaridan ham foydalanish mumkin.
Spektr analizatorlari juda keng chastota diapazonidagi signallarni qabul qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish imkonini yaratadi. Portativ analizatorlar o‘rtacha 9,5 dan 20 kg gacha og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalarning signal kattaliklarini o‘lchash aniqligi juda ham yuqori bo‘lib, sezgirligi 125-145 Db ni tashkil etadi. Shu sababli ham ular qimmatbaho hisoblanadi. Tektronix firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan RSA5103A rusumli analizatorning umumiy ko‘rinishi 6-rasmda keltirilgan.
6-rasm. RSA5103A rusumli spektr analizatori.
Ma’lumotlarni tutib olish vositalari
Akustik tebranishlarning tebranuvchi kanallarda tarqalish muhiti sifatida binolar, devorlar, shiftlar, metall trubali konstruksiyalar va boshqa qattiq buyumlar bo‘lishi mumkin. Bunday axborotni tutib olish qurilmasi stetoskoplar bo‘lib, ularda uzatuvchi qurilma sifatida kontaktli mikrofon- lardan foydalaniladi. Elektron stetoskoplar yordamida axborotni tutib olish uchun himoyalangan binoga ruxsat kerak emas. Portativ stetoskopning ko‘rinishi 7-rasmda keltirilgan.
rasm. Kichik o‘lchamli kontakt mikrofoniga ega bo‘lgan
PKI 2850 markali elektron stetoskop.
PKI 2850 markali stetoskop portativ elektron stetoskoplarning vakili hisoblanadi. Uning kuchaytirgich bloki o‘lchamlari - 95x60x25 mm, mikrofoni – 50x35x15 mm ni tashkil etadi. Bunday kichik o‘lchamga ega bo‘lishiga qaramay ushbu stetoskopning kuchaytirish koeffitsiyenti 80 dB dan kam emas. Ishlash davomiyligi to‘liq zarayadlangan akkumulator bilan 800 soatni tashkil etadi.
Zamonaviy elektron stetoskoplar 80-100 dB tartibidagi kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lib, hatto shivirlash yoki soat sekundomerining tovushi kabi kuchsiz tovush tebranishlarini ham tutib olish imkoniyatiga ega. Bunday elektron stetoskoplarni devorlarga, eshik chetidagi qobiq- larga, xona shiftiga, isitish tizimi yoki suv trubalariga, havo sovutgichlari qoplamalari ichiga joylashtirilishi va kuchaytirish bloki bilan maxsus ulangan kabel orqali ulanadi.
Axborotlarni elektroakustik chiqib ketish kanallari elektroakustik aylantirishlar, ya’ni akustik signallarni elektr signallariga aylantirish jarayonida hosil bo‘ladi. Bunday jarayonni amalga oshiruvchi qurilmalar orasida bizga yaxshi tanishlari bular - telefonlar, mikrofonlar va tovushli aloqa tizimlaridir.
Dostları ilə paylaş: |