308
7) agar mablag‘larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o‘tkazish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy
huquqlar), ishlar va xizmatlar;
8) olingan grantlar;
9) aktsiyador – yuridik shaxsning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav
fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘naltirilganda qo‘shimcha aktsiyalarning qiymati yoki
aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlari;
10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan
mablag‘lar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik va topshiriq shartnomalari yoki
vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud
o‘zga ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul
mukofoti bundan mustasno);
12) ob’ekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing)
to‘lovining bir qismi tarzida qoplanishi;
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin
olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat
ko‘rsatishga doir xizmatlar;
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislaridan (ishtirokchilaridan)
ularning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida
belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta
tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar soliq solish ob’ektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar
o‘rtasidagi saldo soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi
summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishda
soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan
bazadir:
1) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
2) to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo‘lsa, o‘sha yuridik
shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar)
tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan
yuridik shaxsning mol-mulki
imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari
soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida umumiy asoslarda soliq
solinadi;
4) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular
qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
5) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va
xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish
(hisobdan chiqarish) natijasida olingan boshqa daromadlar.
309
Soliq solinadigan baza chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun:
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq summasiga;
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i
quyish shoxobchalarining
belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy
byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq summasiga;
2) lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik
shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan
yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi
summasiga;
4)
vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik
shaxslar uchun – realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari
summasiga.
Soliq solinadigan baza quyidagilarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi:
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25
foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy
etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi;
yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va
(yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan
bazaning
ko‘pi
bilan
10 foiziga.
Soliq to‘lovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda;
3) baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Yalpi tushumga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida,
kafolat muddati belgilangan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Yalpi tushumga tuzatish kiritish tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
28.3. Yagona soliq stavkalari, belgilangan imtiyozlar va soliqni byudjetga to‘lash tartibi
Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy»
jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari
umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti
faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-
sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy
soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi.
Kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir.
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan
stavkalardan kelib chiqqan
holda hisoblab chiqariladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga
to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi
summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran
o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan
hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.
310
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq
xizmati organiga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan
keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot
topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan
korxonalar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona
soliq to‘lovini to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda
qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasida yagona soliq to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.
To‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi
yoki chet elda soliq
to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda solig‘ining summasini
hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: