tayyorlanadigan buyumlarga ko‘proq qo‘llanadi. Bundan asosiy
maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdori, tarkibi va
buyumning tozaligini tekshirishdan iborat.
To‘qqizinchi sxema. Mahsulotlarning deklaratsiyaga muvofiqligi
sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaratsiya hujjatlari bilan
birgalikdagi sertifikatlashtirish tushuniladi.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashtirishning
yangi xili yaratilib, bu usul faqat ishlab chiqarishdagi texnologik
jarayonlarning tasdiqlanishi (attestatsiylanishi)ga asoslangan.
Hozirgi paytda adabiyotlar va m a’lumotnomalarda har bir
sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etil
gan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi 5-sxemadir.
Bu sxema to ‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi
zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan
turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etadi, standartlarga
rioya qilishni majburiy talab etadi, iste’molchi va savdo talablarini
e ’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va m e’yoriy
hujjatlar asosida o ‘z ishini tashkillashtiradi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o ‘tkazish, korxonadagi
va savdo shoxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish
hamda nazoratni tashkil qilish va shu kabilarni bajarib, uchinchi
tomon vazifasini bajaradi.
4.5. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylash-
tirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq
ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi hamda muayyan jamoa va
shaxs ehtiyojlarini qanoatlashtirishga m o‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli
yoki tayyorlash jarayoni, ishlash, yetishtirish, ta ’mirlash va shu
kabilarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta ’rifi yana boshqa bir hujjat — ISO 9000 xalqaro
standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: