Tengdoshlari bilan ijodiy o'yinlar o'ynaydi; qog'ozdan applikatsiyalar yaratadi (svetofor); loydan yo'l belgilarini yasaydilar, tasavvuriga ko'ra syujet yaratadilar.
Rivojlantirish markazlari
Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Resurslar
Erkin faoliyat
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
“Yo'l belgilari”, “Raqami bo'yicha terib ber”
Kerakli anjomlar
Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish
Avtobus
Kerakli anjomlar
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
CHo'milish havzasidagi holatlar
Mening huquqlarim
Kerakli anjomlar
Fan va tabiat
Havo markazi (ekologik tarbiya)
Kerakli anjomlar
San'at
Rasm:
Xavf tug'diruvchi uy jihozlari
Applikatsiya:
O'z qo'limiz bilan svetofor yasaymiz
Loy ishi: Yo'l belgilari
Kerakli anjomlar
Umumiy guruh bo'lib ishlash
1.Nutq o'stirish: “Yo'l qoidasi umr foydasi”
Mantiqiy o'yinlar
Kerakli anjomlar
mavzusida rasm asosida suhbat
2. Ikkinchi tilga
o'rgatish
AVGUST. IKKINCHI HAFTA
BUNI BILISH FOYDALI
Til, nutq va savodxonlikka orgatish
Mavzu: Cho'milish havzasidagi holatlar
Maqsad: bolalar cho'milish havzalaridagi tartib va qoidalarni biladilar, ularga rioya qiladilar, cho'milish mumkin bo'lmagan suv havzalari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlarAKT, sochiq, maxsus himoyalovchi kiyimlar: badan hamda qo'llar uchun ballonchalar, quloq va burun uchun moslamalar, cho'milish havzasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzuga mos rasmlar va AKT namoyishini ko'rish.
Har bir anjomni izohlash.
Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar tasvirlangan rasmlarni kuzatish va bolalar bilan muhokama qilish.
Bolalar ishtirokini muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha:“Suzadi-suzmaydi” ta'limiy o'yini.
Alohida e'tibor qaratiladi: qo'l va oyoqlarning harakatlanish tartibini bilishlari.
San'at
Mavzu: Hayot uchun xavfli
Maqsad: bolalar hayot uchun xavfli holatlarni rasm orqali tasvirlab bera oladilar, texnika vositalaridan to'g'ri foydalanish qoidalariga amal qiladilar.
Kerakli jihozlar: gaz pechi, tok razetkalaridan to'g'ri foydalanilmaganda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar tasvirlangan rasmlar, guashb, akvarel bo'yoqlari, turli mo'yqalamlar, suvli idish, salfetka.
Faoliyatning borishi: Gaz pechi, tok, razetkalardan to'g'ri foydalanilmaganda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.
Ishni rejalashtirish.
Ish jarayoni.
Ish natijalarini muhokama qilish.
Rag'batlantirish.
Qo'shimcha: ota-onalar uchun ko'rgazma tashkil etish.
E'tiborga moyillik jihati: ehtiyotkor bo'lish ko'nikmasining rivojlanishi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
Mavzu: “Yo'l belgilari”, “Raqami bo'yicha terib ber” sonli qirqma rasmlar asosida yig'amiz Maqsad: bolalar taklif qilingan materiallardan yo'l belgilarini yig'adilar, yo'l belgilari nimaga xizmat qilishi haqida tushunchaga ega bo'ladilar.
Kerakli jihozlar: pazllar, sonli kesma rasmlar, yo'l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:
Yo'l belgilari tasvirlangan rasmlarni ko'rish va kuzatish.
Yo'l belgilarini raqami bo'yicha taxlashni rejalashtirish.
Yo'l belgilarini taxlash.
Taxlangan yo'l belgilarining taqdimotini amalga oshirish.
Bolalar tomonidan taxlangan belgilarni muhokama qilish va rag'batlantirish.
Ishlatilgan materiallarni miqdorini sanash va shakllari bo'yicha ajratish.
Qo'shimcha:tarbiyachi bolalarga uyga ketayotganda yo'l belgilarini kuzatishni va o'xshashini topishni taklif qiladi.
Alohida e'tibor qaratiladi: yo'l belgilariga rioya etishning inson hayotidagi o'rni
Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Avtobus
Maqsad: bolalar avtobus turlarini farqlaydilar.
Kerakli jihozlar: haydovchi kiyimi, salon va o'rindiqlar.
Faoliyatning borishi:
Avtobus turlari aks etgan rasmlarni ko'rib chiqish.
Rollarni taqsimlash.
O'yin uchun kerakli atributlarni tanlash.
“Avtobusda ketayapmiz” sahnasini qo'yish.
Ijro etilgan sahnani muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: “Avtobus bekati” o'yini.
Alohida e'tibor qaratiladi: hayot xavfsizligi qoidalari.