Metall kо‘priklarda ishlatiladigan boltli parchin mixli birikmalar. Reja


P archin mixli birikmalar haqida tushuncha



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə3/4
tarix25.09.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#148033
1   2   3   4
mexanika 20

P archin mixli birikmalar haqida tushuncha. Qurilish konstruksiyalarini yig‘ishda parchinlash ishlari murakkab (parchin mixni 800 S gacha qizdirish kerakligi), ko‘p mehnat va material sarfini talab etgani sababli, bunday konstruksiyaviy yechim kam qo‘llaniladi. Ularni qo‘llanishi juda ham kam bo‘lib, asosan dinamik va vibratsiya ta'siridagi og‘ir konstruksiyalarda hamda payvandlanishi qiyin bo‘lgan, ba'zi bir termik ishloq berilgan po‘latlar va alyuminiy qotishmalarda ishlatish tavsiya etiladi.
Parchinlarning mixli birikmalar ko‘proq alyuminiy qotishmali elementlarda ishlatiladi. Bunga asosiy sabab, alyuminiy qotishmasi nisbatan yumshoq bo‘lib, sovuq holda parchinlashni amalga oshirish mumkin va teshiklarning zichlanishi ishonchli bo‘ladi.
Po‘lat konstruksiyalarda St2 navli uglerodli po‘latdan tayyorlangan parchin mixlardan foydalaniladi, bunday po‘lat uchun nisbiy uzayish 26% ga, oquvchanlik chegarasi u=220 MPa ga teng. Parchinlashda nisbiy cho‘zilish 18%, oquvchanlik chegarasi u=300 MPa bo‘lgan kam legirlangan 09G2 markali po‘latdan tayyorlangan parchin mixlar ham qo‘llaniladi.
Qurilish konstruksiyalarida ishlatiladigan parchin mixlarning diametri 12,14,18,20,22,24,27 va 30 mm bo‘ladi. Parchin o‘rnatiladigan teshik bosim ostida yoki parmalash usulida parchin diametridan 1-1,5 mm kattaroq qilib ochiladi (13.2rasm).
Parchinlar tuzilishi xar xil bo‘ladi, 13.3-rasmda ko‘rsatilgan parchin mixli birikmalar eng ko‘p tarqalgan: 13.3-a kallagi yarim doirali, 13.3.v-yarim yashirin kallakli va 13.3.g- kuchaytirilgan kallakli parchinlar va ularni o‘rnatish ko‘rsatilgan. Yashirin va yarim yashirin o‘rnatilgan parchinlarni cho‘zilishga ishlovchi birikmalarda ishlatmaslik tavsiya etiladi. Birikmalarni loyihalashda diametrlari bir xil bo‘lgan parchin mixlar qabul qilish tavsiya etiladi.
Boltlar qirqilish, ezilish va cho‘zilishga ishlashi mumkin. Shu sababdan, boltli birikma uchta kuchlanganlik holati uchun ayrim-ayrim tekshirib ko‘riladi. Bu tekshirishdan asosiy maqsad – birikmadagi ta'sir etayotgan hisobiy kuchni qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan boltlar sonini aniqlashdir. Ta'sir etayotgan tashqi kuch boltlarga teng ta'sir etmoqda deb faraz qilib hisoblanadi. Bitta bolt qabul qilishi mumkin bo‘lgan hisobiy kuchni (Nv) quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:

13.2-rasm. Parchinli birikma

Rasm 13.3. Parchin mixli birikmalar hosil qilish

BOLTLI BIRIKMALAR VA ULARNING XOSSALARI


Boltli birikmalar ayniqsa sanoat binolari qurilishida ishlatilishi keng tarkalgan bo’lib, oddiy va ishonchli birikmalardan hisoblanadi. Boltlar qirqilish, ezilish va cho’zilishga ishlaydi. CHo’zilishga ishlaydigan bolt tashqi kuchga nisbatan kattarok kuch bilan tortib maxkamlanadi. Po’lat qurilmalarida oddiy va mustaxkamligi yuqori boltlir qo’llanadi.Tayyorlanish aniqligiga qarab boltlar uch xil bo’ladi:
1) yuqori aniqlikdagi (aniqlik sinfi - A);
2) normal aniqlikdagi (aniqlik sinfi - V);
3) past aniqlikdagi (aniqlik sinfi - S);
Normal hamda yuqori aniqlikdagi tayyorlangan boltlarda, GOST ga muvofiq, bolt qalpokchasining tayanch sirti sterjenь o’qiga perpendiqulyar va sterjenning o’qi to’g’ri chiziqli bo’lishi mumkin . Bunday boltlarning diametri loyihadagidan - 0,43 mm dan - 0,52 mm gacha farq qilishi hamda diametri 0,3 dan 0,5 mm gacha katta bo’lgan teshikka o’rnatilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bunday boltlar teshikka zich kiritiladi. Bunday birikma kam deformatsiyalanadi. Past aniqlikdagi boltlar nominal loyihaviy diametrdan 1mm gacha farq qilgan xolda tayyorlanishi mumkin. Bunday boltlar diametri 2-3 mm gacha katta bo’lgan teshiklarga erkin o’rnatilishi mumkin. Binobarin, bunday birikma nisbatan katta deformatsiyaga ega. Boltlar uzunligi 40...200 mm va diametrlari 10,12,14,16,18,20,22,24,27,30,36,42,48 mm li qilib tayyorlanadi. Rez’bali qismining uzunligi ( ) quyidagicha tanlanadi: Diametri d=10...14 mm bo’lgan boltlar uchun =20...25 mm; dq16...20 mm li boltlar uchun = 28...30 mm; d=22...30 mm li boltlar uchun =35...50 mm . Boltlar Vst5 markali po’latdan hamda 14G2, 15GS markali, kam legirlangan va mustaxkamligi oshirilgan po’latlardan tayyorlanadi.
YuQORI MUSTAXKAMLI BOLTLAR.
Yuqori mustaxkamli boltlar normal aniqlikdagi boltlarga taaluqli GOST bo’yicha, lekin yuqori mustaxkamli, yuqori xarorat bilan ishlov berilgan (40X, 40XFA va 38 XS) po’latlardan tayyorlanadi. Bu po’latlarning yuqori xarorat bilan ishlov berilganidan keyingi cho’zilishdagi vaqtinchalik qarshiligi quyidagi keltirilgan qiymatdan kichik bo’lmasligi kerak:
40X po’latdan tayyorlangan bolt uchun-110 ;
40XFA va 38XS po’latdan tayyorlangan boltlar uchun-135 .
Yuqori mustaxkamli boltli birikmalar biriktiriladigan detallarni yuqori mustaxkamli boltlar bilan tortib, bir-biriga nisbatan katta kuch bilan siqish natijasida siqiladigan sirtlarda yuzaga keluvchi ishqalanish kuch tufayli xosil qilinadi. Ishqalanish kuchini oshirish uchun biriktirilayotgan detallarning tutashadigan sirtlari moy, zang va boshqa iflosliklardan tozalanadi. Boltlarning tortilish kuchini belgilash maqsadida ular maxsus kalitlar bilan maxkamlanadi. Yuqori mustaxkamli boltlar turli kuchlar ta’siriga bardosh beradigan, ishonchli, siljimaydigan birikma xosil bo’lishini ta’minlaydi. SHu sababli ular ahamiyatli birikmalarda qo’llaniladi. Boltli birikmalarning vibratsion mustaxkamligi parchin mixli birikmanikiga nisbatan ancha past (taxminan 50% gacha). shu sababli past aniqlikdagi boltlar qirqilishga ishlaganda ularni faqat statik yuklangan qurilmalarda qo’llagan ma’qo’l.
Boltli birikmalar ishlashini to’rtta bosqichga ajratish mumkin: 1-bosqichda ta’sir etayotgan kuch ishqalanish kuchidan kichik, boltlarga qirquvchi kuch ta’sir qilmay boltlar cho’zilishga ishlaydi. Tashqi kuchni ortishi natijasida ishqalanish kuchi bosib o’tiladi va birikma ikkinchi bosqichga o’tadi. Birikmada teshik devori va bolt sterjeni oralig’idagi masofa teng siljish yuzaga keladi. Uchunchi bosqichda qirquvchi kuch bolt sterjeniga teshik devori orqali uzatila boshlaydi. Bolt sterjeni egiladi va gayka va kallakning ushlab qolishi xisobiga cho’ziladi. Birikma butunligi buzila boshlaydi. Ishqalanish kuchi yo’qoladi va birikma to’rtinchi bosqichga o’tadi. 4-bosqich materialning elastik-plastik ishlashi bilan xarakterlanadi. Birikma buzilishi bolt sterjenini qirqilishidan, biriktirilayotgan elementlarning birini ezilishi va yirtilishidan yoki bolt kallagigi uzilishidan yuzaga keladi.

Boltli birikmalarni hisoblash



Yuqorida aytganimizdek, boltlar qirqilishi, ezilish va cho’zilishga ishlashi mumkin. SHu sababli boltli birikma uchta kuchlanganlik xolati uchun ayrim-ayrim tekshirilib ko’riladi. Bu tekshirishdan asosiy maqsad birikmadagi ta’sir etayotgan hisobiy kuchni qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lgan boltlar sonini aniqlashdir. Bitta bolt qabul qilishi mumkin bo’lgan hisobiy zo’riqish quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
qirqilishda
ezilishda
cho’zilishda
bu yerda: Rbs, Rbp, Rbt-boltli birikmalarning qirqilishi, ezilish va cho’zilishdagi hisobiy qarshiliklar ; d-boltning rezьba ochilmagan qismining diametri; -boltning hisobiy kesim yuzasi; Abn-boltning netto kesim yuzasi; tmin-bir yo’nalishda ezilayotgan detallar qalinliklarining minimal yig’indisi; ns-boltning qirqilish kesimlari soni; b-birikmaning ishlash sharoitini ifodalovchi koeffitsient. Birikmadagi boltlarning soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Bu yerda: - bitta botlning formulalar bo’yicha aniqlangan yuk ko’taruvchanligining eng kichigi.
Yuqori mustaxkamli boltlar kam deformatsiyalanadigan montaj birikmalarda ishlatiladi. Boltlarning tortilish kuchi shunday bo’lishi kerakki, bunda birikma elementlari qabul qilishi mumkin bo’lgan zo’riqishlar tutash sirtlarda hosil bo’ladigan ishqalaninsh kuchlari orqali uzatilish imkoniyatiga ega bo’lsin. Yuqori mustaxkamli boltlarni hisoblash quyidagi tartibda bajariladi. Avvalo boltning to’la tortilishdagi bo’ylama zo’riqish kuchi topiladi. Bu zo’riqish birinchi navbatda materialning mexanik xususiyatlariga bog’liq.

bu yerda Rbh=0,7Rbin-yuqori mustaxkamli boltning cho’zilishdagi hisobiy qarshiligi; An- bolt rezьbasining ichki diametri bo’yicha olingan kesim yuzasi; Rbin - bolt materialining vaqtinchalik qarshilik chegarasi bo’yicha olingan normativ qarshiligi.


Xulosa
Boltlar po’lat konstruksiyalarning montaj birikmalariga ishlatiladi. Boltlar aniqligi normal, aniqligi oshirilgan, shuningdеk, yuqori darajada pishiq xillarga bo’linadi. Aniqligi normal boltlar uchun tеshiklar ezib (bosib) ochiladi yoki boltlarning diamеtriga qaraganda 2–3 mm ortiq, yuqori darajali pishiq boltlar uchun esa ularning diamеtriga tеng qilib parmalab tеshiladi. Boltlarning diamеtri 10 dan 30 mm gacha bo’ladi3.
Parchinlab biriktirishdan hozirgi vaqtda juda kam, asosan, dinamik va ko’p qayta takrorlanadigan yuklar tasiriga duchor bo’ladigan konstruksiyalarda foydalaniladi. Parchin mix bilan qizdirib (800°S va undan baland) yoki sovuqlayin biriktirsa bo’ladi. Parchin mixning diamеtri 14–30 mm bo’lishi mumkin. Parchin mix birikma parchin mixlar hosil qilish usuliga qarab V gruppa va S gruppa birikmalarga bo’linadi. V gruppada parchin mixlar loyihaviy diamеtrgacha parmalangan tеshiklarga qo’yiladi. S gruppada parchin mixlar ezib ochilgan tеshiklarga yoki ayrim dеtallarda kontursiz parmalangan tеshiklarga (kеyin parmalab kеngaytirmasdan) qo’yiladi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin