56
Argumentatsiya tadqiqotning bosqichi sifatida qaralib, unda sub’ekt bo‘lib dalil
keltiruvchi, ob’ekt – retsipient, vosita – dalilli tuzilish hisoblanadi.
Aynan retsipient vazifasining ahamiyatliligi tadqiqotchilarni, argumentatsiyani
dalil keltiruvchi va retsipientning birgalikdagi faoliyati sifatida ko‘rib chiqishga
undaydi. Shu sababli tabiiyki, retsipientning funksiyalari nimadan iborat? degan
savol tug‘iladi. Eng avvalo, bu:
1.Argumentatsiyaning u tomondan idrok qilinishi. Retsipient argumentatsiyani
tushunishi yoki tushunmasligi, uni mutlaqo haqiqiy yoki yolg‘on fikrlardan iborat
deb hisoblashi mumkin; retsipient argumentatsiyani ko‘pincha shaxssiz, uning
muallifidan qat’iy nazar qabul qiladi. Boshqa hollarda, aksincha, retsipient dalil
keltiruvchining shaxsini hisobga oladi va bu holda o‘zining unga munosabati
argumentatsiyaning o‘zini idrok qilish va uni baholashga ta’sir ko‘rsatadi.
2. Argumentatsiyaning bahosini – mimika, imo-ishora, jismoniy harakat bilan,
verbal ravishda (xitoblar, savollar, qisqa fikrlar bilan) yoki kengaytirilgan dalillar
bilan ifodalash. Argumentatsiyaning ichki va tashqi bahosi har doim ham biri-biriga
mos kelavermaydi. Retsipient argumentatsiyani qabul qilishi, biroq ochiqchasiga o‘z
noroziligini ham bildirishi mumkin.
Ideal retsipient halol bo‘lishi kerak. Faqat dalil keltiruvchi retsipient tavsiflarini
hisobga olmasdan, balki retsipient ham dalillarni baholar ekan, ularni keltiruvchining
tavsiflarini hisobga olishi zarur.
Argumentatsiyani tushunish uchun dalil keltiruvchini tushunish lozim.
Gnoseologik baholash muallifning bahosiga, dalillarga bog‘liq emas va
quyidagilardan tashkil topgan: 1) asosiy fikrlarning xususiyatlari va tadqiqotning
dalil bo‘la oladigan hukmlari; 2) ularni yashirin (implitsit) to‘ldirilishi; 3) oqilonalik
talabiga muvofiqligini aniqlash. Bundan tashqari, argumentatsiyani
Dostları ilə paylaş: