Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan
2.
Soliq vaziri
Sipohiylarning maosh boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.
3.
Mol-mulk, daromad, harajatlar vaziri
Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan er-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga mutasaddilik qilgan.
Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig’i.
El - yurtning obodonligi, saltanatning ustivorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo’yicha harakatlar Amir Temurning «Temur tuzuklari»da o’z aksini topib hozirgacha ham o’zining qimmatini yo’qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dastur sifatida qo’llanilmoqda.