Междуродная конференция академических наук



Yüklə 41,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü41,52 Kb.
#178317
1   2   3   4
ICAS1610

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
39 
Kreativ qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan faoliyat (idrok qilish, axborot materiallarini 
ijodiy tayyorlash, ularning turli o‘quv auditoriyalarida ijtimoiylashtirilishi) o‘quvchilar uchun 
qiziqarli bo‘lib, ularning ehtiyojlariga mos keladigan, ahamiyatli, zarur o‘quv faoliyati 
hisoblandi. Bunday faoliyat, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Hozirgi 
zamon standartlarini amalga tadbiq etish o‘qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy 
kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga kreativ yondashishni talab etadi. O‘qituvchining 
kreativligi o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni 
o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi, sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kreativlik 
tushunchasi(lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima 
qilinganda ijod ma’nosini anglatadi. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy 
yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon 
psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligi deb uning 
fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish 
darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab 
chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. 
Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosida o‘quvchilarning kreativ 
qobiliyatlarini rivojlantirish g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kreativlik darslarida 
pedagoglardan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab 
chiqish); yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog‘liqlikni topish 
(moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko‘nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan Patti Drepeau nazariyasida shaxsda kreativlik sifatlarini 
muvaffaqiyatli rivojlantirishning to‘rtta yo‘li ko‘rsatilgan:
Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish;
Amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa
o‘qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi. Inson 
qanchalik ijodiy muhitda, kreativ fikrlovchi insonlar bilan ko‘proq munosabatga kirishadigan 
bo‘lsa, o‘zida shunchalik yangicha bilimlarni, o‘zini yangidan kashf etuvchi kreativ qobiliyati 
namoyon bo‘ladi.
Kreativlik yuqumli xususiyatga egadir; kreativ bo‘lish uchun kishi ko‘proq kreativ 
insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‘lishi lozim. Har qanday ko‘nikmani 
shakllantirish mumkin bo‘lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‘nikmasini ham 
rivojlantirish mumkin. Bu pedagoglarga nihoyatda taalluqli
bo‘lib, kreativlik ustida ishlash pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. 
Biroq, pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash o‘qituvchining qay darajada 
malakali ekanligiga bo‘liq. Murakkab va kutilmagan vaziyatlardan ham uyushqoqlik bilan
yangicha mulohazalar bilan muammolarni bartaraf etishi lozim. Kreativlik bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar va kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat 
qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o‘qituvchining 
yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi



Yüklə 41,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin