Международный



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix09.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#153329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
NazarovaZarnigorRaxmatjonqizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

432 
tuzoqqa tushib qolgandek his qilmoqdalar” (Why Young Mothers Feel Trapped) kitobi 
yaratildi. Mazkur kitob uchun oʻquvchilar oʻzlarining hayotiy hikoyachalarini yuborishlari 
soʻraldi va 20000 dan ortiq javob olindi. Mazkur xatlarga asoslanib, Redbook tomonidan 
“Nega yosh onalar oʻzlarini tuzoqqa tushib qolgandek his qilmoqdalar” (Why Young 
Mothers Feel Trapped) nomli hujjatli film olindi. Tekshiruvlar natijasida shu ma’lum bo’ldiki 
uyda qolgan onalar depressiya, qaygʻu, tushkunlik va havotirlanish kabilardan azob chekish 
ehtimoli oʻtkazilgan 60000 onaning soʻrovnomalaridan soʻng yuqori ekanligi tadqiq 
qilingan.Yosh onalarda vujudga kelishi mumkin boʻlgan mazkur sindrom hamda 
depressiyaning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:[6] 
1. Ayollarning – tugʻruqdan keyingi psixoz yoki tugʻruqdan keyingi depressiya 
koʻrinishida ham yuzaga chiqishi mumkin. Albatta mazkur holat tugʻruqdan keyingi nerv 
siqilishlari hamda organizmda magniy miqdorining tushib ketishi bilan ham bogʻliq boʻlishi 
mumkin. Magniy – stressga qarshi asosiy modda boʻlib, nerv impulslarining tarqalishida 
faol oʻrin egallaydi. Mazkur modda tanqisligi bilan bogʻliq holatda – tushkun kayfiyat, 
jahldorlik, qoʻllarning qaltirashi, suyaklarning qaqshashi, tomoqda tiqilishni his qilish, 
uyquning buzilishi, charchoq kabi belgilar kuzatiladi. Bunday holatda organizm uchun 
magniy, omego-3 yogʻ kislotalari va serotanin kabi moddalar miya uchun juda muhim. 
Chunki past koʻrsatkichli serotanin oqibatida depressiya va boshqa turli ruhiy kasalliklar 
kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻlishi mumkin. 
2. “Perfeksionizm” yoki “aʼlochilik kompleks” – barcha vazifalarni mukammal bajarish 
istagi. Koʻpincha, bunday ayollar har bir narsada muvaffaqiyatga erishmoqchi boʻladilar, 
yaʼni, ishda, uyda, bolalarni tarbiyalashda va eri bilan munosabatlarda... Agar toʻsatdan 
baʼzi qiyinchiliklar vujudga kelsa, mazkur holat ularda oʻz-oʻzini ayblashga sabab boʻladi. 
Hattoki, farzandidagi kichik bir kamchiligi uchun ham oʻzini ayblaydi. 
3. Keskin oʻzgarishlar. Maʼlumki, ishlovchi ayollar tugʻruqdan oldin faol hayot tarziga 
moslashgan boʻladilar. Tugʻruq taʼtiliga chiqqach esa ular keskin ona roliga oʻtadilar. 
Moslashuv bilan bogʻliq muammo ruhiy tushkunlikka sabab boʻlishi bilan bir qatorda, uning 
erkinligini ham cheklashi mumkin. Mazkur holatda moliyaviy masala ham muhim oʻrin 
tutadi. Bundan oldin ayol oʻzini moddiy taʼminlash uchun maoshidan sarflagan boʻlsa, endi 
moddiy ragʻbat uchun qaramlik vujudga keladi. Sevimli kasbi va mashgʻulotidan baʼzan 
butunlay voz kechishiga ham sabablar boʻlishi mumkin. 
4. Onalik mehri. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan uning kelajagi uchun ota-
onalardan katta masʼuliyat talab etiladi. Bolalar tarbiyasiga buvi va dodalarning 
aralashuvlari, ota-onalarni uquvsizlikda ayblash kabilar koʻpincha tajribasiz oilalarda 
kuzatilib turadi. Agar ota-onalarning oʻzlari yoshlikdan psixologik travma bilan katta boʻlgan 
boʻlsalar, farzandlarining ruhiyatiga jiddiy eʼtibor qaratadilar va koʻpincha oʻzlarini koʻp 
narsalardan cheklay boshlaydilar. 
Ushbu sindrom koʻpincha yosh onalarda kuzatiladi. Ularni koʻpchilik ayollar orasidan – 
kayfiyatsiz qarashlar, yuzda tabassumning aks etmasligi, yelkalarning biroz pastlagani bilan 
ham ajratib olish mumkin. Balki u oʻzicha hayotdan mamnundek oʻzini tutishi mumkin


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin