DUNYONING ISMI
Turibman tashlagan to‘rini ko‘rib,
Tushmasman mudroqlik sur qarmog‘iga.
O‘yinqaroqlikni bir chetga surib,
Shartta qadam qo‘ydim she’r so‘qmog‘iga.
Bo‘lsin deb so‘zimda haqiqat ta’mi,
Haq tutgan qalamni oldim qo‘limga.
O, bedard yuragim, tushunyapsanmi?
Vatan, xalq ko‘z tikib turar yo‘limga.
Sharpasi sezildi ortimda birdan,
Hozir meni to‘xtatmoqchidek go‘yo.
Ko‘zimni berkitib kaftlari bilan,
Kimligimni top, deb tirmashar dunyo.
Men uning kimligin yaxshi bilaman
Va etaveraman yo‘limda davom...
3-M.Abbosova
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Mehrinoz Abbosova
Dostları ilə paylaş: |