27
o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan tikishda o’g’il bolalar odatda
orqada qoladilar ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha
texnikaviy modellashda o’quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolalar qizlarga
yordamlashishlari kerak.
SHu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlarcha o’zaro yordam hissi tarbiyalanadi.
O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni
ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati oson
emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir.
O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi passivdek ko’rinadi, lekin
aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli
o’ttiz-qirq bola bor. Bahzilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim,
boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. Mustaqil
mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini
davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga
yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bor-
bora o’zlarining ish suhratini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Ishni o’z
vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi. Ishni
tekshirish va baxolashga bolalarning o’zlari jalb qilish kerak bu bilan ular
mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat
natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida mahlum
bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga
topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish
uchun beriladigan vazifani avvalo darsda ishni yaxshi uddalay olmagan
o’quvchilarga berish zarur.
Dars besh bosqichga bo’linadi:
1.
Dostları ilə paylaş: