lash davomida bir qancha ruhiy jarayonlardan foydalanadi, jum la
dan xotiradan ham. Dars vaqtida o‘quvchilar ham bilim oladilar,
ham ishlash vaqtida ularning bilish jarayonlari rivojlanadi. Aqli zaif
bolalar bilan qancha erta ish tashkil etilsa, bu ularning bilish jara-
yonlariga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Uzoq vaqt davomida aqli zaif bolalar xotirasi mexanik ravishda
rivojlangan deb yuritilardi. Hozirgi kunda olib borilgan tadqiqotlar
shuni ko'rsatdiki, aqli zaif bolalar xotirasi mexanik ravishda rivojlan
magan, chunki mexanik xotira rivojlanishi uchun ham analiz-sintez
malakalari yaxshi shakllangan bo'lishi kerak. Aqli zaif bolalarda
esa analiz-sintez malakalari rivojlanishi bir qancha orqada qolgan
bo'ladi.
Tadqiqotlarga qaraganda aqli zaif bolalar xotirasi o‘n bir va o'n
ikki yoshda biroz rivojlanar ekan. O'n uch va o'n to'rt yoshlarda esa
aqli zaif bolalar mustaqil ravishda mantiqiy tushunchalardan foy-
dalanishlari mumkin, o'n besh yoshlarda esa aqli zaif bolalarning
materialni eslab qolish qobiliyati sog'lom bolalarga yaqinlashadi. Bu
shundan dalolat beradiki, demak aqli zaif bolalar bilan olib borila-
digan ishlar o'z vatqida to'g'ri va aniq yo'lga qo'yilsa, bu ularning
rivojlanishiga yordam beradi. Defektologning asosiy maqsadi esa
aqli zaif bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib, korrek-
sion ishlarni tashkil etishdan iborat.
Xulosa qilib shuni ta ’kidlash lozimki, aqli zaif bolalar xotirasi
ham rivojlanadi, faqatgina aqli zaif bolalarning o'ziga xos xususi
yatlarini hisobga olish lozim. Aqli zaif bolalar xotirasini tekshirish
uchun «10 ta so'zni yod olish» metodikasi, «L.V.Zankov» m eto
dikasi, «Voqealar ketma-ketligini aniqlash» metodikalari tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: