11
yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‗lishi zarur. O‗qitish uslubining
yakuniy maqsadi chuqur bilim berishgina bo‗lmay, yoshlarda mustaqil
bilim olishga intilishni uyg‗otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot
turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda
qabul qilish qo‗lidan kelmasa, bu — uning uchun katta yo‗qotish
bo‗ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‗nikmasini
hosil qiladi. Ta‘lim metodlarini o‗qitish metodlari va o‗rganish
metodlariga ajratish mumkin. o‗qitish metodlariga bilim berish usullari
sifatida qaraladi. Bunda o‗qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta'sir
ko‗rsatadi, uning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beradi.
O‗rganish metodlari bilim, malaka, ko‗nikmalarni ijodiy egallashga
yo‗naltiradi. Oliy o‗quv yurtidagi ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari
o‗quv jarayonini tashkil etishda ham ko‗rinadi. O‗rta ta‘limda o‗quv
jarayoni asosan dars o‗tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg‗ulot,
laboratoriya mashg‗uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o‗quv yurtlarida esa
o‗quv jarayoni dars mashg‗ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy
konferensiya, amaliy seminarlar va boshqalarni ham keng qo‗llab tashkil
etiladi.
Dostları ilə paylaş: