Mavzusida tayyorlagan mustaqil ish


Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Yüklə 74,69 Kb.
səhifə7/7
tarix05.12.2023
ölçüsü74,69 Kb.
#173223
1   2   3   4   5   6   7
PROFESSIOGRAMMA

Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muxandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning 
yetakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir. 
Kasbiy faoliyat - bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus bilimlar, 
ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab 
etadi. Kasbiy faoliyat - bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda 
shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-
irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga 
qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi.

5. Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining 


kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik 
xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o’ziga 
xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur 
shart-sharoitlari hisoblanadi.
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his- tuyg’ulari 
(o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, 
qiziqishlari va ularni tushuna olishi); 
— xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga 
oidpsixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini 
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata 
olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik 
vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal 
etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo’llay 
olishda namoyon bo’ladi; 
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish 
samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo’llash 
mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur 
organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar uchun 
muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib 
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik; 
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik 
jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam 
va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi). 
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim 
ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga 
psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib borishning maxsus 
vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy 
mahorat - ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim 
omillardan biridir. 
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat 
vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni 
shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga 
muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda 
mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim. 

6 Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: 


kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish; 
hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va 
rivojlantirish; 
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini 
shakllantirish; 
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning 
psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish; 
og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish; 
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va 
boshqarish usullarini o’rgatish; 
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish; 
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish. 
Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish 
xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, 
kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda 
olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy 
fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi. 
Yüklə 74,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin