Mavzusi: Asimmetriya va ekssess. Nazariy va amaliy jihatlari Reja: Assimmetriya ko`rsatkichlari va ekstsess me`yorlari



Yüklə 383,16 Kb.
səhifə1/3
tarix18.11.2022
ölçüsü383,16 Kb.
#69784
  1   2   3
Ahmedov Umidjon

Mavzusi: Asimmetriya va ekssess.Nazariy va amaliy jihatlari

Reja:

1.Assimmetriya ko`rsatkichlari va ekstsess me`yorlari.

2.Assimetriyaning nazariy taqsimoti.

1. Asimmetriya ko`rsatkichlari va ekstsess me`yorlari. Asimmetriya – grekcha «asymmetria» – o`zaro o`lchamsiz so`zidan olingan bo`lib, o`zaro o`lchamlik buzilishi yoki yo`q bo`lishi degan lug`aviy mazmunga ega. Asimmetrik taqsimot u yoki bu yoqqa og`ishmay, qiyshaygan shaklda to`plam birliklarining taqsimlanishidir.

  • Ma`lumki, taqsimot ordinatasida moda arifmetik o`rtacha miqdor nuqtasida u yoki bu tomondagi nuqta bilan ifodalanadi. Demak, moda bilan arifmetik o`rtacha orasidagi farqdan taqsimot asimmetriyasining darajasini o`lchashda foydalanish mumkin. lekin ayirmaning berilgan qiymatida dispersiya katta bo`lsa asimmetriya ko`zga ilinar-ilinmas tashlanadi, ya`ni og`ishma daraja kichik bo`ladi, aksincha dispersiya kichik bo`lsa, nosimmetriklik yaqqol ko`rinadi, uning darajasi katta bo`ladi. shuning uchun asimmetriya me`yori qilib arifmetik o`rtacha bilan moda orasidagi farqni emas, balki bu ayirmaning kvadratik o`rtacha tafovutga nisbatini olish mumkin, ya`ni
  • Bu ko`rsatkichni mashhur ingliz statistiki K.Pirson taklif etgan, shuning uchun Pirson koeffitsienti deb ataladi. Muayyan sharoitda bu ko`rsatkich noldan katta bo`lsa a>0, u holda asimmetriya musbat hisoblanadi, aks holda (a<0), u manfiy deb hisoblanadi. Agarda to`plam birliklari qator o`rtachasidan chaproqdagi guruhlarda ko`proq to`plangan bo`lsa, koeffitsient manfiy ishoraga ega bo`ladi, taqsimot ham chap yoqqa og`ishgan bo`ladi, va aksincha, ular o`rtachadan o`ng tomondagi guruhlarda ko`proq to`plangan bo`lsa, Pirson koeffitsienti musbat ishora oladi, taqsimot ham o`ng yoqlama og`ishmalikka ega bo`ladi.
  • Ekstsess lotincha «excessus» - og`ishgan, o`tkir qiyshaygan, bukur, kuchli bukchaygan va grekcha «xuproc» so`zidan olingan «kurtosus» - do`ng, bukur, o`tkir uchli qiyalik degan lug`aviy ma`noga ega. Statistikada ekstsess deganda taqsimot shaklining bo`yiga cho`ziqligi yoki yassiligi nazarda tutiladi.
  •  

Ekstsess me`yori bo`lib to`rtinchi momentning to`rtinchi darajali kvadratik o`rtacha tafovutga nisbati xizmat qiladi, y a`ni

Yüklə 383,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin