Mavzu;Markaziy bank faoliyatining huquqiy asoslari Reja; Markaziy bank faoliyati



Yüklə 160,5 Kb.
səhifə8/12
tarix16.12.2023
ölçüsü160,5 Kb.
#181917
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MUSURMONOV ASROR 1995

13-modda. Bankning ustav kapitali
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash;
qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bank muassislari tomonidan bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza taqdim etiladigan paytgacha kiritilishi kerak. Ustav kapitaliga kiritiladigan mablag‘lar bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 06.07.2015-y.) 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning V bobi, “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat № 573, 19.11.1998-y.).

Yüklə 160,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin