Mavzu: Yorug’likning qutblanishi. Chiziqli, circular, elliptik qutblangan nurlar Reja: Kirish 1 yorug’likning qutblanishi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə1/7
tarix27.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#137623
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Yorug’likning qutblanishi. Chiziqli, circular, elliptik q


Mavzu: Yorug’likning qutblanishi.Chiziqli , circular, elliptik qutblangan nurlar

Reja:
Kirish


1) YORUG’LIKNING QUTBLANISHI.

    1. Yorug’likning qutblanishi.

    2. Qutblangan nurlar uchun Malyus qonuni.

    3. Ikkilanib sinishda nurlarning qutblanishi.

    4. Qutblangan yorug’likni hosil qilish usullari.

    5. Yorug’likning elliptik va doiraviy qutblanishi.

XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Kirish.
Fizikaning yorug'likning nurlanishi, fazoda tarqalishi, moddalar bilan ta'sirlashishi, qo'llanishi va tabiati haqidagi bo'limi optika deyiladi. Optika ham fizikaning boshqa bo'limlari kabi uning qadimdan rivojlangan bo'limidir. Chunki inson dunyoga kelgach, birinchi navbatda yorug'likka duch kelib, atrofidagi buyumlarni yorug'lik nurlari orqali ko'radi. Shuning uchun ham xalqimiz insonning dunyoga kelishini «yorug' olamga keldi» deb gapiradi. Insonning yashashi uchun nimaga ehtiyoj katta bo'lsa, o'sha narsa haqidagi fan tez rivojlanadi. Yorug'lik ham kishining normal yashashi uchun o'ta zarur bo'lgandan, inson optik hodisalar bilan qadimdan qiziqib kelgan.
Xususan, hozir hammamizga yaxshi tanish bo'lgan yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni eramizdan 5 ming yil avval ma'lum bo'lgan. Bu qonundan misrliklar qurilish ishlarida foydalanishgan. Shuning uchun ham inson yorug'likning tabiati haqidagi fikrlar bilan qadim zamonlardan buyon qiziqib kelgan.
Qadimda odamlar yorug'lik sochuvchi jismlar o'zlaridan zarralar (bu zarralarni korpuskulalar deb atashgan) chiqaradi deb fikr yuritishgan. Yorug'likning bu nazariyasi korpuskular nazariya deb atalgan. Lekin XVII asrda kashf qilingan ayrim optik hodisalarni yorug'likning korpuskular nazariyasi orqali tushuntirish qiyin bo'ldi.
Optika taraqqiyotining XX asrning 60 yilidan boshlanadi deb hisoblanishi mumkin bo’lgan hozirgi bosqichiyangi, juda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Yorug’likning barcha optik hodisalarni tushuntirish uchun asos bolib xizmat qilayotgan fundamental xossalari – to’lqin, kvant xossalari, uning elektromagnit tabiati borgan sari xilma-xil va chuqur tasdiqlanmoqda va qo’llanmoqda. Ammo bu hodisalar doirasi beqiyos kengaydi. XX asr o’rtalarida yuqori darajada monoxromatik va yo’naltirilgan yorug’lik chiqaradigan manbalar – optik kvant generatorlari (lazerlar) yaratildi. Lazer nurlanishi tarqalishi va modda bilan o’zaro
ta’siri ko’p hollarda odatdagi manbalar holidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha sharoitda sodir bo’ladi, hamda konkret hodisalar ilgari ma’lum bo’lmagan mutlaqo yangi xususiyatlarga ega bo’ladi. Bular qaytish, sinish, difraksiya, sochilish, yutilish va boshqa asosiy optik hodisalarga tegishlidir.
Yorug’lik tabiati to’g’risidagi keyingi tadqiqotlar A.Eynshteyn, N.Bor, Zommerfeld, A.Kompton, L.D.Broyl, Raman, P.Cherenkov, I.Tamm, N.Basov, A.Proxorov, Ch.Tauns va boshqa olimlarning nomlari bilan bog’liqdir.
O’rta Osiyolik olimlar va mutafakkirlardan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ulug’bek, Ali Qushchi asarlarida optikaga doir ilmiy maqolalar uchraydi. Hozirgi davrda Respublikamizda optika va spektroskopiya sohasida akademiklar P.K.Xabibullaev, R.B.Bekjonov, A.K.Otaxo’jaev, K.M.Muqimovlar yaratgan ilmiy maktablarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yorugʻlikning qutblanishi - yorugʻlik toʻlqinlari elektr yorug’lik va magnit N maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Islandiya shpati parchasi opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday "tartiblangan" yorugʻlikni u qutbl angan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda Ye va N vektorlarning oʻzaro perpendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik manbaining hamma elementar qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy yorugʻlik tarkibida chizikli, elliptik va doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari boʻladi. Yorug’likning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik toʻlqinlari elliptik qutblangan yorugʻlik, aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorugʻlik, Yo tekislikda doimiy yoʻnalishini saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Vakuumda yorugʻlikning tarqalishi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar yoruglik biror muhitda tarqalsa, yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi va tezligi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorugʻlikning qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga yordam beradi. Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar va togʻ jinslari qutblangan yorugʻlik yordamida oʻrganiladi.
Kristallarning o'qlari orasidagi burchak oshgan sari yorug'likning intensivligi ham kamaya borgan. Kristallarning o'qlari bir-biriga tik bo'lganda yorug'lik to'lqini yangi xossa kasb etib, u ikkinchi kristalidan batamom chiqmay qo'ygan. To'lqin nazariyasi tarafdorlari shu hodisani tushuntirishi kerak edi. Ular Gyugens kashf qilgan bu tajriba natijasidan quyidagi ikki haqiqatga ega bo'ldidar: 1) yorug'lik manbayidan tarqaluvchi yorug'lik to'lqini tar-qalish yo'nalishiga nisbatan batamom simmetrikdir; 2) birinchi kristalidan chiqqan yorug'lik esa tarqalish yo'nalishiga nisbatan simmetrik emas. « Mexanik to'lqinlar » mavzusida kitoblarda berilgandek, bo'ylama to'lqinlarning hammasi tarqalish yo'nalishiga nisbatan simmetrikdir. Shuning uchun fiziklar yorug'lik to'lqinini faqat ko'ndalang to'lqin, deb hisoblashga majbur bo'ldilar. Ingliz olimi J.Maksvell 1865- yili nazariy yo'l bilan yorug'likning elektromagnit to'lqin nazariyasini yaratgach, yorug'likning ko'ndalang elektromagnit to'lqin tabiatiga ega ekanligi o'z-o'zidan oydin bo'lib qoldi. Maksvell nazariyasiga ko'ra, yorug'lik uning tarqalish yo'nalishiga tik bo'lgan elektr maydon kuchlanganligi hamda magnit maydon induksiya vektorlari o'zaro perpendikular bo'lgan tekisliklarda tebranuvchi elektromagnit to'lqinlardan iborat.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin