Mavzu: Valyuta kursi



Yüklə 5 Mb.
səhifə14/15
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#168031
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Микро. Макро. Курс иши намуна word

Xulosa


2020 - yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga, inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi.
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining o’zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo’llash orqali so’mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi.
Mazkur davrda so’mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston Respublikasi Markaziy binkining monetar siyosati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning pul-kredit va valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oltin-valyuta zahiralarini boshqarish topshirilgan. Sumning nisbiy barqarorligiga faqat makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromga etkazilgandagina erishish mumkin.
Valyuta munosabatlarini tartibga solishni erkinlashtirish makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich kamaytirish, kapitallar harakatiga nisbatan o’rnatilgan cheklovlarni olib tashlash, moliya tizimida izchil islohotlarni o’tkazish kabi shart-sharoitlarni yuzaga keltirishni taqozo etadi.So’mni muomalaga kiritilishi bilan O’zbekistonda milliy valyuta tizimi shakllandi va uning elementlariga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar aniqlandi:

    1. valyuta tizimining birlamchi asosi bo’lib so’m hisoblanadi va uning joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha xorijiy valyutalarga erkin konvertirlanishi 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab ta’minlangan;

    2. “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq so’mning kurs rejimi erkin suzish rejimi hisoblanadi;

v) O’zbekiston Respublikasi hududida xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydigan qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlar mavjud emas. Shu sababli mazkur tartib Xalqaro umumlashgan qoidalar asosida belgilanadi;
g) O’zbekistonning xalqaro valyutaviy likvidliligini ta’minlashda XVFning oltin-valyuta zaxiralarining uch oylik importni qoplashga etishiga asoslangan metodikasidan foydalanilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolar quyidagilardir:

  1. milliy valyuta qadrsizlanishi jarayonining davom etayotganligi;

  2. xorijiy valyutalardagi to’lovlarni amalga oshirish ketma - ketligida noaniqliklarning mavjudligi.

Milliy valyuta kursi rejimlarini qo’llash amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, birinchidan, to’lov balansining tushumlar va to’lovlar qismi eksport-importga qattiq bog’liq bo’lgan mamlakatlarda belgilangan kurs rejimini qo’llash maqsadga muvofiq sanaladi; ikkinchidan, belgilangan kurs rejimi moliyaviy barqarorlik va inflyatsiyaning mo’’tadil darajasini ta’minlash imkonini beradi, degan g’oya amaliyotda o’z isbotini topmadi; uchinchidan, erkin suzish rejimini qo’llashda mamlakat etakchi savdo hamkorining milliy valyutasidan bazaviy valyuta sifatida foydalanish milliy valyutaning barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo’ljal sifatida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi;
So’mning etakchi valyutalarga nisbatan almashinuv kursi yillar mobaynida pasayib kelmoqda. Bu holat ayniqsa AQSh dollarida sodir bo’layotganligini inobatga olsak, eksportni qo’llab-quvvatlashda muhim o’rin tutadi. Chunki mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga oshiriladi;
Xohlagan bir valyuta bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu xorijiy valyuta bo’yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi va u uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi.
Bank valyutani sotib olganda u uzun valyuta pozitsiyasiga ega bo’ladi va uni shu valyuta bo’yicha boshqalar oldida talabi oshadi, sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish majburiyatini olgan;
Valyuta pozitsiyasiga limit har bir davlatda uning iqtisodiyotining holati va mamlakatning moliyaviy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqib o’rnatilishi mumkin.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin