16
ustidan nazorat qilish va uni tartibga solish maqsadida o’z valyuta nazoratini
saqlab qoladi.
Valyuta siyosati bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida muhim o’rin
egallaydi. valyuta siyosati – mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq
xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga
erishishga qaratilgan, ya’ni iqtisodiy o’sishining barqarorligi, inflyatsiya va
ishsizlikning o’sishini to’xtatish, to’lov balansi tengligini ushlab turish va
boshqalarni ta’minlashga qaratilgan.
Valyuta siyosatining yo’nalishi va shakllari mamlakatning valyuta bo’ yicha
iqtisodiy vaziyati, jahon xo’jaligi evalutsiyasi, jahonda ishlab chiqarish kuchlari
joylashtirilishiga ko’ra aniqlanadi. Har xil taraqqiyot bosqichlarda birinchi o’ rinda
valyuta siyosatining aniq maqsad va masalalari chiqadi. Bular:
–
valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;
–
valyuta cheklovlari;
–
valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish;
–
valyuta operatsiyalarining erkinligi va boshqalar.
Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi.
Bu qonunchilik o’ z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qimmatliklari
bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, shuningdek,
valyuta muammolari bo’ yicha davlatlararo kelishuvlar (ikki tomonlama va ko’ p
tomonlama) ni oladi.
Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’ nalishlaridan biri – bu valyutani
tartibga solishdir. valyutani tartibga solish valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu, o’
z navbatida, milliy, davlatlararo va hududiy darajada bajarilishi mumkin.
valyuta siyosati valyuta muammolari bo’ yicha qarorlarni tayyorlash, qabul
qilish va amalga oshirishni o’ z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: