Dars yakuni: Testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O’qituvchi test yozilgan kartochkalarni har bir qatordagi o’quvchilarga tarqatadi, o’quvchilar ketma-ket javob berishadi.
“Opera” deganda nima tushuniladi?
a) musiqa va raqs xarakatlari orqali vovealar yaratish san’ati
b) lebretto ya’ni sheriy-dramatik p’esa asasida yaratilgan asar
d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
a) “Aida”, “Ivan Susanin”
b) “Sehrli nay”, “Figaroning uylanishi”
d) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”
“Qor qiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
a) Rimskiy-Korsakov
b) V.Motsart
d) M.Glinka
Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug`ri ko’rsatilgan?
a) opera, lapar, kantata
b) orkestr, kantata. syuita
d) opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
J.Bize yaratgan opera qaysi?
a) “Karmen”
b) “Qor qiz”
d) “Aida”
P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
a) Angliyalik
b) Rossiyalik
d) Avstriyalik
P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
a) “Sehrli nay”, “Aida”
b) “Qor qiz”, “Otello”
d) “Yevgeniy Onegin”, “Toppon xonim”
Rimskiy-Korsakov yaratgan operalarni toping?
a) “Sadko”, “Qor qiz”, “Shox Sulton xaqida ertak
b) “”Sexrli nay”, “Buron”
d) “Karmen”, “Rigoletto”
“Balet” deganda nimani tushunasiz?
a) ham kuylab, ham raqsga tushishni
b) qo’shiq kuylashni
d) Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’ati.
Faol qatnashgan o’quvchilarga rag`barlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o’quvchilar dars faoliyati davomida olishgan qizil, (5 ball), yashil (4 ball), ko’k (3 ball) notachalar umumlashtirilib, doskada yoziladi va darsda g`olib qator aniqlanadi. Quvnoq notalarni qulga kiritgan o’quvchilar rag`barlantirilib, kundalik daftarlariga baho qo’yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Sh.Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” qo’shig`ini yodlash.